B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet173/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

PAREMIOGRAFIYA Paremalarni yozib olish, toʻplash faoliyati. Maqoll metal, topishmoqlarni yozib olinishi va to’planib kitobat qilinishi paremiografiyaga daxldor.
PAREMIOLOGIYA  (yun. paroimia – hikmatli soʻz, zarbulmasal va ... logiya) 1. Maʼlum bir tildagi avloddan avlodga ogʻzaki shaklda koʻchib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo boʻlgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralarni – paremalarni oʻrganadigan fan sohasi.
2. Muayyan tilda mavjud boʻlgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar – paremalar tizimi. ,
PEDAGOGIKA (yun. paidagogike < pais, paidos – bola + ago – yetaklab bora­man, tar­biya qilaman) 1. Tarbiya, ta’lim hamda ma’lumot berishning nazariy va amaliy ji-hatlarini o‘rganuvchi fanlar majmui. Bo‘lg‘usi pedagoglar praktika jarayonida pedagogika va psixologiyaning dolzarb masalalari ustida ish olib bora­dilar. (“Fan va turmush” jurnalidan).
2 Ayni shu soha (mutaxassislik) bo‘yicha o‘quv fani.
PERSONAJ (lot. persona – shaxs, teatr maskasi) Badiiy adabiyotdagi inson obrazi, adabiy asardagi voqea ishtirokchisi, his-kechinma va nutq sub­yekti. Personaj termini qahramon, ishtirok etuvchi (dramatik asarda), xarakter terminlari bilan bitta sinonimik qatorni tashkil qilib, ma’no jihatdan neytral bo‘lgani bois bu qatorda dominanta vazifasini o‘taydi.
PEYZAJ (fr. paysage – joy, yurt) Adabiy asarda yaratiluvchi badiiy voqelikning muhim komponenti, voqealar kechuvchi ochiq makon tasviri. An’anaga ko‘ra peyzaj deyilganda tabiat tasviri tushuniladi, lekin bu xil tushunish birmuncha torroq. Chunki peyzaj nafaqat tabiatni, balki u bilan birga inson tomonidan yaratilgan narsa­lar tasvirini ham ko‘zda tutadi. Shu ma’noda, masalan, biron-bir xiyobon yoki sha­har ko‘chasining tasviri ham peyzaj, holbuki ular tabiat tasviri emas, joy tasviridir.
O‘zbek bolalar adabiyotida peyzajning go‘zal namunalari ucharadi. O‘qish darsligida berilgan quyidagi par­cha­­da bahor tasviri berilgan: Bahor! Hali yerlarda qor ko‘p. Qor kunduzlari quyosh nurida eriydi, yerga singiydi, kechalari esa muzlaydi. Tol kurtaklari yorilib, undan bo‘z momiq g‘un­chalar chiqadi. Bo‘g‘otda sap-sariq bo‘lib osilib yotgan sumalaklar quyosh shu’lasiga chidayolmay yosh to‘kmoqdalar. Tomchilar mart... mart... mart... degan­day bo‘layotirlar. (Muzayyana Alaviya, “Navro‘z – bahor bayrami”)
POETIKA (yun. poietike – poetik san’at) Adabiyot nazariyasining so‘z san’ati asarlari tuzilishini uning izchil va tarixiy qonuniyatlari asosida o‘rganadigan bo‘­limi; badiiy asarlarda qo‘llanuvchi ifoda vositalari tizimi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling