B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


Nuriddin Abdurahmon Jomiy o'zining «Xiradnomai Iskandariy» asarida


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71

Nuriddin Abdurahmon Jomiy o'zining «Xiradnomai Iskandariy» asarida 

bu nodir yaratmaga juda yuqori baho beradi. Zamon hukmdori Sulton 

Husayn  Boyqaro  esa  turkiy tilda  vujudga  kelgan  ayni  noyob  badiiyat 

namunasi muallifiga Hirot ahli oldida juda katta hurmat va ehtiromini 

namoyon qiladi.  Zayniddin  Mahmud Vosifiyning  «Badoe*  ul-vaqoe’» 

asarida  ma’lumot  berilishicha,  Husayn  Boyqaro  o'zining  bayram  va 

zafar  kunlarida  minadigan  oltin  egar-jabduqli  oq  otiga  o'tqizib,  o'zi 

unga jilovdorlik  qiladi.  Podshohning  yurtning  ulug'  shoiriga  bo'lgan 

bunday oliy darajadagi munosabatini tarix sira ko'rmagan edi.

Yuqorida  qayd  etilganidek,  mamlakat  ishlarining  aksariyati 

Nizomulmulk  va  uning  tarafdori  Majididdin  Muhammad  ixtiyoriga

www.ziyouz.com kutubxonasi



o'tgandan keyin, ular shohning ishonchini to‘la qozonish uchun harakat 

qila  boshlaydilar.  Ayniqsa,  Majididdin  Muhammad  bu  ishga  qattiq 

kirishadi.  Bir  paytlar  Alisher  Navoiyning  talabi  bilan  saroydan 

uzoqlashtirilgan  bu  amaldor oldingi  mavqeni  tiklash,  katta  mansabni 

egallash  uchun  payt  poylardi.  Husayn  Bayqaro  xazinasining  bo‘shab 

qolishi Majididdin Muhammadga qoi keldi. «Bobumoma»da ma’lumot 

berilishicha,  Majididdin  parvonachi  (shohning  yordamchisi)  bo'lib 

yuigan  paytlarida,  Husayn  Boyqaroga  ozroq  mablag1  zarur  bo‘ladi. 

Shoh devondagi amaldorlaiga murojaat qilganida, ular shohning talabini 

qondirish imkonsiz ekanligini bildiradilar.  Shunda Majididdin Husayn 

Boyqaroni xilvatga tortib,  mamlakatning butun inom-ixtiyorini menga 

topshirsangiz,  tilagingizni amalga oshiraman,  -  deydi.  Podshoh uning 

istagini bajarishga majbur bo'ladi.  Majididdin qisqa muddatda Husayn 

Boyqaroning  talabini  qondiradi.  (Zahiriddin  Muhammad  Bobur. 

Bobumoma,  159-bet.)  Xuroson  hukmdori  bu  «tadbirli»  mulozimini 

vazir  lavozimiga  tayinlamoqchi  bo'ladi.  Sulton  Husayn  Boyqaro 

Mirzoning  Majididdinni  mansab  pillapoyalariga  ko'tarish  yo'lidagi 

harakatlari,  tabiiyki,  Alisher  Navoiyga  xush  kelmaydi.  Zimdan  ulug' 

shoir va vazir o'rtasidagi nizolar alanga ola boradi. Majididdin atrofiga 

tarafdorlar to'plab, shoh va shoir o'rtasidagi munosabatga rahna solish 

yo'llarini  izlaydi. 

Majididdin  Muhammad  va  uning  tarafdorlari 

Alisher Navoiyni poytaxtdan uzoqlashtirishga harakat qila boshlaydilar. 

Husayn  Boyqaro  saroydagi  tarafkashliklarga  chek  qo'yish  maqsadida 

Alisher Navoiyni Xurosonning chegara viloyati Astrobodga hokim qilib 

tayinlaydi. Ayni choqda shoh bu tadbiri bilan shoiming izzat-hurmatini 

saqlashga ham erishishni ko'zlaydi. Astrobod Xurosonning Kaspiy dengizi 

atrofida joylashgan  chegara viloyati bo'lib,  tabiatiniug go'zalligi bilan 

ajralib  turadi. Viloyatda ipakchilik  taraqqiy  etgani  bois  qo'shni 

mamlakatlar  bilan  savdo-  sotiq  ishlari  keng  yo'lga  qo'yilgan  edi. 

Umuman, Astroboddan keladigan daromad Xuroson xazinasi hajmining 

teng yarmini tashkil etardi. Husayn Boyqaro davridagi iqtisodiy hamda 

xorij bilan savdo-sotiq qilish nuqtai nazaridan nihoyatda yuksak mavqega 

ega bo'lgan bu viloyatni idora qilish taxt vorisi yoki podshohning eng 

ishonchli  kishisiga ishonib topshirilar edi.  Alisher Navoiy  nomi bilan 

bog'liq  ilmiy-badiiy  asarlarda  uning  Astrobodga  yuboriUshi  sal  kam 

ikkinchi  surgun  ma’nosida  talqin  qilinadi.  Aslida,  masalaga  bunday 

munosabat  u  qadar  ma’qul  emas.  To'g'ri,  Alisher  Navoiyning  ruhiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



holati, uning Hirotga bo‘lgan yuksak muhabbati, yurt poytaxtida sodir 

bo'layotgan noxush harakatlar nuqtai nazaridan siyosiy voqealaiga baho 

beriladigan bo'lsa,  Husayn Boyqaro Mirzoning bu farmoni oliysi ulug* 

shoir  qalbidagi  gap  emas  edi.  Ammo  hamma  tadbirlarga  yurt  taqdiri 

taqazosi  bilan  baho  berishga  odatlangan  ulug‘  shoir  Xuroson  davlati 

uchun  katta  ijtimoiy-siyosiy,  moddiy-hududiy  ahamiyat  kasb  etuvchi 

Astrobod hokimligi vazifasini qabul qildi va buni muxoliflarining g‘alabasi 

ma’nosida talqin  etmadi.  Shunday qilib, buyuk mutafakkir  1487 yilda 

Bobo Ali va Amir Badriddinni olib Astrobodga jo'nab ketadi.

Astrobod  xalqi  va  u  yerdagi  ziyolilar  Alisher  Navoiyni  g'oyatda 

samimiy bir ruhda qarshi oladi. Ulug‘ shoir siyosiy faoliyatining dastlabki 

kunlaridanoq davlat idora ishlarida ma’lum tartib o‘matishga kirishadi. 

Markazdan  ancha  yiroqda  bo'lganligi  bois  o‘z  xoxishicha  ish  yuritib 

xalq ahvolini juda qiyinlashishiga sababchi bo'lgan hokim va amaldorlarga 

nisbatan  tegishli  choralar  ko'radi.  Alisher  Navoiy  Astrobodga  hokim 

bo'lib  kelgandan  so'ng  Husayn  Boyqaro  saltanatiga  xavf solib  kelgan 

Mozandaron  va  Juijon  viloyatlarining  hokimlari  o'z  ixtiyorlari  bilan 

Xuroson  davlatiga tobe’  bo'lganliklarini  bildiradilar.  Turkman sultoni 

Ya’qubbek qimmatbaho sovg'alar bilan ulug' shoimi tabriklaydi. Qo'shni 

Ozarboyjon va Iroq hukmdorlari Alisher Navoiy tufayli Xuroson bilan 

do'stona munosabatlami qayta tiklaydilar. Shunday qilib, Sulton Husayn 

Boyqaro  mamlakatining  g'aibiy  chegarasida  barqaror  siyosiy  vaziyat 

vujudga keladi. Xondamir ma’lumotiga ko'ra, Alisher Navoiy olib boigan 

adolatli  siyosat  tufayli  Astrobod  mamlakatdagi  obod  va  ma’mur 

o'lkalardan biriga aylanadi.

Alisher Navoiy  mamlakat poytaxtida  Sulton  Husayn  Boyqaroning 

ishonchini  qozongan  Majididdin  boshliq  bir  guruh  amaldorlaming 

saroyda  fisq-u  fasod,  nifoq  urug'ini  sochayotganlaridan  nihoyatda 

tashvishga tushadi. Shu bois ulug' shoir Hirotga qaytish istagini bildirib, 

Sulton  Husayn  Boyqaroga  maktublar  yozadi.  Biroq  shoh  Alisher 

Navoiyning istagini qondirmaydi.  Bunday noxush munosabatdan tang 

ahvolga  tushgan  ulug'  shoir  Amir  Badriddinni  o'z  o'mida  qoldirib, 

Hirotga yo'l oladi va shohdan poytaxtda qolishni iltimos qiladi. Ammo 

ikkinchi  kuniyoq  shohdan  Astrobodga  qaytish  haqida  farmon  oladi. 

Shunday qilib, ulug' shoir sal kam ikki yil bu viloyatda hokim lavozimida 

faoliyat  ko'rsatadi.  Nihoyat,  dushmanlarining  Alisher  Navoiyga 

uyushtirgan  suiqasdlari  fosh  etilgach,  Sulton  Husayn  Boyqaroning

www.ziyouz.com kutubxonasi



farmoni bilan Hirotga qaytishga muyassar bo‘ladi.  1489-yilda Xuroson 

hukmdorining to'ng'ich o‘g‘li Badiuzzamon Mirzo Astrobodga hokim 

etib tayinlanadi.

7.5.  Shoir hayotining  so‘nggi  yillari

1488-yilda  poytaxtga  qaytgan  Alisher  Navoiy  shoh  saroyida  biror 

rasmiy lavozimda faoliyat ko‘rsatishni istamaydi.  Biroq Sulton Husayn 

Boyqaro Alisher Navoiyni davlatni idora qilish ishlaridan chetda qolishini 

xohlamaydi  va  unga  «muqarrabi  hazrati  sultoniy»,  ya’ni  «hazrati 

sultonning eng yaqini» degan unvonni beradi. Bu unvonga ko‘ra, Alisher 

Navoiy  garchi  biror  rasmiy  lavozimda  bo‘lmasa-da,  davlat 

tashvishlaridan  mutlaqo xoli ham emas edi.  Ta’kidlash joizki,  Alisher 

Navoiyga munosabat masalasida shohning qarashlari bot-bot o‘zgarib 

turgan.  Saroyda  faoliyat  ko'rsatayotgan  ulug'  shoir  dushmanlarining 

Sulton Husayn Boyqaroga ta’siri kuchaygan paytlarida u muxolifatdagi 

mulozimlar irodasiga moyillik ko'rsatishdan o'zini tiya olmagan.  Biroq 

bunday vaziyat tezda o'z kuchini yo'qotgan va Sulton Husayn Boyqaro 

maktabdosh birodaridan samimiyatini darig* tutmagan. Lo'nda aytadigan 

bo'lsak,  sotsialistik realizm  qoliplari  asosida bunyod  etilgan  badiiy 

asarlarda  ifodalanganidek,  shoh  va  shoir  o'rtasidagi  munosabatlarda 

«antogonistik» ruh hukmronlik qilgan emas. Mumtoz manbalar sahifalari 

orqali  yetib  kelgan  ma’lumotlar  ana  shunday  dalil-xulosalaiga  kelish 

asosini beradi.

«Muqarrabi hazrati sultoniy» sharafli unvoni bilan siylangan Alisher 

Navoiy saroy muhitidagi ig'vo va fisq-u fujurlardan ham xoh bo'lmagan. 

Babe viloyatini muvaqqat boshqarib turgan ulug' shoiming inisi Darvesh 

Ali bunday siyosiy nayranglardan qattiq ranjigan va shohga qarshi isyon 

ko'taigan.  Shoiming dushmanlariga bu ancha qo'l keladi.  Majididdin 

Alisher Navoiyni isyonni uyushtirganlikda ayblaydi. Natijada ulug' shoir 

buning  bo'hton  ekanligini  isbotlash  uchun  Sulton  Husayn  Boyqaro 

qo'shini bilan Balxga borib isyonni bartaraf qilishga hissa qo'shadi.

1490-yilda Majididdin tomonidan uyushtirilgan ig'volar fosh etilib, 

u  vazirlik  lavozimidan  chetlashtiriladi.  Bu  mansab  yana  qayta 

Nizomulmulkka  tegadi.  Fisq-u  fasod  va  nizo  umg'ini  sochishda 

Majididdindan qolishmaydigan Nizomulmulk temuriylar o'rtasida o'zaro 

nifoq o'tining yanada alangalanishiga zamin hozirlab turadi. Poytaxtda,

www.ziyouz.com kutubxonasi



saroyda  turli  nizolar  kelib  chiqa  boshlaydi.  Shohzodalar  mamlakatni 

bo'lib olishga intiladilar. Balxda Darvesh Ali bilan Sulton Husayn Boyqaro 

sulh  tuzishga  erishgan bo‘lsa-da,  har narsadan  hadiksiraydigan bo'lib 

qolgan podshoh uni zindonga tashlaydi. Ana shunday siyosiy tang bir 

davrda Abusaid Mirzoning o'g'li Sulton Mahmud Mirzo Hisorda Sulton 

Husayn  Boyqaroga  qarshi  urush  boshlaydi.  Xuroson  hukmdori  katta 

o'g'li Badiuzzamonni Astroboddan chaqirtirib oladi va Alisher Navoiyni 

Balxda qoldirib, o'zi Hisorga jo'naydi. Husayn Bayqaro Sulton Mahmud 

Mirzo bilan murosaga keladi va Hirotga qaytishda Babe viloyatini idora 

qilishni  Badiuzzamonga topshiradi.  Badiuzzamon otasining farmoniga 

ko'ra,  Babcga yo'l olganda, u o'z o'miga o'n uch yoshli o'g'li,  Husayn 

Boyqaroning sevikli nabirasi Mo'min Miizoni Astrobod hokimi sifatida 

qoldirgan edi.

Husayn  Boyqaro  Alisher  Navoiy  bilan  Hirotga  qaytgach,  shoh 

sevikli  xotini  Xadichabegimning  talabi  bilan  undan  bo'lgan  o'g'li 

Muzaffar Mirzoni Astrobod hokimi vazifasiga tayinlash haqida farmon 

beradi. Bu esa o'z navbatida shahzoda Muzaffar Mirzoni taxt vorisi deb 

e’lon  qilingani  edi.  Mazkur farmon  ota va katta o'g'il o'rtasida jiddiy 

nizoning kelib chiqishiga  sabab bo'ladi.  Badiuzzamon  Mirzo  Mo'min 

Mirzoga Astrobodga Muzaffar Mirzoni yo'Iatmaslik haqida buyruq beradi. 

Oqibatda mamlakat yana jang-u jadallar maydoniga aylanadi. 1496-yilda 

Husayn Boyqaro tomonidan Alisher Navoiy sulh tuzish niyatida Balxga 

yuboriladi.  Shahzoda  Badiuzzamon  shoimi  yaxshi  qabul qiladi,  biroq 

otasining  uni  qo'lga  tushirish  haqidagi  o'ta  maxfiy  farmonidan  voqif 

bo'lib,  sulh  haqidagi  fikridan  qaytadi.  Alisher  Navoiy  vaziyatning 

bunday tus olishidan iztirobga tushadi. Umidsizlanib, Hirotga qaytishga 

majbur bo'ladi.  Ota va o'g'il o'rtasida yana qonli urush kelib chiqadi, 

jangda  Badiuzzamon  yengiladi.  Mo'min  Mirzo  Muzaffar  Mirzo 

tomonidan asir olinib, tezda Hirotga jo'natiladi va Ixtiyoriddin qal’asiga 

qamab  qo'yiladi.  Xadichabegim  Nizomulmulk  bilan  til  biriktirib, 

Mo'min Mirzoni qatl etish haqida farmon tayyorlaydilar va may ichib 

sarxush  bo'lgan  shohga  bu  mudhish  farmonga  muhr  bostirishga 

erishadilar. Kayfi tarqagan Husayn Boyqaro ertalab farmonini rad etadi, 

biroq mayparast shoh kechikkan  edi.  Hukm ijro qilinib, Amir Temur 

Ko'ragon xonadonining tenggi yo'q iste’dodli farzandi Mo'min Mirzo 

vahshiyona  qatl  etiladi.  Bu  voqea  1497-yilning  oktabrida  yuz  beradi. 

Shahzoda  Mo'min  Mirzo  vafotidan  uch  kun  o'tgach,  imom  Rizo

www.ziyouz.com kutubxonasi



hazratlarining mazori ziyorati uchun Mashhadga ketgan Alisher Navoiy 

Hirotga qaytadi va bu og'ir xabami eshitib juda qattiq iztirob chekadi. 

Badiuzzamon otasidan intiqom olish uchun yana jangga otlanadi. Mo‘min 

Mirzoning o‘limidan so‘ng Xuroson ota va o'g'illar o'rtasida  kechgan 

juda ko‘p janglaming  shohidi  bo'ladi.

Alisher Navoiy musulmonlikning farz amallaridan biri bo'lgan hajga 

borishni juda ko'p vaqtlardan buyon  ixtiyor etardi.  Biroq Xurosondagi 

notinchliklar uning bu  istagining amalga  oshishiga  doimo  to'siq  bo'lib 

kelardi. Ulug' shoir ko'nglidagi o'sha ezgu niyatini amalga oshirish uchun 

muqaddas Mashhad  tarafga yo'l oladi.  Husayn  Boyqaro esa  1499-yilda 

yana bir o'g'H Abulmuhsin bilan jang olib borayotgan edi.  Ota va o'g'il 

orasida sulh taklifi qo'yiladi. Abulmuhsin otasi tarafidan sulh tuzish uchun 

Alisher Navoiyning yuborilishini talab etadi. Husayn Boyqaro Mashhadga 

chopar yuboradi. Alisher Navoiyga shohning maktubi yetkaziladi.  Unda 

hajga borish uchun yo'l tinch bo'lishi shartligi, Iroq va Ozarboyjon fitna 

va g'avg'o ichida qolganligi qayd etilgan edi. Shuningdek, maktubda Alisher 

Navoiyning Maivga kelishi bilan ota va o'g'il o'rtasida sulh tuzish imkoniyati 

vujudga  kelishi  bayon  qilingandi.  Shoir  Mashhadning  ulug'lari  bilan 

kengash qiladi va haj safarini keyinga qoldirib,  yurt osoyishtaligi uchun 

Maivga qaytishga qaror qiladi. Husayn Boyqaro va shahzoda Abulmuhsin 

o'rtasida  sulh  tuziladi.  Oradan  ikki-uch  kun  o'tgach,  Alisher  Navoiy 

hajga  bormaganligi  uchun  Hirotga  qaytib,  Abdulla  Ansoriy  mazorida 

jo'robkashlik  mansabiga  tayinlanishi  haqida  yorliq berilishini  shohdan 

so'raydi.  Mirxondning  «Ravzat  us-safo»sida  Husayn  Boyqaro  shoiiga 

quyidagicha javob  qaytaiganligi  qayd  etilgan:  «Modomiki,  Siz  mening 

mamlakatimda  bor  ekansiz,  nimaiki  tilasangiz  va  iltimos  qilsangiz, 

muqarrarkim,  qabul  sharafiga  musharraf  bo‘lg‘usidir».  (Navoiy 

zamondoshlari  xotirasida.  Toshkent,  1986,  57-bet).  Ayni  tafsilotlar 

G'iyosiddin  Xondamiming  «Makorim  ul-axloq»  asarida  ham  batafsil 

bayonini  topgan  (O'sha  asar.  78-86-betlar).  Alisher  Navoiy  umrining 

so'nggi yillarini Abdulla Ansoriy qabrini obod qilish va ijodga bag'ishladi.

Alisher Navoiy  umrining  keyingi  o'n  yildan  ziyodroq  davrini  (1488- 

1501) juda katta ilmiy-badiiy, ilohiy-irfoniy merosning vujudga kelishiga sarfladi.

Shoir  yirik  hajmli  liro-epik  asar  «Xamsa»sini  yaratgandan  so'ng, 

nasrda  barakali  ijod  qildi.  1488-yili  «Tarixi  muluki  Ajam»  («Ajam  - 

g'ayriarab shohlari tarixi»)  asarini yozdi.  Unda muallif qadimiy tarixiy 

manbalar bilan biiga xalq o'rtasida Ajam hukmdorlari taqdiriga aloqador

www.ziyouz.com kutubxonasi



mavjud  afsonalarga  e’tiborini  qaratadi.  Bundan  maqsad  o‘tgan 

shohlarning  hayoti  va  qilgan  ishlari  bayoni  asosida  zamondosh 

hukmdorlarga  saboq  bermoqdan  iborat  edi.  Asar  «Muhokamat  ul- 

lug‘atayn»da  «Zubdat  ut-tavorix»  («Tarixlar  qaymog'i»)  tarzida  ham 

tilga olinadi.  Bunday urinish tasodifiy emas,  albatta. Aslida ulug‘  shoir 

Sulton Husayn Boyqaro davri tarixini yozishni niyat qilgan. Tilga olingan 

ikki  tarixiy  asar  ana  o'sha  «Zubdat  ut-tavorix»ning  kirish  qismlari 

hisoblanadi.  Taassuflar bo'lsinki,  ulug'  shoiming umri vafo qilmadi va 

zikri o'tgan asar nihoyalanmay qoldi.  Shuningdek, Navoiyning «Tarixi 

anbiyo va hukamo»  («Anbiyolar va hokimlar tarixi»)  hamda «Siroj ul- 

muslimin»  («Mo'minlar yog'dusi»)  (1488)  asarlari  ham  pand  va  ibrat 

bo'larli  ilohiy-irfoniy  hikoyatlardan  tarkib  topgan.

XV asr 80-yillarining oxiri 90-yillarining boshlarida shoir bir necha 

musibatlar bilan  yuzma-yuz  keldi. Alisher Navoiyning yaqin do'sti  va 

ustozlari  Sayyid  Hasan Ardasher  (1489),  Abdurahmon Jomiy  (1492), 

Pahlavon  Muhammad  (1493)lar  ketma-ket  vafot  etishdi.  Adib  ularga 

bag'ishlab «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Xamsat ul-mutahayyirin», 

«Holoti Pahlavon Muhammad» nomli tarixiy-yodnoma asarlarini yozdi.

1491-yilda shoir muammo janri va uning o'ziga xos qonun-qoidalariga 

bag'ishlangan «Risolai mufiadot dar fanni muammo» asarini yaratdi. Asarda 

eng murakkab she’riy janr sanalgan muammoning nazariy masalalaridan 

bahs yuritiladi va juda ko'plab muammolaming echilish usullari ko'rcatiladi. 

Ma’lumotlarga ko'ra,  bu asar o'z davrida yuksak baholangan edi.  Hatto 

Nuriddin Abdurahmon Jomiy uni o'g'li Ziyouddin Yusufga darslik sifatida 

tavsiya  qiladi.  Pag'ambar hadislari  ta’sirida  qirq qit’ani  o'z ichiga olgan 

«Aibain», Hazrat Alining «Nasr ul-laoliy»sidan joy olgan hadislar asosida, 

266 ta ruboiydan tashkil topgan «Nazm ul-javohii> ham shu yillarda ijod 

etilgandir.  1491-1492-yillaida  «Majolis  un-nafois»  («Nafosat  ahlining 

majlislari»)  tazkirasining birinchi va  1497-1498-  yillarda esa  460 ijodkor 

hamda  tarixiy  shaxslar  haqida  ma’lumot  beruvchi  ikkinchi  tahririni 

(refekiyasini) yaratdi.  1492 yilda Alisher Navoiy adabiyot nazariyasiga oid 

«Mezon  ul-avzon»  («Vaznlar  o'lchovi»)  risolasini  nihoyasiga  yetkazdi. 

Bunda aruz vazni va unga xos xususiyatlar  ilk bor o'zbek tilida o'zimng 

yetarii  talqinini  topadi.  Shayx  Ahmad  Taroziyning  «Funun  ul-balog‘a» 

(«Balog'at  ilmlari»)  asari  ilm  ahliga  ma’lum  qilinganga  qadar  (1993) 

yuqoridagi  fikr o'z  kuchini  saqlab  keldi.  «Funun ul-balog'a»ning  1436- 

1437-yillarda  Ulug'bek  Miizo  daigohida  yaratilganligi va  besh  qismdan

www.ziyouz.com kutubxonasi



iborat bu asar bir baxshining turkiy aruzga bag‘ishlanganligi inobatga olinsa, 

«birinchi»lik ma’lum ma’noda tahriiga uchraydi. Ta’kidlash joizki, Alisher 

Navoiy mazkur muallif va uning asaridan bexabar ko‘rinadiki, ulug* adib 

u haqda xomush qoladi.

1491-1492-yillarda shoir turkiy tilda yozgan  barcha she’riy asarlarini 

to‘plab,  yaxlit  bir devon  tuzishga  kirishadi.  Ushbu  yig'ma  devonlaming 

tartib  berilishi  1497-1498-yillaiga  qadar  davom  etadi.  Yig'ma  devonlar 

to‘rt  qismdan  iborat  bo'lib,  unda  inson  umrining  yoshlik,  yigitlik,  o‘rta 

yoshlik va keksalik singari bosqichlari yilning to'rt  fasliga qiyosan  nisbat 

beriladi. Majmualar har bir to'plami o‘ziga xos alohida tugal devon shakliga 

ega.  Uning  birinchi  kitobi  «G'aroyib  us-sig‘ar»  («Yoshlik ajoyibotlari»), 

ikkinchisi  «Navodir  ush-shabob»  («Yigitlik  nodirliklari»),  uchinchisi 

«Badoe’  ul-vasat»  («0‘rta yoshlik go‘zalliklari»),  so‘nggi  devon  «Favoid 

ul-kibar» («Keksalik foydalari»)dir. Bulaming umumiy sarlavhasi «Xazoyin 

ul-maoniy»  («Ma’nolar  xazinasi»)  deb  nomlandi.  Ulug'  shoiming  ayni 

ijodiy tajribasi o'zbek mumtoz adabiyoti tarixida katta voqea bo‘ldi.

1495-1496-yillarda shoir yana bir yirik asari  «Nasoyim  ul-muhabbat» 

tazkiiasini nihoyasiga yetkazdi. Ushbu asar Abdurahmon Jomiyning «Nafohat 

ul-uns»  («Do‘stlik  tarovati»)  nomli  asarining  erkin-ijodiy  taijimasidir. 

Sharqning  770  ta shayxi  haqidagi  ibratomuz  manoqib  lavhalardan  tarkib 

topgan  ushbu  asarda  tasawuf tariqatlari,  qonun-qoidalari,  so'fiylarga  xos 

xususiyatlar  o'zining  ilmiy  ifodasini  topgan.  1498-1499-yillada  shoir 

Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» asariga javoban falsafiy Uohiy-irfoniy, 

axloqiy-ma’naviy  mohiyat  kasb  etuvchi  «Lison  ut-tayr»  («Qush  tili») 

dostonini yaratdi. Ulug‘ adib shu yillarda maktublarini to'plab, «Munshaot» 

(«Munshaoti turkiy» va «Munshaoti forsiy» - turidy hamda forsiy maktublar) 

tartib berdi. Shuningdek, turkiy tilning afealliklaridan bahs etuvchi mashhur 

qomusiy asari «Muhokamat ul-lug'atayn» («Ikki til muhokamasi»)ni vujudga 

keltiidi.  1500-yilda yozilgan «Mahbub ul-qulub» («Ko'ngillarning sevgani») 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling