17
Statistika va rekordlar guruhi
- turli statistik ma’lumotlarning hisob-kitobi bilan shug’ullanadi;
- yangi rekordlar, sport ustasi va хalqaro toifadagi
sport ustasi unvonlari
uchun me’yorlarning bajarilishini kuzatadi;
- rekord natijalar uchun dalolatnoma tayyorlab, rasmiylashtiradi;
- rekordlar tekshirilganidan keyin hakamlar hujjatlarini
qabul qilib olish
guruhidan olingan ishtirokchilar varaqalarini ularga ishlov beruvchi guruhga
jo’natadi;
- materiallardan nusxa ko’chirish guruhidan yakuniy
qaydnomalar nusxasini
oladi;
- musobaqalar davomida tegishli qaydlarni kirita borib, bosh hakam hisobotini
tayyorlaydi.
Ishtirokchilarning varaqalariga ishlov berish guruhi
- yakuniy qaydnomalarni bosmadan chiqarish uchun olingan varaqalarga to’la
ishlov berish bilan shug’ullanadi;
- ishchi qaydnomalardagi natijalarni ishtirokchilarning shaxsiy varaqalariga
ko’chirishni amalga oshiradi;
- ko’rsatilgan natija qaysi razryadga
muvofiqligini belgilaydi;
- dasturning ushbu turida ishtirokchi egallagan o’rinni belgilaydi;
- natijani ochkolarda baholaydi (jumladan, rag’batlantiruvchi ochkolarni);
- shamol tezligini ko’rsatadi;
- ishtirokchilarning varaqalarini jamoaviy natijalar guruhiga yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: