B. S. Isomov, L. N. Jiyanov
Investitsiya dasturining amalga oshirilishi monitoringi
Download 0.77 Mb.
|
2. Isomov B.S. L.N. Jiyanov oxiron
5. 4. Investitsiya dasturining amalga oshirilishi monitoringi
Rivojlanish istagida bo’lgan har bir mamlakat birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarish sohasiga markazlashtirilgan hamda xorijiy investorlarini jalb qilish uchun harakat qilmog’i lozim. Ushbu maqsadda muayyan investitsiya dasturi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi, tegishli investitsion muhit yaratiladi. Albatta bu jarayonda investititlarning tarkibidagi o'zgarishlarni tekshirib turish muhim ahamiyat kasb etadi. Monitoring loyihalarni moliyalashtirish va ularning shartlariga, bank va kredit siyosatiga, qabul qilingan me'yorlar va tartiblarga muvofiqligi to'g'risidagi bitim bilan bog'liq barcha hujjatlarni vaqti-vaqti bilan tekshirishni qamrab oladi. Keng ma’noda monitoring (lotincha monitor - eslatuvchi, nazorat qiluvchi) - bu atrof -muhit holatini, uning ifloslanishini, antropogen ta'sir ta'siri ostida sodir bo'ladigan tabiiy hodisalarni muntazam ravishda uzoq vaqt davomida kuzatib borish, ma'lum bir dasturga muvofiq amalga oshirish tizimi, shuningdek keyingi o'zgarishlarni baholash va prognoz qilish. Kuzatishning tabiatda ham, kuzatish usullari yoki maqsadlarida ham juda ko'p turlari mavjud. Uch xil faoliyat turiga qarab, tarmoqlar, mintaqaviy, ta'sir monitoringi mavjud. Navbatdagi qadam qarzdorning moliyaviy layoqatini baholash bo’lib, uning balansini, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotini hamda mijozning moliyaviy – xo’jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa xujjatlarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Monitoringning yana bir muhim tomoni kreditni qoplashning ikkilamchi manbai uning qaytarilishining ta’minotini tekshirish hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda har yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar davlat byudjeti mablag’lari, halqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag’lari hisobiga, byudjetdan tashqari fondlar, banklar, chet ellik va xususiy investorlar tomonidan moliyalashtilar ekan, albatta, bu mablag’larining qaytarilishi va ma’lum miqdorda ularning foyda bilan ta’minlanishi talab etiladi. Ushbu mablag’larning muayyan foydasi bilan qaytishligini aniqlash, tekshirib borish va tahlil qilib turish uchun kreditorlar tomonidan, shuningdek mol etkazib beruvchilar, xususan, lizing, sug’urta kompaniyalari va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan loiyhalarning monitoringi olib boriladi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida ham moliyalashtirilayotgan barcha loyihalar ustidan monitoring olib borishning umumiy tizimi joriy qilingan. Har bir moliyalashtiruvchi yoki kreditlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o’zlarining faoliyat turi va xususiyatlaridan kelib chiqib, o’zlariga xos bo’lgan monitoring o’tkazish tartibini ishlab chiqadilar va shu asosida faoliyat yuritadilar. Monitoringning mazmuni “ko’zgu” degan ma’noni anglatadi. Monitoringni yuritishda quyidagilar ko’zda tutiladi: amalga oshirilmoqchi bo’lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko’zda tutilganligi; ishlab chiqarish jarayonini bilishlik, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish jarayonini boshidan oxirgacha kuzatib borish; ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik jihatdan asoslanishi va tashkil etilishi; loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni amalga oshirish. Monitoring olib borish bosqichlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: korxonaning moliyaviy – xo’jalik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash; olingan ma’lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy – xo’jalik holatini tahlil etish; tahlil natijalari bo’yicha xulosalar qilish va takliflar berish. Dasturni amalga oshirilishi monitoringi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000-yil 4 yanvardagi 1- sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to’g’risidagi Nizomga va Vazirlar Maxkamasining 2005-yil 15- noyabrdagi 251– sonli “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordamida yuklarini va texnik ko’maklashish mablag’larini hisobga olish va nazorat qilish chora – tadbirlari to’g’risida” gi Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Dasturning davlat monitoringi: investitsiya loyihalarni va birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalardan foydalangan holda ro’yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini o’z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash; loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlarga (texnik-iqtisodiy asoslar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) shartlariga rioya qilish; amalga oshirilayotgan loyihalar bo’yicha axborot bazasini shakllantirish; investitsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo’ladigan muammoli masalalarni kuzatib borish; investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi. Monitoring: vazirliklar, idoralar tomonidan tashabbus ko’rsatilgan investitsiya loyihalari va takliflari yuzasidan – Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot – tahlil departamentlari bilan birgalikda, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va toshkent shahar hokimimliklari hamda xorijiy investitsiyalar jalb etilgan korxonalar tomonidan tashabbus Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan o’tkaziladi; Xorijiy invenstitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan – xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan monitoring: investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etiladigan tasdiqlangan reja – jadvallarining bajarilishi to’g’risidagi vxboratlarni; O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan hajmda va muddatlarda taqdim etiladigan O’zbekiston Respublikasi bo’yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to’g’risidagi yig’ma statistika axboratini; Mavjud va potentsial xorijiy investorlar faoliyatining normativ – huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha ularning takliflarini o’rganish asosida vaqti – vaqti bilan tayyorlanadigan investitsiya muhiti sharhini; Manfatdor vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etiladigan tezkor axborotlarni; Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni o’z vaqtida mablag’ bilan ta’minlash masalalari bo’yicha axborotlarni tahlil qilish va umumlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan: Tasdiqlangan reja – jadvallar bajarilishini, loyihalarni amalga oshirish yuzasidan zarur ishlar kompleksini olib borishning texnologik izchilligiga rioya etilishini nazorat qilish; Texnik – iqtisodiy asoslashlarining asosiy qoidalarini ko’rib chiqish, loyihalarni amalga oshirish mumkinligi yuzasidan umumiy qarorlar qabul qilish; Alohida yirik loyihalar, shu jumladan texnik – iqtisodiy asoslashlar ko’rsatkichlariga nisbatan loyihalarning qimmatlashishi yoki arzonlanishishi mumkinligini hisobga olgan holda bazaviy loyihalashtirishni tasdiqlash; Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ajratiladigan mablag’larning o’z vaqtida moliyalashtirilishini va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlash, Xukumat kafolati ostida jalb etiladigan qarz mablag’larning o’z vaqtida qaytarilishi ta’minlanishini nazorat qilish; Manfaatdor vazirliklar va buyurtmachi idoralar tomonidan ishlab chiqilgan extiyot qismlar va komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishi bo’yicha marketing dasturlarini ekspertizadan o’tkazish; Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini o’z vaqtida ro’yobga chiqarishga ko’maklashuvi boshqa asosiy masalarni ko’rib chiqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Texnik – iqtisodiy asoslashlar va loyiha – smeta hujjatlari vakolatli ekspertiza organlari tomonidan ekspertiza qilinganligi to’g’risidagi axborot tayyorlaydi. Dasturning monitoring natijalari, dasturning amalga oshirilishi to’g’risidagi har choraklik axborotlarni tayyorlashda hamda navbatdagi uch yillik davrga dasturni shakllantirishda foydaniladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling