B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2019


Download 213.07 Kb.
bet1/17
Sana03.03.2020
Hajmi213.07 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
B.T. Musayev, K.R. Aliyeva, B.Narimanov


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY HUQUQI
DARSLIK

TOSHKENT – 2019
B.T. Musayev, K.R. Aliyeva, B. Narimanov. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi. // Darslik. –Toshkent: TDYU, 2019. – b.

Taqrizchilar: Sh.Saydullayev– yu.f.n., dotsent

J.Shirinov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi bo‘yicha tayyorlangan darslik, yuridik kollejlarning talabalari uchun ta'lim standartlari asosida yaratilgan.

Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O‘zbekiston Rsepublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga ham mos keladi. Unda Konstitutsiyaga kiritilgan barcha o‘zgarishlar e'tiborga olingan.

Darslik kollejlarning talabalari uchun mo‘ljallanib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o‘rganishda foydalanishlari mumkin.




© B.T. Musayev, K.R. Aliyeva, B. Narimanov, 2019 y.

© Toshkent davlat yuridik universiteti.

MUNDARIJA


KIRISH 7

I mavzu. Konstitutsiyaviy huquqqa kirish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumi prinsiplari. 10

II mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi va asosiy hususiyatlari. 25

III mavzu. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. 33

IV mavzu. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi va chet el fuqaroligining huquqiy holati 44

V mavzu. Jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari 54

VI mavzu. Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi 62

VIII mavzu. Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi 77

IX mavzu. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi 84

X mavzu. O’zbekiston Respublikasining saylov tizimi 93

XI mavzu. Davlat hokimiyatining tashkil qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 112

XII mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 121

XIII mavzu. O‘zbeksiton Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 134

XIV mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 146

XV mavzu. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. 155

XVI mavzu. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati va prokuratura organlari 165

O’qish uchun adabiyotlar ro’yhati 177



Оглавление


KIRISH 7

I mavzu. Konstitutsiyaviy huquqqa kirish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumi prinsiplari. 10

II mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi va asosiy hususiyatlari. 25

III mavzu. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. 33

IV mavzu. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi va chet el fuqaroligining huquqiy holati 44

V mavzu. Jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari 54

VI mavzu. Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi 62

VIII mavzu. Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi 77

IX mavzu. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi 84

X mavzu. O’zbekiston Respublikasining saylov tizimi 93

XI mavzu. Davlat hokimiyatining tashkil qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 112

XII mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 121

XIII mavzu. O‘zbeksiton Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 134

XIV mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 146

XV mavzu. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. 155

XVI mavzu. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati va prokuratura organlari 165

O’qish uchun adabiyotlar ro’yhati 177



Contents


KIRISH 6

I mavzu. Konstitutsiyaviy huquqqa kirish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumi prinsiplari. 9

II mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi va asosiy hususiyatlari. 24

III mavzu. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. 32

IV mavzu. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi va chet el fuqaroligining huquqiy holati 43

V mavzu. Jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari 53

VI mavzu. Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi 61

VIII mavzu. Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi 76

IX mavzu. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi 83

X mavzu. O’zbekiston Respublikasining saylov tizimi 92

XI mavzu. Davlat hokimiyatining tashkil qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 111

XII mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 120

XIII mavzu. O‘zbeksiton Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 133

XIV mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 145

XV mavzu. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. 154

XVI mavzu. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati va prokuratura organlari 164

O’qish uchun adabiyotlar ro’yhati 176









KIRISH


O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-shaxsiy hayot, inson va fuqarolarning huquqlari va va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiya va unung asosida qabul qilingan qonunlarsiz tasavvur qila olmaymiz.

Prezident Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda ta`kidlaganidek “To'la ishonch bilan aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo'lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo'lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda”.

Shu bilan birga ta`kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini to'liq amalga oshirish borasida ulkan vazifalarni amalga oshirish lozim. Fuqarolar, ayniqsa yoshlarning qonunga, Konstitutsiyaviy tuzumga, boshqa fuqarolarga nisbatan hurmat hissini va huquq ustuvorligini ta`minlash ko`nikmalarini shakllantirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Zero, Konstitutsiyani chuqur bilish orqaligina Vatanga sadoqat, jamiyatga hurmat paydo bo‘lib, belgilangan burchlarni ixtiyoriy bajarishga intilish vujudga keladi.

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi” fani huquqiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. Konstitutsiyaviy huquq normalari jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy masalalarni, xususan xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish jarayonidan kelib chiqadigan markazida inson manfaatlari turuvchi “fuqaro-jamiyat-davlat” o‘rtasidagi munosabatlar ularning asoslarini tartibga soladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev ta`biri bilan aytganda “Konstitutsiya hamda qonun talablariga og'ishmay amal qilish ma'naviy saviyamiz, madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart”1. Bunda mazkur fanning mavjud ijtimoiy munosabatlar, huquq normalarini mos kelishi masalasini o‘rganib, ijtimoiy munosabatlarni yanada to‘g‘riroq tartibga solish, ularni rivojlantirishiga imkon beradigan huquq normalarini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifalari yaqqol namoyon bo‘ladi. Konstitutsiyaning mohiyatiga e`tibor bersak, mag‘zini chaqsak, bugun oldimizda turgan ko‘pgina savollarga, muhim muammolarni yechishda javob topamiz.

Konstitutsiya huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiy siyosiy xususiyatlari, taraqqiyotining bosh mezonlari, mamlakatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlari o'z ifodasini topgan bo'ladi. Konstitutsiyaning qimmatli ahamiyati shundaki, uni puxta o'zlashtirgan shaxs, fikrimizcha o'zini yanada kuchliroq, yanada mukammalroq va albatta, yanada kafolatlangan sezadi.Uning mazmuni va mohiyati ostida nazarda tutilgan tinch va farovon hayotga bo'lgan ishonchlari yanada mustahkamlanadi.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018 yildagi “O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori asosida yuridik kollejlarning o'quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-resurslari jihatdan ko'maklashish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash esa — hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur darslik 2018-yilda tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Shuning uchun unda faqat Konstitutsiyaviy huquq predmeti doirasidagi mavzularni yoritishga harakat qilindi. Darslikda Konstitutsiyaviy huquqning huquq tizimidagi predmeti va Konstitutsiyaviy huquq fani predmetini aniqlashtirishga, Konstitutsiya prinsiplari bilan Konstitutsiyaviy prinsiplarni aniqlashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Chunki avvalgi nashr etilgan Konstitutsiyalarda shu masalalarda noaniqliklar uchrar edi.

Darslik tizimi asosan Konstitutsiya tizimiga mos tushadi va yuridik kollejlar o'quvchilarida konstitutsiyaviy huquqiy bilimlarni va shiddat bilan davom etayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan. Ayrim mavzular aniq Konstitutsiyada belgilangan tartibda emas, ijtimoiy hayotdagi o‘rniga qarab ketma-ketligi belgilanib yoritilmoqda.


Download 213.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling