B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


Download 4.31 Mb.

bet36/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71

shoiming  oshiqona,  orifona,  shuningdek,  ijtimoiy-siyosiy,  axloqiy- 

ma’rifiy qarashlari o'z in’ikosini topgan.  G'azalning keyingi baytlarida 

ishora  ketgan  barcha  mavzularga  oid  mulohazalar  silsilaviy 

takomillashtirilgan. Asardagi baytlararo fikmi mantiqiy bog'lash quyidagi 

tartibda  ekanligi  ko'zga  tashlanadi:  Yorsiz  ko'ngil—sultonsiz  mulk, 

sultonsiz  mulk—jonsiz jism, jonsiz jism—gul-u  rayhonsiz qora tuproq, 

gul-u rayhonsiz qora tuproq-oysiz tun, oysiz tun—obi hayoti bo'lniagan 

zulmat,  obi  hayoti  bo'lmagan  zulmat—

jannat  bog'idan  yiroq  bo'lgan 

do'zax,  jannat  bog'idan  yiroq  bo'lgan  do'zax—ishqsizlik,  ishqsizlik— 

ilohiy  fayzdan  bebahralik.  Xotima:  hajming  dardi  bo'la  turib,  vasl

www.ziyouz.com kutubxonasi



darmoni  (umidi)  bo‘lmasa-da,  ishqdan  voz  kechma!

Matnga asoslanib, «Yordin ayru ko‘ngil»ni — sultonsiz mulk, jismsiz 

jon,  gul-u  rayhonsiz  qora  tuproq  kabilaiga  tashbeh  qilingani  singari 

matladagi  «sultonsiz  mulk»  ham  teng  bog'liqlik  asosida  aytilganlarga 

qiyoslangan,  deyish  mumkin.  Anglashiladiki,  shoir g'azalda  ma’naviy 

va  ijtimoiy-siyosiy hodisalami  yondosh  rivojlantirib boradi  va  ko‘ngil 

uchun mahbuba,  ishq va undan bahramandlik qanchalik zarur bo'lsa, 

mamlakat uchun ham podsho shunchalik muhim, degan umumlashma- 

xulosani ilgari suradi.  Faqat matla’  va undan oldingi baytda shoiming 

ishqiy mavzuga oid qarashlarini badiiylashtirishga mayli kuchayganligini 

unutmaslik  lozim.  Bu,  albatta,  shoir  g'azaliyotidagi  yetakchi  mavzu 

ishq-muhabbat ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Shuningdek, unda 

qo'Uangan badiiy timsollar vositasida ilgari surilgan yetakchi g'oya ishqi 

majoziy—insoniy muhabbat va haqqa yetgan oriflar ishqi — ilohiy ishqqa 

ham birdek daxl qila oladi.  Alisher Navoiyning uqtirishicha,  ulkan bir 

shartning o'sha ikki ishq o'rtasida ko'ndalang turishi muhabbat talqinidagi 

tasniflarga  sababdir.  Inson  taqdirining  hamma  jabhalarida  ko'zga 

tashlanadigan ishq jazavasida pok niyat,  pok qalb, pok so'z,  pok ko'z, 

pok e’tiqod amal qilsagina ishqi majoziy haqiqiy ishq maqomiga ko'tarila 

oladi.  O'shandagina  tasniflaiga  ehtiyoj  sezilmaydi.  Mumtoz  adabiyot 

namoyandalari, jumladan, Alisher Navoiy g'azaliyotiga doir ajratishlar 

(oshiqona,  orifona,  rindona,  qalandarona...)  esa  o'ta  nisbiy 

tushunchalardir.  O'tmish  she’riyati  bo'stoniga  qadam  bosgan  muxlis 

o'z mayli va zavqi nuqtai nazaridan o'sha g'azallarga yondashadi, qalbiga 

moyil tuyg'ulami ilg'ab oladi. Xuddi shunday xususiyatni quyidagi g'azal 

tahlili jarayonida ham kuzatish mumkin:

Yorlardin  qilibon  ram  go'yo,

Bo'Idung  ag'yorga hamdam  go*yo.

Xayli  ushshoqki  mardud yetting,

Bormen ul xaylda men ham go'yo.

Dudi oh ichra qora kiymishlar,

Bo'ldi  ishq  ahlig'a motam go'yo.

Buki,  devona ko'ngul  sevdi pari,

Bevafodur bani  odam  go'yo.

Girdi bolish anga xurshid  o'ldi,

Ul  erur Isoi  Maryam go'yo.

Olam asbobi  uchun g'am  emagil,

Arzimas bungacha  olam go'yo.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ey Navoiy,  buld,  aylandi habib,

Yo‘qtur id  zahmga  malham  go‘yo.  (6,  25).

G'azal

 у yetti bayt, o‘n to‘rt misradan iborat. Taxallusli, mazmuniga 

ko'ra oshiqona-orifona.  Chunki unda har ikkala ishqqa ham moyillik 

seziladi.  Butun  she’r  davomida  «go‘yo»  radif bo'lib  kelgan.  Radifni 

she’riyatning shunchaki zohiriy unsuri sifatida qabul qilish yaramaydi. 

Salohiyati bor ijodkor qo‘lida she’iga oUb kirilgan har bir belgi yoxud 

so'z o'z muayyan vazifasini bajaradi. Bunday g'azallarda muallaq yoxud 

betaraf turuvchi ishorani topish noimkon bo'lib qoladi.  Ko'chirganimiz 

g'azalda radif zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilgan. U g'azal ohangini 

belgilashi shart. «Go'yo» zamirida gumon maylidan tashqari, muayyan 

bir  holatni  ko'ra  turib,  ko'rmaslikka  olish  va  uni  tusmollab  so'rash 

tuyg'usi ham yashiringan. Mumtoz she’riyatda shoir tomonidan tutilgan 

bunday yo'l tajohuli-orif san’ati  deyiladi.  Ko'rinadiki,  ulug'  shoiming 

sohir qalami g'azal matlaidayoq  mazmunni bo'liq yuzaga chiqaruvchi 

she’riy san’atlar lashkarini  safga  tizib  qo'yadi:

Yoriardin  qilibon  ram  go'yo,

Bo'ldung  ag'yorga  bamdam  go'yo.

Matladagi «ram» va «ag'yor» izoh talabdir. Birinchisining «hurkish», 

«cho'chish», «qo'rqish» singari ma’nolari bor. Ag'yor esa (g'ayri, o'zga, 

raqib)  mumtoz she’riyatdagi yetakchi  obrazlar — oshiq-u  ma’shuqalar 

bor joyda hozir-u nozir, ular suvini loyqalatuvchi, rashk qo'zg'atuvchi, 

oshiq qalbida shubha tug'diruvchi timsoldir. Ijod ahli esa ayni urinishlar 

bilan muhabbat otashini shu’lalantirishga harakat qilishgan. Ishq yonida 

jindak rashkning bo'lishi oshiqlik darajasini belgilashda mahaki imtihon 

(tamal  toshi)  vazifasini  o'taydi.  Oshiq  iltijolariga  parvo  qilmagan 

ma’shuqa  go'yo  ag'yorga  «qiyo  boqadi».  Bunday  urinish  ravshanki, 

oshiqqa ham yoqmaydi va u yor payidagi sergak harakatini davom ettiradi. 

Ba’zan  ginaxonlik  ham  qilib  qo'yadi.  Shunday  manzara  tahlil 

qilayotganimiz g'azal matlaida ko'zga tashlanadi. Oshiqning kelayotganini 

ko'igan  ma’shuqa  o'zini  atayin  uni  ko'rmaslikka  oladi  va  qasddan 

ag'yorlar  tomon  yura  boshlaydi.  Mahbubaning  bunday  raftori  oshiq 

nigohida qo'rqoqlik, aniqrog'i, va’daxiloflik bahosini oladi.  Ulug' shoir 

shu  o'rinda  tazod  (qarshilantirish)  san’atiga  tayanadi.  Ma’shuqaning 

oshiqdan «yuz o'girishi» va ag'yorga qarab yuz burishi lavhalari ifodasida 

bu  (tazod) badiiy tasviriy vositasining o'mi yorqin nazarga  tashlanadi. 

Shu  o'rinda  yana  bir  hodisani  aytish  joiz  ko'rinadi.  Mumtoz 

g'azallarimizda  deyarli  hamisha  ma’shuqa  jafokor,  oshiq  jafokash

www.ziyouz.com kutubxonasi



qiyofasida namoyon bo'ladi.  Mushohadalarimizga asos bo'lgan baytda 

ham xuddi shu manzara mavjuddir. Yana an’anaviy mumtoz g'azallarda 

mahbubaning o‘zi shaxsan ko'rinmaydi.  Uning yaxshi-yomon jihatlari 

haqidagi  xabar  oshiq  tilidan  keltiriladi.  Tahlil  qilinayotgan  g'azalda 

ham shunday holat nazarga tashlanadi.

Ma’shuqaning jafokorligi  esa  o'z  izohlariga  ega.  U  ishqday  ulug‘ 

insoniy  tuyg'uga  yengil-elpi  qaramaydi.  O'ziga  munosib  yor  tanlash 

ilinjida  ruhiy qiynoqlarga  dosh  beradi.  Hijronning  shunday  murakkab 

azoblarini oshiqning ham boshiga soladi. Ana shu jarayonlar ishq ahlini 

ikkiga — bardoshli, bosiq hamda qo‘nimsiz, bulhavas oshiqlarga ajratadi. 

Alisher  Navoiy talqinidagi  aksariyat  oshiqlar o'sha tasnifning  birinchi 

guruhiga mansubdir. G'azalning keyingi satrlarida ma’shuqasidan shikoyat 

qilayotgan  oshiqning  ruhiy  holati  o'z  ifodasini  topgan:

Xayli  ushshoqki,  mardud  yetting,

Bormen  ul  xaylda  men  ham go'yo.

Dudi oh  ichra qora kiymishlar,

Bo'ldi  ishq  ahliga  motam  go'yo.

G'azalning ikkinchi baytida alamzada oshiqning ginaxonligi davom 

etadi.  U  o'zining  oshiqlar  to'dasidan  haydalganligidan  shikoyat  qiladi. 

Uchinchi  baytda  she’r  qahramonining  ichki  kechinmalari  yanada 

chuqurlashadi. Hijron iztiroblari ushshoqqa qora libos kiydiradi. Ular motam 

libosida.  Ulug'  shoir  o'quvchini  hayratga  soladigan  manzara  tasvirini 

chizadi.  Aslida  oshiqlar  libosining  qoraligi  motam  tufayli  emas.  Ular 

o'zlari tortgan so'ngsiz ohlaming dudiga bo'yalib, shu qiyofaga kirdilar. 

O'ta mubolag'a san’ati muallif muddaosini ro'yobga chiqarishda qo'l kelgan. 

Ayni lavhalar tasviridagi voqealar makoniga ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. 

Ulug' shoirning chizgilari muayyanlikdan mavhumlikka, yerdan samoga 

qarab yuz tuta boshlaydi. Mo'ridan oqib chiqqan tutun samoga o'rlaydi va 

osmonni qoplaydi, falakdagi yog'du zulmat ichra yo'qola boradi. Yuzaga 

kelgan  bunday ajib  manzara  yer yuzasida  yuigan  insonlar uchun  ham 

izsiz ketmaydi. Katta tutun barcha narsani o'z domiga tortgani va qoraga 

bo'yagani uchun ham ular qorayib ko'zga tashlanadi. Radif bo'lib kelgan 

«go'yo» o'z vazifasini o'tay boshlaydi. Zulmatga hamrang qiyofadagilaming 

dilini  hijron  uqubatlari  xuflon  qiladi.  Ular  go'yo  motam  libosiga 

burkanganlar. To'rtinchi baytda yer go'zali va tasavwurdagina namoyon 

bo'luvchi  afsonaviy  hur-parilar  yonma-yon  qo'yiladi:

Buki  devona ko'ngil sevdi  pari,

Bevafodur bani  Odam  go'yo.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Baytda yana tajohuli orifga, bilib bilmaslikka olish san’atiga murojaat 

etiladi.  Ma’naviy  san’atlar  sirasiga  kiruvchi  tajohuli  orif  ijodkorlar 

muddaosini qabariq yuzaga chiqarishda qo‘l keladi. Alisher Navoiy ham 

bu  san’atning  o ‘sha  imkoniyatidan  juda  unumli  foydalangan.  Radif 

vazifasida  kelgan  «go'yo»  aytganimiz  badiiy  tasvir  vositasi  (san’at) 

foydasiga xizmat  qilgan.  She’ming qahramoni oshiq o'z  ko'ngli  bilan 

ginaxonlik  qiladi.  Hur-parilarni  sevgani  uchun  oshiq  o'z  yuragini 

«devonalik»da ayblaydi. Muallif nozik qochirim bilan Odam Ato naslidan 

bo'lgan  yer go'zali  tabiatidagi  va’daxiloflikka  ishora  qiladi.  Aslida  esa 

mahbubaning yuragi ham ishq otashi ta’siridan xoli emas. U ham olovda 

yonadi, ammo hayo va ibo, iffat va nomus uning bardoshini toblantiradi. 

O'z nazokatini, ayollik sharafmi himoya qilishga da’vat etadi. Boz ustiga, 

oshiqni imtihondan o'tkazish, undagi ishqning rostligiga ishonch hosil 

qilish ishtiyoqi  ma’shuqani yanada sabr-u bardoshli bo'lishga undaydi. 

G'azalning  to'rtinchi  bayti  yer-u  samoni  bir-biriga  ulagan  bo'lsa, 

beshinchi bayti undagi orifona-ilohiy ruhni yanada kuchaytirishga xizmat 

qilgan.  Buning  uchun  ulug'  shoir talmeh san’atiga tayanadi:

Girdi bolish  anga xursliid o‘ldi,

Ul erur Isoi  Maryam go'yo.

Baytda  Iso  va  Maryam  bilan  aloqador  voqealarga  shama’  qilish 

talmehni  yuzaga  chiqargan.  Maryam—Iisus  Xristosning  onasi.  “Injil” 

hamda  “Qur’on”dagi ta’kidlaiga ko'ra,  u turmush qurmay,  erkak zoti 

bilan  yaqinlik  qilmay,  ilohiy  nurdan  homilador  bo'lgan  va  Iso 

payg'ambar  tug'ilgan.  Shuning  uchun  ham  nasroniylar  o'z 

payg'ambarlarini Xudoning o'g'li tarzida talqin qiladilar. Aslida unday 

deyish  Allohga  shirk  keltirishdir.  Qur’oni  karimning  «Ixlos»  surasida 

xabar  beriladiki,  «U  (Alloh)  tug'magan,  tug'ilmagan,  tug'dirmagan 

va Azaliy hamda Abadiy mo'jizasidir» shundan bo'lsa kerak, Iso islomiy 

ta’limotga  ko'ra,  payg'ambar  va  alayhis-salom,  uning  tug'ilishi  bilan 

bog'liq voqealarni Ilohiy qudratning mo'jizasi sifatida qarash to'g'riroq 

bo'ladi. G'azalning beshinchi baytida yana o'sha ishqiy voqealarga ishora 

ketadi. Ma’shuqaga baxt kulib boqdi. Bibi Maryam singari Quyosh ko'rdi, 

biroq sanalgan lavha-yu manzaralar aslida sodir bo'lgani yo'q. «Go'yo» 

yordamida oshiq shulaiga pisanda qilayotir. Masalaning botiniy jihatiga 

qaytadigan  bo'lsak,  ulug'  shoir  qur’oniy  g'oyalami  targ'ib  qilishdan 

tashqari, ishqning ilohiy ne’mat sifatida insonga Alloh tomonidan inoyat 

qilinganligini  satrlar mag'ziga  singdirishga  muvaffaq  bo'lgan.  Keyingi 

baytda nasihat maylining kuchliligi yorqin ko'zga tashlanadi:

www.ziyouz.com kutubxonasi



Olam  asbobi  uchun g‘am  emagil,

Arzimas  bungacha  olam go'yo.

Dunyo  va  uning  mol-mulki  mehr  qo‘yishga  arzimaydi.  Yuzaki 

qaraganda,  bu gaplaming ishqqa daxli yo'qday tuyuladi.  Mazkur bayt 

g‘azal badanida begonasirab turganday ko'rinadi.  Satrlaming ohangiga 

jiddiyroq quloq solinsa,  unday emas.  Ulug'  shoir mavzuga teran nazar 

solgani  uchun  ataylab  «asbob»  so‘zini  qo‘llaydi.  Holbuki,  «olam 

asbobi»ning  tarkibiy qismlaridan  biri  ishqdir.  Oshiq  hamma  narsadan 

kechishi  mumkin,  ammo jism-u joniga  payvand  pok  tuyg‘u—ishqdan 

bir  lahza  ham  o'zini  xoli  tasawur  qilolmaydi.  Bu  o‘rinda  ishq  ko'p 

qirrali tushuncha timsolida nazaiga yetadi.  Maqta’—oxirgi  qo‘sh misra 

shunday xulosaga  kelish  huquqini  beradi:

Ey Navoiy,  buki  aylandi  habib,

Yo'qtur ul  zahmiga marham  go'yo.

Tahlil  qilayotganimiz  g'azalning  xotimaviy  baytida  ishq  va  uning 

iztiroblariga aloqador ma’no mujassam va ulug‘ shoir bu o'rinda dard manbai— 

boiskorini aniq ko'rsatadi. U—habib. Bu biigina so'zning talqinlari ko‘p. Habib— 

ma’shuqa, habib—Alloh, habib—do'st, habib—Muhammad payg'ambaming 

sifatidir. Bulaming barchasi ham oshiqdan yuz o‘giisa, uning bag'rida paydo 

bo'lgan yaraga shifo bo'luvchi davo-malham topilmaydi.

Alisher Navoiy o'z davrining ulug' mutafakkiri, davlat arbobi sifatida 

g'azallarida  ham  ijtimoiy-siyosiy,  axloqiy-ta’limiy  qarashlarini 

badiiylashtirdi. Buning uchun shoirga tuzilishiga ko'ra mustaqil baytlardan 

(nisbiy  tushuncha)  tarkib  topgan  (parokanda)  g'azallar  qo'l  keladi. 

Zero,  ularda  ijodkor garchi  muhabbat  mavzuida qalam tebratayotgan 

bo'lsa-da,  jamiyat  haqidagi  mulohazalarini  ham  bayon  etish  imkoni 

mavjuddir.  Mana  shu  imkon  g'azalning  mavzu  doirasining  ancha 

kengayishiga  zamin  hozirlaydi.  Aytilganlar  nuqtai  nazaridan  AUsher 

Navoiyning  quyidagi  g'azali  ahamiyatlidir:

Lolagun  bo'lmish  surarda qatlima  dildor tiyg',

Yo  balo tog'idin  etmisb  lolazor izhor tiyg'.

Gul  tani yuz cbok o'lub  bukim bo'yalmish  qon  aro, 

Tegdi  g'amzang xaylidin  go'yo  anga bisyor tiyg'.

Tiyg'  tortib yetkaz-o'q qildim  fidosi jonikim, 

Bo'lmag'ay ozurda qotil,  ko'rmagay ozor tiyg'.

Jism  paykoning bila  to'ldi-yu jondur g'amdakim, 

Aylasang  qatlimg'a  rag'bat bo'lmag'ay  nokor tiyg*.

Ishq  dashti  sabzasidin lola har yon  sochilur,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ya’ni  ul sabro  giyohi  bor emish xunbor tiyg*.

Olam ahli qatlini  bir damda qilsang  orzu,

Yuzdin  ol  burqa’ni,  qindin  chekmagil  zmhor  tiyg*.

Nazm  mulkin  til  cbekib  olmish  Navoiy uylakim,

Cheksa olamni olur shohi falak miqdor tiyg4.  (3,  246-247).

Y yetti baytdan tarkib topuvchi g'azalda «tiyg4» (qilich)  radif bo4lib 

kelgan.  «Dildor»,  «izhor»,  «bisyor»,  «ozor»,  «nokor»,  «xunbor», 

«zinhor»,  «miqdor»  esa  g'azalning  qofiyadosh  so‘zlaridir.  Radif va 

qofiyadosh  so4zlar  o'rtasida  zich  mantiqiy  aloqadorlik  mavjud.  Shoir 

mustaqil  baytlardan  tuzilgan  g'azallar  «beradigan»  imkoniyatdan 

mahorat bilan foydalangan.  Mazkur g4azal g4oyavtiy yo'nalishiga ko4ra 

oshiqona.  Boshdan aytib qo4yaylik, g4azaldagi ishq talqinida omextalik 

balandroq.  Ba’zan  majoziylik,  gohida  haqiqiy—ilohiylik  ustun keladi. 

Satrlarda  mantiq  va  manzaralarga  murojaat  nuqtai  nazaridan  tez-tez 

yer-u  samo  bog4lanib  turadi.  Bunday  jarayon  tasvirlanayotgan 

voqealaming holati ruhiyasidan tabiiy ravishda kelib chiqadi.  Shunday 

gapni misralarda ifodalangan ranglar jilosi tanosubi xususida ham aytish 

joizdir.  Mazmun  rishtasining  bir  uchi  “lolagun”  va  «lolazor»dan 

boshlanadi. Shunday misralarda lola tusi qizil rang va qon o4rin almashtirib 

turadi.  Tazod san’ati she’r voqealari ta’sirchanligini oshirishga xizmat 

qiladi. She’ming tayanch qahramoni—oshiq. Barcha «sarguzashtlar» uning 

tilidan hikoya qilinadi. Matladayoq mubolag4a san’ati ishga solingan. Tiyg4 

damidagi qon yuqi lola rangida.  Uni oshiqning qon yoshlari bo4yagan. 

Oshiq  talqinidagi  manzara  sal  boshqacha  tus  oladi.  Go4yo  ma’shuqa 

oshiqni o4ldirmoq uchun tiyg4 ko4targan va qilich uning badaniga tegib 

ketishidan jarohat  hosil  bo4lib,  dam  (qilich)  qonga  bo4yalgan.  Oshiq 

gumonlarini  davom  etadi:  Yo4q,  ko4p  tiyg4lar  ishga  tushgan,  balo 

tog4day yuksalgan  va  balanddan  oqqan  qon  yer yuzini  qoplaganki,  u 

lolazomi eslatadi...  Shu tariqa «ishq dashti» manzaralari xususiylikdan 

(juz’iydan)  umumiylikka  (kullga)  o4sib  boradi,  yer-u  osmonni  bir- 

biriga ulaydi... Xotimada kichik bir ishora bilan she’riyat va jamiyatdagi 

ko4rinishlar qiyoslanadi. Nazm dunyosida tiyg4 vazifasini til va tafakkur 

ado etadi. Ana o4sha bir-biriga uzviy aloqador omillar oqilona ishga solinsa, 

olam  guliston,  kishvar  sizning  tasarrufmgizda...  Shohning  yo4rig4i 

boshqacha, u kishvami olish uchun son-sanoqsiz tiyg4lami ishga solishi 

muqarrar...  Albatta,  biz  ayrimlarini  bayon  qilganimiz talqinlar she’riy 

qatorlaming  zohiriy  ma’nolari  xolos.  Tabiiyki,  har  bir  so4z,  ishora, 

majoz-u  tashbeh  o4z  tag  ma’nolariga  ega.  Ulami  uzoq  sharhlashdan

www.ziyouz.com kutubxonasi



tiyilgani  holda,  aniq  muddaoni  dadil  aytish  mumkin.  Til  ham  tiyg‘, 

uning  vazifasini  «so‘z  lashkari»  qonsiz  uddalay  oladi.  Aql-u  farosat 

ishga tushsa,  olam tabiiy lolazor tusiga kiigusidir...

Alisher  Navoiy  g'azallarining  bosh  qahramoni,  shubhasiz, 

shoiming o'zidir. Ularda muallifning ichki tug'yonlari, ruhiy iztiroblari- 

yu quvonchlari, taijimai holiga oid qaydlar uchraydi. Shuningdek, shoir 

g'azaliyotidagi boshqa obrazlar: ma’shuqa, shoh, darvesh, shayx, zohid, 

orif,  rind,  soqiy,  raqib  kabi  rang-barang  badiiy  timsollar  asardagi 

yetakchi  g'oyani  she’rxonga  teran  yetkazish  uchun  buyuk  tafakkur 

sohibining  taxayyul  olamidan  she’rga  ko'chadi  hamda  uning  badiiy 

salohiyati yuksak g'azallarning vujudga kelishini ta’min etadi.

8.3.  Kichik she’riy  asarlari:  qit’a,  ruboiy,  tuyuq  va lug'z 

(chiston)lar

«Xazoyin  ul-maoniy»ning  ко“plab  sahifalari  kichik  she’riy  asarlar 

bilan  bezalgan.  Bular  orasida  qit’aning  alohida  o'mi  bor.  Arabcha 

«parcha», «Ьо‘1ак», «рога» ma’nolarini anglatgan bu so'z istiloh sifatida 

ikki  va  undan  ortiq  baytlardan  tashkil  topgan,  juft  misralari  o'zaro 

qofiyalanuvchi  ( a-b—v—b—s—b...)  she’riy shaklga nisbatan qo'llanadi. 

Qit’a—boshsiz  (matlasiz)  g'azal  ham  deyiladi.  Bu janr arab,  fors-tojik 

va turkiy xalqlar adabiyotida keng qo'llanilgan she’riy shakllardan biridir. 

Mavzular olami rang-barang bo'lgan qit’alarda ko'pincha shoirlaming 

falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy ilohiy-irfoniy qarashlari ifoda 

etiladi. Sharq mumtoz adabiyotida qit’a alohida janr sifatida amal qiladi 

va axloqiy-ta’limiy, falsafiy-ma’rifiy qarashlar ifoda etilgan nasriy badiiy, 

tarixiy-memuar,  pandnoma  asarlar,  shuningdek,  devonlarning 

debochalari tarkibida ham uchraydi. Odatda, ijodkorlar bunday asarlarda 

ma’lum bir masala yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarini yakunlash, 

umumlashma-xulosalarini  bayon  etish  maqsadida  qit’adan 

foydalanishgan. Qit’aning bunday xususiyati «qissadan hissa» chiqarish 

vazifasini bajarishga safarbar etilgan.

Alisher  Navoiyning  sohir  qalami  qit’aning  o'zbek  mumtoz 

she’riyatidagi yetakchi janrlaridan biriga aylanishini ta’minladi. Bu ulug' 

so'z  san’atkoriga  qadar  Yusuf  Amiriyning  «Bang  va  Chog'ir 

munozarasi»da  (ikkita  o'zbekcha),  Xorazmiy  «Muhabbatnoma»sida 

(bitta) va Mavlono Lutfiy devonida qit’a janriga mansub asarlar mavjudligi 

kuzatiladi. Alisher Navoiy turkiy adabiyotda juda kam qo'llanilgan bu

www.ziyouz.com kutubxonasi




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling