B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2019
Download 482.9 Kb.
|
Конституциявий ҳуқуқ
Yodda tuting!
Yangi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi. Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi. Konstitutsiyaga kiritilgan bu qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning mazmunidan quyidagilar kelib chiqadi: Bosh vazir nomzodi eng avvalo saylovlarda g‘olib chiqqan (ko‘p deputatlik o‘rnini olgan) siyosiy partiyaga yoki teng miqdorda o‘rinlar olgan siyosiy partiyalar tomonidan tanlanib, Prezidentga Oliy Majlisga taqdim etish uchun tavsiya qilinadi; Prezident Oliy Majlisga siyosiy partiya yoki siyosiy partiyalar tomonidan tavsiya qilingan nomzodlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun o‘n kunlik muddatda taqdim etadi; Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Bosh vazir o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olganda, Bosh vazirga nisbatan belgilangan tartibda ishonchsizlik bildirish orqali Vazirlar Mahkamasini qayta shakllantirish zarurati tug‘iladi; Bunday hol yuz berganda Bosh vazir nomzodi endi siyosiy partiyalar tomonidan tavsiya qilinmay, Prezidentning o‘zi nomzodni Qonunchilik palatalaridagi partiya fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilgandan so‘ng Oliy Majlis tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim qiladi. Bosh vazir nomzodi palatalar tomonidan ikki marta rad etilgan taqdirda, Prezident Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Oliy Majlisni tarqatib yuboradi. Konstitutsiyaga kiritilgan bu o‘zgarishlar siyosiy partiyalarning rolini yanada oshirishni, Qonunchilik palatasi mavqyeini kuchaytirishni nazarda tutadi. Amaldagi Konstitutsiyaga asosan Vazirlar Mahkamasi tarkibi, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i (Vazirlik Kengashi Raisi) lavozimiga ko‘ra, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. Oliy Majlis palatalarida nomzodi ko‘rib chiqib, tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasini Raisi taqdimiga ko‘ra Prezident Vazirlar Mahkamasi a'zolarini tasdiqlaydi, lavozimidan ozod qiladi. Download 482.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling