B. Ruzmetov, B. A. Ibragimov, Sh. B. Ruzmetov G. O`. Qurbanbayeva, iqtisodiyot nazariyasi
YaMMning mazmuni va tarkibiy qisimlari
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
v04CD uk54TqdnpZgfxXMRj5vRT03Ylo
12.4. YaMMning mazmuni va tarkibiy qisimlari
148 Demak, YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmatlar) ning bozor baholaridagi summasi. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to’ldiradi. Ya’ni YaMM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday o’sish hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to’g’ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko’p marta hisobga olishlarini bartaraf qilish uchun, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida yaratalgan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi olinadi. Qo’shilgan qiymat - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. Boshqacha aytganda qo’shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. YaMM yordamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga harakat qilinadi. YaMM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor bahosidagi summasi bo’lganligi uchun tovarning o’zi, uning nafliligi ko’paymagan holda baholar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Baho ishlab chiqarish umumiy hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko’rsatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor baholarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o’zgarmas baholarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YaMM qiymatini faqat narx o’zgarmagan taqdirda o’zaro taqqoslash mumkin bo’ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o’sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining kamayishi) o’rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling