Shirin ovoz jo‘jaman.
MAQTA’ (ar. – tugash joyi, quyosh botishi, kesmoq) G‘azal yoki qasidaning oxirgi, yakunlovchi bayti. Maqta’da she’r davomida bildirilgan fikrlar, izhor etilgan his-tuyg‘ular xulosalanadi, shoirning ularga munosbati ifodalanadi. An’anaga ko‘ra aksariyat maqta’larda shoir taxallusi keltiriladiki, u she’r muallifini ko‘rsatib turuvchi o‘ziga xos imzo, tamg‘a vazifasini o‘taydi. Alisher Navoiyning mashhur “Qaro ko‘zum” g‘azalining maqta’i quyidagicha:
Navoiy anjumanin shavq jon aro tuzsang,
Aning boshaqlig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.
METONIMIYA (yun. metonymiya) Ma’no ko‘chishining keng tarqalgan turlaridan biri, ko‘chimning narsa-hodisalar orasidagi aloqadorlikka asoslanuvchi turi. Narsa-hodisalar orasidagi aloqadorlik turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: narsa-hodisa, holat yoki harakat bilan ular egallagan joy (“stadion hayqirdi”, “butun shahar qatnashdi”), vaqt (“og‘ir kun”, “omadli yil”), harakat bilan u amalga oshiriladigan vosita (“acchiq til”), narsa va uning egasi (Qodiriyni o‘qidim), narsa va u yasalgan modda, xomashyo (“barmoqlari to‘la tilla”), ruhiy holat, xususiyat va uning tashqi belgisi (“ko‘z yummoq”).
MIF (yun. mythos – so‘z; afsona, rivoyat) Qadimgi kishilarning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui bo‘lib, koinotning yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo‘lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma’budalar va ilohlar to‘g‘risidagi e’tiqodiy qarashlarni o‘z ichiga oladi. Yunon miflari.
MIFOLOGIYA -(yun. Mythos-afsona, rivoyat+logos-fan, ta’limot).1. miflar haqidagi fan. 2. biror xalqning miflari, afsonalari majmui.
MINIATYURA-(ital.nafis, nozik qilib ishlangan rasm). Navoiy asarlari, Bobur g‘azallariga ishlangan miniatyuralar.
MONOLOG (mono. + yun. logos – so‘z, nutq) Sahna yoki boshqa adabiy asar ishtirokchilarining o‘z-o‘ziga yoki o‘zgalarga qaratilgan, javob talab qilmaydigan nutqi. “Navoiy” pyesasidagi Navoiy monologi.
Do'stlaringiz bilan baham: |