B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


Download 4.31 Mb.

bet37/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71

adabiy janming  yuzlab  mumtoz  namunalarini  ijod  etdi.  «Xazoyin ul- 

maoniy»da 210 ta qit’a mavjuddir. Yig‘ma devonlar «Debocha»sida kelgan 

qit’alar  esa  yuqorida  ko'rsatilgan  raqamga  qo‘shilmagan.  Bulardan 

tashqari,  «Mahbub  ul-qulub»,  «Arbain  hadis»  va  boshqa  asarlar 

tarkibidagi  qit’alar  ham  nazarda  tutilsa,  ularning  soni  uch  yuzdan 

ortadi. Chunki «Arbain hadis»ning o'zida Janobi rasuli akramning axloqqa 

doir  qirq  hadisi  qirq  qit’a  shaklida  o'zbek  tiliga  o'girilgan  va  keng 

kitobxonlar ommasiga  taqdim  etilgan.

«Xazoyin  ul-maoniy»  tarkibida  kelgan  qit’alar  ulug'  shoiming 

muayyan vaziyatdagi kayfiyatini, juda chuqur falsafiy,  ijtimoiy-siyosiy, 

axloqiy-ta’limiy, ilohiy-irfoniy qarashlarini badiiy ifoda etganidan kelib 

chiqib  aytish  mumkinki,  ular daqiqnazar  ijodkoming  hayotga  yanada 

teran nigoh bilan qarashi mahsuli sifatida vujudga kelgan. Awalo, yig'ma 

devonlarga  kiritilgan  har  bir  qit’adan  oldin  nasriy  sarlavhalaming 

berilishi  o'sha  qit’alar  mazmunining  mukammalligini  ta’min  etgan. 

Qit’adagi  baytlar va ulaming badiiy nasriy sarlavhasi  shoir aytmoqchi 

bo'lgan fikmi o'quvchi ko'z oldida to'laqonli namoyon bo'lishida xolis 

xizmat  qiladi.  Buning  uchun  o'sha  sarlavhalaming  shoir  tomonidan 

maqol, hikmatli so'z darajasiga ko'tarilganligi, ulaming mualif taijimai 

holi  va  ijodi  bilan  aloqadorligi  hamda  payg'ambar  hadislari  bo'liq 

g'oyalarini  she’riy  tarzda  ifodalashga  qaratilganligi  kabi juda  ko'plab 

fazilatlar  shunday  mukammallikning  vujudga  kelishiga  asos  bo'lgan. 

Quyida  nomlari  keltirilgan  qit’alar  sarlavhalari  fikrimizning  yorqin 

dalilidir:  «Yomon  yomonlig'ini  qilmasa,  yaxshilig'cha  bor  va  bir 

yaxshilig'  qilsa  o'n  yaxshilig'  qiliqcha»,  «Falokatdin  ayog'iga  kafsh 

bo'lmag'ong'a  chun  kafsh  uchun  ayog'i  bor,  shukr  vojibdur», 

«Do'stdinkim  dushman xayi bo‘lg‘ay,  dushman yaxshiroqdurki,  do'st 

ro'yi  bo'lg'ay»,  «O'ziga  bu  mulkdin  yetgan  balolar toshi  ozori,  bosh 

olib o'zga mulkka boruming izhori», «Majozdin maqsudi haqiqat ekani 

izhor qilmoq va suratdin g'araz ma’ni ekonin iqror qilmoq», «Annosu’ 

‘alo dini muluk» hadisining ta’siri» va hokazolar shular jumlasidandir. 

Ko'chirilgan sarlavhalaming o'zi Alisher Navoiy qit’alarining mavzular 

ko'lami juda kengligini tasdiqlaydi. Shoiming o'zi ham shu janrda yozilgan 

she’rlarining o'shanday fazilatini quyidagicha e’tirof etadi:

Bu  qit’a  o'z  qit’alari  ta’rifidakim,  bu  ham  alardin  birdu  va  ta’rif 

bunga ham sodiq kelur

Mundoq  muqattaotkim,  men yig'misham,  erur 

Har bir hadiqai xirad aylar uchun farog\

www.ziyouz.com kutubxonasi



Majmuin  uyla kishvari  anglaki,  sathlni,

Hikmat suyidin  aylamisham  qit’a-qit’a  bog‘.  (6,  520) 

She’ming  sarlavhasidan  anglashiladiki,  shoir  qalami  tuhfa  qilgan 

qit’alarning  mohiyatini  izohlashni  o'z  oldiga  maqsad  qilib  qo'yadi. 

Baytlardagi  mazmun  quyidagicha:  men  shunday  qit’alar  yig‘dimki 

(yozdimki),  ulaming har biri xotiijam yashash  uchun bir aql bog‘idir. 

Barchasini  bir  mamlakat  sifatida  tasawur  qilsang,  uning  hududini 

hikmat  suvidan  sug'orib  boiak-boiak  bog‘  qildim.  Alisher  Navoiy 

qit’alarining barchasini  bir mamlakatga o'xshatar ekan,  qit’a so‘zining 

lug‘aviy  ma’nosidan  kelib  chiqib,  ulami  shu  mamlakatdagi  bo'lak- 

bo'lak bog‘larga qiyoslaydi.  Bu bog'lar hikmat suvi bilan sug‘orilganligi 

bois  insonlaming  osoyishta  umr  kechirishlari  uchun  xizmat  qiladi. 

Baytlarda keltirilgan «hikmat» so'zi alohida e’tiboiga molikdir. U «bilim», 

«donolik»,  «falsafa»,  «sir»,  «ilohiy ilm»,  «mohiyat»  singari  ma’nolami 

anglatadi.  Bulardan  tashqari,  Qur’oni  karim-Allohning  hikmati,  ilmi 

va  sirlarining bayoni tarzida ham talqin qilinadi. Ayni  paytda bu so‘z 

Alisher Navoiy qit’alari xalqimiz milliy qadriyatlarining ajralmas bo'lagi 

sanalgan  islom  dinining  umumbashariy  g‘oyalari  bilan  sug'orilganiga 

ishoradir.  Zero,  ulug*  shoir  devonlari  tarkibidan  hamd,  na’t 

yo‘nalishidagi  qit’alarning  o'rin  olganligi  ham  bu  fikmi  yanada 

quwatlantiradi.  Anglashiladiki,  ilohiy mavzuda yozilgan qit’alar ulug‘ 

shoir  devonlarida  salmoqli  mavqega  ega.  Shunday  qit’alaming  birida 

Alisher Navoiy ко mil musulmon sifatida o‘z ruhiy isyonining shiddati 

va ko'nglini aytib,  haqning karami kengligi hamda bandasini avf qilishi 

osonligini  sarlavhadayoq  bayon  qiladi.  Undagi  baytlardan  asosiy 

mazmun-mohiyat shoiming Allohga munojoti sifatida tasvirlanadi: 

Qilibmen  oncha isyonkim,  agar do‘zax aro kirsam,

Mening behad  gunohim biria do‘zax sarbasar bo'Ig'ay. 

Xudoyo,  avf osonroqdurur,  yo'qsa g'azab  qilsang,

Magarkim o'zga do'zax,  o‘zga o*t,  o'zga azob bo'lg'ay.

(5, 504-506).

Alisher Navoiy zamonasining ulug‘  mutafakkiri sifatida qit’alarida 

adolatli  shoh,  ota-ona  hurmati,  ilm-ma’rifatni  egallash,  yaxshi  axloq 

egasi bo‘lish, yomonlik va yomonlardan uzoq bo'lish singari mavzulami 

qalamga oladi. Shubhasizki, bunday qit’alar markazida barcha zamonlar 

uchun  birday  orzu  bo'lib  kelgan  komil  inson  g'oyasi  turadi.  Shoir 

«Hukamo  qalbining taijimasi insoniyat bobida»  («Donishmandlaming 

insoniyat haqidagi fikrlari taijimasi») nomli qit’asida komil inson uchun

www.ziyouz.com kutubxonasi



uch  narsa  muhimligini  e’tirof  etadi.  Bular:  tavoze’  (izzat-ikrom, 

ehtirom),  kamtarlik,  kechirimli  bo'lish,  bergan  hadyasini  minnat 

qilmaslik.  Shoiming fikricha, tavoze’  — kamtarlik himmat-u saxovatni 

ahli  davlat  ham  odat  qilsalar  nur  ustiga  a’lo  nur  bo'lur edi:

Tavoze’  yaxshi,  ammo  yaxshiroqdur,

Agar da’b etsa ani ahli  davlat.

Erur ham avf xo‘b-u  xo‘broq  ul 

Ki,  zohir bo‘lg‘ay el  topqanda qudrat 

Ato  ham  turfa ishdur tuifaroq bil,

Agar yo'qtur  aning yo‘qdur yonida  minnat.

Hakim  insoni  komil  debtur ani

Ki,  bo‘lg‘ay zotida bu necha xislat.  (4,  523).

Alisher  Navoiy  qit’alari  nafaqat  mazmundorligi,  balki  badiiy 

mahoratining yuksakligi bilan  ham  noyob san’at  namunalari  sanaladi. 

Shoir  ko'pincha  qit’aning  ilk  baytida  keltirilgan  tayanch  g'oyani 

o'quvchiga yetkazish, uning his-tuyg‘ulariga so‘zning ilohiy sehri bilan 

ta’sir  etish  maqsadida  hayotiy  tamsil  (misol  keltirish)lardan  g'oyat 

ustalik bilan foydalanadi. Buning uchun shoir qit’ada ifodalangan tayanch 

g'oyaga  uyg'un  borliqdagi  voqea,  hodisa,  narsa,  hayvonot  olami 

kabilardan tashbehlar izlaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Alisher Navoiy 

hayotga  o'ta  teran  nigoh  bilan  nazar  tashlagani  bois  mutafakkirona 

fikrlariga mos borliqdagi favqulotda o'xshashliklami kashf etadi. Shunday 

qilib, ana o'sha muqoyasalar qit’ada o'z ifodasini topib, she’rxon qalbini 

to'lqinlantiradi.  Aytilganlar  nuqtai  nazaridan  shoiming  «Oz-oz 

demakning manfaatida-vu va ko'p so'zning manzarratida» nomli qit’asi 

ahamiyatlidir:

Navoiy,  tiling  asrag'il  zinhor,

Desangkim,  yemay dahr ishidin  fusus.

Nazar qilki,  o‘q og'zi tilsiz  uchun,

Qilur tojvariar bila dast bo‘s.

Necha  tojvardur kesarlar boshin,

Chu  hangomsiz  nag‘ma  tortar xurus  (3,  549-550).

Ilk baytda ulug' shoir dunyo ishlaridan afsuslanmaslik uchun tilingni 

zinhor asragil,-deya o'z-o'ziga  murojaat etadi.  Qit’a to'la ma’noda til 

odobiga bag'ishlangan bo'lib, ilohiy ne’mat til va so'zni qadrlash, behuda 

gapirishning zarari ko'plab nozik badiiy ishoralarda o'z ifodasini topgan. 

Alisher  Navoiy  qit’asining  muvaffaqiyatini  uning  keyingi  baytlarida 

keltirilgan  ikki  tamsil  tashkil  qiladi.  Dastlab  ulug'  shoir  she’rxon

www.ziyouz.com kutubxonasi



diqqatini o‘qqa qaratadi.  Uning uchini  og‘izga tashbeh qilib,  unda til 

yo'q ekanligi  nafis ta’kid qilinadi. Ayni  choqda bu sukut saqlash,  kam 

so‘zlash tilni ehtiyot tutishni ham anglatadi.  Boya ta’kidlangan o‘q shu 

«fazilati»  tufayli  podshohlar  bilan  qo‘lma-qo‘l  ko'rishish  sharafiga 

mussar  bo‘ldi.  Keyingi  tamsil  esa  tahlil  qilayotganimiz  tamsil  bilan 

ma’no  jihatidan  zidlik  hosil  qiladi.  Unda  ta’kidlanishicha,  xo‘roz 

qanchalik tojdor bo'lsa ham, bevaqt qichqiigani uchun boshi kesiladi. 

Ayni  baytda  tamsilni  irsoli  masal  san’ati  misra  mag'ziga  xalq  maqoli 

mazmunini singdirish bilan quwatlantirib kelgan.  Ko'rinadiki, Alisher 

Navoiy qit’ada badiiy san’atlar, jumladan, tamsillami kitobxonga aytish 

lozim bo'lgan g'oyani yuzaga chiqarishda mohirlik bilan xizmat qildiradi. 

Ulug' shoir qit’alarining g'oyaviy mazmun va badiiy mahorat jihatidan 

mukammalligi mazkur adabiy shaklning o'zbek mumtoz she’riyatining 

faol janrlaridan biriga aylanishiga zamin hozirlaydi.

Alisher  Navoiy  ruboiy janrida  ham  barakali  ijod  etgan  ulug'  so'z 

san’atkoridir.  «Xazoyin  ul-maoniy»ning  birinchi  devoni  «G'aroyib  us- 

sig'ar»da 133 ruboiyga o'rin berilganligi o'shanday xulosaga kelish huquqini 

beradi.  Shuningdek,  mazkur  devon  «Debocha»sida  o'ttiz,  «Nazm  ul- 

lavohir» tarkibida ikki yuz oltmish oltita hamda boshqa ilmiy, badiiy, tarixiy 

asarlari  bag'rida  ko'plab  turkiy  tilda  bitilgan  ruboiylar uchraydiki,  ayni 

dalillar  ulug'  shoiming  bu  janrga  yuksak  muhabbatidan  darak  beradi. 

Shoiming  «Devoni  Foniy»  va  yana  boshqa  asarlarida  keluvchi  forsiy 

ruboiylarining umumiy miqdori esa yuzdan oshaadi. Anglashiladiki, Alisher 

Navoiy she’ritida ruboiy janri ham o'ziga xos o'rin va mavqega egadir.

Arabcha «to'rtlik» ma’nosini anglatuvchi bu so'z adabiy istiloh sifatida 

to'rt  misradan  tarkib  topgan,  satrlari  a-a-b-a  yoki  a-a-a-a  tarzida 

qofiyalanuvchi hazaj bahrining «ahram» va «ahrab» shajaralaridan birida 

(ulaming  24  ko'rinishi  mavjud)  bitiladigan  she’riy  shaklga  nisbatan 

qo'llaniladi. Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon» asarida ruboiyni «dubaytiy» 

va «tarona» nomlari bilan ham atalishini eslatib o'tadi. Mumtoz manbalarda 

qayd etilishicha, fors-tojik adabiyotida ruboiyning dastlabki namunalarini 

Abu Abdulloh Ro'dakiy va Shohidi Balxiylar ijod etishgan. Shubhasizki, 

ruboiyning adabiy janr maqomida yozma adabiyotda shakllanishida Abu 

Ali  ibn  Sino  ham  salmoqli  hissa  qo'shdi.  Mazkur janming  g'oyaviy- 

badiiy ravnaqi, falsafiy-irfoniy yo'nalishining teran ildiz otishi esa Umar 

hayyomning nomi bilan chambarchas bog'liqdir.

Turkiy adabiyotda mumtoz she’riyat nazariyasi talablariga to'la javob 

beruvchi ruboiy namunalari Mavlono Lutfiy devonida uchraydi. Bu adabiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



shakining nomlanishida arabcha so‘z asos qilib olingan bo‘lsa-da, 

0‘zbek 

mumtoz adabiyoti tarixi, xususan, xalq og‘zaki ijodida ruboiyning tayanch 

ma’no-mohiyatiga uyg‘un hamda qofilanishi bir xil bo'lgan to'rtliklami 

juda  ko'plab  uchratish  mumkin.  Jumladan,  Mahmud  Qoshg‘ariyning 

«Devoni lug‘otit  turk»,  Yusuf Xos  Hojibning  «Qutadg'u bilig»,  Ahmad 

Yugnakiyning  «Hibat  ul-haqoyiq»,  Rabg'uziyning  «Qisasi  Rabg'uziy» 

asarlaridagi  to'rtliklar  bunga  misol  bo'la  oladi.  Bu  to'rtliklarning 

ruboiylardan jiddiy  farqi,  faqat  ulaming  vaznidadir.  Shunga  qaramay, 

mazkur  to'rtliklar  o'zbek  adabiyoti  tarixida  mumtoz  ruboiy janrining 

shakllanishi va ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Alisher Navoiy ruboiynavislikda turkiy og'zaki va yozma adabiyot 

tajribalari  hamda  fors-tojik  adabiyotining  bu  boradagi  boy  adabiy 

an’analarini  teran  o'lganib,  ruboiyning yuzlab  mumtoz  namunalarini 

ijod  etdi.  Shoir  qalamiga  mansub  ruboiylar  asar  muallifining  mavjud 

an’analar  doirasida  cheklanib  qolmay,  masalaga  ijodiy 

yondoshganligidan dalolat beradi.  XV asming  ikkinchi yarmiga  qadar 

o'zbek  mumtoz  adabiyoti  tarixida  asosan  ishqiy  mavzuda  bitilgan 

ruboiylarni  uchratish  mumkin edi.  Alisher Navoiy she’riyatida  esa bu 

adabiy  shaklda  ijod  etilgan  asarlaming  mazmun-mohiyati,  mavzular 

olami  ancha  kengaydi.  Ularda  hamd,  na’t,  falsafiy-ma’rifiy,  ijtimoiy- 

siyosiy,  axloqiy-ta’limiy  mavzular  qalamga  olinib,  yangi-yangi  badiiy 

obrazlar,  timsol-u  tamsillar vositasida  yetakchi  g'oyalaming  o'quvchi 

shuuriga yuksak  san’atkorlik bilan yetkazilishiga erishildi.  Ulug'  shoir 

ruboiylari,  ayniqsa,  ijodkor taijimai holiga oid  qaydlar hamda ijtimoiy 

ohanglarga juda  ko‘p  murojaat  etilganligi  bilan  ahamiyatlidir.  She’r 

qahramoni ijodkoming ruliiy-ma’naviy olami bilan nafas olgani tufayli 

ularda qalamga olingan zamon va ahli zamonga munosabatdek dolzarb 

mavzular vositasida adibning hayoti bilan bog'liq ma’lum bir lavhalaiga 

ishora etilganligini ilg'ash mumkin.  Biroq bu ishoralaming ulug‘  shoir 

hayotining qaysi fasli bilan aloqadorligini aniqlash juda mushkul. Bunday 

holatlarda  satrlardagi  ba’zi  so‘zlarga  tayanib,  ma’lum  bir  taxminiy 

xulosani  bayon  qilish  imkoniyati  vujudga  keladi,  xolos.  Fikrimizni 

quyidagi  ruboiy tahUIi jarayonida quwatlantirishimiz  mumkin:

An din  berikim  ,  qoshimda yorim  yo'qtur,

Hijronida juz  nolai  zorim yo'qtur.

Dasht uzra quyun  kabi qarorim yo'qtur, 

Sargashtaligimda ixtiyorim yo'qtur.  (3,  571).

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ruboiyning  ilk  misrasidagi  «andin  berikim»  birikmasi  she’r 

qahramonining yillar davomida mahbubasiz umr kechirganiga ishoradir. 

Ayni choqda,  matndagi bu ikki so‘z ushbu asar shoir umrining «kibar» 

davri  mahsuli  bo'lishi  mumkin,  degan  fikrni  she’rxon  taxayyulida 

jonlantiradi.  Oshiqning  ko'pdan  beri  yori  yo'q  ekan,  tabiiyki,  uning 

ma’shuqa hijronidan o'zga «nolai zori» ham yo'q. Ishqiy mavzuda bitilgan 

mazkur ruboiyning dastlabki qo'sh satri undagi asosiy g'oya -muallifhing 

ichki kechinmalari tasviridan iborat ekanligini dalillaydi. Keyingi misra 

bildirilgan mulohazalar rivoji uchun xizmat qiluvchi hayotiy tamsildan 

iborat.  Unda  shoir  o'z  holati  bilan  dasht  uzra  ko'kka  dahshat  solib, 

beqaror izg'iyotgan quyun orasida o'xshashlik borligini tasvirlaydi. Quyun 

maqsad-muddaosiz osmonga o'rlaydi, aniqrog'i, u shamolning hukmiga 

tobe’dir.  So'nggi  misrada esa  shoiming quyun misol sargashtaligining 

sababi  ixtiyori  o'zida  emasligining  ifodasi  bilan  yakunlanadi.  Demak, 

shoir bu «ixtiyorsizlik»ni taqdirdan deb biladi. Xuddi shunday qismatdan 

shikoyat  g'oyalari  bilan  sug'orilgan  ruboiylarni  Alisher  Navoiy 

she’riyatida yana juda ko'plab uchratish mumkin:

OUimda  tabibi  chorasozim  ham yo'q,

Yonimda raflqi  dilnavozim  ham yo‘q.

Tegramda  anisi jongudozim ham yo‘q,

Boshimda  shahi  bandanavozim  ham  yo'q. 

(3,  577).

Mazkur she’rda  shoir o'zining  tanholigini  nafaqat  mahbuba bilan 

bog'liq holda tasvirlaydi, balki u qismatidagi bu holatni ifodalash uchun 

«tabibi  chorasoz»-she’r qahramonini shunday holatdan xalos etuvchi, 

dardiga davo topuvchi tabibning, «rafiqi dilnavoz»-kerakli paytda jonini 

qiynovchi, unga ozor beruvchi yoki huzur baxsh etuvchi yaqin kishining 

hamda  «shohi bandanavoz»  boshini  silovchi,  bechoraparvar shohning 

(yana  bir  ma’nosi  mahbuba)  mavjud  emasligidan  shikoyat  qiladi. 

Tabiiyki,  aytilgan sifatlar ma’lum ma’noda  ma’shuqaning  fazilatlariga 

ham tegishlidir.  Biroq asarda ifodalangan shoir holatidagi yakkalikning 

sabablaridan  yana  biri  mavjud  hayotiy  voqelikdir.  Ko'rinadiki,  shoir 

o'z  hasbi  hoh  bilan  aloqador  fikrlarni  zamon  va  ahli  zamon  bilan 

bog'liq tarzda tasvirlaydi.  Bu  tabiiy hoi,  chunki she’r qahramoni  ham 

o'sha mavjud ijtimoiy hayot bilan birga nafas oladi, biiga o'sha ijtimoiy- 

maishiy  muhitda  yashaydi.  Ruboiyning o'ziga xos ohangdorligi uning 

tarse’  badiiy san’atiga asoslanganligida namoyon bo'ladi. Asaming har 

bir  misrasi  boshidagi  ilk  so'zlari  («ollimda»,  «yonimda»,  «tegramda», 

«boshimda»)  bo'g'in jihatidan  teng  bo'lib,  o'zaro  qofiyadoshlik  hosil

www.ziyouz.com kutubxonasi



qilgan. Xuddi shunday holatni muayyan tartib asosida satrlarda joylashgan 

keyingi  so'zlarda  ham  mavjudligini  kuzatish  mumkin.  E’tibor qilinsa, 

birinchi  misradagi so'zlar soni bilan  keyingi qatordagi  so'zlar miqdori 

ham  o'sha  tartibga  (bo'g'inlar  tengligi  va  qofiyadoshlik)  qat’iy  amal 

qilingani  bois  teng  bo'lib  qolgan. Natijada «ipga maijon  tizmoq» 

ma’nosini  anglatuvchi  tarse’  badiiy  san’ati  vujudga  kelib,  ruboiyning 

o‘ziga xos ohangdorlik kasb etishini ta’min etgan.

Alisher Navoiy she’riyatida muhabbat mavzuida qalamga olingan va 

ko'proq ma’shuqa ta’rif-tavsifiga bag'ishlangan ruboiylar mavjud. Bunday 

she’rlar shoiming yuksak san’atkorlik mahorati mahsuli va ayni choqda 

turkiy  badiiy  san’atning  noyob  namunalari  ham  sanaladi.  Shoiming 

arah*»yozuviga  asoslangan  «jon»  ((jL>)  so'zidagi  har  bir  harfning 

ma’shuqaning turli uzvlariga tashbeh qilishi bilan vujudga kelgan quyidagi 

ruboiysini  shunday asarlar  sirasiga  kiritish  mumkin:

Jonimdagi  «jim*  ikki  do!ingg‘a  fido,

Andin  so‘ng  «alif*  toza niholingg'a  fido.

«Nun»  dag‘i  anbarin  hilolingg‘a fido,

Qolgan ikki  nuqta ikki xollingg‘a fido  (3,  563).

Harf  san’ati  bilan  bezalgan  ruboiyni  to‘g‘ri,  teran  tahlil  qilish, 

uning  ma’no-mohiyatini  mukammal  anglash  uchun  «jon»  so'zining 

arab  yozuvidagi  har  bir  harf!  tuzilishini  puxta  bilish,  shaklini  ko'z 

odiga  keltira  olish  talab  etiladi.  Bu  so'z  arab  alifbosida  (<

j

(

a

.)  «jon» 

ko'rinishida  ifoda  etilib,  undagi  «jim»  (C),  «alif»  (  |  ),  va 

«nun» 

harflari  ko'rsatilgan  shaklda  namoyon  bo'ladi.  Asardagi  mazmun 

«jon»ning  muqaddasligini  ham  nazarda  tutishni  talab  qiladi.  Zero, 

oshiqning ma’shuqaga fido qiluvchi jonidan o'zga mo’tabar biror narsasi 

yo'q.  Shu bois oshiq jonidagi «jim»ni (C) ma’shuqaning ikki «dol»iga, 

«alif»ni  ( | )  toza  niholiga,  «nun»ni  ((j)  anbarin  hiloliga,  qolgan ikki 

nuqtani esa («jim» va «nun» harflaridagi nuqtalar nazarda tutiladi) ikki 

xoliga fido qiladi.  Bunga «jon» so'zining arab yozuvidagi har bir harfi 

ifodasi bilan  ma’shuqa uzvlarining shoir tomonidan  nozik kuzatishlar 

asosida kashf qilingan shakliy o'xshashliklar imkon yaratadi. Yana shuni 

ta’kidlash o'rinliki, shoir istiora badiiy san’atidan ham katta san’atkorlik 

bilan foydalangan. Chunonchi, she’rxon ijodkor tomonidan bildirilgan 

ma’shuqaning  «ikki  doli»  deganda,  uning  «dol»  p )  harfiga  shaklan 

o'xshash  bo'lgan  ikki  zulfini,  «niholi»  deganda,  nozik  qaddini, 

«anbarin  hiloli»  deganda,  go'zal  qoshlarini  taxayyulida  (xayolotida) 

gavdalantiradi. Eng muhimi, oshiqning joni butunicha ma’shuqaga fido

www.ziyouz.com kutubxonasi



etilgani ruboiy satrlari mazmuniga singdirilgan. Ayonlashadiki, Alisher 

Navoiy ham mazmun, ham shakl, ham ohang jihatidan ruboiy janrining 

mumtoz namunalarini yaratadi. Shuning uchun keyingi davr ijodkorlari, 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling