B. O. Bekn azarov


xizmat  qiladigan  triptofan  aminokislotasi  miqdorining  kamayib  ketishi


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/55
Sana31.10.2017
Hajmi4.44 Mb.
#19051
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55

xizmat  qiladigan  triptofan  aminokislotasi  miqdorining  kamayib  ketishi 

hamda  bu  gormonning  o ‘simlik  organlari  bo‘ylab  tashilishining 

qiyinlashishi  tufayli  bo‘ladi.

Qurg‘oqchilik  sharoitlarida  o ‘simliklarga  auksin,  sitokinin  yoki 

gibberellin  kabi  o ‘sish  gormonlari  eritmasini  sepish  mumkin  emas. 

Chunki  bunda qurg‘oqchilikning  salbiy  ta’siri yanada kuchayadi.  Ammo 

qurg‘oqchilikdan  so ‘ng  o ‘simlik  o ‘z  holatini  tiklash  vaqtida  ularga 

sitokinin  gormoni  eritmasini  sepish  maqsadga  muvofiqdir,  chunki  u 

ma’lum miqdorda o ‘simlikning o‘z holatini  tiklashga yordam beradi.

XV.4-rasmda  chidamli  va  chidamsiz  o ‘simliklami  stressga  nisbatan 

moslashuv javobi  qanday ekanligi  ko‘rsatilgan.

Rossiyalik 

olima 

O.N. 

Kulayevaning 

fikricha, 

sitokinin 

gormonining 

qurg‘oqchilik 

vaqtlarida, 

o ‘simliklar 

chidamliligini 

oshirishiga  asosiy  sabab,  ushbu  gormonning  o ‘simlik  hujayralari  yuqori 

molekulyar 

birikmalari 

tuzilishiga, 

vazifasiga, 

xususan, 

hujayra 

membranasi  tuzilmalariga  ta’siridir.  Bundan  tashqari  sitokinin  gormoni 

o ‘simliklarmng  issiqlikga,  nisbatan  yuqori  haroratga  chidamliligini 

kuchaytiradi. 

Shuningdek, 

sitokinin 

gormoni 

urug‘laming 

unib 

chiqishini tezlashtiradi.

430

Stressor

(qo'zg'atuvchi)

XV.4-rasm. 

Chidamli va chidamsiz o ‘simliklami stressga nisbatan 

moslashuv javobi (Kuznetsov,  1992).

Qishloq  xo‘jaligida  o ‘simliklaming  qurg‘oqchilikga  chidamliligini 

ma’lum  darajada  oshirish  mumkin.  Buning  uchun  o ‘simlik  urug‘lari 

ekishdan  oldin  shiniqtiriladi,  ya’ni  bir  necha  marta  ivitilib  quritiladi. 

Bunda  o ‘simlik  urugMarida  suvsizlikka  nisbatan  moslanish  pay do 

boMadi.  Bunday 

urug‘lardan  unib  chiqqan 

o ‘simliklar  barglari 

morfologiyasida  kseromorfologik  belgilar  vujudga  keladiki,  bu  o ‘z 

navbatida barglardan suv bug‘lanishiga ta’sir qilib o ‘simliklarga ko‘proq 

qurg‘oqchilikka chidamlilik xususiyatlarini  beradi.

XV.2. 0 ‘SIMLIKLARNI  ISSIQQA  VA 

QURG‘OQCHILIKKA CHIDAMLILIGI

0 ‘simliklami  tabiatda  tarqalishi  ulaming  irsiyati  bilan  belgilanadi. 

0 ‘simliklami  irsiy  xususiyatlari  ma’lum  bir  areal  chegarasida  ulaming 

topografik  joylashishini 

belgilaydi. 

Masalan, 

namga 

talabchan 

o ‘simliklar  suv  havzalariga  yakin  joyda  o ‘ssa,  soyaparvar  o ‘simliklar 

daraxtlar  tagida  joylashadi.  Shuningdek,  tashqi  muhit  omillarining 

o ‘simliklar  irsiyatiga  ta’siri  natijasida,  ularda  xilma-xil  ekologik

431

xususiyatlar paydo  bo‘ldi.  0 ‘simliklami  tashqi  omillariga yuqori  va past 

haroratga,  qurg‘oqchilikka,  sho‘rga,  ortiqcha  namlik  va  boshqa 

omillarga  chidamliligining  namoyon  bo‘lishi,  yashash  sharoitiga 

moslashishi  natijasi  hisoblanadi.

0 ‘simliklar  fiziologiyasida,  o ‘simliklarning  chidamdiligini  har 

tomonlama o ‘rganish  va  bilish  nafaqat nazariy,  balki  amaliy  ahamiyatga 

ega masalalardan hisoblanadi.

Issiqqa  chidamlilik. 

Bu  xususiyat  o ‘simliklaming  havo  harorati 

haddan 

tashqari 

yuqori 

bo‘lganda 

ulaming 

ortiqcha 

qizishga 

chidamliligidir.  Odatda  ko‘pchilik  o ‘simliklaming tana  haroratlari  40°C 

va  undan  yuqori  boMganda  ulardagi  fiziologik  funksiyalar  buziladi 

hamda  u  nobud  boMadi.  Bunda  birinchi  navbatda  plazmolemmaning 

tuzilma  tarkibi  buziladi  va  hujayraning  osmotik  xossalari  o ‘zgaradi. 

Ammo  o ‘simliklar  olamida  yuqori  haroratga  (60-65°C ),  chidamli 

o ‘simliklar  turlari  ham  mavjud.  Masalan,  semizdoshlar  oilasining 

vakillari,  xususan,  kaktus,  aloe  kabi  o ‘simliklar  shular  jumlasidandir 

(XV.5-rasm). 

Bizning 

sharoitimizda 

respublikamizning 

texnik 

ekinlaridan  g ‘o ‘za,  sholi,  kanakunjut  o ‘simliklari  ham  issiqqa  chidamli 

hisoblanadi.

XV.5-rasm. 

Kaktus 

(Ferrosastus wistizenii)

 to‘qimalari  haroratiga havo 

haroratining (32°S) ta’siri  (Burian,  1976,  Larxer,  1978);

K o‘pchilik  kserofitlar  va  mezofitlar  yuqori  transpiratsiya  jadalligi 

tufayli,  o ‘zlari  barglarining haroratini  past  darajada saqlab turadi.  Ayrim 

o ‘simliklar  hujayralari  sitoplazmasi  yuqori  yopishqoqlikka  ega  bo‘lib,

Balandlik,  sm

Chuqurlik,  sm

432

oqsillar  sintezi  jadalligi  pasaymaydi.  Ushbu  o ‘simliklar  hujayralari 

o ‘zlarida bog‘langan suvni ko‘p tutishi  bilan xarakterlanadi.

Qurg‘oshilikka chidamlilik. 

Bu o ‘simlik hujayralari,  to‘qimalari  va 

organlarining sezilarli  darajada suvsizlanishiga chidashidir.  Suvsizlanish 

sitoplazmani  xususiyatlarini  buzadi,  oqsil 

sintezi  kamayib  ketadi, 

polisomalar 

ribosomalarga, 

ular 

esa 

o ‘zlarining. 

subbirliklarga 

parchalanib  ketadi.  Shuningdek,  suvsizlik  moddalar  almashinuvini 

pasaytiradi.  Buning  natijasida  esa  o ‘simliklaming  o ‘sishi  to‘xtaydi  va 

hosildorlik  kamayib  ketadi.  Bu  asosan  generativ  organlar  kam  hosil 

boMishi  bilan ifodalanadi.

Qurg‘oqchilik-o‘simliklami 

suvga 

bo‘lgan 

talabini 

qondira 

olmaydigan  meteorologik  sharoitdir.  Uning  atmosfera  va  tuproq 

qurg‘oqshiligi  xillari  mavjud.  Qurg'oqchilikning  asosiy  sabablari  bu 

y o g ‘ingarchilikning  bo‘lmasligi,  transpiratsiya  va  tuproq  yuzasidan 

suvning  ko‘plab  bug'lanishidir.  Ayniqsa,  kuchli  shamollar  tuproq  ildiz 

qatlamining  qurishiga  olib  keladi.  Atmosfera  qurg‘oshiligi  quruq  va 

issiq  havo  ta’sirida  havo  namligi ju d a   kam  boMganda  paydo  bo‘ladi. 

Bunda  o ‘simlik  o ‘sishdan  to‘xtaydi  va  barg  sathi  kengaymaydi,  natijada 

ekinlaming hosildorligi kamayadi.

Qurg‘oqchilik  o ‘simliklar  tanasida  ketuvchi  biosintetik jarayonlami 

keskin  kamaytiradi,  oqsillaming parchalanishi  ro‘y  berib,  organik zaxira 

moddalar  miqdori  keskin  pasayadi.  Bu  esa  o ‘z  navbatida  o ‘simlik 

o ‘sishini  sekinlashtiradi.  Ushbu  va  boshqa  hollar  tufayli  barg  quriy 

boshlaydi  va  undan  kraxmal  y o ‘qoladi.  Shuningdek,  o ‘simIiklar  ildiz 

tizimlarida  fosfor  almashinuvi  keskin  o ‘zgaradi,  fosforirlanish  jarayoni 

jadalligi 

pasayadi. 

Qurg‘oqchilik 

oxir 

oqibatda 

o ‘simliklar 

hosildorligining o ‘ta pasayib ketishiga olib keladi.

0 ‘simliklaming  qurg‘oqchilikka  chidamliligini  birmuncha  oshirish 

ham  mumkin.  Buning  uchun  P.A.  Genkel  o ‘simliklar  urug‘larini  avvalo 

biroz  undirish,  so‘ngra unayotgan  urug‘ni oz-moz quritib  ekishni tavsiya 

qilgan.  Ushbu  usul  orqali  o ‘simliklar  chidamliligini  birmuncha oshirish 

mumkin.  Hozirgi  vaqtda  ushbu  ishlar  amaliyotda  keng  qo‘llanib 

kelinmoqda.  Shuning  bilan  birgalikda  o ‘simliklaming  qurg‘oqchilikka 

chidamliligini  oshirishda  kimyoviy  uslublar  ham  qo‘llaniladi.  Masalan, 

o ‘simliklar  urugMarini  0,2  foizli  kalsiy  xlorid  tuzida  18-20  soat  ivitib 

ekish  ulaming  qurg‘oqchilikka  chidamliligini  oshirishda  yaxshi  amaliy 

natijalar berishi  mumkin.

Qurg‘oqchilik  maydonlarida  o ‘sadigan  o ‘simliklami 

kserofidar

  ham 

deyiladi.  Kserofitlar  tuproq  va  atmosfera  qurg‘oqshiligida  o ‘sishga

433

moslashgan  o ‘simliklardir.  Ulaming  xarakterli  belgilaridan  biri,  bu,yer 

ustki  qismining yer ostki  qismlaridan  o ‘lchamlari  o ‘yisha kichik  bo‘lishi 

hamda  bug‘latuvsni yuzaning ham kam bo‘lishidir.

P.A.Genkel 

ta’limoti 

bo‘yicha, 

kserofitlaming 

o ‘zi 

ham 

qurg‘oqchilikka chidamliligi bo‘yicha bir necha gumhlarga boMinadi.

Sukkulentlar-issiqga 

o ‘ta 

chidamli 

o ‘simliklar 

bo‘lib, 

suvsizlanishga  ham  bemalol  shidaydi.  Ular  suv  tanqisligini  deyarli 

sezmaydi,  tanasida  suv  ko‘p,  lekin  suvni  o ‘ta  sekin  sarflaydi. 

Sukkulentlarga  kaktus  va  aloe  kabi  o ‘simliklami  misol  qilib  ko‘rsatish 

mumkin.

E vkserofitlar-issiqqa  chidamli  o ‘simliklar  bo‘lib,  qurg‘oqchilikni 

bemalol  o ‘tkazadi.  Ushbu  o ‘simliklaming  hujayra  shirasi  osmotik 

bosimi  nihoyatda  yuqori,  transpiratsiya  jadalligi  past  boMib,  ildizlari 

keng  tarmoqlangan  va  ayrim  hollarda  sizot  suvlarigacha  yetib  boradi. 

Evkserofitlar  juda  yuqori  issiqlikda  barg  va  novdalami  tashlab 

yuboradilar.  Ularga yantoq,  shuvoq, astra kabi o ‘simliklar kiradi.

G em ikserofitlar-suvsizlik 

va 

tanasining 

qizishini 

ko‘tara 

olmaydigan  o ‘simliklar.  Ulardagi  transpiratsiya  jarayoni  yuqori,  lekin 

protoplazmaning  yopishqoqligi  va  elastikligi  yuqori  emas.  Ildizlari 

anchagina  chuqur  ketgan.  Gemikserofitlarga  shalfey,  rezak  kabi 

o ‘simliklar kiradi.

C h o‘lkserofitlari-bular  cho‘llaming 

boshoqli 

va 

kovil 

kabi 

o ‘simliklaridir.  Ushbu  o ‘simliklar  qisqa  muddatli  yom g‘irlardan  yaxshi 

foydalanadi  va  qizib  ketishga  chidamlidir.  Ammo  faqatgina  tuproqda 

qisqa muddatli suv tanqisligiga chidamlidir xolos.

P oykilokserofitIar-o‘zlarining  suv  rejimini  boshqara  olmaydigan 

o ‘simliklardir.  Ular  yuqori  haroratda  qizishi  ammo  y oz  yom g‘irlaridan 

so‘ng yana jonlanib  faol  hayot  keshirishi  mumkin.  Bu  o ‘simliklarga  biz 

lishayniklami  misol  qilib ko‘rsatishimiz mumkin

G igrofltlar-bu 

o ‘simliklar 

hujayralarida 

suv 

sarflanishini 

chegaralovshi  moslamalar  bo‘lmaydi.  Hujayralari  katta  boMib,  yupqa 

devorli  qobiq  va  yupqa  kutikula  bilan  qoplangan.  Barglarining  sathi 

katta,  ammo o g ‘izchalar yirik bo‘lsada  son jihatidan  kamrok.  Kutikulyar 

transpiratsiya  yuqori,  poyasi  uzun,  ildizlari  yaxshi  rivojlanmagan. 

Tuproqda  ozgina  suv  yetishmasligi  ham  ulaming  tezda  so ‘lishiga  olib 

keladi.  Bularga  mannik,  m ox  va  boshqa  shunga  o ‘xshash  o ‘simIiklar 

kiradi.

M ezofltlar-bular  ko‘pchilik  hollarda  o ‘rta,  ya’ni  oraliq  o ‘simliklar 

ham  deb  yuritiladi.  Ular  asosan,  namlik  yetarli  bo‘lgan  sharoitlarda

434

o ‘sadi.  Hujayra  shirasini  osmotik  bosimi  1—1,5  MPa  atrofida  boMib  suv 

yetishmasligida  oson  so‘liydi.  Ularga  yaylovlarda  o ‘suvchi  boshoqli 

o ‘simliklar va dukkakli o ‘tlar vakillari kiradi.

XV.3. 0 ‘SIMLIKLARNING QURG‘OQCHILIKKA 

MOSLASHUVI

0 ‘simliklar qurg‘oqchilik  ta’sirida  holsizlanadi,  bu  esa  o ‘simliklarga 

suv  etishmaganligidan  yoki  suvsizlik  va  issiqlikning  birgalikdagi 

ta’siridan kelib chiqadi  (XV.6-rasm).

37° 


41° 

45° 


49° 

53° 


57° 

61° 


65°C

Epidermis

hujayralari

Antosianaing chiqishi

i  i  i  i  i  i  i f   i  i  I  t  i t   и   i i   i  |  |,  i„,LA.L.tJ

am

Plazmoliz

m

Harakatlanish

Ш

Ш

Harakatlanisluni to'xta- 

shini qaytishi

ш

ш



г ~

Qovushqoqlik

Parenxima

hujayralari

Fotosintez

Ш

Ш

ш

Ш

Barcha

to'qimalar

Elektrolitlami chiqishi

^яии


Nafas olish

Г т Г П Т П   П   Г П Т !   Г!  Г Г П

"1

.. 



Ч;

37° 


41 

45° 


49° 

53' 


57° 

61 


6 5 T

XV.6->rasm. 

Tradeskansiya barg hujayralarida haroratning oshishi  bilan 

5  minut qizdirish davomida jarohatlanish belgilarining rivojlanishi 

(V.Ya.Alelsandrov,  1964). 

Qora ranglarning boshlanishi muqobil 

holatdan birinchi bor chiqish haroratini ко ‘rsatadi. Ushbu ranglarning 

tugashi eng yuqori darajada  zararlanish har or at chegarasini

ко ‘rsatadi.

Nam  kam  joylarda  o ‘sadigan  o ‘simliklar,  ya’ni  kserofitlarda 

qurg‘oqchilik  davrini  o ‘tkazishga  nisbatan  moslanishlar  vujudga 

kelgandir.  Umuman  olganda,  o ‘simliklarda  suv  tanqisligiga  sabab 

bo‘luvchi stressorlami  XV.7-rasmda keltirib o ‘tganmiz.

435

XV.7-rasm. 

0 ‘simliklarda suv tanqisligiga sabab bo‘luvchi  stressorlar 

(Kuznetsov, Dmitriyeva, 2005).

Umuman olganda o ‘sib asosiy  himoya vositalaridan fcydalanadilar.

l.Ortiqcha  suv  y o ‘qotishning  olidini  olish  yoki  qurib  qolishdan 

saqlanish.

2.Nam y o ‘qot!

2

hni  o ‘tqazish.



3 . 0 ‘sish  davrida  qurg‘oqchilikdan  qochish.  Bulardan  ko‘pgina 

o ‘simliklar uchun  umumiysi  bujayrada suv saqlashga moslashishdir.

Kserofit  o ‘simliklar  qurg‘oqchilik  sharoitini  boshidan  o ‘tkazish 

bo‘yicha quydagi tiplarga bo‘linadi.

Bu  o ‘simlikiar o ‘zlarida  nam to‘plash  qobiliyatiga  egadir.  Masalan, 

aloe,  kaktus  o ‘simliklari.  Ularda  suv  kutikulalar  va  tuklar  bilan 

qoplanish  barg  va  tanalarida  yig ‘iladi.  Sukkelent  o^imliklarda  suv 

bug‘lanishi,  fotosintez va o ‘sish juda sekrn  bo‘ladi.  Uiar suv y o ‘qotishga 

juda  chidamsiz.  Sukkelcntlarning  ildiz  sistemasi  keng  tarqalgan  bo‘ladi, 

ammo chuqurga ketmaydi.

Sukkulent  bo‘lmagan  o ‘simliklar.  Bu  o ‘simliklar  o ‘zlarida  ketadigan 

suv bug‘lanish jarayonlariga qarab bir necha guruhga bo‘linadi:

Haqiqiy  kscrofitlar. 

Ularga  shuvoq,  itgunafsha  va  boshqalar  misol 

bo‘la  oladi.  Bu  o ‘simliklarga  xos  xususiyatlaridan  barglarinig  nisbatan 

kichik  bo‘lishi  hamda  ulaming  erga  osilib  turishini 

ko‘rsatish 

mumkin. 

Shuningdek,  haqiqiy  kserofitlar  issiqqa  chidamli  bo‘lib  barglaming  suv 

bug'iaotirish  darajasi  past  bo‘ladi.  Shuningdek, 

ular 

kuchli  suvsizlanish

holatiga  chidamli  boMib,  hujayralarida  osmotik  bosim  yuqori  boMadi. 

Ildiz sistemasi  uncha chuqurga  ketmagan holda boMib keng tarqalgandir.

J^serofrtsimonlar. 

Bu tipga kserofitlarga yarim o ‘xshash o ‘simli^lar 

kiradi.  Masalan,  marmarak  va  boshqa  o ‘simliklar;  Ularda  suv 

bugMantirish  xossasi  juda  kuchli  bo‘lib,  bu  o ‘z  navbatida  juda  kuchli 

ildiz  sistemasi  orqali  vujudga  keladi  va  ushlab  turiladi.  Ayrim  hollarda 

kserofitsimon  o ‘simliklar  ildizi  er  osti  suvlariga  etib  boradi.  Bu 

o ‘simliklarga  xos  xususiyatlardan  ulaming  suvsizlikka 

va  havo 

qurg‘oqshiligiga chidamsizligini  ko‘rsatib o ‘tish mumkin.

Cbo‘l  kserofitlar. 

Bu  tipga  cho‘l  boshoqli  o ‘simliklari,  jumladan, 

bedacha ko‘z va boshqalar kiradi.  Bu  o ‘simliklar havoni  haddan tashqari 

isib  ketishiga  chidamli  boMib,  yozgi  yom g‘ir  suvlaridan  juda  yaxshi 

foydalanadilar.  Ammo  ular  faqat  qisqa  tuproq  qurg‘oqshiligiga  dosh 

bera oladilar.

Poykilokserofitlar. 

Bularga  lishayniklar  misol  boiadi.  Ular 

o ‘zlarida  suv  almashinuvini  idora  qila  olmaydilar  va  ko‘proq  suv 

etishmagan  hollarda  tinchlik  holatiga  o ‘tishadi,  ya’ni  anabioz  holatga. 

Qurib qolish davrini o ‘zlari  uchun bezarar o'tqaza oladilar.

Efimer  o‘simIiklar. 

Ularning  rivojlanish  davri  qisqa  boMib,  asosan 

yil  fasllarining  yomgMrli  vaqtlariga  to‘g ‘ri  keladi.  Bu  bilan  ular 

qurg'oqchilik joylarda o ‘sishga inoslashadilar.

Atoqli 

fiziolog 

A.A.Maksimovning 

fikricha 

(1953) 

kserofit 

o ‘simliklar  va  ulaming  qurg‘oqchilikka  chidamli  turlari  suvsizlikni 

sevuvshi  emas.  Agar  kserofit  o ‘simliklarni  ham  muqobil  suv  bilan 

ta’n^inlasak  ularda  kuchli  o ‘sish  va  rivojlanish  kuzatiladi.  Kserofit 

o ‘si nliklarning 

qurg‘oqchilikka 

chidamliligi 

esa 

ulaming 

suv 

y o ‘qotishga  moslanishidir.  Mezofit  o‘simliklar  ham  qurg‘oqchilikka 

moslashishi  mumkin.

V.R.Zelenskiy  (1904)  o ‘simlikda  joylashgan  barglarning  anatomik 

tuzilishir.i  o ‘rganib  shunday  xulosaga  keldiki,  barg  qanchalik  poyada 

balanda  joylashgan  bo‘lsa  uning  hujayralari  shunchalik  mayda  boMadi. 

Shuningdek, 

balandda  joylashgan  barglarda  parenxima  kuchli 

rivojlangan  boMadi  hamda  bir  birlik  maydonda  barg  ogMzchalarning 

soni  ko‘p  boMadi,  ammo  ulaming  oMchami  kichik  boMadi.  0 ‘simlik 

poyasidagi  barglardagi  bu  holat Zelenskiy  qonuni  deyiladi.

Shuningdek,  o ‘simlik  poyasidagi 

barglar  qanchalik  balandda 

joylashgan  boMsa,  ular  shunchalik  ko‘p  suv  bilan  yomon  ta’minlanadi, 

ayniqsa,  baland  o ‘simliklarda.  Ammo  balandda  joylashgan  barglarda

437

suv  bug‘lanish  pastroqda  joylashgan  barglarga  nisbatan  kuchliroq 

bo‘ladi.


0 ‘simlikning  yuqori 

shoxlarida  joylashgan  barglardagi 

barg 

og‘izchalari  suv  etishmagshan  holatda  ko‘proq  ochiq  holda  bo‘ladi.  Bu 



holat  bir  tomondan  fotosintez  jarayonini  qo‘llab  tursa,  ikkinchi 

tomondan hujayra shirasi  konsentratsiyasining oshishiga ta’sir qiladi.  Bu 

esa  o ‘z  navbatida  yuqorida  joylashgan  barglaming,  pastda  joylashgan 

barglar  tarkibidan  suvni  tortib  olishiga  olib  keladi.  Yuqoridagi  holatlar 

ko‘pgina  kserofit  o ‘simliklar  barg  tuzilishiga  xos  bo'lganligi  sababli  bu 

tuzilish kserom orf tuzilish deb ataladi.

Demak,  barglarda  kserom orf  tuzilishning  vujudga  kelishi  bu  suv 

tanqisligiga  nisbatan  barglarda  yuzaga  kelgan  anatomik  moslanishdir. 

Bu  moslanish  barglaming  reduksiyasi,  qalin  kutikula,  barglaming 

osilgan  holda  bo‘lishi,  barg  og‘izchalarining  chuqurlashishi  bilan 

birgalikda 

o ‘simliklaming 

suv 

tanqisligiga 



ma’lum 

miqdorda 

moslashuviga va chidamligiga olib keladi.

Issiqlikning  fiziologik  jarayonlarga  ta’siri. 

Qurg‘oqchilik  paytida 

o ‘simliklar  suvsizlanishi  bilan  birgalikda  ma’lum  darajada  qiziydi  ham. 

Yuqori  harorat (35°C  va  undan  ko‘p)  tufayli  hujayra sitoplazmasida  har 

xil  tipdagi  o ‘zgarishlar  yuz  beradi.  Ammo,  o ‘simlikning  isishi  kam 

vaqtda,  masalan,  5  minut  davom  etsa,  sitoplazma  o‘z  holiga  kelishi 

mumkin.

Yuqori  harorat  hujayrada  bir  qancha  o ‘zgarishlarga  olib  kelishi 



mumkin. 

Masalan, 

hujayra 

shirasi 


bir 

muncha 


quyuqlashadi. 

Shuningdek, 

hujayraning  o ‘tkazuvchanligi  bir  qancha  moddalar 

jumladan  eozin,  mochevina  va  glitserin  uchun  oshadi.  Hujayrada 

ketadigan  moddalar ekzoosmosi  tufayli  hujayra shirasida osmotik bosim 

sekin  asta  pasayib  ketadi.  Ammo  37°C  da  osmotik  bosimning  yana 

oshishi 

kuzatiladi, 

chunki 

kraxmalning  parchalanishi 



kuchayib, 

birlamchi  qandlar miqdori  ortadi.  0 ‘simliklarda ketadigan jarayonlardan 

eng muhimi  bo‘lgan  fotosintez jarayoni,  nafas  olishga  qaraganda yuqori 

haroratga  ancha  beriluvchandir.  Shuningdek,  suvsizlik  natijasida  ro‘y 

beradigan 

polimerlaming 

parchalanishi, 

chunonchi, 

oqsillaming 

parchalanishi yuqori haroratda yana ham kuchayib ketadi (XV.8-rasm).

Oqsil  moddalaming  parchalanishi  ammiak  hosil  bo‘lishi  bilan 

boradi.  Bu  esa  yuqori  haroratga  chidamsiz  o‘simlikiarda  ulaming 

zaharlanishiga 

olib 


keladi. 

Ayrim 


yuqori 

haroratga 

chidamli 

o‘simliklarda  ortiqcha  ammiakni  bogMaydigan  organik  kislotalar 

miqdori oshadi.


Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling