B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2019


XI mavzu. Davlat hokimiyatining tashkil qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi


Download 482.9 Kb.
bet92/129
Sana02.01.2022
Hajmi482.9 Kb.
#197315
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   129
Bog'liq
Конституциявий ҳуқуқ

XI mavzu. Davlat hokimiyatining tashkil qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi



§ 1. O‘zbekistonda parlamentni vujudga kelish bosqichlari
Konstitutsiyamizda oliy qonunchilik organimiz Oliy Majlis deb nomlanib, zamonaviy tilda aytganda bu milliy parlamentimiz hisoblanadi. Konstitutsiyamizning XXII bobi “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi” deb nomlanadi.

Unga asosan Oliy Majlis O‘zbekiston fuqarolari tomonidan umumiy, teng, to‘g‘ri saylov prinsipi asosida yashirin ovoz orqali ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradigan oliy davlat organi deb belgilandi. Vakolat muddati besh yil qilib o‘rnatildi.

Mustaqillikni dastlabki yillarida Oliy Majlis bir palatali tarzda tashkil qilingan.

Dastlab 1993-yil 28-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, 1994-yil 22-sentyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida” qonuni qabul qilindi.

1994-yil 25-dekabrda Oliy Majlisga saylov o‘tkazildi. Saylov eng demokratik prinsip va talablar asosida o‘tdi. Mamlakatda tashkil qilingan 250 ta saylov okrugidan 139 tasida uchtadan, 106 tasida ikkitadan nomzod qo‘yilib, saylov o‘tkazildi. Saylovlar ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tdi. Natijada birinchi marta mustaqillik sharoitida mamlakat parlamenti shakllantirildi.

1995-yilda saylangan parlament Oliy Majlis O‘zbekiston hayotida, xalqlar taqdirida muhim rol o‘ynadi. Jamiyatni rivojlanishini ta'minlovchi huquqiy asoslar yaratildi. Parlamentda halqchillik o‘rnatildi. Parlamentda ishlash tajribasi vujudga keldi, aytish mumkinki, u mustaqillikni mustahkamlanishi, mamlakatda barqarorlikni ta'minlash kabi muhim vazifalarni bajardi.

Lekin jamiyat rivojlanishi doimiy islohotlarni bo‘lishini taqozo etadi. Shuning uchun 2000-yillarda Parlamentni yanada rivojlantirish zarurati vujudga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil may oyida bo‘lib o‘tgan sessiyasida Prezident Oliy Majlisni ikki palatali tizimga o‘tkazish professional parlament shakllantirish g‘oyasini ilgari surdi. Hayot o‘zgarishi, kishilar ongini o‘zgarishi parlamentni tashkil qilish va faoliyatida ta'sirini o‘tkazishi zarurat bo‘lib qolgani ta'kidlandi.



Download 482.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling