B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


qimmati, nafisligi va til boyligi jihatidan «Xazoyin ul-maoniy» qatoridan


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71

qimmati, nafisligi va til boyligi jihatidan «Xazoyin ul-maoniy» qatoridan 

o‘rin olishga sazovor.  Bu ayniqsa,  Navoiy—Foniyning muxtarelarida— 

ixtiro  g'azallarida  yorqin  ko'zga  tashlanadi.  Yuqoridagi  sarlavhalar 

shoiming javobiya yo tatabbu’ tarzida aytilgan g'azallariga tegishli bo'lib, 

ulardan  tashqari,  devon  tarkibida  bevosita  Alisher  Navoiyning  o‘z 

kashfiyoti  bo'lgan  muxtare’-ixtiro  g'azallar  ham  talaygina  uchraydi. 

Ko'rinadiki, g'azal shoiming turkiy devonlarida bo'lgani singari «Devoni 

Foniy»da ham yetakchi janr sifatidagi mavqeini saqlab qolgan. Shundan 

kelib chiqib aytish mumkinki,  muxtare’  va tatabbu’ g'azal namunalari 

bilan  yaqindan  tanishish  «Devoni  Foniy»  haqida  umumiy  tasawur 

hosil  qilishga  imkon  beradi.  Hamid  Sulaymon,  Abdug'ani  Mirzoyev, 

Rasul  Hodizoda,  Shoislom  Shomuhammedov,  B.Valixo'jayev,  Rahim 

Vohidov,  E.Shodiyev,  Alisher  Shomuhammedov,  Yoqubjon  Ishoqov 

kabi  adabiyotshunos  olimlar  «Devoni  Foniy»ga  bag'ishlangan  ilmiy 

tadqiqotlarida ulug' shoiming forsiy she’rlari ham turkiyda bitilgan ko'p 

sonH  asarlari  singari  mazmun-mohiyati,  badiiyati  nuqtai  nazaridan 

g'oyatda qimmatli ekanligini e’tirof etadilar. Bu, ayniqsa, Alisher Navoiy 

g'azalliyotiga xos bo'lgan musaisallik—fikmi tadrijiy rivojlantirish uslubi 

forsiy devon tarkibidagi g'azallaming vujudga kelishi uchun ham asos 

bo'lganligida  yaqqol  ko'zga  tashlanadi.  «Devoni  Foniy»dagi  ixtiro 

g'azallarga  mansub  bo'lgan  quyidagi  voqeaband  g'azal  ham  yuqorida 

qayd etilgan navoiyona uslubning mahsulidir:

Rasid  on  parichehra  mastona  imshab,

Zi  masti  maro  soxt devona imshab.

Maro  kulbai  bexudi-yu junun  shud 

Az on  partavi  ro‘  parixona imshab.

Zi  sham’e  tajaШ  namud on,  ki  megasht,

Maloyik  ba  davrash  chu  parvona  imshab.

Zi  ganji  visolash  imorat paziruft,

Maro  kunji  toriki  vayrona  imshab.

Zi  shavqi  mai vasli  o‘  bud nazdik,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ki  pur sozadam  charx paymona imshab.

Ba bomu daram az  pai  in  tamosho 

Furo‘  rexta  xeshu  begona  imshab.

Ba  in nash’ai ishq-u  may gasht  Foni,

Hama umr devona,  tanho  na  imshab.

Mazmuni:

U parichehra bu kecha mast bo'lib keldi,

Mastlikdan meni bu kecha devona qildi.

Bu kecha mening bexudlik va jununiy kulbam 

Ul panning chehrasi sochgan nurdan parixonaga aylandi. 

Bu  kecha  qandaydir  bir  sham’  nur  sochdiki,

Malaklar uning  atrofida  parvonadek  aylanar edi.

Bu kecha u (mahbuba)ning vasl xazinasidan 

Qorong'u,  xaroba  kulbam obod bo'ldi.

Bu  kecha uning vasli mayining shavqidan 

Falak paymonamni  to‘ldirayozdi.

Bu kecha shu tomosha uchun tom-u eshiklardan 

Qarindosh-u begonalar yopirilib tomosha qilgani kelishdi. 

Foniy bu ishq va may nash’asi bilan 

(faqat)  bu  kechagina  emas,  bir  umr  devonadir.

(Navoiy. Asarlar. 5-tom,  1-kitob.  102-103-b) 

Ko‘rinadiki,  ushbu  g'azalning  matlaidan  maqtaigacha  ishqiy 

kechinmalar  qalamga  olinadi.  Matlada  mahbubaning  mastona  yurib 

kelishi,  buni  ko'rgan  oshiqning  telbalarcha  raftori  ustida  gap  boradi. 

Ikkinchi  baytda  o'sha  ruhiy  holat  tasviri  davom  ettiriladi.  Oshiqning 

xaroba  kulbasi  yor jamolidan  charog'onlashib,  parixona  tusini  oladi. 

Uchinchi  baytda  oshiq  kayfiyati  haqida  so'zlanadi.  Sham’  bor joyda 

parvona  bo'ladi.  Shuningdek,  yorug'likka  maloikalar  ham  talpinadi. 

Mahbubaning jamoli yorug'idan sarmast oshiq parvona-yu  maloikalar 

vazifasini ado etadi, yor atrofida kapalakday aylanadi. To'rtinchi baytda 

oshiqning  xaroba  kulbasi  xususida  gap  boradi.  Mahbubaning  tashrif 

buyurishi bilan oshiq kulbasi o'z qiyofasini o'zgartiradi, ko'rkamlashadi. 

Beshinchi baytda she’r qahramoni—oshiq ruhiy-ma’naviy kayfiyatining 

tasviri chiziladi. Oltinchi baytda oshiq va ma’shuqa visol onlarining qo'ni- 

qo'shnilarga ta’siri borasida gapiriladi. Odatda, xonadonda xursandchilik 

bo'lsa, qo'ni-qo'shnilar unga sherik. Qulayjoy topib tomosha qilishadi: 

kim  eshikdan,  kim tomdan  o'ziga  qulay joy  topib  qaraydi.  Mahbuba 

qadamidan  obod  bo'lgan  oshiqning  xarobasi  ham  bu  oqshom  ana

www.ziyouz.com kutubxonasi



shunday tomoshagoh tusini olgan. G'azalning maqtaida oldingi baytlarda 

tasvirlangan voqealarga yakun yasaladi. Shu ma’noda maqta’ g'azalning 

xulosasi  bo'lib  xizmat  qiladi.  Yor  vasli  va  boda  kayfiyatidan  sarxush 

bo'lish  oshiq  uchun  mavsumiy,  tasodifiy  narsa  emas,  balki  doimiy 

holdir.  U umri bo'yi o'zini ana shu yo'lga baxshida etgan. Ko'rinadiki, 

Alisher  Navoiy  talqinidagi  oshiq  uchun  bulhavaslik,  qo'nimsizlik 

tamoman begona.  Zotan,  bunday holat ulug'  o'zbek shoirining tabiati 

va  tub  orzulari  uchun  mutlaqo  yotdir.  Buning  aksi  o'laroq  buyuk 

mutafakkir g'azallarida tasvirlangan oshiq irodasi,  o'z e’tiqodiga sodiq 

barcha  qiynoq  va  imtihonlaiga  bardosh  berish  uchun  tayyor  turgan 

kishi sifatida namoyon bo'ladi.

Alisher Navoiyning aksariyat tatabbu’ she’rlari Xoja Hofiz Sheroziy 

g'azallaridan ijodiy ta’sirlanish samarasi o'laroq vujudga kelgan. «Devoni 

Foniy»da  «Dar tavri  Xoja  Hofiz»,  «Tatabbui  Xoja»  sarlavhalari ostida 

talaygina javobiya-g'azallar jamg'arilgan. Ulaming miqdori haqida turlicha 

fikrlar bor.  Akademik A.Mirzoyevning yozishicha,  devonning Tehron 

nashrida  Navoiy—Foniyning  Xoja  Hofizga  tatabbulari  soni  232  tadir. 

Prof.  H.Sulaymon «Devoni Foniy»ning Fransiya Milliy kutubxonasida 

saqlanayotgan nusxasi asosida bu raqamni 237 taga yetkazadi.  (Hamid 

Sulaymon. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi tadqiqotidan. «O'zbek 

tili va adabiyoti»,  1965.5-son). Devonning Toshkent nashrida esa hammasi 

bo'lib  156 ta tatabbu’-g'azallar uchraydi. Agar yuqorida eslatilgan ikki 

olimning  ma’lumotlari  ishonchli  bo'lsa,  unda  «Devoni  Foniy»ning 

Toshkent  nashri  ham  mukammal  emas  ekan.

Xoja Hofiz—dilbar she’riyat meros qoldirgan ijodkor. Uning o'ynoqi, 

yuksak mahorat bilan yozilgan mazmundor she’riyati Sharq-u G'arbda 

dovrug'  taratdi.  Unga  eigashish,  undan  o'rganish,  mag'zli g'azallariga 

javob aytish, tatabbu’ qilish, muxammas bog'lash, hofizxonlik bazmlari 

o'tkazish  badiiy  so'z  mulkida  qutlug'  an’ana  tusini  oldi.  Shu  ro'yxat 

boshida  Alisher  Navoiyning  tabarruk  nomi  bor.  Aytilganlarga  qanoat 

hosil qilish uchun Alisher Navoiy va Xoja Hofizning bittadan g'azallarini 

qiyosiy tahlil qilish maqsadga muvofiqdir: Xoja Hofiz:

DO  saropardai  muhabbat  o‘st,

Dida  oinadori  tal’ati  o'st.

Man,  ki  sar bar nayovaram ba du kavn,

Gardonam zeri bori  minnati  o'st.

Tuv-u  to‘biv-u mov-u  qomati  yor,

Fikri  har kas  ba qadri himmati o'st.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Gar man  oludadomanam,  chi  ziyon?

Hama olam  guvohi  ismati  o‘st.

Man ki  bosham dar on haram,  ki sabo,

Pardadori  harimi  hurmati  o‘st.

Davri  Majnun  guzasht,  navbati  most,

Har kase  panjro‘za navbati  o'st.

Fikri zohir mabin,  ki  Hofizro,

Sina  ganjinai  muhabbati  o‘st.

(Hofizi Sherozi.  Muntaxabi g‘azaliyot.  Dushanbe,  1967,  sah. 46.)

Tojikistonda Xoja  Hofiz  asarlarining yana  ikki  nashri  (Dushanbe, 

1971,  1983)  amalga  oshirilgan.  Yuqorida  ko'chirilgan  g'azal  keyingi 

ikki kitobda (sah. 33, sah. 96) ham bor. Ammo mazkur g‘azal juda katta 

o'zgarishlar bilan shu kitobdan joy olgan. Birinchidan, so'nggi nashrlarda 

ko‘chirilgan  g‘azal  o'n  bir  baytdan  iborat.  Ikkinchidan,  g'azalda 

baytlarning  joylashtirilishi  shu  qadar  aralash-quralashki,  bunday 

«tahrir»ni tasawurga sig'dirish qiyin,  albatta.  So'zlaming yozilishidagi 

xilma-xillikni aytmasak ham bo'lar.  Quyidagi baytlar esa biz murojaat 

qilgan  kitobda uchramaydi,  ammo  keyingi  nashrlarda mavjud:

Mulkati  oshiqi-yu  ganji  tarab,

Har chi  doram,  zi  yumni  himmati  o'st.

Man-u dil  ar fano  shavem,  chi bok?

G'araz  andar  miyon  salomati  o‘st.

Bo  xayolash  mabod  manzari  chashm,

Z-on Id  in  go‘sha xosi xilvati o‘st.

Har guli  nav,  ki  shud  chamanoroy,

Asari  rang-u  bo‘i  so‘hbati  o‘st.

Matnshunoslik  bilan  bog'liq  bunday  chalkashliklar  Xoja  Hofiz 

taqdirida o'tmishda ham bo'lgan ko'rinadi. Alisher Navoiyning tatabbu’- 

g'azali shunday xulosaga kelish uchun asos bo'ladi.  Chunki javobiya у 

yetti  baytdan  iborat.  Navoiy-Foniyning  qurbi  o'n  bir  baytli  g'azalga 

javob aytishga ham etar edi. Biroq ulug' shoir qo'liga mazkur g'azalning 

у yetti  baytli  nusxasi tushgan  ko'rinadi:

Navoiy—Foniy:

Dar dilam  otashi  muhabbati  o'st,

Obi  chashmam zi  dudi  furqati  o'st.

Nest  dudi  dilam  ba hay’ati  sarv,

Az  dilam  rasta sarvi qomati  o'st.

Labi  Ia’Iash,  ki shud  may oluda,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Chashmam  oluda xun  zi  hasrati  o‘st.

Rahshash  abri  balo-u  lam’ai  na’l,

Dar gahi  po‘ya barqi  ofati o‘st.

Gar zalilam  ba ishq-u  may,  ey shayx,

In  mazaUat ham  az maishati  o‘st.

Bandai  pin  dayram,  ey zohid,

Ki farog‘am zi  durdi  suhbati  o‘st.

Foniy-u  dObari  xaroboti,

Ki fano  hosil ash  zi  xidmati o‘st.

Mazmuni:

Dilimda yor muhabbatining  o‘ti  bor,

Ko‘z yoshlarim  firoq  tutinidandir.

Dilimdan chiqadigan sarv yanglig'  (narsa) dilim tutini emas, 

(Balki)  dilimdan  o‘sib  chiqqan  uning  sarv  qomatidir.

U  nozaninning  la’l  lablari  mayga,  bo‘yalgan,

Ko‘zim esa uning hasratidan qonga belandi.

Uning  chaqin  sochuvchi  taqali  oti—balo  buluti-yu,

Yurish  chog‘ida u go'yo  ofat  yashinidir.

Ey  shayx,  agar  ishq  va  may  sababi  bilan  xor bo'lsam.

Bu xorlik ham Tangrining xoxishidandir.

Ey zohid,  mayxona pirining  qulidirmen,

Farog'atim esa uning suhbatidagi  may quyqasidandir.

Foniy  (bo‘lsin-u)  unga mayxona  dilbari bo'lsin,  chunki 

Uning  xizmatidan  foniylik  (yo'qlik)  hosil  bo'ladi.

(Asarlar. 5-tom,  1-kitob.  122-123-betlar) 

Ulug'  o'zbek  shoiri  ayrim javobiya-g'azallarida  an’anaviy  nazmiy 

unsurlar:  vazn,  qofiya,  radif,  timsol  va  tashbehlarni  saqlab  qolgani 

holda,  she’ming  g'oyaviy  mazmun  qirralari,  she’r  qahramoni  ruhiy 

holati va g'azal ohangini o'ziga manzur yo'nalishda davom ettiradi. Ayrim 

javobiyalarida esa nazirachilikning an’anaviy shakliy unsurlari batamom 

ko'zga tashlanmaydi. Bu fikr yuqorida keltirilgan tatabbu’-g'azalga to'la 

daxldordir.  Chunonchi,  Alisher  Navoiy  Xoja  Hofiz  g'azallarida 

qo'llangan atigi biigina qofiyani saqlagani holda, qolganlarini batamom 

yangilaydi. Bunday harakatni Navoiy—Foniy g'azaliga singdirilgan ayricha 

mazmun va g'oyalar taqazo etadi. Tatabbu’ g'azaldagi yangilikni faqat 

у  yetti  qofiyadosh  so'zning  almashganidan  iborat  deb  qarash  ham 

to'g'ri  emas.  Chunki  tatabbu’-g'azal  zamirida  buyuk  mutafakkiming 

shaxsiy  kuzatishlari,  o'ziga  xos  insonsevarlik  g'oyalari,  teran  hayotiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



mushohadalari yotadi. Ijtimoiy hayot va uning zeboliklariga navoiyona 

muhabbat nuri g'azal satrlariga yog'du sochadi. Xoja Hofiz g'azalining 

matlaida majoziy muhabbat haqida gap boradi. Biroq o‘sha ishq talqini 

mavhum, o‘quvchi shuuriga aniq va zudlik bilan yetib bormaydi. To'g'ri, 

Xoja  Hofiz  g‘azalidagi  faqr-u  fano,  ishqi  ilohiyga  aloqador  bo'lgan 

lahzalar ma’lum  darajada  AUsher  Navoiyning  ham  tatabbu’-g'azalida 

ko'zga tashlanadi. Biroq «Sheroz sehrgari»ga izdoshlik qilgan ulug* o'zbek 

shoiri  o'sha  an’anaviy  she’riy  ashyolami:  ishq  va  uning  mojarolarini 

ijodiy talqin qilish va yangicha jiloda tasvirlash yo'lidan boigan. Alohida 

ta’kidga sazovor nuqta shundaki, Navoiy—Foniy javobiyasida dunyoviy 

ruh, ko'tarinki hayotiy kayfiyat, insoniy muhabbat va undan zavqlanish 

ko'zga  tashlanadi.  Ayni  mulohaza  Xoja  Hofiz  va  Alisher  Navoiy 

g'azallarining umumiy ruhiyatida ohangdoshlik, uyg'unlik borligini ham 

inkor  etmaydi.  U  bor.  Chunki  har  ikkala  ulkan  iste’dod  sohibining 

maslakdosh  qilgan,  bir-biriga  bu  qadar  jipslashtiigan  bosh  omil— 

inson  va  uni  ulug'lash  mavzuidir.  G'oyaviy  yo'nalishi,  ifoda  uslubi, 

dunyoqarashda  Xoja  Hofizning  ham,  Alisher  Navoiyning  ham  o'ziga 

xosligi  borligini  e’tirof etgan  holda,  har  bir  tatabbu’-g'azalda,  o'sha 

tafovutlardan  qat’iy  nazar,  ikki  dohiy  so'z  san’atkorini  yuqorida 

eslatganimiz kabi bosh  ma’naviy uyg'unlik birlashtirib turadi.

Navoiy—Foniy  o'z  g'azallarining  ichki  tuzilishiga  alohida  e’tibor 

bilan  qaragan.  Tatabbu’-g'azal  matnida  muallifning  voqeabandlikka 

ishtiyoq  bilan  qaraganligini  his  qilish  qiyin  emas.  Tadrijga  erishmoq 

uchun  shoir  satrlarda  qo'llangan  voqea-hodisalar  va  buyumlaming 

xossalariga, shuningdek, ular o'rtasidagi mantiqiy uzviylikka amal qiladi. 

Ana  shu  zaminda  Alisher  Navoiyning  aksariyat  g'azallarida bir-biriga 

ma’no  va  mazmun  jihatidan  tutash  baytlar  vujudga  keladi.  Bunday 

misralarda gapdan-gap tug'iladi. Xoja Hofiz g'azaliga qilingan tatabbuning 

matlai  va  undan  keyingi  baytida  Navoiy—Foniyning  o'ziga xos  o'sha 

yetakchi  tasvir  uslubi  ravshan  namoyon  bo'ladi.:

Dar dilam  otashi  muhabbati  o'st,

Obi chashmam 

n  dudi  furqati  o'st.

Nest  dudi  dilam  ba hay’ati  sarv,

Az  dilam rasta  sarvi qomati  o'st.

Mazmuni:

Dilimda yor  muhabbatining o'ti bor,

Ko'z  yoshlarim  firoq  tutunidandir.

Dilimdan chiqadigan sarv yanglig' (narsa) dilim tutini emas,

www.ziyouz.com kutubxonasi



(Balki)  dilimdan  o'sib  chiqqan  uning  sarv  qomatidir.

Tatabbu’-g'azal  matlaida  ishq,  oshiqlik  va  uning  iztiroblari, 

mashaqqatlar  xususida  gap  boradi.  Hijron  azoblaridan  oshiqning  dili 

yonadi,  go'yo  unda  laxcha  cho'g'  bor.  Uning  ko'zlaridan qatra-qatra 

yoshlar  oqadi.  Buning  boiskori  ham  o'sha  olamso'z  ishq.  Oshiqning 

ma’shuqa firoqida cho'g'dek yongan yuragidan bo'rqsib tutun chiqadi. 

Achchiq  tutun  oshiqning  ko'zlariga  ta’sir  etadi,  achitadi,  yoshini 

shashqator qiladi.  Qarang,  birgina baytda  qanchalik teran  mazmun va 

voqealar tizmasi mujassam. Ayni satrlarda she’r qahramonining azoblarga 

liq to'la  ruhiy olami tasviri  ham yorqin ifodasini topgan.  Biroq,  shoir 

hali tugal yoritilmay qolgan niyatlarini ro'yobga chiqarishda qo'l kelishi 

mumkin  bo'lgan  so'z  va  tasviriy  ashyolar  bilan  g'azal  matlasidayoq 

«xayrlashib»  qo'ya  qolmaydi.  Aksincha,  ulami  sharhlash,  mohiyatini 

kengroq ochish, yoritilmay qolgan yangi-yangi qirralarini kashf qilishda 

davom etadi.  Ulug'  o'zbek shoiri o'rtaga qo'ymoqchi bo'lgan g'oyaviy 

muddaosiga  mos  tushuvchi  nozik  hayotiy  manzara  — «dildan  o'rlab 

chiqqan tutun»dir. Tatabbu’-g'azalning ikkinchi bayti ana o'sha tashbehli 

birikma asosida quriladi. Ma’lumki, mo'ridan chiqqan tutunning samoga 

«sayri» — o'rlab chiqishi kuzatishga arzigulik manzara va u rang-barang 

shakllarni vujudga keltiradi. Birinchidan, ulug' shoir oshiqning iztirobli, 

oh-u fig'onli qalbi bilan mo'ridan chiqayotgan tutun o'rtasida monandlik 

tuyadi. Masalaning yana bir nozik jihati ham bor. Xoja Hofiz g'azalining 

matlaida  ishqi  ilohiyga  ishoralar  mavjud  edi.  Navoiy  —  Foniy  ham 

tatabbuida buni nazardan qochirgani yo'q. O'sha «ko'z ostiga olingan» 

g'oyaviy niyat nafis ishoralarda o'zini ko'rsata boshlaydi. Shuning uchun 

tasvir  yo'nalishi  samoga  qarab  buriladi.  Ikkinchidan,  buyuk 

mutafakkiming  topqirligi  va  sinchkovligi  shundaki,  unchalik  nazaiga 

tashlanmaydigan ana shu oddiygina hayotiy voqeadan nafosat topgan. 

o'sha topilma bo'yoqdor,  zavq uyg'otuvchi,  ta’sirchan badiiy tashbeh 

tarzida kitobxon hukmiga havola etiladi. Alamlar girdobida qolgan oshiq 

dilidan toshib, osmonga ko'tarilayotgan tug'yon oddiy shakldagi tutun 

emas,  u  sarv  ko'rinishidadir.  Aslida u  odatiy  sarv  daraxti  ham  emas. 

Oshiq dili zaminida o'sib, parvarish topgan ma’shuqaning hushbichim, 

sarvmisol  qomati.  Daraxt  quyoshga,  nurga  intilgani  kabi  qomat—sarv 

ham osmonga bo'y cho'zmoqda.  Qarang,  qanday nozik,  ta’sirchan va 

mohirona  o'rtaga  qo'yilgan  chiroyli  tasvir!  Navoiy-Foniy  tatabbu’- 

g'azaliga  xos  bo'lgan  bunday  fazilatlami  Xoja  Hofiz  she’rlarida  ham 

ravshan  his  qilish  mumkin.  Xususan,  Alisher  Navoiy  ilhomini

www.ziyouz.com kutubxonasi



qo'zg'atgan  g'azalning  o‘n  bir  baytli  nusxalari  matlaida  tajassumini 

topgan ma’ho-mazmunning har tomonlama o'ylangan va mushohadaga 

undovchi  o'ramlarda  (pech  dar  pech)  berilganiga  qanoat  hosil  qilish 

mumkin.  Rindi  Sheroz  bu  yo'lda  donishmandlik  va  bo'liq  mahorat 

ko'rsatgan.  Tafakkur va  mantiq qudratiga tayangan,  forsiy  kalomning 

ko'p ma’nolilik xususiyatlaridan o'rinli foydalana olgan. G'azal satrlarida 

«parda»,  «oyina»,  «tal’at»,  «ikki  dunyo»  («du  kavn»),  «himmat», 

«ismat»  («poklik»),  «faqn>,  «zohir»  so'zlarining  tagdorligi  kitobxonni 

fikrlashga undaydi. Ro'yxatdan joy olgan so'zlaming misralarda qo'llanishi 

tasodifiy emas. Xoja Hofiz qasddan bu so'zlarga murojaat qiladi. Ko'ngliga 

tukkani  iddaoni  kitobxon qalbiga  ko'chirish  istagi o'sha  majburiyatini 

ado  etishga  undagan.  Ayonlashadiki,  hayotiy va  islomiy-ilohiy yoxud 

tasawufiy oqimlar boshini yagona o'zanda birlashtirish mayli lison ul- 

g'ayb  (Xoja Hofizni)  shoimi shunday yo'l tutishga undagan.  Sinchkov 

nazm shinavandasi ham u so'zlami befarq ko'zdan o'tkazib yubormaydi. 

Ayniqsa,  «du  kavn»,  «faqr»,  «tal’at»  kabi  so'zlar  fikrlashga  chorlaydi. 

Sirli  sandiq  qulfini  ochish  uchun  kalit  vazifasini  bajaruvchi  mazkur 

so'zlar  tufayli  Yer-u  Samo  o'rtasidagi  masofa  qisqaradi,  mazmun 

rishtalari  teranlikka yuz tutadi.  Borliq olami va  ruhiy dunyo  o'rtasida 

ko'ndalang turuvchi chegara chiziqlari ko'zdan g'oyib bo'la boshlaydi. 

Shuningdek,  ayrim  baytlarda tazod  she’riy san’atiga  ataylab  murojaat 

qilinishi  zamirida  ham  tasawufiy  va  hayotiy  muhabbat  manzaralari 

ifodasining qorishiq berilishini anglatishda ishoraday tuyuladi. Oshiqning 

nazarida ikki qomat—to‘bi-yu yana yor jilvasi namoyon. Har bir o'quvchi 

esa ulardan o'ziga ma’qul va maqbulini tanlab oladi. Oshiq poklik da’vo 

qilmaydi,  ammo  bunday  harakatidan  ortiq  tashvish  ham  tortmaydi. 

Chunki  u  inson  avlodiga  mansub.  Shunday  ekan,  u  qaysidir jihatdan 

nuqsonga yo'l qo'yishi mumkin. Aniqrog'i, oshiq xalqning «beayb Alloh» 

dono hikmatiga amal qiladi. Xoja Hofiz satrida ham shunga yaqin ishora 

ko'zga tashlanadi. Butun olam uning pokligiga guvohdir! G'azal misralarida" 

parda ortidagi jamol bilan aloqamand ta’kidlaming ko'chib yurishi ham 

tasodifiy emas.  Xoja Hofizday zakiy daho qalami tuhfa etgan g'azalda 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling