POEZIYA (yun. poezio, poiesis – ijod qilmoq) 1. Badiiy ijodnint she’riy shak-li, she’riyat, nazm. 2. Biror shoirning, xalqning yoki davr-ning she’riy asarlari majmui; she’rlar. Furqat poeziyasi. O‘zbyok poeziyasi.
PORTRET (fr. portaire – tasvirlamoq) Personajning so‘z vositasida tasvirlangan tashqi ko‘rinishi (qiyofasi, jussasi, kiyimi, yuz-ko‘z ifodalari, tana holati va harakatlari, qiliqlari), o‘quvchi tasavvurida jonlanadigan to‘laqonli inson obrazini yaratish va uning xarakterini ochish vositalaridan biri. Adabiy asar muallifi personaj portretini mufassal chizishi (A. Qodiriy yaratgan Kumush, Ra’no personajlari) yoki uning qiyofasiga xos ayrim detallarni berish bilan kifoyalanishi mumkin.
PROLOG (yun. pro – oldidagi, logos – so‘z) Adabiy asarning kirish qismi, muqaddima. Har qanday muqaddima emas, faqat badiiy muqaddimagina prolog sanalishi mumkin. Ya’ni prolog sanalishi uchun muqaddima badiiy matnning uzviy qismi bo‘lishi zarur. Asosiy matndan yaqqol ajralib (o‘zaro asosiy matn – yondosh matn munosabatida) turgan so‘zboshilarni prolog sanash to‘g‘ri emas. Masalan, “O‘tgan kunlar”ning “Yozuvchidan” deb nomlangan kirish qismi asosiy matnning uzviy qismi bo‘lmay, yondosh matndir. Cho‘lponning “Kecha” romani boshlanishidagi mo‘jazgina bahor tasviri esa matnning uzviy bo‘lagi. Shu ma’noda “O‘tgan kunlar”da muallif ijodiy niyatlari izhor etilgan alohida so‘zboshi, “Kecha”da esa o‘quvchini tasvirlanajak voqealarni qabul qilishga tayyorlashga qaratilgan lirik xarakterdagi prolog mavjuddir.
PROZA [nem. Prosa < lot. prosa (oratio) – oddiy, jo‘n (nutq)] 1. Badiiy ijodning asosiy turlaridan biri, adabiy tur; nasr.
2. O‘lchamli mutanosib bo‘laklar – she’rlarga bo‘linmagan og‘zaki yoki yozma nutq; nasr bilan yozilgan badiiy asar. Proza bilan yozilgan asar.
PUBLITSISTIKA (lot. publicus – jamiyatga, jamoatchilikka oid, ijtimoiy) 1. Davr (zamona)ning dolzarb ijtimoiy-siyo-siy masalalari hamda jamiyatning kundalik hayotiga bag‘ishlangan adabiyot turi. Publitsistika siyosiy kurashning o‘tkir qurolidir.
2. Shu janrga xos asar yoki asarlar (maqola, ocherk, pamflet, felyeton va sh.k.) majmui. A. Qahhor publitsistikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |