B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
PAREMIOGRAFIYA Paremalarni yozib olish, toʻplash faoliyati. Maqoll metal, topishmoqlarni yozib olinishi va to’planib kitobat qilinishi paremiografiyaga daxldor.
PAREMIOLOGIYA (yun. paroimia – hikmatli soʻz, zarbulmasal va ... logiya) 1. Maʼlum bir tildagi avloddan avlodga ogʻzaki shaklda koʻchib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo boʻlgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralarni – paremalarni oʻrganadigan fan sohasi. 2. Muayyan tilda mavjud boʻlgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar – paremalar tizimi. , PEDAGOGIKA (yun. paidagogike < pais, paidos – bola + ago – yetaklab boraman, tarbiya qilaman) 1. Tarbiya, ta’lim hamda ma’lumot berishning nazariy va amaliy ji-hatlarini o‘rganuvchi fanlar majmui. Bo‘lg‘usi pedagoglar praktika jarayonida pedagogika va psixologiyaning dolzarb masalalari ustida ish olib boradilar. (“Fan va turmush” jurnalidan). 2 Ayni shu soha (mutaxassislik) bo‘yicha o‘quv fani. PERSONAJ (lot. persona – shaxs, teatr maskasi) Badiiy adabiyotdagi inson obrazi, adabiy asardagi voqea ishtirokchisi, his-kechinma va nutq subyekti. Personaj termini qahramon, ishtirok etuvchi (dramatik asarda), xarakter terminlari bilan bitta sinonimik qatorni tashkil qilib, ma’no jihatdan neytral bo‘lgani bois bu qatorda dominanta vazifasini o‘taydi. PEYZAJ (fr. paysage – joy, yurt) Adabiy asarda yaratiluvchi badiiy voqelikning muhim komponenti, voqealar kechuvchi ochiq makon tasviri. An’anaga ko‘ra peyzaj deyilganda tabiat tasviri tushuniladi, lekin bu xil tushunish birmuncha torroq. Chunki peyzaj nafaqat tabiatni, balki u bilan birga inson tomonidan yaratilgan narsalar tasvirini ham ko‘zda tutadi. Shu ma’noda, masalan, biron-bir xiyobon yoki shahar ko‘chasining tasviri ham peyzaj, holbuki ular tabiat tasviri emas, joy tasviridir. O‘zbek bolalar adabiyotida peyzajning go‘zal namunalari ucharadi. O‘qish darsligida berilgan quyidagi parchada bahor tasviri berilgan: Bahor! Hali yerlarda qor ko‘p. Qor kunduzlari quyosh nurida eriydi, yerga singiydi, kechalari esa muzlaydi. Tol kurtaklari yorilib, undan bo‘z momiq g‘unchalar chiqadi. Bo‘g‘otda sap-sariq bo‘lib osilib yotgan sumalaklar quyosh shu’lasiga chidayolmay yosh to‘kmoqdalar. Tomchilar mart... mart... mart... deganday bo‘layotirlar. (Muzayyana Alaviya, “Navro‘z – bahor bayrami”) POETIKA (yun. poietike – poetik san’at) Adabiyot nazariyasining so‘z san’ati asarlari tuzilishini uning izchil va tarixiy qonuniyatlari asosida o‘rganadigan bo‘limi; badiiy asarlarda qo‘llanuvchi ifoda vositalari tizimi. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling