B. S. Axrarov


Download 3.61 Mb.
bet74/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

Ma’lumotlar bazasi. Avtomatlashtirilgan ofisdagi ma’lumot­lar bazalari tashkilotning ishlab chiqarish tizimi, shuningdek tashqi muhit haqidagi ma’iumotlami jamlaydi.
Ma’lumotlar bazalaridan axborot matnli protsessor, jadval protsessori, elektron pochta, kompyuter konferensiyasi kabi kompyuter ilovalarining kirishiga kelib tushadi. Har qanday avtomatlashtirilgan ofisning kompyuter ilovasi tashkilot xodim- larining bir-biri bilan aloqasini ta’minlaydi.
Ma’lumotlar bazalaridan axborot oiishda uzatish, nusxalash, saqlash uchun nokompyuter texnik vositalardan foydalanish mum- kin.
Ko'pgina shaxsiy kompyuterlar uchun integrallashtirilgan va ixtisoslashtirilgan dastur paketiari turli funksiyalarga «menyu» (imkoniyatlar ro‘yxatlari va tanlash parametrlari) orqali kirishni ta’minlaydi.
Muassasa faoliyatida u yoki bu hujjatlaming shakllanishigina emas, tashkilot ichi ma’lumotlar oqimining taqsimlanishi ham katta ahamiyatga ega. Muassasa mehnatini avtomatlashtirish tizimining rivojlanishi elektron pochta, telekonferensiya, videoteka kabi turli elektron aloqa vositalarining paydo bo"lishiga olib keldi.
Telekommunikatsiya tizimlari aloqa у o'I lari bilan tutashgan va odamlar guruhi ichida bir paytda axborot almashish uchun mo‘ljallangan texnik vositalami namoyon etadi. Telekonferensiyaiar ikki alohida turiga - kompyuterlashgan telekonferensiyaiar va videokonferensiyalarga ajraladi. Videokonferensiyalar jismoniy jihatdan turli joylarda bo‘lgan ishtirokchilarga bir-birini ko‘rish va eshitish imkonini beradiki, bu hoi xuddi bir joyda mavjud bo‘lish tasavvurini uyg‘otadi. Aloqa uchun mo‘ljallangan umumiy telefon liniyalari yoki to‘laqonli televizion tasvimi ta’minlovchi koaksial, optik tolali liniyalardan foydalanilishi mumkin.
Shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanish kompyuterlashgan telekonferensiyalaming o‘sishiga olib keladi.
Lokal tarmoq hamkasblarning terminallariga, muassasalarda- gi ixtisoslashgan ma’lumotlar bazasiga va markazlashgan xizmat- larga (asosiy kompyuterlar, axborot fayllarga) kirish imkonini beradi. Lokal tarmoq idora kommunikatsiyasini ta’minlaydi va katta axborot oqimlarini uzatishga qobil. Hujjatlar asosan elektron shakl- da tarqatiladi va saqlanadi. Biroq qog‘ozdagi hujjat axborotni namo­yon etishning eng ommaviy shakli bo‘lib qolmoqda, shu elektron hujjatlar oxirgi foydalanuvchiga yetib borguncha qog‘oz shakliga kiradi.
Zamonaviy, ma’lum ma’noda, ideal idora boshqaruvi mutaxas- sislar va idoraning boshqa xodimlari mehnatini kompleks avtomatiashtirishni ta’minlashlari lozim.
Rahbarlar va mutaxassislarning zarur axborotni olishlari uchun kompyuter va boshqa asbob-uskunalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish iinkoniyatlari paydo bodmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda idora ishini avtomatlashtirish ancha samarali natijalar bermoqda.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling