B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otashin muzlarda
O
OBRAZLAR SISTEMASI Badiiy asardagi bir-biri bilan uzviy bog‘langan obrazlar tizimi. Amaliyotda obrazlar sistemasi deyilganda kopincha asrdagi personajlar tizimi nazarda tutiladi, biroq bu terminning tor ma’nosidir. Zero obrazlar sistemasi faqat personajlardan emas, balki badiiy voqelikni tashkil qilayotgan jami (narsa, hodisa, joy va h. k.) obrazlardan tashkil topadi. OCHERK (rus. очеркать – tasvirlash) Epik turning kichik shakli, badiiy-publitsistik janr. Ocherk hajm e’tibori bilan hikoyaga yaqin turadi, lekin undan qator jihatlari bilan farqlanadi. Avvalo ocherk konflikt asosida rivojlanib yechimga intiluvchi sujetga ega emas. Hikoyada hayotdagi voqealar ijodiy tafakkur kuchi bilan qayta ishlanib badiiy voqelikka aylantirilsa, ocherkda mavjud voqelikning xarakterli (muallif maqsadiga mos) jihatlarini tanlab olib tasvirlash bilan cheklaniladi. Boshqacha aytsak, ocherk hamisha hujjatlilik xususiyatiga ega: unda tasvirlangan voqealar hayotda mavjud, voqealar haqiqatda yuz bergan va h. k. Hikoya badiiy obrazlar vositasida fikrlaydi. Ocherkda esa muallif mushohadalari faktografik va illustrativ obrazlarga tayanadi; hikoyaning markazida muhit bilan aloqadagi shaxs tursa, ocherkning markazida ijtimoiy muhitning shaxs orqali qo‘yilayotgan muammolari turadi. OKSIMORON (yun. oxymoron – zakiyona nodonlik) Badiiy ko‘chim turlaridan biri bo‘lib, tarkibidagi qarama-qarshi ma’noli tushunchalar yangi bir kutilmagan ma’noni keltirib chiqaradi. Oksimorondagi mana shu xususiyat kuchli obrazlilik kasb etadi. Masalan: Uyg‘on, ey malagim, tur o‘rningdan, tur, Otashin muzlarda isinaylik yur. Yong‘inli daryoda quloch otaylik, Bu yerdan ketaylik, faqat ketaylik. (Rauf Parfi) OQ SHE’R (ruschadan kalka: «beliy stix») Muayyan o‘lchovga ega bo‘lgani holda misralari o‘zaro qofiyalanmagan she’r. Oq she’r shoirga o‘z fikri va hissiyotini to‘laroq ifodalash imkonini beradi, undagi ritmik izchillik esa she’r g‘oyasiga kuchli ta’sirchanlik bag‘ishlaydi. Masalan: Og‘ushiga olar kunduzni Kunduz kabi yorug‘ bu kecha… Kechalarning kechalik yodi Asta tongning mayidan ichar. Kuzatib qo‘y tunlar yodini. (R. Parfi) Bu she’r to‘qqiz bo‘g‘inli barmoq vaznida yozilgan bo‘lib, unda shu o‘lchov butun she’r davomida saqlanadi, lekin misralari o‘zaro qofiyalangan emas. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling