B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet169/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

MUSTAHZOD (ar. orttirilgan) Mumtoz adabiyotdagi lirik janr, har bir misrasidan keyin uning ikkita (birinchi va oxirgi) rukniga teng yarim misra orttiriluvchi she’r. Mustazodning asosiy misralari g‘azal tipidagi mustaqil qofiyalanishni hosil qilsa, yarim misralari ham mustaqil holda shunday qofiyalanishga ega bo‘ladi (A-a-A-a, B-b-A-a, V-v-A-a, G-g-A-a…). Mustazodning o‘ziga xos ritmik-intonatsion quri­lishi o‘ynoqi ohangni yuzaga keltiradiki, u qo‘shiq ohangiga mos va kuylash uchun juda qulaydir. Mustazodlarning aksariyati qo‘shiq qilib kuylangani ham shundan. Xususan, o‘z she’rlarini tanbur va setor jo‘rligida ijro etib yurgan Mashrab ijodida mustazodlarning salmoqli o‘rin tutishi ham shu bilan izohlanishi mumkin. Mashrab­ning mustazodlari, masalan:
Rahm ayla manga emdi, ayo ruhi ravonim,
Jon chiqqali yetti,
Turdi bu zamon ishq o‘tida kuygani jonim,
Boqsang manga netti?
bayti kabi o‘z musiqasi bilan jarang topadi, qo‘shiq kabi eshitiladi.
MUVASHSHAH (ar. bezatilgan, ziynat berilgan) Sharq xalqlari (arab, fors, eski o‘zbek) mumtoz she’riyatida badiiy-ifodaviy usullardan biri. «Tavshih» (ar. “bog‘lamoq”) deb ham yuritilgan. Muvashshah aso­san qasida janrida ishlatilib, unda she’rning har bir bayti yoki misrasining birinchi harflaridan biror so‘z yoki jumla (ko‘pincha she’r bag‘ishlangan shaxsning nomi) hosil bo‘ladi. Muvashshahdan oyat, hadis va hikmatli so‘zlarni she’r tarkibiga joylash maqsadida ham foydalanilgan. O‘zbek adabiyoti tarixida she’rning bosh qismida kishi ismi berilgan muvashshahlar keng tarqalgan. 


N
NASHR (ar. tarqatish, targ‘ibot; chop etish, bosib chiqarish) 1. Bosma asar chop qilish, chiqarish. Kitobni nashrga bermoq. Nashrga tayyorlamoq.
2. Bosma asar. Fanlar akademiyasi nashri.
3. Bosma asarning har bir chiqarilishi yoki turi. Kitobning tuzatilgan va to‘ldi-rilgan nashri.
NASR (ar. sochib, to‘kib tashlash; proza) Vazn va qofiyaga ega bo‘lmagan yozma nutq mahsuli. Muomala amaliyotda umuman badiiy proza, nasrda bitilgan asarlar jami ma’nosida proza terminiga sinonim sifatida ham qo‘llanadi. Bolalar nasrida roman, qissa, hikoya yetakchi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling