B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


madrasalarida  yetuk  olimlar  tolibi  ilmlarga  saboq  berardi.  Bu  ezgu


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71

madrasalarida  yetuk  olimlar  tolibi  ilmlarga  saboq  berardi.  Bu  ezgu 

ishlarning barchasiga Sulton Ulug'bek Mirzo rahnamolik qilardi.  Ilm- 

fan,  adabiyot va san’at homiysi bo'lgan Movarounnahr hukmdorining 

fojiali  o'ldirilishi  (1449)  Samarqanddagi  ilmi  nujum  maktabining 

tarqalib ketishiga sabab bo'ldi. Shunday bo'lishiga qaramay, Samarqandda 

juda  uzoq  yillar  davomida  shakllangan  yuksak  ilmiy-madaniy  muhit 

XV asming  70-yillariga qadar o'zining  baland  mavqeini saqlab  qoldi. 

Shubhasizki,  Samarqandda  yashayotgan  Alisher  Navoiy  ham 

ajdodlaming jahoniy  mohiyat  kasb  etgan  ulug'  ishlaridan  bahramand 

bo'ldi.

Alisher Navoiy qalban talpinib orzu qilgan muhitni Samarqandda 

topdi.  «Vafoiy»  taxallusi  bilan  she’rlar  yozgan,  sohib  devon  shoir, 

Samarqand hukmdori Ahmad  Hojibek asli Xurosonda tarbiyat topgan 

bo'lib, Ulug'bek Mirzoning madaniyat sohasidagi qutlug' an’analarining 

davomchisi  sanalardi.  Olim  va  fozillami  qadrlab,  ilm-fan  ravnaqiga 

homiylik  qilgan  Ahmad  Hojibek  Xurosonda  shoir  sifatida  tanilib, 

ko'pchilikning e’tiboriga tushgan Alisher Navoiyni o'z himoyasiga oldi. 

Bu davrda fiqh  (islom  huquqshunosligi)da dong taratgan,  arabshunos 

olim Xoja Fazluiloh Abullaysiy madrasada mudarrislik qilardi. Alisher 

Navoiy Abullaysiy madrasasida tahsilni davom ettirdi. Bu ulug' faqihdan 

fiqh  ilmini  o'iganib,  uning xonaqohidagi  hujralaridan birida  yashadi.

Alisher Navoiy hayotining  Samarqand davri shoir umr daftarining 

g'oyatda mazmundor sahifalarini tashkil qiladi. U «Majolis un-nafois»da 

nomlarini ehtirom bilan tilga olgan  «muammoda  Samarqand ahli ani 

Mavlono Sharofiddin Yazdiy muqobalasiga mazkur» qiladigan Mavlono 

Uloyi  Shoshiy,  Ulug'bek  Mirzo  madrasasining  mudarrisi  Xoja  Xurd, 

Ulug'bek  Mirzo  bilan  xamsabaq  va  musohib  bo'lgan  Mavlono 

Muhammad  Olim,  har  kuni  besh  yuz  baytni  osonlik  bilan  bituvchi 

«sari’ ul-qalam kotib» Mavlono Soyimiy, musiqa ustasi Darvesh Ahmad 

Samarqandiy,  talantli  shoirlar  Mirzabek,  Mirzo  Hoji  So'g'diy,  Sayid

www.ziyouz.com kutubxonasi



Qutb  Samarqandiy,  Yusuf  Safoiy,  Shayxim  Suhayliy  kabilar  bilan 

yaqin muomala-munosabatda bo'ldi. Mahobatli Samarqand shoir qalbida 

o'zining  ulug'vor  tarixi,  qizg'in  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy-ma’rifiy 

hayoti  bilan  o‘chmas  iz  qoldirdi.  Keyinchalik  Alisher  Navoiy  o'sha 

yillami xotirlab  «Farhod va  Shirin»  dostonida  Ulug'bek  Mirzoni  vasf 

etuvchi baytlariga keng o'rin berdi, shuningdek, Samarqandning go'zal 

tasvirini  «Saddi  Iskandariy»da  rangin  baytlarda  badiiylashtirdi.  Shoir 

Samarqandda tolibi ilm sifatida  Sharq mumtoz adabiyotini smchiklab 

o'rganishni  davom  ettirdi,  yaxshi  adabiy  an’analami  o'zlashtirdi  va 

badiiy  mahorat  sirlarini  egallashga  harakat  qildi.  U  Mavlono  Yah’yo 

Sebakning aruz ilmiga bag'ishlangan «Shabistoni xayol» kitobi, Nizomiy 

Aruziy  Samarqandiyning adabiyotshunoslikka oid  «Chahor maqola»si 

va  qofiya  ilmiga  doir  boshqa  asarlar  bilan  tanishdi.  Alisher  Navoiy 

Samarqand hokimi Ahmad Hojibekdan tortib, ilm, ijodga mayli bo'lgan 

oddiy  xalq  vakillarigacha  bo'lgan  ijod  ahli  bilan  tanishishga  ulgurdi. 

Ulug' shoiming bunday qizg'in muloqotlari uning xotirasida mustahkam 

o'mashdi,  asarlarida  o'chmas  iz  qoldirdi.  Jumladan,  «Majolis  un- 

nafois»da  bozorda  sahhoflik  (muqovasozlik)  bilan  shug'ullangan, 

«Xatoiy»  taxallusi bilan ijod qilgan  Mavlono  Mir Qarshiy,  sobunxona 

mushrifi (boshlig'i)  Mavlono Javhariy, darzgarlikka (tikuvchi) mansub 

Mavlono  Xovariy  kabi  ko'plab  hunarmand  shoirlar haqida  ma’lumot 

beriladi.  Bular  ana  o'sha  musofirat  davri  suhbatlarining  yorqin 

taassurotlaridir.

Ulug'  shoir  Samarqand  va  uning  atrofidagi  tumanlarda  bo'lib, 

mamlakatdagi  ijtimoiy-siyosiy ishlaiga ham faol qatnashganligiga doir 

hikoyatlar  XV  asming  yirik  tarixnavisi  Xondamiming  «Makorim  ul- 

axloq» asarida keltiriladi. Unda hikoya qilinishicha, Alisher Navoiy toj- 

u  taxt  umidida  yurgan  Sulton  Husaynning  Samanqand  atrofida  asir 

olingan  askarlarini bir necha bor turli yo'llar bilan o'limdan qutqarib 

qoladi  va  shu  bilan  o'zining  Husayn  Boyqaro  tomonida  ekanligini, 

uning  xatti-harakatlariga  xayrixohligini  namoyon  qiladi.  Bu,  albatta, 

Alisher  Navoiyning  Samarqand  hokimi  Ahmad  Hojibekka  tayanib, 

keyinchalik Samarqandda o'zining siyosiy faoliyatini boshlaganligidan 

dalolat beradi.  Shuningdek, shoiming bunday ishlami amalga oshirishi 

uchun mahalliy hokimiyat oldida biror bir rasmiy lavozimga munosib 

ko'rilgan bo'lishi kerak edi. Ayrim ilmiy asarlarda ma’lumot berilishicha, 

Alisher Navoiy Samarqandda bir qancha vaqt Sulton Ahmad Mirzoning

www.ziyouz.com kutubxonasi



mulozimi bo'lib,  chig'atoy amiri sifatida faoliyat ko'rsatgan.  (Qarang: 

O'zbek adabiyoti tarixi.  5 tomlik,  II tom, Toshkent:  «Fan»,  1977,  53-

53-betlar). Xondamiming «Habib us-siyar» asarida qayd etilgan quyidagi 

fikrlar ham ushbu mulohazaning haqiqatga yaqinligini dalillaydi: «Mirzo 

Sulton Ahmad xoqoni mansuming  (Husayn  Bayqaroning)  Xurosonga 

yurish  qilganini  eshitib,  Amuya  daryosidan  kechib  o'tganida  Amir 

Alisher qaroigohda u bilan birga edi» (Navoiy zamondoshlari xotirasida. 

Toshkent:  G'.G'ulom  nomidagi  adabiyot  va  san’at  nashriyoti,  1986, 

116-bet).  Ko'chiiganimiz  ma’lumot  feodal  tuzum  qonun-qoidalariga 

to'g'ri  keladi.  Otalari  (Abusaid  Mirzo)  tomonidan  o'z  nazoratlariga 

yuborilgan  Alisher  Navoiyni  Sulton  Ahmad  va  Sulton  Mahmud 

Mirzolar Samarqandda qoldirib, zafar bilan qaytishi kutilayotgan padari 

buzmkvorlari  istiqboliga chiqolmas edi,  albatta.  Rasmiy mansabi bor- 

yo'qligidan  qat’iy  nazar  ulug'  shoir  shahzodalar  ko'zi  oldida  turishi 

lozimligi  xavfsizlikni  ta’min etuvchi oddiy talablardan  hisoblangan.

Samarqanddagi  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy-ma’rifiy  muhit  bu 

maskanga  ilm  izlab  kelgan  Alisher  Navoiyning  ma’naviy  kamolotida 

muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Xoja  Fazlulloh  Abullaysiydan  arab 

tilshunosligi,  fiqh,  falsafa,  ilmi  bade’dan  ta’lim  oldi,  arab 

grammatikasini  puxta  o'zlashtirdi.  Alisher  Navoiyga  nisbat  berilgan 

«Sab’at ul-abhur» nomli uch tilli lug'at shoiming shu davrda o'igangan 

saboqlari  natijasi  bo'lishi  mumkin,  degan  qarashlar  ham  mavjud 

(Valixo'jayev  B.  Xoja  Ahror  tarixi.  Toshkent:  «Yozuvchi»,  1984,  30- 

bet).  Samarqand  adabiy  muhiti  Alisher  Navoiyni  yosh  shoirlik 

maqomidan ustozlikning yuksak darajasiga ko'tarilishiga imkon yaratdi. 

Taniqli  adabiyotshunos,  akademik  V.Abdullayev  «Navoiy 

Samarqandda» nomli tadqiqotida Samarqandning XV asr ikkinchi yarmi 

adabiyot  va  madaniyati  rivojida  Alisher  Navoiyning  beqiyos  hissasi 

borligini ta’kidlagan edi. Olimning: «Bu davr Samarqand adabiy muhitini 

Alisher  Navoiysiz,  u  tayorlagan  yosh  qalamkashlarsiz  tasawur  qilish 

mumkin emas»,-degan fikrlari mutlaqo haqiqatdir.  Bu shahri azimdagi 

qaynoq  adabiy  muhit,  shubhasizki,  ulug'  shoir  xotirasida  bir  umrga 

muhrlanib qoldi.  Keyinchalik Samarqandda siyosiy beqarorlik vujudga 

kelgach,  ko'pgina  ijodkorlar  Alisher  Navoiydan  panoh  izlab  Hirotga 

yo'l  oladi.  Ular orasida  Xoja  Abdulloh  Abullaysiyning  o'g'li,  Alisher 

Navoiyga  bag'ishlab  «Hoshiyai  miftoh»  va  «Hoshiyai  Talveh»  nomli 

asarlami  yozgan  Xoja  Xovand,  Abullaysiylar  xonadoniga  mansub

www.ziyouz.com kutubxonasi



bo'lgan,  «Hoshiyai  mutawal»  asari  muallifi  Abulqosim  bin  Abubakr 

al-Laysiy (Bu haqda batafsil ma’lumot uchun qarang: Valixo'jayev B. 

Xoja Ahror tarixi.  Toshkent:  «Yozuvchi»,  1994,  20-35-betlar)  hamda 

tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy,  Ulug'bek  Mirzo bilan tahsil olgan 

keksa olim Muhammad Olim Samarqandiy, musiqachi Darvesh Ahmad 

Samarqandiylar bor edi. Bu kabi bir qancha ziyolilar keyinchalik Hirotda 

Alisher  Navoiy  homiyligidan  bahramand  bo'lib  ilm  va  ijod  bilan 

shug'ullandilar.

Alisher Navoiy 1469 yilga qadar Samarqandda yashadi.  1468 yilning 

oxirlarida  Abusaid  Mirzo  G'arbiy  Eronni  qo'lga  kiritish  uchun jang 

olib boradi. Biroq u kurashlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrab o'ldiriladi. 

Ayni siyosiy voqealar Xurosonni o'z idorasi ostida ko'rishni orzu qilib 

yurgan  Husayn  Boyqaro  Mirzo  uchun  qo'l  keladi.  U  1469  yilning 

boshlarida  Hirot  taxtini  egallaydi  va  maktabdosh  do'stini  eslaydi. 

«Vaqfiya»da xabar berilishicha, «davlat manshuri» bilan Movarounnahr 

hukmronlariga murojaat qilib, Alisher Navoiyni Hirotga yuborishlarini 

so'raydi. Ana o'sha rasmiy takliflarga ko'ra, shoir 1469 yilning aprelida 

Hirotga qaytadi.

Alisher Navoiyning Hirotdan Samarqandga «ixroj»i nechog'lik bahs- 

u munozalaiga sabab bo'lsa, Samarqanddan Hirotga qaytishi ham qarama- 

qarshi fikrlardan xoli emas. Hatto bunday gapni ayrim mumtoz manbalar 

ma’lumoti haqida ham  aytish joiz ko'rinadi.  Ayni  mavzuga  doir fikr-u 

qarashlami ikki katta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga mansub 

muhaqqiqlar Hirot poytaxt Xuroson davlatining Sulton Husayn Boyqaro 

Mirzo qo'liga o'tganligini eshitgan Alisher Navoiy turkiydagi «Hiloliya» 

qasidasini yaratib Hirotga jo'nadi, degan mulohazaga moyillik ko'rsatadilar. 

Ikkinchi yo'nalishga daxldor olimlar bunday fikiga shubha bilan qaraydilar. 

Bas shunday ekan, qaysi qarash haqiqatga yaqin va unga xayrixohlik qilish 

mumkin? Alisher Navoiyning zamon hukmdori Abusaid  Mirzo hukmi 

bilan g'ayri  ixtiyoriy  ravishda  Hirotdan  chiqqanligi,  Zahiriddin  Bobur 

Mirzo  iborasi bilan  aytganda,  bu  «safar»ning  «ixroj»  ekanligi  inobatga 

olinsa,  ulug'  shoir qanchalik Hirotga jo'nashni istamasin,  u o'z xoxishi 

bilan Samarqanddan keta olmas edi.  Chunki Abusaid Mirzo o'ldirilgan 

bo'lsa-da,  Movarounnahr  taxti  hali  uning  o'g'illari  Sulton  Ahmad  va 

Sulton Mahmud Miizolar ixtiyorida edi. Bu masalada haq ulug' shoiming 

o'z hukmida:  Sulton Husayn Boyqaro Mirzo «davlat manshuri»  (davlat 

maqomidagi  rasmiy xat)  bilan  Movarounnahr hukmdorlariga murojaat

www.ziyouz.com kutubxonasi



qilishdan  tashqari,  yo‘l  xaiji,  ot-ulov  va  mulozimlar  ham  yuboradi. 

Hirot—Samarqand  karvon  yo‘li  (eng  yaqini  !)  bir  haftalik  harakatni 

talab  qilishi  e’tiboiga  olinsa,  o‘sha  tadbirlarsiz Alisher  Navoiy  Hirotga 

bora  olmas  edi.  Masalaning  ham  rasmiy-ma’naviy  va  ham  moddiy 

jihatlaridan kelib chiqqan ulug* shoiming kichik zamondoshi va tarjimoni 

Faxriy Hirotiy uning «Vaqfiya»dagi qaydlarini ta’kidlashga to‘la haqli edi 

(Qarang:  Vohidov  R.  «Latoifnoma»  latofati.  «0‘zbekiston adabiyoti va 

san’ati»,  1995  yil,3-fevral).

7.4.  Alisher Navoiy davlat va jamoat arbobi

Hirot  taxti  Husayn  Boyqaro  tasarrufiga  o'tgan  dastlabki  yillardan 

boshlab  Xuroson  davlatining  muhrdori  sifatida  (1469-1470)  shoh 

saroyida faoliyat ko‘rsata boshladi.  Muhrdorlik nihoyatda  mas’uliyatli 

ish bo‘lib, bu lavozimga munosib ko‘rilgan kishidan davlatning barcha 

hujjatlar-u  moliyaviy  sarf-u  harajatlarini  teran  anglash,  ulami  diqqat 

bilan  ko'zdan  kechirib  muhr bosish  va  rasmiylashtirish  talab  etilardi. 

Alisher  Navoiy  bu  lavozimga  har jihatdan  munosib  mas’ul  shaxs 

hisoblanardi.  U  Husayn  Boyqaro  saltanatini  mustahkamlash  ilinjida 

nechog‘lik katta kuch sarflasa, uning badiiy ijod bobidagi sa’y-harakatlari 

ham  kam  emas  edi.  Shoir  she’riyati  ixlosmandlari  tomonidan  1465- 

1466 yillarda fanda «Ilk devon» nomi bilan ataluvchi she’rlar to‘plamining 

Mashhadda tartib berilishi va Sulton Ali Mashhadiy tomonidan kitobat 

qilinishi  Alisher  Navoiyning  el  orasida  ijodi  hamda  yuksak  insoniy 

fazilatlari  bilan  allaqachon  tanilganidan  dalolat  berardi.  Bulardan 

tashqari, ulug* shoir Sulton Husayn Boyqaroning Xuroson mamlakatini 

idora  etishida  eng  yaqin  ko‘makdosh  va  fidoyi  xayrixohi  sifatida 

jonbozliklar  ko‘rsatardi.  0 ‘z  navbatida  Sulton  Husayn  Boyqaro  ham 

mamlakatda osoyishtalik o‘matishda Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy, 

ma’naviy-axloqiy  imkoniyatlaridan g‘oyat unumli  istifoda  etardi.

Xuroson  davlatida  siyosiy  barqarorlikni  ta’minlash  mamlakat 

hukmdori va uning tarafdorlari uchun nihoyatda og‘ir kechdi. Ayniqsa, 

Husayn Boyqaro hukmronligining dastlabki yillarida Hirot taxti doimo 

tahlikalar  qurshovida  edi.  Alisher  Navoiy  zamondoshlarining  adabiy- 

tarixiy  asarlarida  bayon  qilinishicha,  Mirzo  Jahonshoh  Turkman 

Xuroson hukmdori Abusaid Miizo bilan sulh tuzib Ozaiboyjonga qaytadi. 

Shu  paytlarda  Abusaid  Mirzoning  o‘g‘li  Muhammad  Yodgor  Mirzo

www.ziyouz.com kutubxonasi



ammasi  Poyanda  Sulton  begimning  taklifi  bilan  Mirzo  Jahonshoh 

mulozamatini  ixtiyor  etadi.  Jahonshoh  Turkman  vafotidan  so‘ng, 

Abunasr  Hasanbek  Yodgor  Muhammad  Mirzoni  qo‘llab-quwatlab 

turadi. Xurosonning ba’zi amirlari ham ko‘p lashkar bilan shahzodaga 

qo'shilib, uni otasining taxtini egallashga da’vat etadilar. Shunday qilib, 

Yodgor  Muhammad  Mirzo  Husayn  Boyqaroning  ashaddiy  tahlikali 

dushmaniga aylanadi.

1469 

yilning  11-sentyabrida  Yodgor  Muhammadning  ayovsiz 

qarshiliklarini bartaraf etish uchun Husayn Boyqaro yana jangga otlanadi. 

U Hirotdan katta qo‘shin bilan chiqib muqaddas Mashhad tomon yo‘l 

oladi.  Bu yerda Imom Muso ar-Rizo qabrini ziyorat qilib,  Mashhadni 

asosiy  qarorgohiga  aylantiradi.  Yodgor  Muhammadning  bu  paytda 

Isfaroin  viloyatida  ekanligi  haqida  ma’lumotlar  mavjud  edi.  Husayn 

Boyqaroning ko‘pgina amirlari podshoh o‘rdusiga kelib unga qo‘shiladilar. 

Anashunday siyosiy bir vaziyatda shahzoda Yodgor  Miizo sipohlarining 

Ozarboyjon  tomonga  ketganligi  haqida  xabar  keladi.  U  Hasanbek 

turkmandan katta yordam olib, Xurosonni qo‘lga kiritish payiga tushadi. 

Husayn Boyqaro Mirzo ham fursatni boy bermay, mudofaa choralarini 

ko'rib  Mashhaddan  Hirotga  yo‘1  olganda,  dushman  qo'shinlarining 

yaqinlashib qolgani ma’lum qilinadi. Shunda Xuroson hukmdori vujudga 

kelgan  siyosiy  vaziyatni  to‘g‘ri  baholab,  butun  qo'shinini  dushmanga 

qarshi jangga yo'naltiradi.  Biroq  Husayn  Boyqaro  ikkilana  boshlaydi. 

Munajjimlami  chaqirib  hujumni  qachon  boshlash  ma’qul  ekanligini 

aniqlamoqchi bo'ladi. Qo'shin safida bo'lgan Alisher Navoiy esa paytning 

muvofiq  bo‘lish-bo‘lmasligidan  qat’iy  nazar  hujumni  kechiktirish 

mumkin emasligini shohga maslahat beradi.  Shunday qilib,  Chinoron 

mavzeida ikki tomon qo'shinlari to'qnashadilar. Husayn Boyqaro Yodgor 

Muhammad va unga ko'makdosh bo'lgan turkman qo'shinlarini mag'lub 

etadi. Ushbu ulug' g'alaba uchun Tangri taologa shukrona aytgan Husayn 

Boyqaro qo‘lga kirgan Astrobodga amir Shayx Hasan Temumi hokim 

qilib  tayinlaydi.

Husayn  Boyqaro  Jojirmni  egallagandan  so'ng,  Hasanbek 

turkmandan katta madad olgan Yodgor Mirzo Astrobodni yana ishg'ol 

qilganligi xabar qilinadi. Viloyat hokimligi vazifasini bajarayotgan Shayx 

Hasan Temur shahzoda  Yodgor  Mirzoning  etagini  tutganligi  ma’lum 

bo'ladi.  Husayn Boyqaro Jojirmdan ko'chib, bir necha masofani bosib 

o'tib,  Mashhadga  keladi.  Shohga  sadoqati  yolg‘on  tarafdorlari  birin-

www.ziyouz.com kutubxonasi



ketin dushman tomonga o‘ta boshlaydi. Bunday nochor vaziyatda Sulton 

Husayn amirlariga ishonmay qoladi. Puli xotin degan manzilga yetganda, 

Hirotda ham shahar amaldorlarining adolatsizligiga qarshi xalqning isyon 

ko'targanligi ma’lum bo'lib qoladi. Xoja Abdulla Ahzab Xoja Qutbiddin 

Tovus  Simnoniy  xususidagi  ba’zi  maxfiy  ma’lumotlami  podshohga 

yetkazadi. Xoja Tovus taftish qilinib, hibsga olinadi va Xoja Abdulla devoni 

oliyga boshliq etib tayinlanadi. Husayn Boyqaro Hirotdan uzoqlashishi 

bilan Xoja Abdulla bilan Xoja Nizomiddin Baxtiyor Simnoniy til biriktirib 

xalqqa zulm o‘tkaza boshlaydilar. Natijada Hirotda xalq isyon ko'tardi. 

Isyonchilar  Xoja  Abdullani  Shohruh  Mirzoning  dorul-adolat  atalgan 

xonasida  o‘tiigan  vaqtida  hujum  qilib,  uni  toshbo‘ron  qiladilar.  Xoja 

Abdulla ming hiyla bilan xalq g‘azabidan zo‘rg‘a qutiladi. Bu xabar Puli 

xotinga, podshohga yetkaziladi. Mulozimlardan biri Hirotga borib Xoja 

Abdullani sulton o'rdusiga olib keladi. Shundan so‘ng Husayn Boyqaro 

Alisher  Navoiyga  katta vakolatlar berib,  uni  Hirotga  yuboradi.  Ulug‘ 

shoir  poytaxtga  kelib,  podshoh  farmonini  xalqqa  yetkazadi,  imkoni 

boricha  mazlumlar va sitam ko'iganlami o'z tarafiga og'dirish hamda 

adolatni tiklash niyatida zulm-u adovat ko'rsatganlami jazolaydi.  Xoja 

Nizomiddin Baxtiyor ishdan bo‘shatiladi va hibsga olinadi. Xoja Qutbiddin 

Tovus esa qaytadan devoni oliyga boshliq qilib tayinlanadi.

1470  yilda  Husayn  Boyqaro  Abusaid  Mirzoning  qarindoshlarini 

tinchlantirish  uchun  bo'lsa  kerak,  uning  qizi  Shahribonubegimga, 

keyinchalik Poyanda Sultonbegimga uylanadi. Sulton Husayn Boyqaro 

Nana  tog‘  qal’asi  sari  ketgan  chog'ida,  Yodgor  Muhammad  Mirzo 

Tus vUoyatida  edi.  Uning ammasi  Poyanda  Sultonbegim esa paytdan 

foydalanib,  Hirot  qal’asi  atrofidagi  manzilidan  shaharga  kiradi  va 

shahami  o'zining  qarindoshi  Yodgor  Muhammad  Mirzo  uchun  zabt 

etadi.  Shu  yilning  mart  oyida  awal  amir  Hasanbekning  nomi,  keyin 

Yodgor  Muhammadning  nomi  xutbaga  qo'shib  o'qiladi.  Shu  tariqa 

poytaxt yana Husayn  Boyqarodan tortib olinadi.

Hirot taxtini qayta egallash orzusi Husayn Boyqaroga tinchlik bermas 

edi.  Hukmdoming  bu  tilagini  amalga  oshirish  uchun  yaqin  do‘sti  va 

maslakdoshi  Alisher  Navoiy  bilan  juda  teran  o‘ylangan  bir  tadbir 

tuzganliklari xususida G'iyosiddin Xondamiming «Makorim ul-axloq» 

asarida quyidagicha hikoya qilinadi: «Mirzo Yodgor Muhammad Hirot 

taxtini bosib olgan paytda Sultoni Sohibqiron zamon taqozosiga ko'ra 

Maymana va Faryob tomoniga yo‘1 oladi. U bir kuni shu viloyatda tadbirli

www.ziyouz.com kutubxonasi



va  yo‘1  ko'rsatuvchi  amir  (Navoiy)ni  yashirin  bir joyga  chaqirib, 

maslahat yo‘li bilan unga shunday deydi:

-Eshitilishiga  ko‘ra,  turkmanlar  Hirot  poytaxtida  zulm  va  taaddi 

bayrog‘ini tikkanlar. Miizo Yodgor Muhammad esa farog'at va g'aflatda 

kayf-u  safo  chirog'ini  yoqmoqda  ekan.  Shuning  uchun  o‘ylaymanki, 

agar siz muvofiq ko'rsangiz,  u tomonga qo'shin yuborsak,  shoyad  ish 

ilgari bosib,  yaratuvchi tangrining omonati bo'lgan  fuqarolar zulm va 

alam  changalidan  qutilsalar.

Oliy  hazrat  (Navoiy)  bu  fikmi  ma’qul  topib,  uni  mumkin  qadar 

yashirin  tutishni  o‘tindi  va  ilhom  beruvchi  til  bilan:  «Agar  bu  so‘z 

menga  ham  aytilmasa,  yaxshiroq bo‘lur edi»,-dedi.

Sulton  Sohibqiron  so‘radi:

— Bu haqda shu qadar mubolag‘a va ta’kid qilishning sababi nima?

Oliyjanob  amir  shunday javob  berdi:

— Bu so‘zlami yashirin tutish g‘oyatda zamrdir.  Chunki har kuni 

bizning  bir  to'da  kishilarimiz  Yodgor  Muhammad  Mirzo  tomonga 

qochib  o‘tmoqdalar,  ular  bu  xabami  yetkazishdan  ko‘ra  qimmatroq 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling