b ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 4-guruh talabasi Qo‘chqarova Odinaxonning Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan


SHe’riy asarlar tahlili orqali o‘quvchilarning ijodiy qobiliyalarini o‘stirish usullari


Download 230.43 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi230.43 Kb.
#1574371
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING IJODIY FAOLLIGINI OSHIRISH

4. SHe’riy asarlar tahlili orqali o‘quvchilarning ijodiy qobiliyalarini o‘stirish usullari.

Pedagogik ish bu shaxs bilan bog‘liq ish bo‘lgani uchun u bilan shug‘ullanuvchi odam ish davomida shaxsiyatini ochadi. O‘qituvchi qanchalik o‘zlikni berkitmasin, baribir o‘quvchilar uning shaxsiyatini tushunib oladilar va sezadilar. O‘qituvchi shaxsiyatini qanchalik ko‘p berkitishga harakat qilsa, u hamma narsaga befarq qarovchi mansabdorga aylanadi, u faqat dastur bajarish uchun ishlaydi.


Bu erda, albatta, bizning revolyusiyaga qadar (ma’lum vaqt chet el, masalan fransuz maktablari) maktablarimiz pedagog darsdan tashqari o‘quvchi haqida qayg‘urmasligi kerak degan nuqgai nazarni targ‘ib qilganlarini eslab o‘tish lozim. YA’ni, o‘qituvchi keldi, dars bo‘yicha savollar berdi, yangi mavzuni tushuntirdi va ketdi. Balki bunday o‘qitish mumkindir, lekin faqat yuqori sinflarda -o‘quvchi o‘qiyotganini va bilim olishi zarurligini tushunib etgandan so‘ng. Boshlang‘ich sinflarda esa o‘qituvchi bilan bunday munosabat bola uchun azoblidir. O‘spirin esa o‘qituvchi faqat pul olish uchun ishlayotganini tushunib etsa, munosabatlarsiz o‘quv jarayoniga har qanday qiziqishini yo‘qotadi.
Toshkentnoma
(Dostondan parcha)
Maqsud SHayxzoda
Toshkentda uch fasl yoz:
Bahor – shoshilgan ichki yoz,
YOz – katta va asl yoz,
Kuz – kechikkan kechki yoz.
Go‘yo yoz zo‘rlik qilib,
O‘ng-u so‘lni taladi.
Qo‘shnilari siqilib,
Unga boj1lar to‘ladi.
Har boji bir necha oy,
SHu tufayli yoz ko‘p boy.
YOzning hukmi kuchaygan,
Qishning zarbi kichraygan.
SHuning uchun qish garang,
Muhlatin o‘tar arang.
Toshkent xalqi kuylaydi,
Ettidan to etmishga.
Naqoratni bog‘laydi,
Oshga, ishqqa va ishga,
YAllachilar sho‘x, bashang.
Ammo men o‘zim shoir,
O‘z-o‘zimga bastakor.
Kuylayman baxtga doir
Bo‘lmasam ham ustakor.
Og‘aynilar gapida
Osh esam – o‘z qoshig‘im,
Qo‘shiqchilar safida
Kuylasam – o‘z qo‘shig‘im:
Osiyoning qo‘ynida
YAshil shahar bor.
Men bu shahar ahliman,
Erkin, baxtiyor!
Uzoq do‘stim, yaqin kel,
Quchoqlashaylik!
Bir kelganding, tag‘in kel,
Inoqlashaylik!..
Dasturxonlar tuzalgan,
Uylar bezalgan.
Hay, eshik taqilladi,
Taq-taq qiladi,
Qandillar yoqiladi,
Mehmon keladi.
Eshik ochiq keladi,
O‘zi biladi.
Uyimiz g‘oyat shinam,
Hammaga joy bor,
Mehmonlar yulduz bo‘lsa,
O‘rtada Oy bor.
Oshlarimiz muhayyo,
YAna ko‘k choy bor.
Uzoq do‘stim, yaqin kel,
Quchoqlashaylik!
Bir kelganding, tag‘in kel,
Inoqlashaylik
Savol va topshiriqlar
1. SHoir: “Toshkentda uch fasl yoz” deyish bilan nimaga ishora qiladi? Osiyoning qo‘ynida
YAshil shahar bor
deganda-chi?
2. Toshkent haqida yana nimalar bilasiz?
3. SHe’rdan o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi tasvirlangan o‘rinlarni toping.
Dars avvalo bir necha sahifalarga bo‘linadi. O‘quvchilarga oldindan har bir sahifa bo‘yicha tayyorlanib kelish vazifasi topshiriladi.
1- sahifa. “Tafakkur gulshani” daqiqasi. Bunda o‘quvchilar Navoiy, Bobur, A.Oripov, M.YUsuf kabilarning she’rlaridan yod oladilar. SHe’rlarning ma’nosini izohlab, ko‘p ma’noli so‘zlarni topadilar. Bunday sahifa o‘quvchilarni kitob o‘qishga, she’r qidirishga, o‘gitlar topishga undashi bilan ahamiyatlidir. Bu sahifa turli mavzularda, jumladan, do‘stlik, insoniy fazilarlar, axloq, vatanparvarlik kabilarda o‘tkazilishi mumkin.
1- o‘quvchi:
Ko‘ngul gurji ichra guhar so‘zdurur,
Bashar gulshanida samar so‘zdurur. (A. Navoiy)
2- o‘quvchi:
So‘z – gul, ilm – meva. (Al Xorazmiy)
3- o‘quvchi:
Qaerdaki so‘z tirik ekan, u erda hali ish ham o‘lmaydi. (A. Gersin)
2- sahifa. “Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar etiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi”. (O‘.Hoshimov) Bu sahifada o‘quvchilar o‘zlari yozib kelgan ijodiy ishlarni o‘qiydilar. Bunda o‘quvchilarga ko‘rgan-bilganlari haqida 5-6 mavzudan birini tanlab, ijodiy insholar yozdirgan ma’qul. SHunda ular bir-birlaridan ko‘chirmaydilar, asosiysi, hayotni, tabiatni sinchiklab kuzatishga, mushohada yuritishga harakat qiladilar.
O‘quvchilar ijod namunalarini o‘qigach, undagi ko‘p ma’noli so‘zlarni topadilar.
3- sahifa. “Maqol – chaqilmagan yong‘oq” deb nomlanadi. Bunda o‘quvchilar “YAxshi so‘z – jon ozig‘i, yomon so‘z – bosh qozig‘i”, “To‘g‘ri so‘z toshni yorar”, “YAxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar” kabi o‘zlari bilgan turli maqollarni sharhlaydilar.
4- sahifa. “Ilm sari hayot” bunda yangi pedagogik texnologiyaning muammo usulidan foydalaniladi. YA’ni avval misollar berilib so‘ng qoida chiqariladi.
1. Olimboy ishning ko‘zini biladigan odam.
2. Hayot ko‘z ilg‘amas ikir-chikirlarga to‘la.
3. Qaro ko‘zim kelu mardumlig‘ endi fan qilg‘il. (Navoiy)
Misollardagi ishning ko‘zini biladigan, qaro ko‘zim, ko‘z ilg‘amas birikmalari sharhlanadi. Demak, ko‘z so‘zi “odamning ko‘zi”dan tashqari bir necha ma’nolarni bildirishi mumkin. Endi qoida chiqariladi: bir so‘zning matn mazmuniga qarab bir necha ma’no ifodalashi polisemiya, ya’ni ko‘p ma’nolilik deyiladi.
5- sahifa. “Biz xushxat va bilog‘onmiz” deb nomlanadi. Unda o‘qituvchi doskaga qo‘l, til, yurak, ona, bosh kabi so‘zlarni yozadi. O‘quvchilar bu so‘zlar turli ma’nolar ifodalagan gaplar topib, daftarlariga tez va chiroyli yozadilar.
6- sahifa. “Kim hozirjavob” deb ataladi. Bunda o‘tilgan mavzular takrorlanadi. Dars mustahkamlanadi. Daqiqalik savol-javob o‘tkaziladi.
1. Monosemiya nima?
2. Polisemiya nima?
3. Ko‘p ma’noli so‘zlarga misollar ayting?
4. Bosh va ko‘chma ma’no deb nimaga aytiladi?
7- sahifa. “To‘g‘rilik” deb nomlanadi. O‘quvchilarga mavzuga doir test savollari tarqatiladi.
8- sahifa. “SHunday so‘z borki, u eshitguchi jonig‘a jon kiyurur” deb nomlanadi. Bu sahifa uyga vazifa qilib beriladi.
Dars yakunida o‘quvchilar baholanadilar.

Xulosa.
Yuqoridagi kabi o‘quvchilarning saviyasi va yoshiga mos tahlillar Toshkent haqidagi mavzularni yuqori saviyada o‘zlashtirilishini ma’lum darajada kafolatlashi mumkin. Uyga vazifa qilib Markaziy Osiyodagi katta shaharlarni, O‘zbekistondagi qadimiy shaharlarni bilib kelish topshiriladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi haqiqiy ijodkor bo‘lishi, ta’lim jarayonida o‘quvchining mavzuni tinglash, anglash, erkin va mustaqil fikrlash, o‘z fikri, g‘oyalarini o‘zgalarga etkaza bilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirish, boshqarishi darkor. SHuningdek, u yoshlarning axloqiy ma’naviy tarbiyasi bilan shug‘ullanishi, ularga sharqona muloqot odobi, milliy an’analarimizga hurmat ona-Vatanga muhabbat tuyg‘usi kabi zaruriy hikmatlarni singdira bilishi lozim.
Mashg‘ulotlarini yangi zamonaviy shakl va usullarda tashkil qilish, o‘quvchilarni dars jarayonida maqsadni boshqara olish o‘qituvchilik faoliyatining bosh mezoni deb qaralmoqda.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaga asoslangan zamonaviy dars turlari va shakllarini qo‘llash, o‘quvchining ta’lim jarayonidagi o‘rni, unga yangicha yondashuv, yangicha munosabatni ta’minlash, mazkur jarayonni mohirlik va idrok bilan boshqarish demakdir.
Davlatimizning mustaqilligi tufayli yuz berayotgan hozirgi yangilanishlar, jamiyatimiz taraqqiyoti va istiqboli, ta’lim sohasidagi islohotlar umumjahon andozalariga mos keladigan, zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan chambarchas bog‘liq.
SHunday ekan, avvalo, o‘qituvchiga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumoti va malakasini oshirishda «bir qolipdagi ta’lim-tarbiya tizimiga xos sarqitlardan qutilish» zarur. YOshlarning ilmiy ijodiy faoliyatini chegaralamaydigan, uni faol tinglovchiga emas, balki faol ijodkorga aylantiradigan kashfiyot ta’lim usuli bilan ishlash o‘quvchi-o‘qituvchi munosabatlarini yo‘lga qo‘yadigan to‘g‘ri va samarali imkoniyatlarni topish va ishga solish zarur.
O‘quvchilarni to‘g‘ri, tushunib va ifodali o‘qishga o‘rgatish, o‘qish darslarida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish maktabning barcha bosqichlarida xam muhim vazifalaridan biri hisoblangan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining to‘g‘ri tushunib va belgilangan me’yorda ifodali o‘qish malakalari yaxshi rivojlansa, ta’limning keyingi bosqichlarida muvaffaqiyatlarga erishadilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qishni o‘rgatish ularga tarbiyaviy ta’sir etish bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.



Download 230.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling