B. Q. Haydarov


Download 4.57 Kb.

bet5/25
Sana10.06.2019
Hajmi4.57 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25

142.
 Yig‘indini toping:
 
a) 4 · 10000 + 2 · 1000 + 1 · 100 + 9 · 10 + 3 · 1;
 
b) 4 000 000 + 200 000 + 80 000 + 1 000 + 400 + 80 + 7;
 
d) 700 000 + 30 000 + 200 + 40 + 3;
 
Namuna: 
a)
 4
 · 10 000 + 
2
 · 1000 + 
1
 · 100 + 
9
 · 10 +
 3
 · 1 ifoda sonning xona 
qo‘shiluvchilari yig‘indisidan iborat. Shuning uchun berilgan yig‘indi 42 193 ga 
teng.
143.
 Fermer xo‘jaligida birinchi kuni 125 t, ikkinchi kuni birinchi kundagidan 42 t 
ko‘p kartoshka terib olindi. Uchinchi kun esa ikkinchi kundagidan 28 t ko‘p 
kartoshka terib olindi. Uch kunda jami necha tonna kartoshka terib olindi?
144. 
Avtomobil yo‘l hisoblagichi qanday sonni ko‘rsatadi?
34789
274 km
546 km
1245 km
?
?
?
145. 
Qo‘shiluvchilarni  bir-birini  «qulay»  songa  to‘ldiradigan  guruhlarga  ajratib, 
yig‘indini hisoblang.
 
a) 3 + 3 + 7 + 8 + 2 + 7 + 9 + 1;        b) 15 + 24 + 23 + 15 + 26 + 37 + 78 + 12;
 Namuna:
 4 + 8 + 6 + 2 = (4 + 6) + (8 + 2) = 10 + 10 = 20.
146.
 Qo‘shishning guruhlash qonunini qo‘llab yig‘indini hisoblang:
 
a) (6347 + 3747) + 6253; 
 
b) 9999 + (4701 + 20 200);
 
d) (44 888 + 69 999) + 10 001;  
e) 18 856 + (1544 + 3322).
 
Namuna:
 
 
a) (6347 + 3747) + 6253 = 6347+ (3747 + 6253) = 6347 + 10 000  = 16347.
147. 
Yig‘indini qulay usulda hisoblang:
 
a) 325 + 484 + 675; 
 
e) 448 + 323 + 52 + 77; 
 
b) 321 + 337 + 363; 
 
f) 123 + 978 + 277 + 22;     
 
d) 234 + 456 + 166;    
g) 511 + 245 + 855 + 89.
Namuna:
 a) 325 + 484 + 675 = (325 + 675) + 484 = 1000 + 484 = 1484.
148. 
ABC
  uchburchakning 
AB
 tomoni 
BC
  tomonidan  4  sm  qisqa  va 
AC
 
tomonidan esa 3 sm uzun. Agar 
AC
 = 17 sm ekanligi ma’lum bo‘lsa, 
ABC
 
uchburchakning perimetrini hisoblang.
149.
 
Yig‘indini qulay usulda hisoblang:
 
a) 11 + 12 +13 + 14 + 15 + 16 + 17 + 18 + 19 + 20;
 
b) 23 + 25 + 27 + 29 + 31 + 33 + 35 + 37;
 
d) 5 + 10 + 15 + 20 + ... + 100;
 
e) 94 + 84 + 74 + ... + 24 + 14 + 4.

40
 
Namuna:
  a) 11 + 12 + 13 + 14 + 15 + 16 + 17 + 18 + 19 + 20 =
             = (11 + 20) + (12 + 19) + (13 + 18) + (14 + 17) + (15 + 16) =
             =  31 + 31 + 31 + 31 + 31 = 31· 5 = 155.
Uyda bajariladigan mashqlar
150.
 Sonlar nurida 
M
(6) nuqtani va undan 8 birlik o‘ngda joylashgan 
N
 nuqtani 
belgilang. Sonlar nurida 
N
 nuqtaning koordinatasi nechaga teng bo‘ladi?
151.
 Hisoblang:
 
a) 2570 + 47 534; 
b) 67 423 + 24 137; 
  d) 26507 + 1760;
 
e) 8534 + 34 271; 
f) 51 700 + 9760; 
  g) 39 523 + 6670.
152.
 Sonlar yig‘indisini toping:
 
a) 102, 56, 1324; 
b) 650, 17, 2333; 
d) 1003, 467, 85;
 
e) 449, 257, 134, 112;  f)  435, 6027, 239, 2123;  g) 260, 35070, 6306, 32.
153. 
Rasmda tasvirlangan kalitning uzunligini aniqlang. 
 
154. 
Asilbek  va  Shohruh  pomidor  terishdi.  Asilbek  12  kg  750  g,  Shohruh  esa 
Asilbekdan  8  kg  500  g  ko‘proq  pomidor  terdi.  Ular  jami  qancha  pomidor 
terishdi?
155.
 Yig‘indini toping:
 
a) 7 · 10000 + 4 · 1000 + 3 · 100 + 4 · 10 + 7 · 1;
 
b) 1 000 000 + 500 000 + 60 000 + 3 000 + 200 + 90 + 5;
 
d) 600 000 + 6 000 + 700 + 30 + 1.
156.
 Fermer xo‘jaligida birinchi kuni 342 t, ikkinchi kuni birinchi kundagidan 22 t 
ko‘p piyoz terib olindi. Uchinchi kun esa ikkinchi kundagidan 18 t ko‘p piyoz 
terib olindi. Uch kunda jami necha tonna piyoz terib olindi?
157.
 Qo‘shiluvchilarni  bir-birini  «qulay»  songa  to‘ldiradigan  guruhlarga  ajratib, 
yig‘indini hisoblang:
 
a) 16 + 21 + 13 + 24 + 19 + 27;   
b) 347 + 118 + 249 + 53 + 162 + 81.
158.
 Qo‘shishning guruhlash qonunini qo‘llab yig‘indini hisoblang:
 
a) (374 + 712) + 626;     b) 999 + (901 + 2200);     d) (3355 + 7777) + 2223.
159. 
Yig‘indini qulay usulda hisoblang:
 
a)  51 + 52 +53 + 54 + 55 + 56 + 57 + 58;
 
b)  122 + 124 + 126 + 128 + 130 + 132 + 134 + 136 + 138.

41
8-§.                NATURAL SONLARNI AYIRISH VA UNING XOSSALARI
8.1. Natural sonlarni ayirish
1- misol.
  Shahzoda  kitobning  48  betini  o‘qiganidan  keyin  kitobning  yana 
 
24 beti o‘qilmay qoldi. Kitob necha betdan iborat?
Yechish.
 Masala qo‘shish amali yordamida yechiladi: 48 + 24 = 72. 
Javob:
 Kitob 72 betdan iborat.
Endi boshqa misolni qaraylik.
2- misol. 
Kitob 72 betdan iborat. Shahzoda kitobning 48 betini o‘qidi. Kitobning 
yana necha beti o‘qilmay qoldi? 
Yechish. 
Shunday sonni topishimiz kerakki, unga 48 ni qo‘shganda, 72 hosil 
bo‘lsin. Bunday son – 24, chunki  48 + 24 = 72.
Javob:
 Kitobning yana 24 beti o‘qilmay qolgan.
Bu  holda  24  soni  72  va  48
 sonlarining ayirmasi 
deb  ataladi  va    72  –  48 
shaklida ifodalanadi. Demak, 72 – 48 = 24.
Yig‘indi va bitta qo‘shiluvchiga ko‘ra ikkinchi qo‘shiluvchini topishga 
ayirish 
amali 
deyiladi.  Ayiriladigan  son  – 
ayiriluvchi
,  ayiriluvchi  ayriladigan  son  – 
kamayuvchi
 va ayirish amali natijasi 
ayirma
 deb ataladi. Xususan, 72 – 48 ham 
ayirma deb yuritiladi.
kamayuvchi
ayiriluvchi
ayirma
ayirma
72            –           48        =        24
Natural  sonlarni  ayirishda  kamayuvchi  ayiriluvchidan  kichik  bo‘lishi  mumkin 
emas.
Ikki sonning ayirmasi – birinchi son ikkinchisidan 
qanchaga ko‘p 
ekanligini 
yoki ikkinchi son birinchisidan 
qanchaga kam
 ekanligini anglatadi.
Natural sonlarni ayirishni sonlar nurida tasvirlash mumkin. Masalan, 8 sonidan 
5 sonini ayirish talab qilinsin. Sonlar nurida 
A
(8) nuqtani belgilaymiz (1- rasm).
O
B
A
X
0
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
–5
1- rasm
Undan chapga qarab 5 birlik kesma sanaymiz va 
B
(3)
 nuqtani topamiz. 
Demak, 8 – 5 = 3.
Sonlar nurida 
A
 va 
B
 
nuqtalar orasida 5 ta birlik kesma joylashgan. Demak, 
A
 
va 
B
 nuqtalar orasidagi masofa
 5 ga teng bo‘ladi. Bu 
AB
 = 5
 tarzida yoziladi.  
Agar  ikki  nuqtaning  koordinatalari  berilgan  bo‘lsa,  unda  ular  orasidagi 
masofani  topish  uchun  nuqtalar  koordinatalarining  kattasidan  kichigi  ayiriladi, 
ya’ni
AB 
= 8 – 3 = 5.

42
8.2. Natural sonlarni ayirishning xossalari
1.  Sondan yig‘indini ayirish xossasi
1-misol.
  Hisoblang:    314  -  (114  +  77).                 
1-usul:
  314  -  (114  +  77)  =  314  –  191  =  123.
Bu  amallarni  quyidagi  «sondan  yigʻindini  ayirish»  xossasidan  foydalanib 
ham  bajarish  mumkin. 
Sondan  yigʻindini  ayirish  uchun  oldin  kamayuvchidan  biror  qoʻshiluvchini 
ayirish,  so‘ng  ayirmadan  ikkinchi  qoʻshiluvchini  ayirish  kifoya.
2-usul: 
a) 314  -  (114  +  77)  =  (314  –  114)  -  77  =  200  –  77  =  123.
              b)  314  -  (114  +  77)  =  (314  –  77)  -  114  =  237  –  114  =  123.
2.  Yigʻindidan  sonni  ayirish  xossasi
2-misol.
  Hisoblang:    (374  +  231)  –  174.
1-usul:
  (374  +  231)  –  174  =  605  –  174  =  431.
Bu  amallarni  quyidagi  «yigʻindidan  sonni  ayirish»  xossasidan  foydalanib 
ham  bajarish  mumkin.
Yigʻindidan  sonni  ayirish  uchun  sonni  qoʻshiluvchilardan  birortasidan  ayirib, 
hosil  boʻlgan  ayirmaga  ikkinchi  qoʻshiluvchini  qoʻshib  qoʻyish  kifoya.
2-usul: 
(374  +  231)  –  174  =  (374  –  174)  +  231  =  431.
Albatta,  bu  xossani  qo‘llash  uchun  ayriladigan  son  qoʻshiluvchilarning 
birortasidan  katta  boʻlmasligi  kerak.
3.  Ayirishda nolning xossalari
3-misol. 
Ma’lumki,  7  +  0  =  7. 
Unda,  ayirish  amali  ma‘nosiga  koʻra,  7  –  0  =  7  va    7  –  7  =  0    boʻladi. 
Demak,  quyidagi  ayirishda  nolning  xossalari  o‘rinli  bo‘ladi.
Sondan  nol  ayirilganda  ayirma  oʻsha  sonning  oʻzi  bo‘ladi.  Kamayuvchi  va 
ayiriluvchi  o‘zaro  teng  bo‘lsa,  ayirma  nolga  teng  bo‘ladi.
Savollarga javob bering!
1. Ikkita sonning ayirmasi deb nimaga aytiladi?
2. Kamayuvchi ayiriluvchidan kichik bo‘lishi mumkinmi?
3. Ikki sonning ayirmasi nimani anglatadi?
4. Sondan yig‘indini  ayirish qoidasini sonlar nurida tushuntiring.
Sinfda bajariladigan mashqlar
160.
 Sonlar nurida 
M
(15) nuqtani belgilang va undan 7 birlik chapda joylashgan 
T
 nuqtani belgilang. 
T
 nuqtaning sonlar nuridagi koordinatasini toping.

43
161.
 Ayirishni amalga oshirib bo‘ladimi? Nega?
 
a) 342 – 424;       b) 654 – 444;      d) 399 – 0;     e) 0 – 42;   f) 23 451 – 23 456.
 
Namuna: 
Ayirishni amalga oshirish uchun kamayuvchi ayiriluvchidan kichik 
bo‘lmasligi  kerak.  a)  holda  324  <  424.  Demak,  ayirishni  amalga  oshirib 
bo‘lmaydi.
162.
 Qo‘shish amali yordamida quyidagi tengliklarni tekshiring: 
 
a) 2158 – 599 = 1559;    b) 2601 – 765 = 1836;       d) 10 032 – 2255 = 7777;
 
e) 11431 – 5316 = 6115;   f) 2201 – 345 = 1856;        g) 12 209 – 4533 = 7676.
 
Namuna: 
a) 1559 + 599 = 2158. Demak, tenglik to‘g‘ri.
163.
 Ayirishni bajaring va natijani qo‘shish amali bilan tekshiring:
 
  a) 1 584 – 239; 
 
e) 65 432 – 12 345;   
 
  b) 4 000 – 798; 
 
f) 18 644 538 – 7 974 683;   
 
  d) 75 319 – 8 642;    
g) 200 000 000 – 88 748 345.
164. 
«Lasetti» avtomobili «Neksiya» avtomobilidan a) qanchaga uzun? b) qanchaga 
baland? (1-  rasm).
4515 mm
4482 mm
1445 mm
1393 mm
1-  rasm
165.
 Plastik kartochkada 125 500 so‘m pul bor edi. Do‘kondan 25 950 so‘mlik 
xarid amalga oshirildi. Kartochkada necha so‘m pul qoldi?
166. 
Avtomobil 1050 km masofani bosib o‘tishi lozim. Agar u birinchi kuni 685 km 
yurgan bo‘lsa, yana necha km yo‘l yurishi kerak? 
167. 
A
 va 
B
 nuqtalar orasidagi masofani toping.
a)
b)
A
O
O
X
X
B
B
A
0
14
24
0
34
107
168.
 Sonlar  nurida  belgilangan  nuqtalarning  koordinatalarini  toping. 
AB

BC

CA

BE
 
va
 
DB
 kesmalar uzunligini hisoblang.
O
A
B
C
D
E
X
0
2
4
6
8
10
12
14
16
18
20
22
24
169. 
C
 nuqta 
AB
  kesmada  yotadi.  Agar
 
AB
 = 
48 sm  va 
CB
 = 
29 sm  ekanligi 
ma’lum bo‘lsa, 
AC
 kesmaning uzunligini toping.
170. 
1 litr suvning massasi 1 kg ga teng. 1 litr benzinning massasi esa undan  
270 g kam. 1 litr benzinning massasi qancha? 
171.
 Bir  soat  davomida  birinchi  robot  (avtomatlashtirilgan  dastgoh)  1745  ta, 
ikkinchi robot esa 2100 ta detalga ishlov berdi. Ikkinchi robot birinchisiga 
qaraganda nechta ko‘p detalga ishlov bergan?

44
172.
 Ayirish amali xossalaridan foydalanib, qulay usulda hisoblang: 
 
a) (6 642 + 1 956) – 956; 
b) 95 947 – (95 447 – 225);
 
d) (1 813 + 874) – 1 713; 
e) (7 563 + 1 437) – 999.
 
Namuna:
 a) (6642
 
+
 
1956)
 

 
956
 
=
 
6642
 
+
 
(1956
 

 
956)
 
=
 
6642
 
+
 
1000
 
=
 
7642.
173.
 Amallarni bajaring: 
 
a) 5478 – 4368 + 3479;  
b) 5475 + 3011 – 1716;
 
d) 2789 + 3576 – 2428;  
e) 7591 – 2439 + 3698.
174. 
2010-yili dunyoda bo‘yi eng uzun odam turkiyalik 27 yoshlik 
Sulton Kozen bo‘lib, uning bo‘yi 2 m 46 sm, eng pakana odam 
esa  xitoylik  20  yoshli  Xi  Ping  Ping  bo‘lib,  uning  bo‘yi  atigi 
 
74 sm ni tashkil qiladi (2- rasm). Sulton Xidan qancha uzun?
175.
 
AB
  kesma  uzunligi  43  sm. 
C
  va 
D
  nuqtalar 
AB
  kes ma-
da yotadi. 
D
 nuqta esa 
C
 va
 
B
 nuqtalar ora si da yotadi. Agar 
 
a) 
AC
 = 
15 sm, 
DB
 = 
19 sm;  b) 
AD
 = 
28 sm, 
CB
 = 
20 sm bo‘lsa, 
CD
 kesma uzunligini to ping?
176.
 
ABCD
 to‘rtburchakning perimetri 100 sm. 
AB
 tomon 44 sm,
 
BC
 tomon 
AB
 tomondan 15 sm qisqa, lekin 
CD
 tomondan 
 
8 sm uzun. 
AD
 tomon uzunligini toping.
Uyda bajariladigan mashqlar
177. 
Sonlar nurida
 
C
(18)
 
nuqtani belgilang va undan 9 birlik chapda 
D
 va 5 birlik 
o‘ngda joylashgan 
E
  nuqtani belgilang. 
D
 va 
E
 nuqtalarning sonlar nuridagi 
koordinatasini toping.
178. 
Ayirishni bajaring va natijani qo‘shish amali bilan tekshiring:
 
a) 4 487 – 923;   
b) 3 010 – 2318; 
 
d) 19 334 – 15 722.
179. 
«Kobalt» avtomobili «Lasetti» avtomobilidan a) qanchaga qisqa? b) qan-
cha ga baland? (3- rasm).
4515 mm
4479 mm
1445 sm
1513 sm
3-  rasm
180. 
Jirafaning  bo‘yi  430  sm.  Zebraning  bo‘yi  esa  undan  274  sm  qisqa. 
Zebraning bo‘yini toping?
181. 
Sonlar nurida belgilangan nuqtalarning koordinatalarini aniqlang. a) 
A
 va 
D
; 
b) 
C
 va 
В
 nuqtalar orasidagi masofani toping.
O
A
С
D
B
X
0
10
20
30 40
50
60
70 80 90
2- rasm

45
182.
 
C
 nuqta 
AB
 kesmada yotadi. Agar 
AB
 = 24 sm va 
CB
 = 15 sm ekanligi 
ma’lum bo‘lsa, 
AC
 kesmaning uzunligini toping.
183.
 Bir haftada birinchi ishchi 1745 ta, ikkinchi ishchi esa 3421 ta detal yasadi. 
Ikkinchi ishchi birinchisiga qaraganda nechta ko‘p detal yasagan?
184.
 Ayirish amali xossalaridan foydalanib, qulay usulda hisoblang: 
 
a) (3 426 + 2 345) – 345; 
 
b) (3 453 + 898) – 2 353;
 
d) 12 387 – (12 187 – 887); 
 
e) (6 578 + 1 437) – 1578.
185.
 Amallarni bajaring: 
 
a) 12 478 – 12 378 + 7934; 
 
b) 38 709 + 13 576 – 21 709; 
 
d) 28 676 + 1111 – 21 776; 
 
e) 41 512 + 13 924 – 23 412.
186.
 To‘g‘ri  to‘rtburchak  shaklidagi  maktab  hovlisining  bo‘yi  216  m,  eni  esa 
bo‘yidan 45 m qisqa. Maktab hovlisining perimetrini hisoblang.
187. 
«Lasetti» avtomobili massasi  1246 kg, «Kobalt» avtomobili massasi esa 
 
1149  kg  (4-  rasm).  «Kobalt»  avtomobili  «Lasetti»  avtomobilidan  necha 
kilogrammga yengil?
4-  rasm
Bilimingizni sinab ko‘ring!
Bu bob materiallarini o‘rganib chiqib, quyidagi masalalarni yecha olishingiz 
shart!  Nazorat ishi oldidan o‘zingizni sinab ko‘ring!
2- nazorat ishi namunasi
1.  Amallarni bajaring:
 
а) 249 638 + 83 554; 
 
b) 665 247 – 8296.
2.  а) 28 763 sonidan  9338 ga katta bo‘lgan sonni toping.
 
b) 59 345 soni 53 568 sonidan qancha katta?
 
d) 59 345 soni 69 965 sonidan qancha kichik?
3.  Birinchi yashikda 62 kg olma bor bo‘lib, bu ikkinchi yashikdagi olmadan 18 kg 
ga ko‘p. Ikkinchi yashikda qancha olma bor?
4. 
MFK
 uchburchakning 
FK
 tomoni 62 sm.
 
FK
 
tomonidan 
KM
 tomoni 1 dm 
uzun, 
MF
 tomoni esa 16 sm qisqa. Uchburchak perimetrini toping va uni dm 
da ifodalang.
5.  To‘g‘ri chiziqli yo‘lak bo‘ylab 15 ta buta ekildi. Butalar orasidagi masofa bir xil. 
 
Agar birinchi va oxirgi butalar orasidagi masofa 210 dm bo‘lsa, qo‘shni butalar 
orasidagi masofani toping.

46
9-§.    
 
           SONLI VA HARFLI IFODALAR
9.1. Sonli ifodalar
1- rasmda tasvirlangan, tomonlari 4 sm va 6 sm 
bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri nimaga teng?
Ravshanki,  usbu  to‘rtburchakning  perimetri 
 
2 · 4 + 2 · 6  ko‘rinishidagi ifoda bilan aniqlanadi.    
Sonlar,  arifmetik  amallar  va  qavslardan  tuzilgan 
bunday ifodalar 
sonli ifodalar 
deb ataladi. 
Masalan, 23 – (12 + 45) va 12 · 40 – 450 : 9  ifodalar sonli ifodalardir. 
Sonli  ifodada  amallar  belgilangan  tartibda  bajarilsa, 
sonli ifodaning qiymati 
hosil bo‘ladi. 
Yuqoridagi sonli ifodaning qiymati, ya‘ni to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 
2 · 4 + 2 · 6 =  20 (sm) ga teng.
Tomonlari 4 sm va 
a
 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri nimaga teng 
bo‘ladi? Bu savolga javob – 2 · 4 + 2 · 
a
  ko‘rinishdagi ifoda bo‘ladi.  
Sonlar, arifmetik amallar, qavslar bilan bir qatorda harflar ham ishtirok etgan 
ifoda 
harfli yoki harfiy ifoda
 deb ataladi.
a
 · 40 – 
a
 · 
b
  va    23 – (
a
 : 
c
 + 45)  harfli ifodalardir. 
Odatda, harfli ifodalarda son va harf yoki harflar o‘rtasidagi ko‘paytirish amali 
belgisi yozilmaydi. Shuningdek, harfiy ifodada ko‘paytuvchilar son va harf bo‘lsa, 
sonni harfdan oldin yozishga kelishilgan. 
Masalan, yuqoridagi 
a
 · 40 – 
a
 · 
b
 harfli ifoda 40 
a
 – 
ab
 tarzda yoziladi.    
Harfli ifodadagi harf o‘rniga turli sonlarni qo‘yish mumkin. Bu sonlar 
harfning 
qiymatlari
  deb  ataladi.  Harfli  ifodadagi  harf  o‘rniga  son  qo‘yib  hisoblanganda 
chiqqan natijaga 
hatfli ifodaning qiymati
 deyiladi.
1- misol.
  Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa 
birinchi soatdagidan m dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda tayyorlagan 
detallar sonini ifodalaydigan harfli ifoda tuzing. Harfli ifodaning 
m
 a) 4 ga; b) 8 ga 
teng bo‘lgandagi qiymatini toping. 
Yechish.
  Avval  harfli  ifoda  tuzamiz.  Masala  shartiga  ko‘ra,  ishchi  ikkinchi 
soatda 12+ m dona detal tayyorlagan. Unda, ishchi bu ikki soat ichida 12+(12+ 
m

dona detal tayyorlagan bo‘ladi.
a)  12+(12+ 
m
) harfli ifodaning  

= 4 bo‘lgandagi qiymati: 12+(12+ 4) = 28;
b)  12+(12+ 
m
) harfli ifodaning  
m
 = 8 bo‘lgandagi qiymati: 12+(12+ 8) = 32;  
Javob.
 12+(12+ 
m
); a) 28; b) 32. 
Savollarga javob bering!
1. Sonli ifodalarga misollar keltiring.
2. Sonli ifodaning qiymati qanday topiladi?
3. Harfli ifoda deb qanday ifodaga aytiladi?
4. Harfli ifodaning qiymati deb nimaga aytiladi?
4 sm
1- rasm
6 sm

47
Sinfda bajariladigan mashqlar
188.
 
Sonli ifodaning qiymatini toping:
 
a) 13 · 5 + 98; 
b) 127 + 108 : 3 – 24; 
d) 12 · 8 + 98 – 35;               
 
e) 23 · 4 + 121 : 11; 
f) 5 · 23 + 6 · 41; 
g) 455 : 5 – 13 · 7 + 43.
189.
 
Harfli ifodaning qiymatini toping:
 
a) 128 – 
b
, bunda 
b
 = 31; 43; 59. 
b) 
b
 
– 18, bunda 
b
 
= 39; 124; 215.
 
d) 35 + 
x
, bunda 
x
 = 0; 10; 100.   
e) 125 – 
x
, bunda 
x
 = 0; 110; 98.
 
Namuna: 
a)
 
b
 
= 31
 
bo‘lganda,
 
128 –
 
b
 
= 128 – 31 = 97.
190. 
Harfli ifodaning qiymatini toping:
 
a) (128 – 12
b
) + (14
b
 – 18), bunda  
b
 = 3; 4; 5.
 
b) (30
y
 
– 25) – (20
y
 + 10), bunda  
y
 = 4; 8; 10.
 
Namuna: 
a) 
b
 = 3 bo‘lganda, (128 – 12
b
) + (14
b
 – 18) = 
 
= (128 – 12 · 3) + (14 · 3 – 18) = (128 – 36) + (42 – 18) = 92 + 24 = 116.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling