B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
MUQATTAOT eski maktablarda yozuvni o‘rganish uch bosqichda olib borilgan: uchinchi bosqichda so‘zni yozishga o‘tilgan, bu - muqattaot davri deyilgan. Bu bosqichda o‘quvchilar ikkiliklar, ruboiylar, qit’alar, tuyuqlar va g‘azallarni ko‘chirib yozishni mashq qilganlar.
MURAKKABOT eski maktablarda yozuvni o‘rganish uch bosqichda olib borilgan: ikkinchi bosqich - murakkabot deyilgan. Bunda harfni harfga-old tomondan qo‘shib yozish mashq qilingan. Harfni harfga murakkab qilish-qo‘shib yozishda qo‘shilayotgan harflarni ifodalovchi belgilarning aniq va tiniq yozilishiga, ostki va ustki belgilarning to‘g‘ri ifodalanishiga alohida e'tibor qilingan. Shu zaylda harfni harfga qo‘shganda hosil bo‘luvchi hijolarni idrok qilish mashqi qiyomiga yetkazilgan. MUSADDAS (ar. oltilik) Olti misrali bandlardan tarkib topuvchi she’r shakli; olti misrali band. Musaddas she’r shaklida dastlabki band misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-a-a-a-a), keying bandlarning dastlabki besh misrasi oʻzaro, oxirgi misrasi esa birinchi band bilan (b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-a va h.) qofiyalanadi. MUSAMMAN Sakkiz misrali bandlardan tarkib topuvchi she’r shakli; sakkiz misrali band. Musaddas she’r shaklida dastlabki band misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-a-a-a-a-a-a), keying bandlarning dastlabki yetti misrasi oʻzaro, oxirgi misrasi esa birinchi band bilan (b-b-b-b-b-ba, v-v-v-v-v-a va h.) qofiyalanadi. MUSAVVIR (ar. rassom; tasvirga, suratga oluvchi) Turli tasvirlar ishlovchi, rasm chizuvchi ijodkor. Bolalar kitobatchiligida yuksak mas’uliyat bilan asar matnini chuqur o’rganishi, uning ruhigagina emas, balki asar yaratilgan zamon ruhiga, asar qahramoni va uning muhiti ruhiga, asar muallifi ruhiga kirgan holda bolalar yosh xususiyatlarini, saviyasini, olamni idrok qila bilish iqtidori va malakalarini imkoniyat va darajalarini hisobga olib rasm va bezaklar chizadigan rassom. U yozuvchi matnda aytmagan va aytolmagan, ko’rsatmagan va ko’rsatolmagan, lekin ham aytilishi, ham ko’rsatilishi shart bo’lgan nuqtalar, ruhiy holatlarni ifodalash orqali qahramon xarakterini yaratishi, ham qahramon, ham asar, ham yozuvchi ruhiga mos manzaralar chizib, ularda takrorlanmas milliy koloritni singdirishi va shu asosida kitobning mazmun-mundarijasini to’ldirishi lozim. Musavvir kitobdagi har bir personaj tashqi qiyofasini faqat o’zigagina xos xarakterini gavda a’zolari qanday taqozo etsa, shu xilda ko’rsatishi, bunda matn mazmuni mantiqidan kelib chiqishi kerak. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling