B o t a n I k a 5-6 mavzulashtirilgan testlar


-sinf botanika:                                                                                             Davron Sultonov – Farg’ona davlat univeristeti


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/54
Sana08.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#244323
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
5-6 BOTANIKA Test Sultonov 2

-sinf botanika:                                                                                             Davron Sultonov – Farg’ona davlat univeristeti 

55 


 

 

BOTANIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI 



 

Abu  Rayxon  Beruniy. 

(973-1048)

  Tabobatga  bag’ishlangan  “Kitob  as-Saydana  fit-tibb”  nomli 

asarida diyorimizda ya’ni Turkistonda o’sadigan juda ko’p dorivor o’simliklar haqida ma’lumot 

bergan.  

Abu  Ali  ibn  Sino. 

(980-1037)

  “Kitob  al-qonun  fit-tibb”  (Tib  qonunlari)  va  “Kitob  ush-shifo” 

nomli asarlarni yozgan. O’rta Osiyoda va Turkistonda o’sadigan ko’pgina dorivor o’simliklarni 

aniq tasvirlab, ularning shifobaxshlik xusususiyatlarini to’liq ko’rsatgan.   

Mahmud  Koshg’ariy. 

(XI  asrda  yashagan). 

“Devonu  lug’otit  turk”  nomli  kitobida  qadimgi 

Turkiston  hududida  uchrovchi  200  ga  yaqin  o’simlik  turlari  haqida  qimmatli  ma’lumotlar 

berilgan.    

Robert Guk – ingliz fizigi. 1665-yilda hujayrani kashf etgan. 

Robert Broun – ingliz olimi. 1831-yilda mag’iz hujayraning tarkibiy qismi ekanligini aniqladi.   

Malpigi va Gryu XVII asrda o’simlik to’qimasi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni o’z asarlarida 

bayon etgan.  

N.Gryu – ingliz tabiatshunosi. 1682-yilda to’qima tushunchasini fanga olib kirgan. 

A.Timiryazev.  O’simliklarda  fotosintez  jarayonini  o’rgangan  rus  olimi.  “Quyosh,  hayot  va 

xlorofill” nomli kitobida fotosintezni asoslab bergan. 

B.F.Fedchenko  va  onasi  O.A.Fedchenko.  1906-1916-yillarda  6  qismli  “Turkiston  florasining 

ro’yxati”  nomli  kitob  chop  etgan.  Unda  Turkiston  hududida  4111  tur  o’simlik  borligi 

ko’rsatilgan. 

“O’zbekiston markaziy gerbariysi”da bir mln.dan ortiq nusxadagi 10000 dan ortiq tur o’simlik 

saqlanadi. 

Gerbariyda  saqlanayotgan  o'simlik  nusxalarini  o'rganish  va  dalada  olib  borilgan  kuzatishlar 

asosida,  1941-1962-yillarda  O'zbekiston  Fanlar  akademiyasining  Botanika  instituti  6  jildlik 

“O'zbekiston  florasi”  nomli  yirik  ilmiy  asarni  nashr  ettirdi.  A.I.  Vvedenskiy  (1898—1971) 

rahbarligida yaratilgan bu asar O'zbekiston hududida o'sayotgan 138 oilaga oid 4230 o'simlik 

turi haqida to'liq ma'lumot beradi. 

1963-1993-yillarda  O'zbekiston  sistematiklari  tomonidan  10  jildlik  “O'rta  Osiyo  o'simliklari 

aniqlagichi” yaratildi. Mazkur asar O'rta Osiyo hududida tabiiy holda o'sadigan 125 oila, 1151 

turkumga mansub 8094 tumi o'z ichiga oladi. 

“O'zbekistonda  o'simliklar  qoplami”  nomli  monografiya.  5  jildlik  asar.  Vatanimizdagi 

o'simliklar dunyosini (qoplamini) aks ettiradi. 

“O'zbekiston paleobotanikasi”. 3 jildli asar. O'rta Osiyo, shu jumladan O'zbekistonda qadimgi 

geologik  davrlarda  o'sib,  so'ng  toshga  aylangan  o'simliklarning  yog'ochi  (tana,  poya),  meva, 

urug' va changlari asosida yozilgan. 

“O'zbekiston zamburug'lari florasi”. 8 tomli monografiya. Botanika institute zamburug’shunos 

(mikolog) lari tomonidan yozilgan. 

“Cho'l o'simliklari ekologiyasi”. 2 jildli. Cho’l o’simliklarini o’rganishdagi dastlabki tadqiqotlar 

natijasida yozilgan.   

“O'zbekiston dendrologiyasi”. Ko’p tomli asar. 

Dendrologiya – daraxtlarni o’rganuvchi fan. 

O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” ining 2009-yil nashriga 324 tur kiritilgan. O’zbek, 

rus va ingliz tillarida chop etilgan. 

1818-yili Sumatra orolidan doktor Jozef Arnold va Tomas Stafford Rafflez dunyodagi eng yirik 

gul – 

Raffleziya Arnoldi



ni topishgan. 


5-6

-sinf botanika:                                                                                             Davron Sultonov – Farg’ona davlat univeristeti 

56 


 

 

          



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling