B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


ayniqsa,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  ijodida  ulug*  shoir


Download 4.31 Mb.
Pdf просмотр
bet38/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71

ayniqsa,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  ijodida  ulug*  shoir 

an’analarining  davom  ettirilganligini  kuzatish  mumkin.

Turkiy xalqlar adabiyotining eng  ajoyib  kichik she’riy shakllaridan 

yana biri bo'lgan tuyuq, she’rxonning shakl va talafiuzi jihatidan birlik, 

mazmun  nuqtai  nazaridan  esa  turlicha  bo'lgan  so'zlarning  ma’no 

qirralarini to‘la anglash ko'nikmasini shakllantirish va ravnaq topishiga 

xizmat qiluvchi adabiy shakldir. Alisher Navoiyning «Badoyi’ ul-vasat» 

devonida uning o‘n uchta namunasi kiritilgan. Adib «Mezon ul-avzon» 

asarida tuyuq haqida quyidagi ma’lumotlami keltiradi: «Yana turk ulusi, 

bataxsis  chig'atoy  xalqi  aro  shoyi’  avzondurkim,  alar  surudlarin  ul 

vazn bila yasab,  majolisda ayturlar.  Birisi  «tuyug‘»durkim,  ikki baytqa 

muqarrardur  va  sa’y  qilurlarkim,  tajnis  aytilg'ay  va  ul  vazn  ramali 

musaddasi  maqsurdur,  andoqkim:

Yo  rab,  ul  shahd-u  shakar yo  labmudur?

Yo  magar shahd-u  shakar yolabmudur?

Foilotun  foUotun  foilon 

Jonima payvasta novak  otqali,

G'amza  o‘qin  qoshig'a  yolabmudur»

Foilotun foOotun foilon  (16.  91-92).

Ulug'  shoirning  tuyuq  haqidagi  qaydlaridan  anglashiladiki,  ushbu 

adabiy shakl  turkiy xalqlar adabiyotiga xos bo'lib,  u  shu xalq vakillari 

tomonidan qo'shiq qilib bazm, yig'inlarda aytiladigan vaznlaming birida 

yoziladi.  Bu  vazn  ramali  musaddasi  maqsur  (foilotun  foilotun foilon) 

ekanligi  ham  qayd  etilgan.  Shuningdek,  tuyuq  ikki  bayt,  ya’ni  to'rt 

misradan  tarkib  topib,  tajnisli  qofiyadan  (omonim  so'zlarning 

qofiyalanishi)  hosil  bo'ladi.

Tuyuqlar ko'pincha a-a-b —a tarzida qofiyalanadi va ishqiy mavzuda 

yoziladi.

Alisher Navoiy she’riy merosida qit’a, ruboiy janrlarida ijod etilgan 

badiiy asarlar tuyuqlaiga nisbatan miqdor jihatidan ancha ko'pdir. Buning 

tayanch sabablaridan biri tuyuq ijod etishning faqatgina murakkabligida 

bo'lmay,  balki  bu janrda  yaratilgan asarlaming  turkiy  xalqlar orasida 

keng  tarqalganidadir.  Ulug'  shoir  turkiy  tilda  mumtoz  she’riyatning 

turli  janrlarida  badiiy  jihatdan  mukammal  asarlar  ijod  etishni  orzu 

qilardi.  Buning  uchun  sohir  qalami tuhfa  qilgan  g'azal,  ruboiy,  qit’a

www.ziyouz.com kutubxonasi



singari janrlarda bitilgan asarlari fors-tojik adabiyotining boy an’analari 

negizida  shu  tilda  yaratilgan  badiiyat  namunalari  bilan  bellasha  olish 

xususiyatiga ega bo'lishi lozim edi. Tuyuqda ijod qilingan she’rlar oldida 

esa bunday talab qo'yilgani yo'q. Shunday bo'lishiga qaramay, shoiming 

bu janrda ijod etgan asarlari g'oyaviy-badiiy nazokati nuqtai nazaridan 

turkiy  tuyuqnavislikning  eng  sara  namunalari  maqomida  bunyod 

qilinganligi bilan ahamiyatlidir.

Alisher  Navoiyning  ma’shuqa  go'zalligi  vasfiga  bag'ishlangan 

yuqoridagi tuyug'i ham badiiy mahoratining yuksakligi bilan shu adabiy 

shaklda yaratilgan  asarlaming  mumtoz  namunasi  hisoblanadi.  Mazkur 

tuyuq  «yo  labmudur»  so'zining  uch  ma’nosi,  aniqrog'i,  shakli  bir  xil, 

ammo  ma’nosi  uch  xil  bo'lgan  uch  kalimaning  satri  oxirida 

qofiyalanishidan vujudga kelgan. Dastlabki misralarda ulug' shoir muxlis 

e’tiborini  ma’shuqaning  labiga qaratar ekan,  she’r qahramonining  o'ta 

hayajonli  holatini tasvirlash niyatida «Yo  rab»,-  deya Allohga  murojaat 

etadi.  She’r qahramonining  cheksiz his-hayajon va ehtirosi  she’rxonga 

tajohuli  orifona  san’ati yordamida  «ul  shahd-u  shakar yo  labmudur?»- 

tarzida gavdalantiriladi. Misradagi mazmun quyidagicha: Yo rab, u asal- 

u  shakarday  shirin  mo'jizalar  ma’shuqaning  til  uchida  omonat  tuigan 

labimikin?  Bunday  tasvir  o'quvchining  tuyg'ulariga  ta’sir  etmay 

qolmaydi,  albatta.  Shoir  tajohuli  orif—

bilib,  bilmaslikka  olish  badiiy 

san’atiga tayanib, ma’shuqa dudog'larining ehtirosli tasvirlarini chizishga 

erishadi. Ikicinchi misra o'sha fikmi yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Unda qalbni kuchli tug'yonga keltiruvchi ehtirosli savol: «Yoki sevgilim 

asal-u  shakar yalabdimikin?»-  shaklida tadrijiy  rivojlantiriladi.  Keyingi 

satrlaida esa ma’shuqa qosh-u ko'zining tajnis-u tajohuli orif hamda istiora 

san’atlari  vositasida  go'zal  tasviri  hosil  qilinadi:  «Ma’shuqa  jonimga 

qo'shaloq  novaklami  otish  niyatida kiprik о‘qlarini  qoshi  kamoniga 

yoylabdimikin?»  Ayonlashadiki,  ulug'  shoiiga  mahbubaning  kamon 

shaklidagi ikki qoshi va ulaiga o'q yanglig' tutashib turgan uzun kipriklari 

hamda lablarining payvasta-bog'liqligi o'ziga xos hazil-mutoyiba qilish 

imkonini yaratgan. «Yo labmudur» qofiyadosh so'zlarining ma’nolari esa 

quyidagcha:  l.«Yolabmikin?».  2.«Yalabdimikin?»  3.  «Yoylabdimikin?» 

Tahlil  etilgan  she’r  ma’shuqa  go'zal  jamolining  o'ziga  xos  qochirim, 

hazil-mutoyiba hislari uyg'unligida tasvirlashning mahsuli sifatida vujudga 

kelgan bo'lsa, shoiming «Bormag'in» tajnisli so'zlarining qofiyalanishidan 

hosil  bo'lgan  tuyug'ining  ijod  etilishida  oshiq  va  ma’shuqaning  o'zaro 

munosabatlari, mahbubaning o'jar-u qaysarligi mavzu sifatida tanlangan:

www.ziyouz.com kutubxonasi



Necha  dedim  ul  sanamg‘a  bormag‘in,

Qilmadi  ul  tark oxir bormog‘in.

Munchalik xudroylik ko‘rgazdi  ul,

Aql  hayrat  qildi,  tishlab  barmog'in  (5,  519).

Tuyuqning ilk bayti she’r qahramoni va uning sevgilisi orasidagi o‘zaro 

bahslashuv, kelishmovchilikka o‘xshash bir mayl tasviri asosida qurilgan. 

Unda oshiqning maslahat-u fikriariga qaysarlik bilan munosabatda bo'luvchi 

ma’shuqaning sarkashlik xususiyatlari badiiy tajassumini topgan. Dastlabki 

misra  ishqda  sobir,  sadoqatli  oshiqning  o‘tinch-u  pandlari  ifodasidan 

iborat: «Necha dedim ul sanamg'a bormag‘in». She’rxonda haqli bir savol 

paydo bo'ladi:  Ma’shuqa qayerga bormoqchi-yu,  rashk olovida yongan 

oshiq uni o‘sha yo‘ldan to‘xtatmoqchi? Misra tajohuli orif san’ati asosida 

qurilgan.  Go‘yo  ma’shuqa  ag'yorga  peshvoz  chiqmoqchi,  biroq  uning 

bunday niyati, tabiiyki, oshiqqa ma’qul emas va shu bois u yuragini qon 

qilib, sevgjlisini o'sha harakatdan qaytarishga urinib ko'radi. Biroq ma’shuqa 

uning  pandlarini  nazarga  ilmaydi  oshiqning  mahbubasi  o'jarligidan 

shikoyati  keyingi  misrada  oshkora  aytiladi:  «Qilmadi  ul  tark  oxir 

bormog'in.» Tuyuqning keyingi baytida aql timsolidan juda o'rinli istifoda 

etilganligiga guvoh bo'lamiz. Seviklining bunchalik o'jariik qilganini ko'rgan 

«aql hayratdan barmog'ini tishlaydi».  So'nggi misradagi qofiyadosh so'z 

«barmog'ini»  ma’nosini  ifodalab  kelgan.  Ayni  paytda  ushbu  satrdagi 

«barmog'ini  tishlab»  iborasi  kuchli  hayratlanish  ma’nosini  anglatadi. 

Mazkur  iboraning  aql  bilan  yonma-yon  tutilishi  va  aql  timsolining 

jonlantirish  badiiy  tasviriy  vositasini  hosil  qilishi  misralarda  go'zal 

manzaralaming  gavdalanishi  uchun  zamin  hoziriagan.  Yuqorida  zikri 

o'tgan adabiy san’atlar qatoriga iyhomning  qo'shilishi  she’r nazokatini 

shoyon qilish va  muallif yuksak mahoratini  ko'rsatishga xizmat  qilgan. 

Shunday qilib, ulug' shoir tuyuq ijod etishda faqatgina tajnisli so'zlaming 

turli ma’no qirralaridan foydalanibgina qolmay, bunday janrdagi asarlarida 

nihoyatda  topqirlik  bilan  qo'llangan  tamsil-u  qayroqi  iboralarning 

mazmun-mohiyatiga  tayanib,  mazkur  adabiy  shaklning  mumtoz 

namunalarini ijod etdi, desa mubolag'a bo'lmaydi.

Alisher  Navoiy  she’riy  merosining  yana  bir  namunasi  chiston 

(lug'z)lardir. Adabiy istiloh sifatida «lug'z» arab adabiyotida,  «chiston» 

esa fors-tojik adabiyotida keng qo'llanilgan.  Turkiy adabiyotda esa bu 

atamalar  bir-birining  ma’nodoshi  bo'lganligi  bois  nazmiy  topishmoq 

tarzida yozilgan asarlarni nomlashda ikkalasidan ham foydalanilgan.

O'zbek xalq og'zaki ijodida topishmoq janrining ko'plab she’riy va

www.ziyouz.com kutubxonasi



nasriy  shaklda  ijod  etilgan  namunalari  uchraydi.  Ulaming  aksariyati 

istiora (metafora)li topishmoqlardir. Bu adabiy janming vujudga kelishida 

istiora badiiy san’atining ulushi nihoyatda kattadir. Istiora ko‘chimning 

bir  turi  bo'lib,  uning  talabiga  ko'ra  badiiy  asarda  o'xshagan  narsa 

(mushabbih)  o'rnida  o'xshatilgan  narsa  (mushabbihun  bih)  yoki 

o'xshagan narsaning ba’zi xususiyatlari qo'llanadi. Natijada she’rxonning 

zehnini  imtihon  qiluvchi  topishmoq,  o'zbek  mumtoz  adabiyotidagi 

chiston (lug'z) janri ijod etiladi. Alisher Navoiyning «Badoyi’ ul-vasat» 

devonidan o'rin olgan o'nta lug'z ham mana shu usulda yaratilgan bo'lib, 

ular  qalam,  tanga,  igna,  miqroz  (qaychi),  o'q,  anor,  bel,  yumurtqa 

(tuxum),  poki  (ustara)  parvona  singari  to'qqiz  narsa-buyum  va  bir 

hasharot (parvona)ga bag'ishlangan.

Lug'z va chiston so'zlari she’ming mazmuniga nisbatan qo'llangan 

adabiy istilohdir. Ulug' shoir chistonlarining barchasi qit’a shaklida ijod 

etilganligi  fikrimizni  quwatlantiradi.  Alisher  Navoiyning  lug'z  ijod 

etishdagi mahorati hamda ushbu janming o'ziga xos xususiyatlari bilan 

tanishish  maqsadida  shoiming  «miqroz»  («qaychi»)  nomi yashiringan 

chistonini tahlil jarayoniga tortamiz:

Ne  qushlar erkin  alarkim,  birardurur qanoti,

Qanotining  uchida har birisiga  minqor.

Biror ayog‘Iari  ham bor-u  turfaroq  bukim,

Ayog'  uchida  biror ko'z ham  ettilar izhor.

Qachon  ayog‘larin  almashtururlar,  ul  soat 

Qanot  urarg'a bo'lurlar  tuyurdek tayyor.

Qanot  ko'p  urmoq  ila qari  ucbarlari yo'q,

Ucharda garchi qaridur alarg'a istizhor (5.  510).

Yuqoridagi she’rning birinchi baytida chiston bag'rida «yashiringan» 

ashyo qushga o'xshatiladi. Keyin esa uning shakli turli o'xshatilmishlari 

qiyosida tasvirlanadi.  Matn bilan to'liq tanishgan o'quvchi baytlardagi 

bir-birini  to'ldirib  bomvchi  o'xshatilganlarning  nomi  satrlarda  sir 

saqlangan narsa bilan o'xshash jihatlarini xayolida gavdalantira boradi. 

Jumladan,  bu  qushlaming  qanoti  «birardurur»  so'zi  bilan  izohlanishi 

qaychining  matoning  kesadigan  qismlari  bir-biri  bilan  jipslashib 

qolganiga ishoradir. Aslida ulaming ikkita ekanligi «Qanotin uchida har 

birisiga  minqor»  misrasida  ifoda  etilgan.  Minqor—tumshuq  bo'lib, 

qaychining  uchlari  shakliy  o'xshashlik  asosida  qushning  tumshug'iga 

qiyoslanadi.  Qizig'i  shundaki,  bu  qushning  har  bir qanotida  bittadan 

tumshug'i  bor.  Shunday  qilib,  o'xshatilmishlar vositasida  qaychining

www.ziyouz.com kutubxonasi



o‘quvchi  tasawur qШshi  mumkin bo'lgan bir qismi to'la tasvirlanadi.

Qaychining ikkinchi qismini lug‘zda ifoda etish uchun o'xshatilgan 

qushning  oyoqlari  hamda  ko'z timsollaridan  foydalaniladi.  Chistonda 

nomi  yashiringan  qush,  ya’ni  qaychining  oyoqlari  ham  o'zgacha, 

ulaming  turfaligi  shundaki,  qushning  oyoqlari  uchida  uning  bittadan 

ko'zlari ham borligi zuhur etib turadi. Ayonlashadiki, qushning oyoqlari 

qaychining kishi tomonidan tutiladigan qismini, ko'zlari esa barmoqlar 

o'tkaziladigan teshiklami anglatadi. Bu bilan shoir istiora badiiy san’ati 

asosida qaychining suratini to'la chizishga muvaffaq bo'ladi. Endigi navbat 

uning  xususiyatlari  bayoniga yetadi.  Lug'zning  uchinchi va  to'rtinchi 

baytlari  ana  shu  xususiyatlar  bayoniga  bag'ishlangan.  Ularda 

tasvirlanishicha,  bu  qush  qachon  oyoqlarini  almashtfrsa,  xuddi  qanot 

qoqib uchishga tayyorlanganday tuyuladi. Qushning parvoz qilishiga garchi 

«qari»  (qo'l  uchlari)unga  homiylik  qilsa  ham,  u  har  qancha  qanot 

qoqmasin, baribir, «bir qari» (qo'l uchidan tirsakkacha bo'lgan masofa) 

ham  ucholmaydi.  Bu  bilan  shoir  qaychi  qismlarining  ochib-yopilishi 

qo'llar ishtirokida amalga oshirilishiga ishora qiladi. Natijada lug'z bag'rida 

yashiringan  narsaning  nomi  miqroz  (qaychi)  ekanligi  zehni  o'tkir 

o'quvchiga  ayonlashib  qoladi.  Alisher  Navoiy  sohir  qalami  mahsuli 

bo'lgan  boshqa  lug'zlari  ham  she’rxonni  mantiqiy  fikrlashga  undashi 

bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

8.4.  Alisher  Navoiy-qasidanavis

Alisher  Navoiy  qasida janrida  ham  ijod  etgan  ulug'  shoirdir.  Bu 

buyuk  so'z  san’atkorining  «Badoyi’  ul-vasat»  devonidan  o'rin  olgan, 

turkiyda  bitilgan  mashhur  «HiloUya»  qasidasidan  tashqari,  fors-tojik 

tilida  ijod  qilingan  «Sittai  zaruriya»  («Olti  zarurat»),  «Fusuli  arbaa» 

(«To'rt  fasl»)  nomli  qasidalar  turkumi  ham  mavjud.  Nomlari  qayd 

etilgan  ikki  turkum  quyidagi  o'n  qasidadan  tarkib  topgan.  Shulardan 

mana bu olti qasida «Sittai zaruriya»ga tegishlidin «Ruh ul-quds» («Рок 

ruh»,  132  bayt),  «Ayn  ul-hayot»  («Hayot  chashmasi»,  106  bayt), 

«Tuhfat  ul-afkor»  («Fikrlar tuhfasi»,  99 bayt),  «Qut ul-qulub»  («Qalb 

ozuqasi»,  120  bayt),  «Minhoj  ul-najot»  («Qutilish  yo'li»,  138  bayt), 

«Nasim  ul-xuld»  («Jannat  shabbodasi»,  129  bayt).  Quyidagi  qasidalar 

esa «Fusuli  arbaa»  tarkibidan o'rin olgan:  «Saraton»  («Yoz»  71  bayt), 

«Xazon» («Kuz», 33 bayt), «Bahor» («Bahor», 57 bayt), «Day» («Qish» 

70  bayt).  Bu  ikki  turkum  qasidalami  taniqli  olim  Hamid  Sulaymon

www.ziyouz.com kutubxonasi



birinchi bo'lib arab va joriy yozuvda nashiga tayyorladi (Qarang: Alisher 

Navoiy. Sittai zaruriya. «Adabiy meros». Hujjat va tadqiqotlar. Toshkent: 

«Fan»,  1968,  1-son,  194-282-  betlar;  Alisher  Navoiy.  Fusuli  arbaa. 

«Navoiyga armug'on».  (Nizomiy nomidagi Davlat pedagogika instituti 

ilmiy to'plami). Toshkent,  1968).  Shuningdek, «Fusuli arbaa» turkumi 

va «Ruh ul-quds» qasidasi keng o'quvchilar ommasiga alohida majmualar 

shaklida taqdim etildi  (Qarang: Alisher Navoiy,  Fusuli arbaa.(Qasida. 

Matn va o'zbek tilidagi nasriy bayon). So'z boshi, nasriy bayon va lug'atlar 

bilan  nashrga  tayyorlovchi  R.Vohidov,  G.  Boltayeva.  Buxoro,  1998; 

Alisher Navoiy.  Ruh ul-quds.  .(Qasida.  Matn va o'zbek tilidagi nasriy 

bayon).  So'z  boshi,  nasriy  bayon  va  lug'atlar  bilan  nashrga 

tayyorlovchilar: R.Vohidov, N.Bekova. Toshkent: «O'zbekiston», 2002).

Ulug'  so'z  san’atkori Alisher Navoiyning  1469-yil  14-aprel  (hijriy 

873  1- shawol) ramozon hayiti kuni turkiyda ijod etilib, ulug' hukmdor 

Sulton Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan o'tkazilgan 

tahniyat  (shohni  muborakbod  etish)  marosimida  ilk  bor  tantana 

ishtirokchilariga taqdim etilgan  mashhur «Hiloliya»  qasidasi shoiming 

nihoyatda teran badiiy tafakkuri va taxayyulining mahsulidir. Qasida 91 

baytdan tarkib topgan, uning matla’ va maqtaida yangi oy-hilolga ishora 

qilinadi.  Jumladan,  asaming ilk bayti  o'quvchining  diqqatini  samoga, 

aniqrog'i,  hilolga  qaratish  niyatida bitilganligini  ilg'ash  mumkin:

Chun  nihon qildi turunji  mehr rahshon  taPatin,

Oshkor  yetti falak bir taqvi g'abg'ab hay’atin  (5.  477).

Ulug'  shoir  qasidasining  matlasidanoq  tantanavor  kayfiyatni  aks 

ettirish  niyatida  samoviy jismlaming  timsollarini  insonlarday  harakat 

jarayonida ko'rsatadi hamda istiora san’atiga tayanib, hilolni yangi nom 

bilan ataydi.  Misralarda ifodalangan ma’no falakda juda kamdan-kam 

kuzatiladigan ulug'vor bir holat vujudga kelganidan darak beradi. Quyosh 

olmasi  (quyosh  olmaga  qiyoslanadi)  o'zining  porloq yuzini  yashirishi 

bilan falak o'zining baqbaqaga o'xshash jismini namoyon qiladi. Bundagi 

baqbaqaga monand holat hilolning samoda yog'du sochib turgan paytida 

uning doirasida sodir bo'lgan manzaraga qiyoslanadi. Asaming maqtaida 

hilol  va  islomiy  hayit  bayrami  Sulton  Husayn  Boyqaroning  tahniyat 

kuniga to'g'ri kelgani bois ulaming yanada muqaddaslashganiga diqqat 

qaratiladi:

Yangi  oy-u iyd  ikki  qullug‘ching o'lsun,  aylagan 

Sen hUol oning otin,  bayram bu yerning kunyatin.  (5.  483).

Bayt bag'riga singdirilgan ma’no  quyidagicha:  «Yangi  oy va hayit

www.ziyouz.com kutubxonasi



sening  itoatgo'ying,  sanogo'ying  (maddohing)  bo‘lishsin,  chunki  sen 

uning otini  hilol,  ikkinchisining  nomini  bu  yerning bayrami  qilding». 

Yangi  oyning  hilol  nomini  olishi  va  yangi  davming  (Sulton  Husayn 

Boyqaro hukmronligining), hayitning bayram deb atalishi esa poyindor 

xursandchilikning  boshlanishidan  darak  beradi.  Ulug‘  shoir  orzusiga 

ko‘ra,  zamon  hukmdori  taxtga  chiqqach,  yurtga  mana  shunday 

shodiyonalarni,  albatta,  baxsh  etadi.  Qasidaning  «Hiloliya»  tarzida 

nomlanishining  zamirida  ham  ana  o'shanday  osoyishtalik  va 

farovonlikning debochasiga ishora mavjud.

«Hiloliya»  qasidasi  mazmun-mohiyati  va  badiiyatining 

mukammallashuvini  uning  voqeiy  asar  ekanligi  ham  ta’min  etgan. 

Qasidadagi voqealar to‘rt asosiy obraz atrofida aylanadi: shoir, Atorud 

(Merkuriy  sayyorasi,  mifologiyaga  ko'ra,  ayni  yulduz  shoir  va 

yozuvchilar homiysi  sanaladi),  ulug'  shoiming sevgilisi va shahanshoh 

Husayn  Boyqarolar  shular  jumlasidandir.  «Hiloliya»ning  yetakchi 

qahramoni ulug‘ shoiming o'zidir. Asar muallifi  iydi akbar — ramazon 

hayiti  tunida  to‘qqiz  falak:  Oy,  Atorud,  Zuhra  (Nohid,  Venera), 

Quyosh,  Mirrix  (Mars),  Mushtariy  (Yupiter),  Zuhal  (Saturn),  falaki 

savobit  (turg'un  yulduzlar,  ya’ni  samoning  buijlar joylashgan  o‘mi), 

falak  ul-aflokni  (Arsh va  Kursining  falakdagi  o‘mi)  sayr qiladi.  Ulug' 

shoir  samoviy  jismlar  timsollarining  mifologiyaga  ko'ra  anglatgan 

ma’nolarini ulkan taxtga endi o'tirayotgan hukmdor tahniyatiga xizmat 

qildiradi. Jumladan, ijodkorlar homiysi bo'lgan Atorud-qasidago'y shoir: 

nafosat va go'zallik ramzi bo'lgan Zuhra— sozanda,  mutrib;  Quyosh— 

sham’  (tunda  Quyoshning  bo'lmasligi  nazarda  tutilib,  u  podshoh 

haramining  eng xilvatini  ham sham’  bo'lib yoritish  maqsadida pastga 

tushgan);  jang-u  jadal  timsoli  bo'lgan  Mirrix—  yasavul;  falak  qozisi 

Mushtariy—maddoh  va  duogo'y;  falaki  savobit-  shohning  bayram 

dasturhoni;  falak  ul-aflok  esa—shoh  raqqoslari  o'ynayotgan  singari 

qiyoslardan anglashilgan  mazmun asosida baytlar bag'riga singdiriladi. 

Ulug'  shoiming  tungi  sayri  davomida  Atorud  bilan  istiqbollashshish 

(peshvoz chiqish) manzarasining olib kirilishi qasidaga yangi rah baxsh 

etib, uni tutilmagan toza ma’nolar bilan boyishiga xizmat qilgan. Atorud 

shoh  madhi  va  tahniyati  shodiyonalariga  bag'ishlab  quyidagi  matlani 

o'qiydi:

«Ey,  sening  qoshing qilib zohir yangi oy xijlatin,

V-ey, yuzung sharmanda aylab iydi akbar tal’atin».  (5. 479).

Atoruddan bu baytni «eshitgan» ulug' shoiming rashki tug'yon qila

www.ziyouz.com kutubxonasi



boshlaydi  va  o‘z  tab’ining  nimalarga  qodirligini  ayon  qilish  niyatida 

shoh  madhiga bag'ishlangan  quyidagi javob baytini  o'qiydi:

«К-ey,  qoshingning  rashld ajiab xam yangi  oy qomatin,

Iydi ruxsoring qilib nobud bayram ziynatin». (5. 480).

Bu  rangin  misralami  «eshitgan»  Atomd  xijolat  chekib  lol  qoladi. 

Ulug'  shoir  bu  ulkan  ijodiy  g'alabadan  zavqlanib,  uyga  qaytganida, 

sevgilisi ko'kda bayram hilolini ko'rib, xursandchilik qilish uchun kelgan 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling