B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


bilan qo'llab-quwatlardi.» (Navoiy zamondoshlari xotirasida. Toshkent


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71

bilan qo'llab-quwatlardi.» (Navoiy zamondoshlari xotirasida. Toshkent, 

1985,  15-bet).  Ko'rinadiki,  mamlakat  hukmdori  Abulqosim  Bobur 

Mirzo bo'lg'usi shoiiga homiylik qildi,  uning favqulotda iste’dodining 

shakllanishida imkoniyat yaratdi.

Alisher  Navoiy  maktabda  o'qib  yurgan  kezlarida  Qur’oni  karim 

mutolaasidan  so'ng,  Shayx  Muslihiddin  Sa’diy  Sheroziyning 

«Guliston»,  «Bo'ston»asarlarini  ham  o'qigan.Fariduddin  Attorning 

«Mantiq  ut-tayr»  dostonini  yod  olgan.  Bu  haqda  u  «Lison  ut-tayr» 

dostonida katta ishtiyoq bilan yozgan edi.  7-8  yoshlaridan badiiy ijod 

bilan  shug'ullana  boshlagan  Alisher  10-12  yoshligidanoq  badiiy 

tafakkurining kengligi, go'zallik, nafosatni teran ilg'ashi va ulami rangin 

baytlarda nazokatli badiiylashtira olishidan darak beruvchi noyob she’rlari 

bilan  Hirotdagi  yirik  shoirlar  diqqatini  o'ziga  jalb  etdi.  Davlatshoh

www.ziyouz.com kutubxonasi



Samarqandiyning  ma’lumotiga  ko'ra,  yosh Alisher Abulqosim  Bobur 

Mirzo  davrida  ilm  olish  uchun  juda  ko‘p  sa’y-harakatlar  qiladi. 

Zamonasining  taraqqiyparvar  ziyoliylari  bilan  tanishadi  va  ulaming 

suhbatlarida bo‘ladi. Yoshlik chog‘idanoq zullisonayn shoir sifatida elga 

taniladi. Buyuk mutafakkir «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida umrining 

yoshlik va yigitlik fasllarini xotirlab: «ko'prak she’rda sehrsoz va nazmda 

fusunpardoz shuaroning shirin ash’ori va rangin abyotidin ellik mingdan 

ortuq  yod  tutupmen»,-deya  iftixor  bilan  ta’kidlaydi.  Alisher  Navoiy 

haqida ilk yaxlit asar-«Makorim ul-axloq» («Yaxshi xulqlar»)ni yaratgan 

G'iyosiddin Xondamir uning  «yagonai  davron»  Mavlono  Lutfiy bilan 

muloqotlaridan biri haqida zo‘r qoniqish bilan hikoya qiladi. Unda naql 

qilinishicha,  «malik  ul-kalom»  («so‘z  mulkining  podshohi»—Alisher 

Navoiy  bahosi)  Mavlono  Lutfiy  yosh  Alisherdan  yangi  yozilgan 

she’rlaridan birini o‘qib berishini so'raydi. Voqealaming keyingi tafsiloti 

haqida «Makorim ul-axloq»da o'qiymiz:

«Mavlono  Lutfiy  — so'z  lutfida yagonai  davron  edi.  Undan  ilgari 

hech kim turkiy tilda she’mi undan yaxshiroq ayta olmagan. Oliy hazrat 

yoshlari  endigina  to'lib,  yigitlik  davri  boshlangan  paytlarda,  bir  kuni 

Lutfiy xizmatig'a bordi. Lutfiy: «O'z nozik fikrlaringizning natijalaridan 

yuzaga  chiqqan  bir g'azalni  o'qish bilan bizni bahramand  qilsangiz», 

-deb  iltimos qildi,  ul hazrat bir g'azal o'qidi,  uning matlai  mana shu: 

Orazin yopqoch,  ko'zumdin sochilur har lahza yosh, 

Bo'ylakim,  paydo bo'lur yulduz,  nihon bo‘lg‘och quyosh.

Mavlaviy janoblari-bu alangali g'azalni eshitish bilan hayrat dengiziga 

cho'mib, shunday deydi:  «Volloh, agar muyassar bo'lsa edi, o'zimning 

o'n-o'n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g'azalga almashtirardim 

va ishning yuzaga chiqishini zo'r muvafiaqiyat hisoblardim». (Xondamir. 

Makorim ul-axloq. Toshkent,  1967,44-45-betlar. Mazkur g'azal haqida 

mufassil ma’lumot uchun murojaat qilinsin: R.Vohidov. Navoiy dahosiga 

Lutfiy bahosi.  «Navoiyga armug'on». 4-kitob. «Fan», Toshkent-2004). 

Shunday  qilib,  turkiy  ijodida  «Navoiy»,  forsiy  asarlarida  «Foniy» 

taxallusini  qo'Hagan  Alisher  XV  asming  40-50  yillarida  o'qish, 

o'rganish, badiiy ijod bilan juda jiddiy shug'ullandi.  Manbalarda qayd 

etilishicha,  zamonasining  mashhur  musiqashunosi  Xoja  Yusuf 

Burhondan  musiqa,  shoir  va  olim  Darvesh  Mansurdan  aruz  ilmini 

o'rgandi, tarix, adabiyot, husnixat va san’atning yana bir qator turlarini 

teran o'rgandi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Alisher Navoiy otasidan ancha erta (1456 yilda) ajraldi.  Hayotidagi 

bu  ko'ngilsiz  voqealar uni  tobora  ma’rifatparvar hukmdor Abulqosim 

Bobur Miizo saroyi bilan yanada yaqinlashishiga sabab bo'ldi.  12 yoshida 

Husayn  Boyqaro  bilan  birgalikda  bu  ulug*  hukmdor  saroyida  xizmat 

qila boshladi. 1456 yil oktabr oyining boshlarida Abulqosim Bobur Mirzo 

saltanati poytaxtini Hirotdan Mashhadga ko‘chiradi. Ana o‘sha yillardan 

boshlab,  Alisher  Navoiy  hayotining  Mashhad  davri  boshlanadi.  Ayni 

yillar ulug1 mutafakkir ijtimoiy-adabiy hayoti  uchun ayricha  mavqega 

ega.  Yosh  shoir  o'zi  uchun  «ota  masobasida»  bo'lgan,  «turk  va  sart 

orasida  andin  tamomroq  kishi  ko'rmagan»  Darvesh  Sayyid  Hasan 

Ardasher bilan uchrashadi. «Majolis un-nafois»dagi ma’lumotlarga ko'ra, 

hayotining  Mashhad  davrida  Alisher  Navoiy  iste’dodli  shoir  sifatida 

elga tanilgan, uning dilbar nazmi Xuroson mulkida ancha keng shuhrat 

topgan  edi.  Ayniqsa,  Shayx  Sayyid  Hasan  Ardasher  yig'inlarda  yosh 

shoiming  quyidagi  baytlarini  ko'p  o'qir va  xushvaqt  bo'lardi: 

Furqatingdin za’faron uzra to'karmen lolalar,

Lolaiar ermaski,  bag'rimdin erur pargolalar

(MAT.I.  134-bet)

Yana biri:

Ul parivasbki,  bo'lubmen zor-u sargardon  anga,

Ishqdin olam manga hayron-u men hayron anga

(MAT.I. 47-bet)

Alisher Navoiy Sayyid Hasan Ardasheming bu xizmatlarini xotirda 

tutib,  keyinchalik  o'zining  «Holoti  Sayyid  Hasan  Ardasher»  nomli 

tarixiy-manoqib  asarini  yozdi.

1457 yilning bahorida Abulqosim Bobur Mirzo  Mashhad shahrida 

tasodifan vafot etadi. Kutilmagan bu shum hodisa yana toj-u taxtjanglarini 

olovlatib qo'ydi. Ko'pdan beri Hirot taxti orzusida yuigan Movarounnahr 

hukmdori Abusaid Mirzo Xuroson taxtining ashaddiy da’vogari sifatida 

maydonga chiqdi. Azaldan toj-u taxt ishtiyoqida bo'lgan Husayn Boyqaro 

Mirzo vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan chetda qolishni istamadi 

va kuch to'plab,  Xurosonning turli viloyatlariga tahlika sola boshladi. 

Alisher Navoiy esa Mashhadi muqaddasda qolib o'qishni davom ettiradi. 

Mashhadda  mafosil  (bo'g'imlarda  og'riqning  paydo  bo'lishi)  kasaliga 

duchor bo'ladi. Unga o'sha kunlarda Mashhadda bo'lgan qadrdon ustozi 

Pahlavon  Muhammad  mehribonlik  ko'rsatadi.  Ulug'  shoir  Kamol 

Tuibatiy  bilan  uchrashadi.  U  kishi  ham  xasta  yotgan  iste’dodli  yosh

www.ziyouz.com kutubxonasi



shoir oldiga tez-tez kelib  turadi.  Suhbatlar,  mushoiralar uyushtiriladi. 

Alisher Navoiy iste’dodining ravnaq topishiga yana imkoniyat yaratiladi. 

Salkam ikki yilga cho'zilgan qonli janglar Xuroson davlatining Abusaid 

Mirzo tasarrufiga o'tishi bilan yakunlanadi.  1459 yilda uning nomi xutbaga 

(namozning duo  baxshiga)  qo'shib  o‘qiladi  va u  Xuroson  davlatining 

rasmiy hukmdori  sifatida  tan  olinadi.  Shunday qilib,  1459  yilga  kelib 

Xuroson-u  Movarounnahming  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  1409  yildagi 

manzara vujudga keldi. Ya’ni o'sha yildan boshlab Hirot poytaxt Xuroson 

davlatini  ota—Shohruh  Mirzo  va  Samarqand  markaz  Movarounnahr 

saltanatini  o'g'il—Ulug'bek  Mirzo  boshqara  boshladi.  Rasman  garchi 

bu  ikki  davlat  mustaqil  ko'ringan  bo‘lsa-da,  aslida  Movarounnahr 

Xuroson  hukmdoriga tobe’  edi.  Abusaid  Mirzo saltanati  davrida ham 

shu holat kuzatiladi. Uning o'g'illari Sulton Ahmad va Sulton Mahmud 

Mirzolar  otaga  bo'yin  sunganlar.  Abusaid  Mirzo  hukmdorligining 

dastlabki yillari Alisher Navoiy hayotining ayanchli va iztiroblarga to'la 

davrini tashkil  etadi.  Maktabdosh do'sti  Husayn  Boyqaro taxt ilinjida 

Mashhadni  tark  etgandan  so'ng,  ular  bir-birlaridan  ajralib  qolishadi. 

Ustiga  ustak  tog'alari  Mirsaid  Kobuliy,  Muhammad  Ali  G'aribiylar 

Sulton Husayn Boyqaro qo'shini safida shahid bo'ladilar. Xuroson taxtini 

qo'lga olgan Abusaid Mirzo esa Alisheming otasidan qolgan mol-mulk, 

hovli-haramni o'z foydasiga musodara qiladi.  1459-1460 yillarda fors- 

tojik adabiyotining atoqli vakili, naqshbandiya sulukining piri murshidi, 

«Maxdumi  Nuran»  Nuriddin  Abdurahmon  Jomiy  Xiyobonda  dafn 

etilgan  ustozi  Sa’diddin  Koshg'ariy  mazori  yonida  istiqomat  qilishni 

ixtiyor etadi va o'sha yerda kichik bir hovlicha qurdirib, ko'chib o'tadi. 

Bu  ulug'  Shayxni  zamon  hukmdoridan  tortib,  oddiy xalq  vakiligacha 

ziyorat qilib turar edi.  18-19 yoshli Alisher ham o'zining buyuk ustozi 

bilan ana shu yerda ilk bor uchrashadi va ulug' Shayxdan ilohiyot hamda 

tariqat ilmlaridan saboq ola boshlaydi. Navoiyshunoslikdagi munozarali 

masalalardan  yana  biri  Alisher  Navoiyning  Nuriddin  Abdurahmon 

Jomiy bilan ilk uchrashuvidir. Ayni mavzu yechimida ham olimlar ikki 

guruhga  ajraladilar:  Birinchi  doiraga  mansub  tadqiqotchilar  Alisher 

Navoiyning  Mashhaddan  Hirotga qaytishini  1459-1460 yillarga  nisbat 

bersalar; ikkinchi guruhga daxldor olimlar bu raqamni  1464-1466 yillar 

tarzida talqin etadilar. Shuningdek, Alisher Navoiy Hirotdan Mashhadga 

va Mashhaddan Hirotga borib kelib turgan deyuvchilar ham yo'q emas. 

Masalaga  birinchi  hamda  ikkinchi  manbalar  nuqtai  nazaridan  baho

www.ziyouz.com kutubxonasi



beradigan va zamon hukmdorining fe’l-u atvori hamda Alisher Navoiyga 

munosabatidan  kelib  chiqib  xulosa  chiqaradigan  bo'lsak,  biz  ham 

birinchi doira olimlari qarashlariga moyillik ko‘isatamiz, (Bu haqda qarang 

:  Vohidov  R.  Navoiyning ikki durdonasi.  Toshkent:  «Fan»,  1992,  13-

52-betlar).  Bizning  shunday  qo‘nimga  kelishimizda  «Xamsat  ul- 

mutahayyirin»dagi  ishoralar  yetarii  asos  beradi.  Ilmiy  manbalaming 

guvohlik berishicha,  1464 yilda Alisher Navoiy ona shahrini tark etishga 

majbur  bo‘ladi.  Uning  kichik  zamondoshi  Zahiriddin  Muhammad 

Bobuming  (1483-1530)  ma’lumotiga  ko‘ra,  1464-1465  yillarda  shoir 

Hirotdan  «ixroj»  (suigun)  qilinadi.  Ulug‘  shoir  mazkur  safarining 

g‘ayri ixtiyoriy bo‘lganligi muallifning Darvesh Sayyid Hasan Ardasheiga 

Samarqanddan  yo‘llangan  she’riy  maktubidagi  ishoralardan  yorqin 

namoyon bo‘ladi.  Bobur  Mirzo  ta’kid etgan  «ixroj»ning esa  Hirotdan 

Samarqandga bo'lganligini payqash qiyin emas. Abusaid Mirzo Alisher 

Navoiyni o‘z o‘g‘illari  nazorati ostiga yuboigan  ko‘rinadi.

7.3.  Alisher Navoiy hayotining  Samarqand  davri

Ulug*  shoir  umri  «shabob»  (yigitlik)  faslining  besh  yili  «sayqali 

ro'yi  zamin»  Samarqandga  to‘g‘ri  keldi.  Biroq  u  jannatmakon 

Samarqandga siyosiy mahbus maqomida yuborilgani uchun ham ixroj ning 

dastlabki yillarida juda ko‘p achchiq-chuchuklarga chidashiga to‘g‘ri keldi. 

Bu haqda «G'aroyib us-sig‘ar» devoniga kiritilgan va Alisher Navoiyning 

ustozi  Sayyid  Hasan  Ardasherga  yuborilgan  she’riy  maktubida 

(«Masnaviy»da)  talay  ishoralar  mavjud.  Ayrim  tadqiqotchilar  mazkur 

asami  shoir  Hirotdan  Samarqandga  jo'nash  oldidan  otasidek  yaqin 

bo‘lib qolgan Darvesh Sayyid Hasan Ardasher bilan ko‘risha olmaganligi 

bois  yozgan,  deya  e’tirof etadilar.  Ammo  bunday  fikmi  ma’qullash 

qiyin.  Chunki  «ixroj»  haqidagi  farmonni  olgan  Alisher  Navoiy  qisqa 

muddatda  ,  shoshilinch  ravishda «Masnaviy»ni yoza olmas edi.  Ulug‘ 

shoir  Samarqandga  yetib  borgach,  ham  moddiy  va  ham  ma’naviy 

jihatdan  juda  qiynalib  yashaydi.  Nazorat  ostidagi  shoimi  erksizlik 

hammadan ham ko‘proq yoza boshlaydi.  Mana shunday bir vaziyatda u 

tanglikdan chiqishning yo‘llarini izlaydi, ustozi, otaxoni Darvesh Sayyid 

Hasan  Ardasherdan  najot  kutib,  unga  maktub  bilan  murojaat  etishni 

lozim topadi. Shunday qilib, «Masnaviy» Samarqandda ro'shnolik ko‘radi. 

«Hasbi  hol»-«Masnaviy»ni  olgach,  Sayyid  Hasan  Ardasher  Fazlulloh

www.ziyouz.com kutubxonasi



AbuUaysiy hamda Xoja Ahror Valiylaiga maktub yo'llab, Alisheiga ko‘mak 

berishlarini  so'ragan  ko‘rinadi.  Ana  shundan  keyingina  buyuk  faqih 

Fazlulloh  Abullaysiy  Alisher  Navoiyga  o'z  madrasasidan  joy  berib, 

panohiga oladi. «Majolis un-nafois»dagi: «Faqir ikki yil alaming qoshida 

sabaq o‘qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, «farzand» der erdilar» 

(MAT.  13.  33-b.)  kabi  ishoralar  ham  yuqorida  bayon  qilingan 

mulohazalar  foydasiga  xizmat  qiladi.  Alisher  Navoiyning  Samarqand 

davri hayoti haqida qissa yozgan yozuvchi Muzaffar Mirzo  o‘z asarini 

«Panoh»  atab,  masalaning  biz  eslatgan jihatlariga  urg‘u  berib  tarixiy 

jihatdan  to‘g‘ri  yo‘l  tutgan.

«Masnaviy»  Alloh  hamdi  bilan  boshlangan  bo'lib,  unda  Sayyid 

Hasan Ardasher ulug‘lanadi hamda shoiming Hirotni tark etishi sabablari 

bayon  etiladi.  Maktub  muallifi  so'zni  inson  ko‘nglining  burchagiga 

yashiringan durga qiyos qilar ekan, uni insoniyat bog'ining gulshanidagi 

eng yaxshi mevadir, deya vasf etadi. Shuningdek, shoir o'zining betakror 

badiiy salohiyatining juda tez ravnaq topganligidan faxrlanib, fors-tojik 

adabiyotining  buyuk  namoyandasi  Firdavsiy  30  yilda  «Shohnoma»ni 

yozgan bo'lsa,  u shunday asami  30 oyda ijod qilishini,  bir kunda xosa 

ma’ni  yoki  iyhom  kabi  badiiy  san’atlar  bilan  ziynatlangan  yuz  bayt 

bitish  unga  holva  yoyish  bilan  barobar  ekanligini,  Nizomiy  Ganjaviy 

30 yilda yozgan «Xamsa»ni Navoiy uchun ijod etish ikki-uch yillik ish 

ekanligini «Masnaviy»da quyidagicha bayon etadi:

Men ul menki  to turk bedodidur,

Bu  til biria to  nazm bunyodidur.

Falak ko‘rmadi  men kibi  nodire,

Nizomiy kibi  nazm  aro  qodire.

Ne nazme der ersam meni  dardnok 

Ki,  har harfi bo‘lg‘ay aning durri  pok.

Yetar tengridin  oncha  quwat  manga,

Ki,  bo‘lmas bitirig‘a fiirsat manga.

Bu maydonda  Firdavsiy ul gurd  erur,

Ki,  gar kelsa  Rustam javobin  berur.

Raqam  qildi  farxunda  «Shohnoma»e,

Ki,  sindi javobida bar xomae.

Musallamdurur zohiran bu  ishi 

Ki,  ma’razga kelmaydurur bar kishi.

Dedi o‘z tili biria ul koni  ganj,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ki:  «Si sol burdam ba «Shohnoma*  ranj.»

Ani derg‘a bo‘Isa qachon  rag‘batim,

Erur oncha haq  lutfidin quwatim,- 

Ki,  har necha  nutq о‘Isa  kohilsaroy,

Bitig'aymen  o‘ttiz yilin o‘ttiz  oy.

Agar xossa ma’no  gar iyhom  erur,

Aning  kunda  yuz  bayti  halvom  erur

(MAT. 3 .529-530-b.)

Takrorlanmas iste’dod sohibi bo'lgan Alisher Navoiy «Masnaviy»da 

o‘zi  istiqomat  qilayotgan  mamlakatda  ijod  qilish  uchun  imkoniyat 

yo‘qligini,  ijodidan  bahra  olish  o‘rniga  umri  ranj-u  dard  bilan 

o'tayotganligini achinish bilan yozadi.  Mamlakatda zulm  hukmronlik 

qiladi. Vafo o‘mini nifoq, saxovat o'mini baxillik egallagan. Yurt «vahshat 

obod  zisht»— dahshatli  vahshiy  yurtga  aylanib, jannat  o‘mini  do‘zax 

egallagan.  Abusaid  Mirzo  bilan  Samarqanddan  Hirotga kelgan beklar 

va amirlar xalqqa zulm ustiga zulm qiladilar. Alisher Navoiyga rahnamolik 

qiladigan  biror  kishi  yo‘q.  Unga biror  yerdan  maosh  tayinlanmagan, 

ko‘ngli orom olguvchi biror hujrasi ham, ketishga azm etsa,  yo‘ldoshi 

ham yo‘q. U qanchalik moddiy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz kelmasin, 

himmati  baland  ulug'  zot  edi.  Xondamiming  «Makorim  ul-axloq» 

asaridan o‘rin olgan quyidagi hikoyat Alisher Navoiyning ana shunday 

yuksak insoniy fazilati haqida  ma’lumot berishi bilan ahamiyatlidin

«... Abusaid zamonida juma kuni, Hirot shahri ichidagi masjidi jome’da 

juma namozini ado qilgandan keyin, xiyobonda sayr qilish uchun o‘sha 

tomonga jo‘nadim. «Mufarrih» ko'chasiga yaqinlashganimda, bosh yalang 

va oyoq yalang holda o'tirgan bir gadoyni ko‘rdim.

U  aytur  edi:

-Ayolmand bir kishiman, bir necha och-yalong‘och bolalarim bor, 

ertadan buyon o‘tirib tilanaman,  hozirgacha hech kim bir pul bergani 

yo‘q.

Ul hazrat (Navoiy) aytdilarki,  o'sha vaqtda yonimda bir tanga bor 

edi,  undan boshqa dunyo molidan hech narsam yo'q edi. O'z-o'zimga 

shunday dedim: Mayda va yirik narsalarimni Yaratuvchiga tavakkal qilib, 

bu  tangani  shu  darveshga  bersang,  toki,  bola-chaqalarining,  bugungi 

ovqatini to'g'rilasa, sening esa ertalik rizqingni xudoning o'zi yetkazar. 

o'sha  zahotiyoq tangani  unga berib,  o'tib  ketdim.  Namozshomgacha 

xiyobonda  sayr qilib  yurib  qaytgach,  ko'rdimki,  haligi  darvesh  o'sha

www.ziyouz.com kutubxonasi



joyda o‘tirib,  ilgarigi so‘zlarini aytib tilanardi.  Uning haddan tashqari 

yolg'onchiligi va tilanchilikdagi o‘ta harisligidan taajjublandim. Ammo 

bu  ishdan  xabardor  bo'lganligimni  unga  bildirmadim...  (Xondamir, 

Makorim ul-axloq,  99-100-betlar).

Zamon  va  uning  johil  hukmdoriaridan  norozilik  kayfiyatini  aks 

ettimvchi bunday voqealar «Makorim ul-axloq» asarida yana uchraydi. 

Ulardan  birida  hikoya  qilinishicha,  Pahlavon  Muhammadning 

tanishlaridan  Yusuf nomli  bir  shaxs  Abusaid  Mirzo  mulozimlaridan 

shikoyat  qilib,  uning  huzuriga  kirmoqchi  ekanligini  aytadi.  Shunda 

Alisher Navoiy unga quyidagi baytni o‘qiydi:

Gadoy ki  non  az dari shoh just,

Biboyad  zi  obi xudash  dast  shust.

Mazmuni:  Podsho  eshigidan  non  izlagan  tilanchi,  o'z  suvi  bilan 

qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urmog‘i kerak (Xondamir.  Makorim ul-axloq. 

108-109-betlar).

Ulug* shoiming nafrat ruhi aksini topgan ayni yo‘nalishdagi baytlari 

Abusaid Mirzo qulog‘iga yetib tuigan. Boz ustiga, Xuroson davlatining 

ashaddiy da’vogari sifatida uning turli viloyatlariga hujumlar uyushtirib 

turgan  Sulton Husayn  Boyqaro  Miizo Alisher Navoiyning  ko'kaldosh 

hamda maktabdosh do‘sti edi. Zikri o‘tgan ayrim lavhalar shoh va shoir 

o‘rtasidagi  munosabatni  (ulug1  shoiming  «ixroj»i  sabablari  haqida 

murojaat  qilinsin:  Abdullayev  V.  Navoiy  Samarqandda.  Tanlangan 

asarlar. Ikki jildlik,  1-jild, Toshkent: «Fan», 2002, 3-108-betlar) yanada 

keskinlashtirgan  va  Alisher  Navoiyni  Hirotdan  uzoqroqda,  nazorat 

ostida saqlash lozim ko'rilgan.

Alisher  Navoiy  ana  shunday  ahvolda,  hayotdan juda  ko'p  ranj-u 

dard  chekib  Samarqandga  keladi.  Ijodkor  va  Darvesh  Sayyid  Hasan 

Ardashetga yozgan she’riy maktubida ulug4 shoir insonga ta’rifberarkan: 

«Ki  haq  sirrining  bo‘lg‘ay  ul  mahrami»,-deya  e’tirof etgandi.  Asar 

muallifining  ongiga  kishi  haqiqat  sirlari  bilan  oshno  bo‘lishi  kerak, 

insonning  maqsadi  dunyoni  irfon—tafakkur  bilan  tanishdir,-  degan 

ezgu g‘oyalar allaqachon singgib ulgurgan edi. Alisher Navoiy tanlagan 

bu yo'ldan uni  hech qanday qiyinchilig-u to‘siqlar qaytara olmas edi.

Samarqand  XV asming  ikkinchi  yarmida  Movarounnahming  eng 

yirik  madaniy  markazlaridan  biri  bo'lib,  bu  maskanda,  ayniqsa, 

Ulug'bek  Mirzo  hukmronligi  (1409-1449)  davrida  ilm-fan,  san’at, 

adabiyot ravnaq topdi. Ma’rifatparvar bu hukmdoming tashabbusi bilan

www.ziyouz.com kutubxonasi



1424  yilda  shahar  chekasida  yulduzlar  harakat ini  tadqiq  qilishga 

mo'ljallangan uch qavatli rasadxona barpo etiladi. Rasadxonada Qozizoda 

Rumiy,  G'iyosiddin  Jamshid,  Ali  Qushchi  kabi  olimlar  nujum  ilmi 

bilan  shug'ullanib  1018  ta  yulduzning  samodagi  joylashish  o'mini 

aniqlashga  muvaffaq  bo'ldilar.  Fanning  shu  sohasiga  bag'ishlangan 

Ulug'bek  Mirzoning  «Ziji jadidi  Ko'ragoniy»  («Ko'ragoniyning yangi 

yulduzlar  jadvali»)  nomli  kitobi  dunyo  yuzini  ko'rdi.  Samarqand 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling