B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


tasodifiy so'zlaming «kezib» yurishi aqlga aslo sig'maydi. G'azal xotimaga


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71

tasodifiy so'zlaming «kezib» yurishi aqlga aslo sig'maydi. G'azal xotimaga 

tortgan sayin zabardast shoiming g'oyaviy niyati tobora qalqib yuzaga 

chiqa  boshlaydi.  Ishq  azoblari  bobida  Majnun  navbatining  o'tganligi, 

borliq dunyosining fano—besh  kunligiga daxldor gaplar hali g'azalning 

yakuni emas. Aslida yakunga— matlaga ravshanlik kirituvchi maqtadagi 

xulosaga  o'tish  uchun  tayyorgarlikdir:  Xoja  Hofizning  zohiran  bu

www.ziyouz.com kutubxonasi



dunyodan voz kechish haqidagi gaplariga qarama, aslida uning siynasi— 

yuragi ma’shuqa muhabbatiga xazinadir! Qarang, qanday tagdor va teran 

mushohadaga  da’vat  etuvchi  xulosa.  Bunday jumboqli  yakundan  har 

kim o‘ziga keragini oladi. Yana o'ylab qolasan, bu ta’kid naqshbandiya 

tariqatining  «dil  ba уог-u  dast  ba  ко г»  talab—tamoyiliga amaliy javob 

emasmi?  Garchi,  Xoja  Hofizning bu tariqatga aloqasi ayon bo'lmasa- 

da, o‘shanday xulosalar misralar zamiridan sizilib chiqadi.  Masalaning 

bu  tomoni  oyin-u  tariqatlar  tabiatida  kuzatiladigan  mushtarak 

jihatlaming amal qilganligi bilan izohlansa, ajab emas. Ana o‘sha jihatlari 

uchun  ham  Alisher  Navoiy  Xoja  Hofiz  g'azaliyotining  maftuni 

bo‘lmadimikin? Foniy—Navoiyning tatabbu’-g‘azallarida yorqin ko'zga 

tashlanadigan  yana  fazilat-oddiy  hayotiy  voqealardan  go'zal  badiiy 

umumlashmalar  chiqarishda  namoyon  bo'ladi.  Aytilgan  gapni  tahlil 

qilayotganimiz g'azal misolida ham ravshan his etish mumkin. Tatabbu’- 

g'azalda ma’shuqa tashqi qiyofasining ayrim chizgilari beriladi. Ayniqsa, 

yoming labi tasviriga diqqat qilinadi. Sharq xalqlari adabiyotidagi an’anaga 

ko'ra, ma’shuqaning labi haqida gap ketganda, ko'pincha u la’lga nisbat 

beriladi.  Navoiy—Foniy  ham  shu  shakllangan  an’anaga  rioya  qiladi. 

Ko'rganimiz  satrlarda  ifodalanishicha,  yoming  la’l  misol  labi  mayga 

bo'yalgan. La’l  qizilcha,  may  esa  tiniq  qip-qizil. Ikki  rang  birlashib 

to'q qizilni vujudga keltiradi. Mahbuba labining bunday jozibasi oshiqqa 

xush  yoqadi.  Shuning  uchun  oshiqning  halovati  yo'qoladi.  Gap  lab 

ta’rifida ketar ekan, yana bir nozik jihatni eslatishga to'g'ri keladi. Ulkan 

shoir  yor  labining  faqatgina  rangin  tasvirlash  bilan  kifoya  qilmaydi. 

Go'zal  misraga  «mayga  bo'yalgan»lik  ishorasini  kiritish  bilan  satrlar 

o'rtasida mantiqiy zanjimi vujudga keltirgan.  Ikkinchidan,  shu kichik 

bir  urinish  bilan  labning  ko'rk-u  tarovatini  kuchaytirishga  erishgan. 

Negaki,  nami  qochgan  bo'yoqdan  ko'ra,  obdor  rang,  qaqragan  labga 

qaraganda, namli labning joziba va dilkashligi chandon baland bo'ladi.

Navoiy-Foniy  g'azal  misralaridagi  tashbehli  iboralarning 

muvozanati,  mutanosibligiga  jiddiy  diqqat  qiladi.  Tahlil  etilayotgan 

g'azaldagi mayolud lab va qonga to'lgan ko'z tasvirida shunday urinishni 

yaqqol  ko'rish  mumkin.  Tahlil  qilayotganimiz  she’riy  qatorlarda  turli 

ishoralarda  davr  jarohatlarini  «qistirib»  o'tish  hodisasi  ham  ko'zga 

tashlanadi.  Mayolud  labning  qonga  qiyoslanishi,  ko'zlaming  qonga 

to'lganligi va yosh o'rnida qon tomishi lavhalari zamirida «Gahi toptim 

falakdin  notavonliq»,-deya  o'z  zamonasidan  zorlangan  ulug'  shoir, 

uning jafokash zamondoshlari iztiroblari yotmadimikin? Shunday qilib,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Navoiy—Foniy  barcha  tatabbu’-g'azallarida,  ulaming  deyarli  hamma 

misralarida  o‘rtaga  qo‘yilgan  masalalarga  ijodiy  qarash,  zakiyona 

munosabat mujassam. Mutafakkirona g'oyalar, teran mazmun, navoiyona 

mushohada  o'rtaga  qo'yilgan  muammolar  yechimida  sobitqadamlik, 

insondo'stlik o‘sha asarlaming mag'z-mag'ziga singdirilgandir.

Alisher  Navoiyning  maqtaga  xotimaga  kelish  yo'lida  Xoja  Hofiz 

g'azalida kuzatganimiz tasvir uslubiga mayl seziladi.  Navoiy —Foniyga 

fanoning uyqash qilinishi, xarobotga moyillik,  o'sha g'aribona kulbani 

yoqtiradigan dilbarga xizmat qilishni sharaf bilish zamirida yashiringan 

mazmun g‘oyat  keng  qamrovlidir.  Masalaning bir uchi  esa  qanoat va 

qone’lik,  faqirona  turmush  tarziga  bog'lanadi.  Shuningdek,  dabdaba- 

yu sun’iylikdan  xoli  turish,  niyat va qalbning pokligi,  shuhrat va mol- 

u mulkka hirs bilan qarash illatiga o't ochish tuyg'usiga borib ulanadi. 

Bular  Alisher  Navoiy  qalbini  rom  etgan,  umr  bo‘yi  uni  shu  yo‘lda 

xizmat  qildirgan  ezgu  niyatlar  edi.  Yuqorida  qisman  qiyosiy 

o'rganganimiz ikki g'azaldan ravshan bo'ladiki,  tatabbuchilik an’anasi 

Alisher Navoiyning nihoyatda cheksiz badiiy salohiyati imkoniyatlarini 

jilovlab qo'yaqolmagan. Ulug' o'zbek shoiri loqaydona taqlid qoliplarini 

yorib,  ijodiy kenghklarga ko'tarilgan.  Ana shu hukmni Alisher Navoiy 

qalami hadya etgan barcha tatabbu’-g'azallar, fors-tojik adabiyoti ulkan 

arboblarining  eng sara asarlari  tavrida  vujudga  kelgan she’rlariga  ham 

taalluqli desak, xato bo'lmas.  Bu va shunga o'xshash qator fazilatlariga 

ko'ra  «Devoni  Foniy»  Alisher  Navoiy  adabiy  merosining  eng  qadrli 

manbalaridan  biridir.

M avzuni 

mustahkamlash  uchun  savollar

1. Alisher Navoiy she’riy merosining asosini qaysi manbalar tashkil 

etadi?

2. Ulug' shoir devonlari, ulaming tartib berilishi tarixi, janriy tarkibi 

haqida so'zlang.

3.  Alisher Navoiy she’riyatidagi  mujoziy va ilohiy ishq  mohiyatini 

nima  tashkil  etadi?  «Majozdin  manga  maqsud  erur  haqiqiy  ishq» 

misrasini izohlang.

4. Ulug' shoir g'azaliyotidagi yetakchi uslubiy jilolar haqida nimalami 

bilasiz?

5. Alisher Navoiy g'azalnavislikda kimlami o'ziga ustoz deb bilgan? 

Shoiming  nazmda  shakl  va  ma’no  mutanosibligi  xususidagi  adabiy- 

tanqidiy qarashlarini izohlang.

www.ziyouz.com kutubxonasi



6.  Musalsal va mustaqil baytlardan tarkib topgan g'azallaming bir- 

biridan farqli jihatlari  nimalarda  namoyon bo'ladi?

7. Shoiming «Yordin ayru ko'ngil mulkedurur sultoni yo‘q» misrasi 

bilan boshlanuvchi g'azalida  qanday mavzular qalamga olinadi?

8. Kichik she’riy asarlar: qit’a, ruboiy, tuyuq, chiston (lug'z)laming 

janriy xususiyatlari haqida gapirib bering.

9.  Alisher  Navoiyning  qaysi  asarlari  tarkibida  qit’alar  mavjud  va 

shoir  o'z  qit’alariga  xos  xususiyatlar  haqida  qanday  mulohazalarini 

bayon  etgan?

10.  Shoir ruboiylarining yetakchi mavzui nimalarda ko'rinadi?

11. Alisher Navoiyning qit’a, ruboiy singari janrlarga nisbatan tuyuq 

janrida kam asarlar ijod  etganligining sababi  nimada deb o'ylaysiz?

12.  Shoiming chistonlarida nimalar yashiringan?

13.  Alisher  Navoiy  turkiy  va  forsiy  tillarda  qanday  qasidalar  ijod 

etgan?

14. «Hiloliya» qasidasining yozilishi tarixi va voqeabandligini tashkil 

etuvchi lavhalar hamda yetakchi  obrazlari  haqida so'zlang.

15.  «Devoni Foniy»ning qo'lyozma nusxalari, janriy tarkibi haqida 

nimalar  bilasiz?

16. «Devoni Foniy»dagi sarlavhalar nimani anglatadi?  Muxtare’ va 

tatabbu’-g'azal deganda nimani tushunasiz?

Mavzuga  oid  tayanch  tushunchalar

«Ilk devon». «Badoyi’ ul-bidoya». «Navodir un-nihoya». «Xazoyoin 

ul-maoniy».  Nasriy  asarlardagi  she’riy  parchalar.  G'azal.  Ruboiy. 

Muxammas. Mustazod. Musammat. Musaddas. Tarje’band. Tarkibband. 

Qit’a. Lug'z—chiston. Muammo. Fard. Masnaviy. Qasida. Musamman. 

Soqiynoma. Ishqi majoziy. Ishqi ilohiy. Musalsal g'azal. Voqeaband g'azal. 

Mustaqil baytlardan tashkil topgan g'azal. «Hiloliya». «Sittai zaruriya». 

«Ruh  ul-quds».  «Ayn  ul-hayot».  «Tuhfat  ul-afkot».  Ag'yor.  «Qut  ul- 

qulub». «Minhoj ul-najot». «Nasim ul-xuld». «Fusuli arbaa» «Saraton». 

«Xazon». «Bahor». «Day». «Devoni Foniy». Muxtare’-g'azal. Tatabbu’- 

g'azal. Tavr. Ixtiro. Mahbuba...

Adabiyotlar

1.Alisher  Navoiyning  adabiy  mahorati.  Maqolalar  to'plami. 

Toshkent:  «Fan»,  1993.

2.Alisher Navoiy. Lirika (Tuzuvchi :N.Mallayev, 3-nashri). Toshkent: 

«O'qituvchi»,  1992.

www.ziyouz.com kutubxonasi



3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 1-6-tomlar. Toshkent: 

«Fan»,  1997-2000.  (Iqtiboslarda jild va sahifalar ko‘rsatib borilgan).

4.Alisher Navoiy. G'azallar. Sharhlar. Toshkent: «Kamalak»,  1991.

5. Abdug‘afforov.A. «Xazoyin ul-maoniy» jumboqlari. «0‘zbek tili va 

adabiyoti».  1995,  1-son,  10-18-betlar

6. Valixo‘jayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi 

xalq  merosi  nashriyoti,  2002,  85-129-betlar.

7.  Vohidov  R.,  Ne’matov  H.,  Mahmudov  M.  So‘z  bag‘ridagi 

ma’rifat.  Toshkent:  «Yozuvchi»,  2001.

8. Jumaxo'ja N. Satrlar silsilasidagi sehr. Toshkent: «0‘ituvchi», 1996.

9.  Mallayev  N.  0 ‘zbek  adabiyoti  tarixi.  Toshkent:  «0‘qituvchi», 

1976,  380-419-betlar.

10.  Shayxzoda M. Asarlar. 6 tomlik, 4-tom. Toshkent:  G‘.G‘ulom 

nomidagi  adabiyot  va  san’at  nashriyoti,  1972,  195-234-betlar.

11. O'zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik, 2-tom. Toshkent: «Fan»,  1987, 

82-201-  betlar.

12.  Hayitmetov.A.  «Xazoyin ul-maoniy»  devoni tahlili va  Husayn 

Boyqaro.  «O'zbek  tili  va  adabiyoti»,  1998.  1-son,  7-10-betlar;  Yana 

Alisher Navoiy uslubi muammolari. «0‘zbek tili va adabiyoti».  1999,  1- 

son,  26-28-betlar.

13. Hasan.N. XVI asr o'zbek adabiyotida Yassaviy an’analari. «0‘zbek 

tili va adabiyoti». 2004, 2-son, 26-34-betlar.

14.  Haqqul I.  Kamol et kasbkim. Toshkent: «Cho‘lpon»,  1991.

15. Haqqul I. Tasawuf va she’riyat. Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi 

Nashriyot-matbaa birlashmasi,  1991.

www.ziyouz.com kutubxonasi



IX-BOB

SHARQ  XALQLARI  ADABIYOTIDA  XAMSACHILIK  AN’ANAS I 

YA ALISHER  NAVOIY  “XAMSA”SI

9.1.  Xamsachilik  an’anasi  va Alisher Navoiy  «Xamsa»sming 

yaratilishi  tarixi

Sharq xalqlari adabiyoti tarixida beshlik dostonlar turkumining bunyod 

etilishi  an’anasi  Alisher  Navoiy  dunyoga  kelgunga  qadar sal  kam  uch 

yuz yillik jarayonni boshidan kechirdi. Ozar xalqining suyukli va salohiyatli 

farzandi  Ilyos Yusuf o'g'li  Nizomiy Ganjaviy  (1141-1205)  «Panj  ganj» 

(«Besh  bebaho  xazina»)  asarining  yaratilishi  musulmon  olami  badiiy 

so'z san’ati tarixida  inqilobiy hodisa,  mo'jizaviy voqea bo‘ldi.  Forsiyda 

dunyo  yuzini  ko'rgan bu besh  ma’naviy xazina qalam sohiblari qalbini 

junbushga soldi, ular uchun chinakam ijodiy bahs va mahorat darajasini 

belgilashning  sinashta  tamal  toshiga  aylandi.  Shunday  qilib,  Nizomiy 

Ganjaviyning mo'jizakor qalami tuhfa etgan  «Panj ganj»  Sharq xalqlari 

adabiyoti tarixidan xamsachilik an’anasiga asos bo'lgan asar sifatida o'rin 

oldi.  Xamsa ijod etish besh doston yozish bo'libgina qolmay,  bu adabiy 

janrga xos bo'lgan me’yorlar bevosita  «Panj  ganj»ning xususiyatlaridan 

kelib  chiqib  belgilandi.  Bunga  ko'ra,  dostonlaming  nomi, janri,  vazni, 

voqealar tizimi, qahramonlari va tuzilishi bilan Nizomiy Ganjaviy beshligi 

talab—tamoyilariga monand bo'lishi, shuningdek, yangi ijod etilgan xamsa 

ulug'  ozar  shoiri  shoh  asarining  takrori  yoki  taqlidiy  nusxasi  bo'lmay, 

balki mavzu va g'oyalari, badiiyati nuqtai nazaridan tamomila yangi asar 

bo'lishi talab etilardi.  Bulardan tashqari, xamsa muallifi so'z san’atining 

ilohiy qudratini teran his qilgani  holda uning  ravnaqini yanada yuksak 

cho'qqUaiga ko'tarishga o'z asari bilan xizmat qilmog'i lozim edi. Sharq 

adabiyotida bu nihoyatda murakkab va o'ta talabchan an’anaga aylanib 

qoldi. Musulmon mintaqa xalqlari adabiyotida bu adabiy janming vujudga 

kelishi sabablarini taniqli adabiyotshunos olim, akademik B.Valixo'jayev 

quyidagicha  izohlaydi:  «Xamsa  deb  ataluvchi  asarlaming  maydonga 

kelishigacha,  ya’ni  XII  asrgacha  bo'lgan  davrda  turkum  qissa  va 

dostonlardan  iborat  «Kalila  va  Dimna»,  «Sindbodnoma»  (Ro'dakiy), 

«Shohnoma» (Firdavsiy), «Qutadg'u bilig» (Yusuf Xos Hojib) kabi forsiy 

va turkiy tillarda bitilgan turkum asarlar mavjud edi.

Eslatilgan asarlaming ayrimlari bir syujetli («Qutadg'u bilig») bo'lsa, 

boshqalari  ko'p  syujetli  («Kalila  va  Dimna»,  «Shohnoma»)  asarlardir.

Xuddi ana shu davrda xamsa o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan

www.ziyouz.com kutubxonasi



badiiy janr  sifatida  shakllandi.  Shuning  natijasida  u  ham  bir  syujetli, 

ham  ko‘p  syujetli  hamda  syujetsiz—maqolatlardan  iborat  asarlardan 

tashkil  topdi,  ya’ni  qurilishi jihatidan  ko‘p  qirrali janr  bo'ldi.  Uning 

asosiy mavzusi ham insonning ko'p qirralari faoliyatini badiiy obrazlar 

misolida aks ettirishdan iboratdir»  (Valixo'jayev  B.  Mumtoz siymolar. 

Toshkent,  2002,  131-bet).

Ko'rinadiki,  xamsa  inson  kamolotining  serqirra jihatlarini  o'zida 

to'la  in’ikos  etish  imkonini  hosil  qilgan  adabiy janr  sifatida  vujudga 

kelib, bir va bir necha syujetli asarlarga xos bo'lgan xususiyatlami o'zida 

mujassam etdi va ijodkoming yana o'sha komil inson xususidagi falsafiy, 

ilohiy-irfoniy, ijtimoiy— siyosiy, axloqiy—ta’limiy qarashlarini mufassal 

bayon etishi uchun tarkibida mavjud bo'lgan syujetsiz maqolatlar bilan 

mukammallashdi. Ayni choqda xamsa tuzilishiga aloqador bo'lgan bunday 

unsurlarbir— birini taqozo qilishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, Shayx 

Nizomiyning  «Panj  ganj»i  «Maxzan  ul-asron>  («Sirlar  xazinasi») 

sarlavhali  dasturiy  doston  bilan  boshlanadi.  Mazkur  asar  tarkibidagi 

maqolat-u hikoyatlar uning «Panj ganj»ining barcha dostonlari uchun 

rejanoma vazifasini  o'tashini ta’min etgan.  Ana shu shoh  asarda xalq 

maqollari  kabi  sayqallangan  va  lo'nda  xulosalar  tarzida  teran  badiiy 

ifodalangan  dolzarb  umuminsoniy  mavzu— muammolar  turkumning 

«Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft paykar» («Y yetti go'zal»), 

«Iskandamoma» kabi masnaviylarida mantiqiy badiiy tajassumini topadi. 

Shuning  uchun  ham  zohiran  alohida—alohida  va  mustaqil  dostonlar 

maqomida ko'zga tashlanuvchi bu asarlar uchun ana o'sha «mustaqillik» 

o'ta nisbiy tushunchadir. Ular, bizningcha, barcha a’zolari bir—biri bilan 

uzviy aloqador, yaxlit, yagona jismni eslatadi. Aslida ana shu bosh tamoyil 

xamsaning  Sharq  xalqlari  adabiyoti  tarixida  mustaqil janr  maqomida 

ko'rinishining  tayanch  omilidir.

Shayx  Nizomiydan  keyin  undan  o'iganish,  uni  ustoz  deb  bilish, 

ilg'or adabiy an’analarini davom ettirish adabiyot olamida asrlar osha 

turli shakllarda yashab keldi. Buyuk Nizomiyga izdoshlik qilish an’anasiga 

doir ma’lumotkmi umumlashtirgan holda uch katta yo'nalishga ajratish 

mumkin:

l.«Panj  ganj»ga  to'la  javobiya  yozgan  shoirlar.  Amir  Xusrav 

Dehlaviy  (1253-1325)—xamsa janrining  yuqorida  eslatganimiz  nozik 

nuqtalarini  to'g'ri  ilg'agan  va  uni  nazariy jihatdan  amalda  asoslagan 

ikkinchi xamsanavisdir.  Shoir «Xamsa»sining ilk dostoni «Matla’  ul  - 

anvor»  («Nurlaming  boshlanishi»),  «Shirin  va  Xusrav»,  «Majnun  va

www.ziyouz.com kutubxonasi



Layli»,  «Hasht  behisht»  («Sakkiz  jannat»),  «Oyinai  Iskandariy» 

(«Iskandar  oynasi»)  singari  keyingi  masnaviylari  uchun  ma’naviy 

sarchashma,  kengaytirilgan rejanoma vazifasini o'tadi.

Turkiy adabiyotni jahoniy mavqega ko'taigan ulug' 

0‘zbek shoiri Alisher 

Navoiyning ham qutlug‘ nomi «Panj ganj»ga to‘la javobiya yozgan shoirlar 

qatoridan munosib o‘rin oldi.  «Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur, 

muayyan turk ulusi xud meningdur»,-deya iftixor bilan e’tirof etgan ulug‘ 

shoir  «Xamsa»si  turkiy  qavmlar  ma’naviy  ehtiyojini  qondiigan  yagona 

shoh asar bo‘lganligi bilan boshqa xamsalardan tubdan farq qiladi. Turkiy 

tilda xamsa yozish Alisher Navoiy ko‘nglida tugilgan orzulardan biri ekanligi 

«Hayrat ul-abror»dagi quyidagi baytlarda o‘z ifodasini topgan:

Kim bu yo‘1 ichraki  alar soldi gom,

Bir  necha gom o'lsa  manga ham xirom.

Forsi o‘ldi chu alarga ado,

Turki ila qilsam  ani ibtido.

Forsi  el  topti chu xursandliq,

Turk dog‘i  topsa  barumandliq  (7,  55).

She’riyatimiz  bobokalonining  shirin orzulari ushaldi.  U  o‘z  oldida 

qo‘ygan ulkan maqsadiga erishdi. Juda qisqa muddatda, atigi ikki yil (1483

-  1484) ichida turkiy tildagi birinchi va hoziiga qadar yagona «Xamsa»ni 

maydonga keltirdi. «Hayrat ul-abror» («Yaxshi kishilarning hayratlanishi») 

«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor» («Y yetti sayyoh, 

musofir»),  «Saddi  Iskandariy»  («Iskandar devori») kabi g'oyaviy—badiiy 

jihatdan baquwat besh go‘zal  masnaviyni o'zida birlashtiruvchi turkum 

dunyo yuzini ko‘rdi. Alisher Navoiy «Xamsa»si nihoyatda salmoqli asar 

-ellik bir ming ikki yuz o‘ttiz misradan tashkil topgan. Shunchalik ulkan 

badiiy yaratmani shiddat bilan, juda qoyil qilib ijod etgan shoir xotimaviy 

doston — «Saddi Iskandariy»da bu ulkan beshlikni yozish uchun bevosita 

sarflangan vaqt olti  oy ekanligini qayd  etadi:

Chekib  xoma bu  noma itmomig‘a,

Yeturg‘aysen  og'ozin  anjomig‘a 

Ki,  ahli  muxosib  shitob  aylasa,

Deyilgan zamonin hisob  aylasa,

Yig'ishtursa bo‘lmas  bori olti oy,

Ki,  bo'ldung bu  ra’nog‘a suratnamoy  (11,  569).

Alisher  Navoiy yirik jamoat  arbobi  sifatida  Xuroson  mamlakatining 

buyuk davlat darajasiga ko‘tarilishi, el-yurt osoyishtaligi va mulk ma’murligi 

yo'lida jonbozlik  ko‘rsatdi.  Mana  shunday  ulug'  ishlaidan  xoli  bo'lgan

www.ziyouz.com kutubxonasi



paytlarida  Ustod  Sadriddiy  Ayniy  ta’biricha,  uyqu  va  istirohat  soatlari 

hisobidan sevimli mashg'uloti — badiiy ijod bilan shug'ullandi. Tabiiyki, 

Husayn  Boyqaro  mamlakatidagi  siyosiy jihatdan  beqarorlik  shoh  asar 

ustida qizg'in ijod  bilan  mashg'ul bo'lgan Alisher Navoiyni  ham befarq 

qoldirishi  mumkin  emas  edi.  Buyuk  shoir  ulug'  xamsanavis  salaflari 

zimmasida  bunday  mas’uliyatli  vazifa  (davlatni  idora  qilish  ishlariga 

aralashish) bo'lmagani, ularda mavjud bo'lgan imkoniyat nuqtai nazaridan 

masalaga yondashib  «Xamsa»ning  ijod  etilishiga  sarflangan vaqtni  hisob 

qilsak, olti oyga bormasligini e’tirof etadi. Bu ta’kid zamirida, bizningcha, 

umrining «shabob ayyomi»da shoiming ustozi va otaxoni darvesh Sayyid 

Hasan  Ardasheiga  yozgan  maktubidagi  o'z  ijodiy  salohiyatidan  iftixor 

tuyib,  ehtiros bilan bitilgan baytlari  (bir kunda yuz,  ikki yuz bayt  bitish 

holva eyish bilan barobar...) mubolag'a emasligiga ishora mavjud.

«Panj  ganj»ga  to'la  javobiya  yozgan  shoirlar  qatorida  fors-tojik 

adabiyotining  ulug'  namoyandasi  Nuriddin  Abdurahmon  Jomiyning 

nomi ham yuksak ehtiromga sazovor.  Bu buyuk so'z san’atkori  «Hafl 

avrang»ining  ayrim  dostonlari  Alisher  Navoiyning  ba’zi  masnaviylari 

bilan oldinma—keyin yozilgan bo'lib,  har ikkala zamondoshning shoh 

asarlari xamsanavislikda yana bir yuksak pag'onaning zabt etilishiga sabab 

bo'ldi.  Hojui  Kirmoniy  (1281-  1352),  Mavlono  Ashraf (vafoti  1450), 

Abdulla  Xotifiy  (vafoti  1521)  kabi  ijodkorlar  ham  Nizomiy  Ganjaviy 

«Panj  ganj»iga  to'la  javob  aytish  baxtiga  muyassar  bo'ldilar.  Biroq 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling