B. Ruzmetov, B. A. Ibragimov, Sh. B. Ruzmetov G. O`. Qurbanbayeva, iqtisodiyot nazariyasi


 YaMMning mazmuni va tarkibiy qisimlari


Download 4.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/148
Sana04.11.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1746890
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   148
Bog'liq
v04CD uk54TqdnpZgfxXMRj5vRT03Ylo

12.4. YaMMning mazmuni va tarkibiy qisimlari 


148 
Demak, YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan 
barcha pirovard mahsulot (xizmatlar) ning bozor baholaridagi summasi. 
Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi 
mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to’ldiradi. Ya’ni YaMM hajmini 
hisoblab topishda zahiralarning har qanday o’sish hisobga olinishi zarur
chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va 
sotilmagan) hisobga olinadi. 
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to’g’ri hisoblab chiqish 
uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir 
marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta 
sotilgan mahsulotlarni ko’p marta hisobga olishlarini bartaraf qilish uchun, 
xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida yaratalgan qo’shilgan qiymatlar 
yig’indisi olinadi. 
Qo’shilgan qiymat - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol 
qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin 
qolgan qismining bozor qiymati. 
Boshqacha aytganda qo’shilgan qiymat – bu korxona yalpi 
mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan 
(amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib 
tashlangan miqdoriga teng. 
YaMM yordamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarish yillik hajmini hisoblashga harakat qilinadi. 
YaMM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar 
va xizmatlarning bozor bahosidagi summasi bo’lganligi uchun 
tovarning o’zi, uning nafliligi ko’paymagan holda baholar oshishi 
evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Baho ishlab chiqarish 
umumiy hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga 
keltirishning eng keng tarqalgan ko’rsatkichi sifatida foydalaniladi. 
Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real 
milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor baholarida hisoblangan 
milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o’zgarmas baholarda 
hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. 
Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YaMM qiymatini faqat narx 
o’zgarmagan taqdirda o’zaro taqqoslash mumkin bo’ladi. Bundan 
tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining 
o’sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining kamayishi) o’rin 
tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi. 


149 

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling