INKOR BOGʻLOVCHILARI Uyushiq boʻlaklar yoki ayrim gaplar oldida takror qoʻllanib, inkor ma’nosini ta’kidlab koʻrsatuvchi bogʻlovchilar. Masalan, na.., na... Uning esiga na sevgi, na istirohat keldi. (Oybek)
INKOR SHAKLI – ayn. Boʻlishsiz shakl.
INTEGRAL SEMA – q. Umumiy sema.
INTEGRATSIYA (lot. integratio – butunlashish, birlashish) Tillar, shuningdek, dialektlarning oʻzaro nooʻxshashliklari yoʻqola borib, bir umumiy tilga birlashishi.
INTELLEKTUAL GAP Faqat fikrning oʻzini (hech qanday emotsiyalarsiz) ifodalaydigan, kommunikativ vazifagina bajaruvchi gap: Aziz institutga xursand kayfiyatda kirib bordi. (O‘. Usmonov).
INTELLEQTUAL NUTQ Intellektual informadiyani ifodalovchi nutq.
INTERFERENTSIYA (lot. 1nter – ora + ferens – ferentis oʻtkazish) Ona tiliga xos xususiyatlarni oʻrganilayotgan tilga oʻtkazish. (Bu til odatda qarindosh til boʻlmaydi.) Masalan, rus tilida fikrlovchi kishining карандаш упал gapini oʻzbekcha nutqda qalam yiqildi tarzida ifodalashi.
INTERLINGVA (lot. inter – ora, lingua – til). 1903-yilda Juzeppe Peano tomonidan taqdim etilgan xalqaro yordamchi til.
INTERLINGVISTIKA Tilshunoslikning xalqaro aloqaaralashuv vositalari sifatida turli yordamchi tillarni yaratish va ulardan foydalanish jarayonini oʻrganuvchi boʻlimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |