B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet167/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

MUFRADOT 1. Bir baytdan iborat mustaqil she’riy asar, fardlar majmuasi.
2. Eski maktablarda yozuvni o‘rganish uch bosqichda olib borilgan: birinchi bosqichda arab alifbosidagi har bir harfni alohida-alohida yozish mashq qilingan. Bu bosqich mufradot davri deyilgan. Aytaylik, arab alifbosida mavjud 28 harfning har biri alohida holda, so‘z boshida, so‘z o‘rtasida va nihoyat so‘z oxirida to‘rt shaklga ega uchun mufradot davri birmuncha cho‘zilgan. Bunda harflarni ifodalovchi har bir belgini chiroyli va yorqin qilib, qiyomiga yetkazib yozishga, demakki, husni xat (kalligrafiya)ga alohida e’tibor qilingan.
MUHARRIR (ar. ozod etuvchi; tahrir qiluvchi; yozuvchi) 1. Nashriyot yoki boshqa mas’ul nashrlarda muayyan matnni tur­li jihatdan tahrir qilib, bosmaga tayyorlovchi xodim. Adabiy muharrir. Texnik muharrir. Bosh muharrir. Mas’ul muharrir.
2. Ayrim matbuot organlariga rahbarlik qiluvchi shaxs. Keksa ishchi gazetaning muharririga qarab: – Nega bunga chittak deb laqab qo‘ydilaring? – dedi.(A. Qah­hor)
MUMTOZ (a.a’lo darajali, mashhur; saralangan) Biror fazilati, yaxshi tomoni bilan boshqalardan ajralib turadigan, yetuk, sara
MUNAQQID (ar. tanqid qiluvchi; tanqidchi) Adabiy tanqid bilan shug‘ul­lanuvchi shaxs; tanqidchi so‘ziga sinonim sifatida qo‘llanadi.
MUQALLID (ar. taqlidchi) 1.O‘zbek an’anaviy teatrining janri; shu janr ijrochisi (Muqallid shaklidagi tomoshalarda qush va hayvonlarga taqlid qilingan, hayotdagi ba’zi kishilar xulq-atvori, qiziq voqealar kulgili tarzda aks ettirilgan).
2. Bolalar o‘yin folklorida bolalarning o’z ota-onalari turish-turmushiga muqallidlari zamirida yuzaga kelgan «Olmacha do’m-do’m», «Osmondagi oy» o’yinlari uchun dehqonning o’zi yetishtirgan olmani sotishiga bolalar taqlidi asosga aylangan bo’lsa, «Bog’lam-bog’lam», «Chillik toy», «Qo’rg’on olish», «Cho’pon va shog’ol», «Boylandi» o’yinlari uchun chorvachilik bilan shug’ullanuvchilar faoliyatiga muqallid qilish zamin vazifasini o’tagan.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling