B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


va oshig'ini kutib turgan ekan.  Ulug' shoir faxriyadan foydalanib o'zi va


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71

va oshig'ini kutib turgan ekan.  Ulug' shoir faxriyadan foydalanib o'zi va 

Atorud bitgan zavqli misralami qalbida iftixor tuyib sevgilisiga o'qib beradi. 

Go'zal mahvash esa shoirdan eshitgan baytlari evaziga shirin tabassum 

hadya  qilib  qo'yadi  va  ijodiy  musobaqadan  chetda  qolishni  istamagan 

ma’shuqa oldidagi  qalamni  olib,  bir soat  muhlat  o'tmay,  ulug'  shoimi 

hayrat—hayajonga soluvchi quyidagi misralami yaratishga muyassar bo'ladi: 

«К-ey,  yuzung zohir qilib bayram sabohi  safvatin,

Anda qoshing aylabon paydo yangi oy hay’atin»  (5.  480).

Bunday najib lavhalardan ulug' shoir «behol-u masru’» bir holatda 

shoh  saroyiga  keladi  va  shu  ma’noda  boshqa  bayt  yozish  mumkin 

emasligini da’vo qilib, Atomd, o'zi va mahbubasi bitgan baytlami o'qiydi. 

Shoh kulib,  o'zining  nozik tab’i  mahsuli bo'lgan quyidagi badihaning 

yangi baytini majlis ahliga yetkazadi:

“Shoh Abulg'oziy saodat axtari Sulton  Husayn,

Kim,  quyoshni zarra der ko'rgan sipehri hashmatin”(5.  481).

Yuqorida  keltirilgan  ayrim  lavhalardan  ko'rinadiki,  Samarqandda 

yashayotgan  ulug'  shoir  Xuroson  davlati  atrofida  sodir  bo'layotgan 

ijtimoiy-siyosiy  voqealarni  o'ta  sinchkovlik  bilan  kuzatarkan, 

maktabdosh  do'stining  ulug'  g'alabasiga  katta  ishonch  bilan  qaragan. 

Ayni kurashlaming intixosi tahniyat marosimiga olib kelishi muqarrarligi 

avliyosifat shoirga tobora ayonlashib  qolgan.  U  «Sayqali  ro'yi zamin» 

Samarqandda «Hiloliya»day go'zal asami bunyodga keltirish uchun puxta 

hozirlik  ko'rgan.  Nihoyat,  1469  yil  navro'zi  arafasida  Amir  Shayxim 

Suhayliyning  «Iydiya»  va  Alisher  Navoiyning  «Hiloliya»  qasidalari 

yaratiladi.  «Iydiya»  forsiyda,  «Hiloliya»  turkiyda  ibratli  ijodiy 

hamkorlikning  dilbar namunasi  sifatida  ro'shnolik  ko'radi.  Ta’kidlash 

joiz,  garchi  «Hiloliya»  ulug'  shoiming  yagona  turkiy  qasidasi  bo'lsa- 

da,  biroq  unda  qo'llangan  mutlaqo  yangi  uslubiy jilo,  teran  falsafiy 

mazmun,  betakror  san’atkorlik  tufayli  shunday  yuksak  mahorat 

pag'onasiga  ko'tarilganki,  ayni  she’riy janrda  bunyod  qihngan  o'nlab 

she’rlar bilan bemalol raqobat qila olish qudratiga egadir.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Qasidada  Sulton  Husayn  Boyqaro  tarixiy  shaxslikdan  badiiy  asar 

qahramoni darajasiga ko'tarilib, juda zo'r ehtiros bilan madh qilinadi. 

Shoh  saodat  yulduzi  yanglig‘  porloqdir.  Uning  ulug'vorligi  nazdida 

quyosh  bir  zarra  bo'lib  ko‘rinadi.  Shu  tariqa  ulug4  shoir  hukmdomi 

samoviy jismlar timsollaridan foydalangan holda uning o'ta mubolag'aviy 

badiiy tasvirini chizishga erishadi. Alisher Navoiy «Hiloliya»da o‘zi orzu 

qilgan shoh timsolini  Husayn  Boyqaro  qiyofasida ko'rsatistiga harakat 

qiladi.  Shoir nazarida mazkur hukmdor shohlar darveshi-yu datveshlar 

shohidir. U suratini shoh, siyratini darvesh maqomida tutganligi uchun 

ham yuksak ehtiromga loyiq zotdir.  Shunday tantanavorlik,  ko'tarinki 

kayfitni  o‘zida  aks  ettirgan  misralar  va  yuqorida  ko'chirilgan  maqta’ 

noyob badiiy mahorat  namunasi bo'lgan  qasidaga yakun yasaydi.

Alisher Navoiyning ikki turkum qasidalari ham ana shunday ehtirosli 

baytlardan  tarkib  topgan.  «Sittai  zaruriya»dagi  badiiyat  namunalari 

falsafiy,  ilohiy-irfoniy,  axloqiy-ta’limiy  mohit  kasb  etib,  ular Anvariy, 

Xusrav  Dehlaviy,  Xoqoniy  Shervoniy,  Abdurahmon  Jomiy  va 

Sharqning  boshqa  buyuk  shoirlarining  qasidalariga  tatabbu’  sifatida 

yaratilgandir.

«Sittai zaruriya» tarkibidagi uchinchi forsiy qasida «Tuhfat ul-afkor» 

bo'lib,  Amir  Xusrav  Dehlaviyning  «Daryoi  abror»,  Nuriddin 

Abdurahmon Jomiyning «Lujjat ul-asror» asarlari ta’sirida dunyoga kelgan. 

Alisher Navoiy  «Xamsat  ul-mutahayyirin»  asarida  mazkur qasidaning 

yaratilishi tarixiga doir qiziqarli lavhalar keltiradi. Xuroson davlatining 

vaziri  a’zami  lavozimida  faoliyat  ko'rsatayotgan  ulug'  shoir  Marvga 

qilishi  lozim  bo'lgan  rasmiy  safari  oldidan  (1476-yilda)  Maxdumi 

Nuran ziyoratiga kiradi. Suhbat jarayonida Abdurahmon Jomiy «Lujjat 

ul-asror»  qasidasini Alisher Navoiyga  beradi.  Ulug'  o'zbek shoirining 

o'z taklifi bilan Amir Xusrav Dehlaviy «Daryoi abror»iga javobiya tarzida 

yozilgan bu  qasida unga  (Alisher Navoiyga)  favqulotda ta’sir etadi va 

shu  tabarruk  dargohda  ushbu  she’rga  tatabbu’  qilish  niyati  tug'iladi. 

Nihoyat,  Hirot  —  Marv  safari  davomida,  ot  ustida  to'qson  to'qqiz 

baytdan  iborat  shoh  qasida  «Tuhfat  ul-afkor»  dunyoga  keladi.  Asar 

chindan  ham jo'shqin  ilhom,  ulkan  ehtiros  va  zavqning  mahsulidir. 

Mulohazalarimiz muallaq qolmasin uchun o'sha dilbar qasidaning shoh 

baytlaridan  birini  nazardan  o'tkazaylik:

Ba  dahoni  xushku cbashmi  tar qanoat kun  az on-k,

Har ki qone’ shud ba xushku tar, shahi bahr-u bar ast.  (20.  230) 

Mazkur misralar mamlakat podshohiga murojaat yo'sinida yozilgan.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Podshohi qanoat va qone’likni turmush tarziga aylantiigan yurt gul-gul 

yashnaydi.  Ammo  hayot  hamisha  ham  insonga  gul  tutmaydi.  Gulni 

suyuvchi qalb uning tikani zahriga dosh bermog'i zarur.  Shohlik faqat 

ishrat emas,  saltanat o'z-o'zicha turmaydi va shukuh paydo qilmaydi. 

Uning  zarbalari,  qon  yuttirishlari,  iztirob-u  tashvishlari  (og‘iz-quruq 

ko‘zlar-yoshli) borki, sabr-u qanoat ila o‘shalarga bardosh bergan fahm- 

u farosat bilan ulami bartaraf eta olgan shohgina Alloh inoyatiga muyassar 

va  katta  sarhaddagi  (bahr—dengiz,  bar—samara,  tuproq usti-quruqlik) 

mamlakatning  sohibidir.  Qone’  va  qanoatlilik  faqat  podshohninggina 

emas,  barchaning  (shoh-u  gadoning)  ham  kunlik  fazilatiga  aylangan 

yurt nurafshondir...

«Sittai  zaruriya»  bag‘rida  kelgan  to‘rtinchi  asar  «Qut  ul-qulub» 

qasidasi bo'lib, shu haqda ozroq mulohaza yuritish bilan cheklanamiz. 

240  misradan  iborat  manzuma  Hakim  Anvariyning  shu yo'nalishdagi 

falsafiy-irfoniy  qasidasi  tavrida-tatabbu’ida  yaratilgan.  Tavr-tatabbu’ 

Alisher Navoiyning o'z e’tirofidir.  Biroq bunday qaydlar ulug'  o'zbek 

shoiri qalamidan chiqqan asarlaming ijodiyligiga, ohoriga qilcha bo'lsin, 

ta’sir ko'rsata olmaydi. «Qut ul-qulub» tagdor ishoralarga, ko'p ma’noli 

majoz-u tashbehlarga,  teran tafakkurga undovchi  ibora-yu  istilohlaiga 

boyligi  bilan  diqqatni jalb  qiladi.

Ana o'shanday badiiyat zamirida yashirin g'oyaviy niyatni «fano va 

baqo o'rtasidagi masofa, oliy xilqat—insonning unga munosabati» tarzida 

umumlashtirish  mumkin.  Dunyoga  kelish,  tug'ilish  haq,  tabiiy-ilohiy 

qonuniyat ekan, unga vido aytish, fano qa’riga singib, yo'q bo'lib ketish, 

o'lish ham muqarrardir. Baqo—mangulik inson peshonasiga bitilmagan. 

Qur’oni karimdagi xabarga qaraganda,  Luqmoni hakim ming yil,  Nuh 

alayhis-salom  ham  shunga  yaqin  umr  ko'rishgan.  Biroq  ularga  ham 

dunyoning  ustuni  bo'lib  yashash  nasib  etmagan.  Rivoyat  qiladilar, 

zulmat tubida pinhon obi hayot — tiriklik suvini Iskandari Maqduni va 

Xizr alayhis-salom birga izlashgan.  Iskandar qolib,  Hizr payg'ambarga 

o'sha  majoziy  obi  hayot  nasib  bo'lgani  uchun  ham  ul  zoti  bobarakot 

ezgulik tug'i ostida yaxshilik urug'ini sochishda davom etayotgan ekanlar... 

Alisher  Navoiy  bunday  hikmat-u  rivoyat,  hikoyat-u  haqiqatlardan 

ko'pini  bilgan.  o'shalardan  qaysigadir  ixlos  bilan  qaragan,  ishongan, 

ba’zilarini  shubha  ostiga  olib  inkor  qilgan.  Shundan  bo'lsa  kerak, 

qasidaning  butun  matnini  bosiq,  sokin  va  o'ychan  kayfiyat  egallab 

olgan.  Uning  har  bir  so'zidan  falsafiy  mushohada,  ogohlikka  da’vat 

ruhi anqiydi.  Ulug' shoir insonga qarata urg'u ila yozadi:

www.ziyouz.com kutubxonasi



Jahonki  marhalai  tangi  shohrohi  fanost,

Dar o‘  majo'y iqomat, ki rohi shoh-u gadost.  (20. 257).

Ushbu misralami quyidagicha o‘zbekchalashtirish mumkin: Dunyo 

ayvoni  inson  uchun  muqim  manzil  emas—o'tkinchi.  U  fanoga  olib 

boruvchi shoh ko'chadagi muvaqqat bekatni eslatadi. Bekat esa hamisha 

omonatdir.  Unda uzoq turish niyatida bo'lganlar qattiq yanglishadilar. 

Negaki,  shoh yo‘1 chetidagi bekat tafovutni bilmaydi.  U  shohni ham, 

gadoni  ham  birday  qabul  qilib,  kuzatishga  mo'ljallangandir.  Dunyo 

ayvoni—harakatdagi  karvon.  Bo'ynida  qo‘ng‘irog‘i  bor  nor  tuyalar 

hamisha safarda. Daftari a’molidagi sehrli bitikka ko'ra, navbat— banavbat 

fanodan baqo olamiga ketish davom etadi... Alisher Navoiyning bunday 

qarashlaridan noto'g'ri xulosaga kelish yaramaydi, albatta. Qasida muallifi 

mo‘min-musulmonlami  uzlatga,  go'shanishinlikka  da’vat  etayotgani, 

o‘lishdan burun o'limga ham undayotgani yo'q.  Ul zoti mukarram ikki 

jihatdan  bunday  g‘oyani  ilgari  surolmas  edi.  Birinchidan,  Alloh 

marhamati  bilan  Odam  Ato  zurriyotlari  uchun  taqdir  qilingan 

ne’matlardan  butkul  yuz  o‘girib,  go'shaga  kirish  islomiy  e’tiqod 

ahkomlariga  rost  kelmaydiki,  ulug*  shoirning  unga xayrixohlik  qilishi 

mumkin emas edi. Ikkinchidan, Alisher Navoiy naqshbandiya tariqatiga 

mansub bo'la turib, «Dil ba yor-u tan ba bozor», «Dil ba yor-u.dast ba 

ког» kabi solikning o‘z luqmai halolini tanti qo‘l mehnati bilan topishga 

chorlovchi  hayotsevarlik  g'oyalarini  inkor  qilolmasdi,  albatta.  «Qut 

ul-qulub»  keyingi  satrlarining  mutolaasi  muallifning tayanch g'oyaviy 

niyatini oydinlashtirish  imkoniyatini  hozirlaydi.  Buning uchun bayt-u 

satrlarda qo‘llangan tazod san’ati kitobxon uchun ko‘makka keladi. O'sha 

badiiy-tasviriy vosita yordamida  fano  va  baqoning  qirralari juda ko'p 

hayotiy  lavhalar,  tabiiy,  tarixiy,  ilohiy,  adabiy,  afsonaviy  istiloh-u 

dalillami  keltirish,  yuzlashtirish  orqali  ochib  beriladi.

Nahang  agarchi  buvad qahramoni  kishvari bahr,

Ba kirmi obie az xud fuzun hamesha g'izost.  (20.  259).

Nahang (akula) dengiz-u okeanning eng katta hayvoni va o'zini o'sha 

makonning egasi,  yagona sohibi hisoblaydi. Atrofida o'rmalab yuruvchi 

ko'p sonli suv qurtchalarini  nazar-pisand  ham qilmaydi. Ammo vaqt-u 

soati  kelib,  u  ana  shu  qurtchalaming  yemiga aylanishini xayoliga ham 

keltirmaydi.  Tashbeh  uchun  nahangning  tanlanishi  tasodifiy  emas. 

Shunday urinish negizida katta hikmat,  ibrat bor. Xuddi shunday gapni 

suv qurtiga nisbatan ham aytish o'rinlidir. Fano olamida hamma narsaning 

sarhad-u  o'lchovi  bor.  Bu  hukm  jismoniy,  ruhiy,  ma’naviy,  moddiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



ne’matlaming barcha-barchasi uchun birday tegishlidir. Pahlavonlikning 

ojizlik, yoshlikning qarilik, zebolikning xunuklik, boylikning qashshoqlik 

bilan almashinishi muqarrardir. Nahangning fojiali qismati bunga yorqin 

misol. Afsuski, bugun hamma narsani g'alamislik bilan yutuvchi bu yuho 

sifat maxluq ertaga yutilish navbati o'ziga yetishini unutib qo'yadi... Keyingi 

baytda ganj va ajdarho timsollariga duch kelamiz. Og‘zaki va yozma badiiy 

adabiyot namunalarida bular hamisha yonma-yon keladi. Xazina bor joyda, 

albatta,  ajdarho  paydo  bo'ladi.  Bu  maxluq  xazinadagi  javohirotni 

yutmaydi,  ammo undan bahra oladi.  Biroq tirik ekan,  uni birovga ravo 

ko'rmaydi... Ulug' shoir esa bu maxluqqa doir hukmini ham e’lon qiladi: 

hire ham fano. Xazina siljiydi, ajdarholar esa kelib-ketishda davom etadi. 

Biroq  ulug'  shoiming  muddaosi  dahshatli  maxluqlar qismatini  yoritish 

emas. Ulug' shoiming nigoh-u nidosi esa insonga, uni nafs-u hirs domidan 

qutqazish,  g'aflat  uyqusidan  bedor qUishga  qaratUgandir.

Suxan  mago'y zi  anqo,  Id har kio‘  qone’  shud,

Farozi  Qofi qanoat bidon kio‘  anqost.  (20.  259).

Qo'hi  Qof,  unga  anqo  urug'ining  bo'lishi  haqidagi  afsona  qadimiy. 

Ulug' shoir esa o'sha sayyor va an’anaviy afsonaga yangi niyat bilan murojaat 

qilgan.  O'zi yo'q anqoni izlashdan murod hosil bo'lmaydi.  Undan ko'ra 

qanoatga zo'r berish ma’qul. Nahang-u ajdarhoning fojiasidan xulosa qilmoq 

va  hirs  o'pqoniga  tushmaslikka  intilmoq  insonni  Qo'hi  Qofdan  ham 

yuksakroqqa ko'tarib qo'yadi.  Ustma-ust tabiiy misollaiga murojaat etish, 

fojiiy  qismatlami  ro'kach  qilishdan  ulug'  shoiming  ko'zlagan  muayyan 

maqsadlari  ham  yo'q  emas.  Insonning  yashashi  uchun  moddiy  отШаг 

juda zarur.  Uni inkor qilish hayotni tan olmaslik bilan barobardir.  Biroq 

ma’naviy-ma’rifiy omillarsiz ham inson hayoti qashshoqlashib qolmaydimi? 

Fikrimizcha, Alisher Navoiyning qalbi va tafakkuridan-da shunday savollar 

tez-tez o'tib tuiganligi tufayli o'sha bezovtalik ruhi uning barcha nazmi-yu 

nasriy asarlariga  ko'chgan.  Shu jihatdan  «Sittai zaruriya»ning xotimaviy 

qasidasi «Nasim ul-xuld»dagi  mana bu misralar e’tibomi tortadi:

Chunin  gulshan  naboshad  g'ayri bog'i  ma’rifat,  ey dil,

Ki kard orosta  az bahri  komil  sun’i yazdonash.

Chi komil  on ki  az  ta’limhoi in  muallim  yoft,

Sharaf vayronai zohir,  zaxoir ganji pinhonash.  (20.  300).

Dil yayraydigan,  zavq-u shavqqa to'ladigan notakror gulshan — bog'

- ma’rifat bog'idir. Unda hamma uchun birday yo'l yo'q. Yazdon bu bog'ni 

komil  insonlar go'shasi  sifatida  zebo  oro  berib  qo'ygan.  Alisher Navoiy 

talqinicha,  haqiqiy  komillik,  donishmandlik  ilohiy  ma’rifat  orqaligina

www.ziyouz.com kutubxonasi



shakllanishi mumkin. Shu g'oya ulug' shoiming (katta-yu kichik, nasri-yu 

nazmiy,  ilohiy-u  dunyoviy)  barcha  asarlarida  ko‘rinib  qoladi.  «Sittai 

zaruriya»da hukmron mavzu darajasiga ko'tariladi. Islom ruknlari, shar’iy 

talablar go'zal  badiiy  libosda  yuksak  shoirona  ifodasini  topadi.  Bunday 

notakror  saboqlaming  muallifi  ham  notakrordir.  U-Allohdir.  Qasidalar 

turkumida, ko'chiiganimiz iqtibosda ham komil insonning zohiriy va botiniy 

olami muvozanatiga alohida e’tibor beriladi. Zohir—dabdabadan xoli, ammo 

axloqiy qiyofa—sharafli. Yuzadagi sokinlik—botindagi ma’rifiy zahira tufayli 

ko'rkamdir.  Zero,  u—pinhon.  Komillik—sokinlik,  har damda  hush bilan 

qadamni nazarda tutmoqlikdir. Shunday saodatga muyassar fuqarolari bor 

yurtning istiqbolida buyuklik nuri porlaydi...

8.5.  «Devoni  Foniy»ning  tuzilishi, janriy  tarkibi  va  g'oyaviy-badiiy

xususiyatlari

Adabiyotimiz tarixida Alisher Navoiyning tabarruk nomi zullisonayn 

ijodkor sifatida ham qadrlidir.  Shoir bu sharafli unvonga boy ma’naviy 

merosi tufayli sazovor bo'ldi.  U fors-tojik tilini puxta bilibgina qolmay, 

qadimiy  an’analarga  boy  bu  tilning  imkoniyatlaridan  ham  durustgina 

xabardor  edi.  Buni  ulug'  adibning  «Muhokamat  ul-lug'atayn»  asari 

to'la  tasdiq  etadi.  Asar  forsiy  va  turkiy  tillar  bilimdonining  shu  ikki 

lisonning  ichki  imkoniyatlarini  o'zaro  qiyoslash  asosida  bildirgan 

umumlashma-xulosalari  zaminida vujudga  keldi.  Shuningdek,  Alisher 

Navoiyning fors-tojik tilidagi asarlari «Devoni Foniy» (Ba’zi manbalarda 

to'plam  «Devoni  forsiy»  tarzida  ham tilga olinadi.  Bunday nom  ilmiy 

haqiqatga zid) nomi bilan mukammal bir to'plam tusini oldi. Devonning 

mundarijasi xususida muallifning o'zi «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida 

shunday mulohaza yuritadi:  «Yana forsiy g'azaliyot devoni Xoja Hofiz 

tavridakim, jami’  suxan  adolar va  nazm  piyrolar nazarida  mustahsan 

va matbu’dur,  tartib beribmankim,  ko'prak ul hazrat she’riga tatabbu’ 

voqe’  bo'lubtur.»  (Alisher  Navoiy.  Asarlar.  14-tom,  125-bet) 

Ko'chirganimiz parchadan «Devoni Foniy»ning ikki muhim xususiyati 

ayon bo'layotir. Bulardan birinchisi, shu to'plam tarkibidagi asarlaming 

aksariyati  Xoja  Hofiz  Sheroziy  g'azaliyotiga  tatabbu’  qilinganligi 

hisoblanadi.  Ikkinchisi,  to'plamga  kiritilgan  she’rlar  miqdorining 

(misralar  sonining)  olti  ming  baytdan  ziyodroq  ekanligidir.

Alisher  Navoiy  o'zining  bu  devoniga  daxldor  qaydlarini  davom 

ettirar ekan, yozadi: «Va ba’zi hazrati Shayx Muslihiddin Sa’diyg'akim

www.ziyouz.com kutubxonasi



g‘azal  tavri  muhtariidur.  Va  ba’zi  Mir  Xusravg'akim,  ishq 

otashkadasining shu’la angizidur va dard g‘aribxonasining ashkrezi. Va 

ba’zi  hazrati  Maxdumi  Nurang'akim,  kamol  avjining  mehri  lomiidur 

va mazkur bo'lg'on azizlar holatining jamiiki, bu devon xaloyiq orasida 

shoe’dur va  ro'zg'or ahlining tab’lari  ul sari  roje’  va  anda  ko'p  turluk 

dilkash  adolar  va  dilpazir  ma’nolar  voqe’durki,  tafsili  bu  faqirdin 

munosib emas». (0 ‘sha asar. 125-bet) Alisher Navoiy musulmon mintaqa 

she’riyati shuhratini Sharq-u G'arbda tanitgan yetuk ijodkorlar haqida 

gapirar ekan,  u birgina jumlada ular nazmining o‘ziga xos xususiyatini 

ta’kidlashga  erishadi.  Shuningdek,  shoir  «Devoni  Foniy»  tarkibidagi 

nazmiy janrlami ham ma’lum qiladi. Shoir qaydlariga ko‘ra, bu to'plam 

tarkibida g‘azal, qit’a, ruboiy, masnaviy, ta’rix, lug‘z, qasida, musaddas 

kabi janrlarda bunyod etilgan she’rlar jamlangan. Shu bilan bir qatorda, 

ko‘pchiligi Abdurahmon Jomiy e’tiboridan o'tkazilgan besh yuzga yaqin 

muammolar ham  «Devoni  Foniy»  tarkibidan  o‘rin  olgandir.

«Devoni Foniy»ning ikkita Parij, ikkita Turkiya, ikkita Hirot va bitta 

Tehran kutubxonalarida saqlanayotgan nusxalari mavjud. Adabiyotshunos 

Hamid Sulaymon o‘z tadqiqotlarida sanab o'tilgan qo'lyozmalar o'rtasida 

«Devoni  Foniy»ning  Parij  nusxalari birmuncha  mukammal  ekanligini 

e’tirof  etadi.  Akademik  B.Valixo'jayev  ana  shu  nusxalar  asosidagi 

«Devoni Foniy» tarkibidagi she’rlaming quyidagicha janriy tarkibga ega 

ekanligini  ma’lum  qiladi:

«1. Debocha; 2. Qasida—10 ta; 3. G‘azal-554 ta; 4. Musaddas-lta; 5. 

Marsiya—lta;  6.  Qit’a—72  ta;  7.  Ruboiy—73ta;  8.  Ta’rix—16  ta;  9. 

Muammo—373 ta;  10.  Lug'z—9ta.  Demak,  devondajami  1109 ta asar 

bo'lib, ulaming umumiy hajnii 6179 baytni tashkil etadi». (B.Valixo'jayev. 

Mumtoz  siymolar.  Toshkent:  A.Qodiriy  nomidagi  xalq  merosi 

nashriyoti,  2002,  122—bet).  Olim  devonning  mukammal  nusxasi  hali 

aniqlanmaganligini  asosli  dalillar  vositasida  izohlaydi:  «Bu  o'rinda 

Alisher Navoiyning forsiy tildagi muammolar soni haqida «besh yuzga 

yaqin muammo»  (MAT.  20-tomlik,  16-tom,  32-bet)  degani e’tiborga 

olinib,  bu  Parij  nusxalaridagi  muammolar  soni  (373  ta)  bilan 

solishtirilsa, unda Parij nusxalari ham «Devoni Foniy»ning mukammal 

nusxalari  bo'la  olmasligini  ko'rsatadi.  Bu  fikmi  Alisher  Navoiyning 

«Muhokamat ul-lug'atayn»da forsiy she’rlari janrlari qatorida masnaviyni 

eslatishi va bu janrdagi asaming Parij nusxalarida uchramasligi yana bir 

karra tasdiqlaydi.  Demak,  «Devoni  Foniy»ning  mukammal  nusxasini 

aniqlash hali davom etmoqda»  (O'sha asar.  122-bet).

www.ziyouz.com kutubxonasi



«Devoni Foniy»ning mazmun va mundarijasini belgilashda «Ixtirolar» 

va  «0 ‘ziga  javob  aytadi»,  «Na’t»,  «Zamon  ahli  tanqidiga  doir», 

«Zamonaning bevafoligi xususida nasihatlar», «0‘sha tavrda», «Oldingi 

uslubda»,  «Mav’iza»,  «Ba’zi  azizlaiga  tatabbu’»,  «Maxdum  she’riga 

javob»,  «Amir  Xusrav  Dehlaviy  g'azaliga  tatabbu’»,  «Maxdumning 

Xoja tavridagi g‘azaliga tatabbu’»  singari  sarlavhalar muhim ahamiyat 

kasb etadi. «Devoni Foniy»dagi she’rlar mavzu doirasi, g'oyaviy-badiiy 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling