B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

MAYDON – o`yin bo`lib o`tadigan joy. Uzunligi 90 dan 120 metrgacha, eni 
45 dan 90 metrgacha bo`ladi.
MAYDON MARKAZI – maydon o`rta chizig`ining o`rtasida joylashgan 
nuqta. Markaz atrofida radiusi 9 m ga teng bo`lgan aylana soha chizilgan. Har bir 
taym boshida va urilgan goldan keyin to`p maydon markaziga o`rnatiladi. 
Futbolchilar to`pni markazdan to`p aylanasi uzunligiga teng bo`lgan masofaga 
surishgan vaqtda o`yin tiklanadi. O`yin markazidan o`ynashda raqiblar 9 metrli 
sohadan keyinda turishlari kerak. 
MARKAZIY DOIRA – maydondagi belgi elementi. Maydon markazidan 
hisoblaganda 9 metrli radiusga ega. Boshlang`ich zarba berilayotganda raqib 
o`yinchilari bo`lmasliklari kerak bo`lgan sohani bildiradi.
MASHG`ULOT 
– bu olingan bilim, ko`nikma va malakalarni 
mustahkamlash va takomillashtirishga qaratilgan tayyorgarlikning keyingi 
bosqichi. Mashg`ulotning asosiy mazmuni - texnik usullarni taktikadagi individual, 
gruppa va jamoa harakatlarini takomillashtirishdan, jismoniy, axloqiy va irodaviy 
xislatlarni rivojlantirishdan iborat. Sport mashg`uloti bu boshqarish metodi asosida 
tizimli tarzda sportchilar tayyorlashdir.
MARAFON – yengil atletikada eng uzoq masofaga yugurish hisoblanib, 
uzunlik masofasi 42 km 195 metrni tashkil qiladi. 


298 
MARAFONCHI  marafon yugurish musobaqasida ishtirok etuvchi yengil 
atletikasi sportchi hisoblanadi. 
MAHALLIY NAZORAT – Bitta yoki bir nechta ko’rsatkichlarda 
foydalanilanishga asoslangan ya’ni, harakat funksiyalarini, alohida fuksional 
tizimining imkoniyatlarini tor tomonlarini baholashga yo’l qo’yishdir. 
Chuqurlashtirilgan nazorat odatda bosqich holati amaliyotida ishlatiladi. Tanlash 
va mahalliy nazorat kundalik va amaliy nazoratda ishlatiladi. Nazorat usul va 
vositalardan tashqari, ijtimoiy psixologik va medistina-biologik xarakterda bo’ladi. 
 MIKROSIKL – sport turlarining kichik mashg’ulotlar siklidan tashkil 
topgan bo’lib, tarkibi 5 – 10 ta mashg’ulotlar mashqlaridan iborat hisoblanadi. O’z 
navbatida, mikrostiklni rejalashtirishda haftalik oraliq davrdan foydalaniladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling