240
6.4. Musobaqa o‘tkazish tizimlari
Birinchi navbatda, o‘yin tizimini tanlashdan oldin quyidagi vazifalar hisobga
olinishi lozim. Uni o‘tkazish mumkin bo‘lgan muddati, qatnashuvchilarning sport
tayyorgarligi darajasi, musobaqani o‘tkazish uchun hududiy joylashish to‘g‘risida
ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak. Musobaqalar aylanma,
yutqazgan chiqib
ketadigan va aralash tizimlar asosida o‘tkaziladi.
Aylanma tizim. Aylanma tizim bo‘yicha hamma qatnashuvchi jamoalar bir-
birlari bilan uchrashishadi. Musobaqalashuvchilarning kuchlari o‘rtasidagi
nisbatini aylanma usul, ayniqsa obyektiv aniqlashga imkon beradi.
Bu tizim
tasodifiy natijalar oldini oladi va sportchilar tayyorgarligini tekshirishga va
g‘oliblarni aniqlashga to‘liq imkoniyat beradi.
Aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar ko‘p vaqt talab qiladi, bu
uning asosiy zaif tomonidir.
Aylanma tizim bo‘yicha o‘yin taqvimi quydagicha tuziladi.
O‘yinlarning navbati maxsus jadval yordamida aniqlanadi.
Barcha jamoalar
qur’a tashlash asosida tartib raqamlarini oladilar. Shundan so‘ng musobaqaning har
bir kunida qaysi jamoalar (qur’ada tushgan raqam bo‘yicha) bir-biri bilan
uchrashishi jadval yordamida aniqlanadi. Agar ishtirok
etuvchi jamoalar soni toq
bo‘lsa, unda har kuni bir jamoa qavs ichida raqami ko‘rsatilgan jamoa bilan
uchrashadigan kun (jamoa yo‘qligi ) dam oladi.
Jadval tuzishda qatnashuvchilar soniga qarab
vertikal chiziqlar chizib
chiqiladi. Chiziqlar asosan toq olinadi. Masalan 7, 8 ta jamoa qatnashuvida 7 ta, 9–
10 ta jamoa bo‘lganda 9 ta vertikal chiziq chizib olinadi.
Unda qatnashuvchilar raqami (qur’a natijasiga asosan) quyidagicha yoziladi:
birinchi chiziq tagida 1 raqami qo‘yiladi, bitta chiziqdan so‘ng 2 raqami, yana
bittadan so‘ng 3 raqami va hokazo. Yuqoridagi ikkinchi chiziqdan boshlab, keyingi
raqamlarning joylashishini davom ettiramiz: 4 raqami, bittadan so‘ng 5 raqami va
hokazo. Oxirgi, juft raqam mavjud bo‘lganda yuqoridagi raqamlar yoniga yoziladi.
Qatnashuvchi jamoalar soni besh yoki oltita bo‘lgandagi namuna: