B. S. Axrarov
Download 3.61 Mb.
|
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statsionar
Mikro kompyuterlar - o‘rtamiyona unumdorlikka ega bo‘lgan, bir yoki bir necha mikroprotsessordan iborat kompyuterlar. Ushbu sinfga ilmiy va ishlab chiqarish sohalarida, turli soha muta- xassislari tomonidan, maishiy sohada va uy sharoitida ishlatiladigan shaxsiy kompyuterlar ham kiradi.
“Shaxsiy” degan atama kompyuter alohida bitta foydalanuvchi tomonidan ishlatilishini biidiradi. Shu bilan birga shaxsiy kompyuterlar ko‘pincha unchalik katta bo‘lmagan kompyuter tarmoqlarida tarmoq serveri sifatida ham ishlatiladi. Hozirgi vaqtda shaxsiy kompyuterlar millionlab nusxada ishlab chiqilmoqda. Shaxsiy kompyuterlar bozori texnologik va dasturiy jihatidan mosligi bo‘yicha IBMga mos va Macintoshga mos shaxsiy kompyuterlarga ajaratiladi. Bozordagi 90% shaxsiy kompyuterlar IBMga mos kompyuterlar ulushiga to‘g‘ri keladi (IBM, Hewlett Packard, Dell va boshqa ishlab chiqaruvchilar mahsuloti). Ushbu kompyuterlaming keng ommalashishiga sabab - ularning ochiq arxitektura tamoyili bilan ishlab chiqilganligida (quriimalarining birgalikda ishlashi umumiy qabul qilingan standart talablariga mos kelishi natijasida turli ishlab chiqaruvchilar qurilmalarini yig‘ish imkoniyati mavjudligi). Macintoshga mos kompyuterlar (Apple Computer firmasi tomonidan ishlab chiqilgan) bozoming kam segmentini egallagan. Ular asosan ta’lim, nashriyot, dizayn, musiqa sohalarida qo'llaniladilar. Microsoft va Intel firmalari tomonidan PC 99 xususiyatlari uchun standart ishlab chiqilgan bo'lib, unga ko‘ra shaxsiy kom- pyuter tashkil etuvchi komponentalari uchun tavsiya va talablar berilgan. Ushbu standartga muvofiq shaxsiy kompyuterlaming quyidagi turlari ajratilgan: foydalanuvchi kompyuteri (Consumer PC) alohida ishla- tiladi va ochiq kompyuter tarmoqlariga ulanishi mumkin; idora kompyuteri (Office PC) lokal kompyuter tarmog‘ida ishlashi mumkin; mobil kompyuter (Mobile PC) alohida kuchlanish quwati manbaisiz ishlatiladigan kompyuter; ishchi stansiya (Workstation PC) katta hajmdagi hisoblash- lami talab etuvchi masalalami yechishda ishlatiladigan, Consumer PC va Office PC kompyuterlariga nisbatan yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan kompyuterlar; o‘yin kompyuterlari (Entertainment PC) kompyuter o'yin- larini o‘ynashga, audio- va video-axborotlami qayta ishlash uchun foydalaniladigan kompyuterlar. Keyinchalik 2001-yilda PC 2001 xususiyatlari ishlab chiqilib, unda shaxsiy kompyuterlar tarkibi, komponentalari tavsifiga oid muayyan talablar belgilangan. Unda umumiy turdagi shaxsiy kompyuterdan tashqari ishchi stansiyalar va mobil kompyuterlarga bo‘Igan talablar ham yoritilgan. Yana bitta shaxsiy kompyuter turi - tarmoq kompyuteri. Bunday EHM faqat kompyuter tarmoqlarida ishlatilishi mumkin, chunki u tashqi xotiraga ega emas va asosiy dasturiar hamda ma’lumotlar tarmoq serverida saqlanadi. Bunday EHMlar narxi nisbatan arzon., biroq tarmoqdan tashqarida ulardan foydalanib bo‘lmaydi. Ko‘pincha shaxsiy kompyuterlami statsionar (ko‘chmas) va portativ guruhlarga ajratishadi. Statsionar yoki stol ustiga qo‘yladigan shaxsiy kompyuterlami desktop deb ham atashadi (in- glizchadan Desktop - stolga muqim joylashtiriladigan). Ular statsionar elektr manbaiga ulanib ishlashga mo‘ljallangan. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling