B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
MATBAA (ar. bosmaxona, tipografiya) ayn. bosmaxona. Toshkent matbaasi. Matbaa xatosi. MATBUOT
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’NAVIY O‘YINLAR
- METAFORA
MATBAA (ar. bosmaxona, tipografiya) ayn. bosmaxona. Toshkent matbaasi. Matbaa xatosi.
MATBUOT (ar. bosma asarlar, nashrlar) 1. Sanoatning bosma asarlar chiqaradigan tarmog‘i, nashriyot va bosmaxona ishlari. O‘zbekistonda matbuotni va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar beqiyos katta. X. Yodgorov, Hayot to‘lqinlari. 2. Bosma asarlar; gazeta, jurnal, kitob va sh. k. majmui. Chet el matbuoti. MATLA’ (ar. boshlanish, quyosh chiqishi) G‘azal yoki qasidaning misralari o‘zaro qofiyalangan (a-a) birinchi bayti, mabda’ deb ham yuritiladi. Alisher Navoiyning mashhur “Qaro ko‘zum” g‘azalining matla’i quyidagicha: Qaro ko‘zum, kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il, Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il. MA’NAVIY O‘YINLAR harakatning jismoniyligi mohiyatini yo’qotib, fikrni harakatga soluvchi mohiyat kasb etadi. Tez aytish (tutal) va topishmoqlar aslida kattalar ijodkorligi hosilasi sifatida yuzaga kelgan ma’naviy o’yinlardir. Davrlar o’tishi va ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot taqozosiga ko’ra bu o’yinlar bolalar ma’naviy mulkiga aylanib borgan. Guldur-guplar va chandishlar ham ma’naviy o‘yinlar hisoblanib, bolalarning o’zlari ijod qilgan folkloriy hodisalardir. MAVZU (ar. qo‘yilgan, tartibga solingan) Badiiy mazmun komponenti, asarda qo‘yilgan ijtimoiy, falsafiy, ma’naviy-axloqiy va h. k. muammolarni badiiy idrok etish uchun tanlab olingan hayotb materiali; tema. Badiiy asarning mavzusi yozuvchi tanlagan va tasvirlagan hayotiy voqealar, asarda qo‘ygan va yoritgan asosiy masalalar yig‘indisidan, adabiy asarga qo‘yilgan bosh fikr va maqsaddan iborat. METAFORA– (yun.metaphora –ko’chirish, ko’chinma) So’z yoki iborani o’xshashlik yoki o’xshatishga asoslangan ko’chma ma’noda ishlatish va shunday ma’noda ishlatilgan so’z yoki ibora, ma’no ko‘chishining keng tarqalgan turlaridan biri, narsa-hodisalar orasidagi o‘xshashlika asoslangan ko‘chim turi. M. mohiyatan yashirin o‘xshatish bo‘lib, unda o‘xshatilayotgan narsa tilga olinmagani holda uning ma’nosini o‘xshayotgan narsa (ya’ni uni ifodalayotgan so‘z bildiradi). Albatta, bu o‘rinda o‘xshatilayotgan narsa-hodisalarning aynan o‘xshashligi talab qilinmaydi, balki ikki narsa-hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi. Deylik, “oltin kuz”, “oltin davr” birikmalarining birinchisida o‘xshatish asosi uchun “rang”, ikkinchisida esa “qimmat” olingan. Bolalar adiblari ham metaforadan unumli foydalanadi. Jumladan, A. Obidjon “Jo‘ja” she’rida zavqli metaforalarni qo‘llagan: Yorib chiqdim tuxumni, Shunday shovvoz jo‘jaman. Tanib oldim buvimni, Ko‘zi charos jo‘jaman. Qarang, dunyo yop-yorug‘, Opalarim sap-sariq, Men qoraman va oriq, O‘ziga xos jo‘jaman. Chigirtkani qiraman, Goh pashsha yeb ko‘raman. Nima topsam «uraman», Asl xo‘roz jo‘jaman. Goh cho‘qiyman dumbuldan, Kamchilik yo‘q ul-buldan. Qolishmayman bulbuldan, Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling