B. S. Axrarov
Download 3.61 Mb.
|
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Формула
- Masteri avtomatik
- Другие функции
Funksiyalar - argumentlar deb ataluvchi berilgan qiymatlar bo‘yicha ko‘rsatilgan tartib va belgilangan sintaksis asosida hisoblashlami bajarilishini ta’minlovchi formulalardir.
MS Excel dasturida funksiyalar muayyan masalani yechish uchun sodda va murakkab hisoblashlami bajarish imkonini beradi. Funksiyalar turiga qarab, ular: argumentsiz; bir argumentli; cheklangan sondagi argumentar; •noaniq sondagi argumentlar; majbur bo‘lmagan argumentlar bilan joriy etishlari mumkin. MS Excel jadval protsessorida 300 ga yaqin funksiyalar mavjud. Ular yordamida turli-tuman masalalami yechish mumkin. Funksiyalar bilan ishlash uchun formula satridagi HI tugma bosiladi Jx | yoki menyuning Формула bandidagi tugmasi bosiladi. Natijada Мастер функций muloqot oynasi ochiladi. Masteming birinchi qadamida Категории seksiyasida 11 toifadagi funksiyalar ro'yxatlari beriladi (toifalar foydalanuvchi aniqlagan yangi funksiyalar hisobiga ko‘paytirilishi ham mumkin). Funksiya toifalaridan biri tanlanishida oynaning Функция nomli ro‘yxatida shu toifaga kiruvchi funksiyalar tasvirlanadi. Funksiyalardan biri tanlansa, muloqot oynasining quyi qismida funksiya argumentlari va uning qisqacha tafsiloti paydo bo‘ladi. Masteming ikkinchi qadamida tanlangan funksiyaning argumentlari kiritiladi. Argumentlami kiritish jarayonida formulalar palitrasi o‘z ko‘rinishini o‘zgartiradi. Unda argumentlar kiritish maydonlari tasvirlanadi. Agar argument nomi quyuq shriftda ko'rsatilgan bo‘lsa, ushbu argument albatta kiritilishi zarur, ya’ni u majburiy argument hisoblanadi. Argument nomlari oddiy shriftda ko'rsatilgan bo‘Jsa, uning qiymatini kiritish majburiy emas. Palitraning quyi qismida funksiyaning tafsiloti va o'zgaruvchi argumentlar vazifalari tasvirlanadi. Argumentlami bevosita formula satriga kiritish yoki formula palitrasidagi maydonlarga kiritish mumkin. Agar formula argumentida havolalar qatnashsa, ulami bevosita ishchi varaqdan tanlab olish mumkin. Funksiya argumenti sifatida boshqa funksiya ishtirok etishi mumkin. Yangi formula kiritishda funksiya Masteri avtomatik tarzda formula satri boshiga va yacheyka ichiga barobar (“=”) belgisini kiritadi. Argument sifatida son, yacheyka adresi yoki ixtiyoriy ifoda ishlatiladi, undan tashqari funksiya ham ishlatish mumkin. Formula kiritish jarayonida formula satrining chap tomonida ;joriy yacheyka adresi o‘ng tomonidadagi ~ tugma bosilsa, funksiyalar ro‘yxati pastlab chiqadi. Ushbu ro'yxatda o‘nta funksiya ko‘rsatiladi. Bular eng so'nggi ishlatilgan funksiyalar hisoblanadi, shuningdek Другие функции bandidan iborat. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling