B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet170/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

    Bu sahifa navigatsiya:
  • NOSIR
NAZIRA (ar. o‘xshash, o‘xshash narsa, namuna) O‘zga shoir she’riga ergashish yo‘li bilan, unga o‘xshatma tarzida yoki javob sifatida yaratiluvchi she’r.
NAZM (ar. tuzuk, tartib, tartibga keltirish, terish, tizish) Badiiy nutq shakl­laridan biri, tizma, she’riy nutq. Nisbatan kam hollarda nazm keng ma’noda qo‘l­lanib, umu­man she’riyatni bildiradi, bu keng ma’noda nasr bilan qarama-qarshi qo‘­yilgan holda yuzaga keladi.
NOSHIR (ar. tarqatuvchi, nashr etuvchi) Nashr etuvchi, chop qiluvchi, chiqa-ruvchi. Noshir kitob shakl-shamoyilini, harflari, hoshiyalari, sarlavhalari, taglavhalari, yonlavhalari, qismlari va boblarini ajratib ko’rsatuvchi belgilarni matn mazmuni va kitob bichimiga muvofiqlashtirsa
NOSIR Nasrda ijod qiluvchi shaxs; yozuvchi, adib.
NOVATORLIK (lot. novator – yangilovchi, yangilanuvchi) Adabiy jarayon bilan bog‘liq kategoriya, adabiy jarayonda an’ana bilan har vaqt dialektik aloqada mavjud bo‘lgan hodisa, adabiyot taraqqiyotining muhim ichki omili, badiiy tafakkur rivojiga sezilarli ta’sir o‘tkazib, keyinchalik an’anaga aylanuvchi muhim badiiy-estetik yangilik. Adabiy an’anaga saylab va tanqidiy munosabatda bo‘lolgan, o‘z dav­rining badiiy-estetik ehtiyojlarini teran his qilolgan ijodkorgina yangilik yara­tishga qodir bo‘la oladi. Masalan, o‘zbek mumtoz an’analari bag‘rida yetishgan Cho‘lpon o‘z ijodi bilan she’riyatimizga qator yangiliklarni olib kirdi. Jumladan uning badiiy shakl sohasidagi novatorligi she’rlarining ritmik-intonatsion qurilishida barmoq va sarbast imkoniyatlaridan keng foydalanishi, mumtoz she’riyatdagi she’­riy shakllarni o‘zgartirib qo‘llashi, she’riyat tilini jonli so‘zlashuv tiliga yaqinlash­tirishga intilishi, she’riyatimizga ijroviy lirika, personajli lirika kabi janr ko‘rinish­la­rini olib kirganida; badiiy mazmun sohasida esa she’riyatga ijtimoiy “men”ni olib kirgani, shaxsiylangan ijtimoiy dardni kuylagani, an’anaviy poetik obrazlar (yor, oshiq,visol va b.) ma’nosini o‘zgartirgani kabilarda ko‘rinadi.
Bolalar adabiyotida istiqlol davri she’riyati, jumladan, A.Obidjon, D.Rajab singari ko‘plab shoirlar ijodida shakl va mazmun jihatidan yangilanishi ilgari uchramagan obraz va mavzular yaratilishi novatorlik belgisidir.



Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling