B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


xamsachilik tarixida bu qalamkashlaming hammasi ham birday mavqega


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71

xamsachilik tarixida bu qalamkashlaming hammasi ham birday mavqega 

ega emas. Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy 

xamsalarining shuhrati ancha baland bo'ldi.  Buning boisi, bizningcha, 

o'sha  mualliflar  qalami  sehri,  iqtidorining  balandligi,  fikriy  teranlik, 

tasvir  mahoratining  yuksakligi,  umuminsoniy  g'oyalar,  axloqiy— 

ta’limiy,  ilohiy-irfoniy  qarashlarning  bo'liqligidadir.  Bizning  bu 

ta’kidimiz  Hojui  Kirmoniy,  Mavlono  Ashraf,  Abdulla  Xotifiylaming 

beshliklari  xususida  noto'g'ri  taassurot  uyg'otmasligi  lozim.  Mazkur 

mualliflar  asarlarining  shuhrat  qozonishida  o'sha  noyob  badiiy 

yaratmalar qo'lyozma nusxalarining kamyobligi,  bugungi kunga qadar 

tugal  holida  nashr  yuzini  ko'rmaganligi,  yetarii  darajada 

ommalashmayotganligi  salbiy  ta’sir  ko'rsatgan  bo'lsa,  ajab  emas.

2. 

«Panj  ganj»ning  ayrim  dostonlariga javob  yozgan  shoirlar.  Bu 

guruhga  mansub  ijodkorlar o'z oldida yaxlit  «Panj  ganj»ga emas,  balki 

uning tarkibidagi u yoki bu dostonga javob aytishni maqsad qilib qo'yishdi. 

O'sha  harakat  tufayli  Sharq  xalqlari  adabiyotida sayyor mavzu,  voqea-

www.ziyouz.com kutubxonasi



qahramonlar  guruhi  shakllanib,  musulmon  olami  badiiy  adabiyotida 

keng tarqaldi. Faqatgina Layli va Majnunlaming fojiaviy sevgi saiguzashtlari 

bilan bog'liq voqealar asosida arab, fors-tojik va turkiy tillarda yuz ellikdan 

ortiq  nomdosh,  biroq  bir-birini  mutlaqo  aynan  takrorlamaydigan 

dostonlaming  bunyodga  kelganligi  Shayx  Nizomiyga  izdoshlik  qilish 

ikkinchi  yo'nalishining  ancha  faol  kechganligidan  yorqin  nishonadir 

(Ageh Sirri Levend. Arap, fars ve turk edebiyatlarinda Leyli ve Mejnun 

hikayesi. Ankara. 1957). Ikldnchi yo'nalish harakat maydoni va qutblarining 

bu  qadar  ko'lamdorligi  ma’lum  ma’noda adabiy aloqa  va  o'zaro  ta’sir 

hodisasiga uzviy bog'liqdir. Mazkur yo'nalish o'z navbatida ichki bo'linishga 

ham ega.  «Panj ganj» tarkibidagi muayyan voqealar tizmasiga murojaat 

qilib,  doston  yaratgan  tab’  ahliining  hammasi  ham  bevosita  Nizomiy 

Ganjaviy asarlaridan ilhomlangan emas. Ya’ni Nizomiy Ganjaviy dostoni 

ta’sirida vujudga  kelgan yangi asarlardan ruhlangan (ta’sir tufayli ta’sir) 

boshqa  zamon,  makon  va  zabondagi  ijodkorlar o'zining  toza  tarhdagi 

she’riy  namunasini  yaratgan.  Shu  tariqa,  bosh  xalqaga  ulanuvchi 

halqachalar tufayli yaxlit adabiy zanjir shakllana boigan.

Demak,  Nizomiy  Ganjaviy  «Panj  ganj»i  bag'ridagi  ma’naviy— 

ma’rifiy,  ilohiy-irfoniy,  axloqiy—falsafiy  ziyo  nuri  asrlar,  zabon-u 

makonlar osha  yashab,  sayqallangan,  takommillashib,  barkamol  inson 

tarbiyasi  yo'lida  beminnat  xizmat  qilgan.  Yaxshi  g'oya,  so'z  va 

qadriyatlarning millati,  makoni va zamoni bo'lmaganidek, ular pinhon 

ham qolib  ketmaydi.  Ezgulikka tashna qalblar uni,  albatta,  topib oladi. 

Kuzatganimiz ayrim lavhalar ayni paytda adabiy aloqa va o'zaro ta’siming 

nihoyatda murakkab ijodiy hodisa ekanligidan dalolatdir. Shayx Nizomiydan 

boshlangan badiiy mantiq zanjiri Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, 

Alisher Navoiylar ijodida davom etdi. Forsiy zabon ozar adabiyoti Shayx 

Nizomiy siymosida  fors-tojik,  o'zbek va yana bir qator xalqlar badiiy 

so'z san’atiga o'zining samarali ijobiy ta’sirini ko'rsatdi. Alisher Navoiyning 

Muhammad Fuzuliy (1498-1556) adabiy merosiga ko'rsatgan ijodiy ta’siri 

tufayli  (xususan  «Layli  va  Majnun»da)  Shayx  Nizomiy  dahosining 

hayotbaxsh ma’naviy—ruhiy olami o'zbek adabiyoti vositachiligida yana 

o'z ona xalqi adabiyotiga g'oyaviy rahnamolik qildi.

O'sha ma’noda Shayx Nizomiy keyingi davming aksariyat ijodkorlari 

(o'zbek,  fors-tojik,  turkman,  ozar...)  uchun  bilvosita  ustoz  bo'lib 

qoladi...

3.«Panj  ganj»  dostonlarini  erkin-ijodiy  taijima  qilish.  Nizomiy 

Ganjaviyga payravlik  (izdoshlik)  qilishning uchinchi yo'nalishi adabiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



aloqa va o'zaro ta’siming faol shakli — taijima san’atiga bog'liqdir.  Bu 

toifaga mansub tab’ ahJi ikki tomonlama ijodiy mehnatni o'z zimmalariga 

olgan:  Birinchidan,  Shayx  Nizomiy  mahorat  maktabidan  o'rganish, 

unga  payravlik  qilish  va  javobiya  yaratish;  ikkinchidan,  ulug'  ozar 

ijodkorining  sehigar  qalami  va  yuksak  tafakkuri  tuhfa  etgan  go'zal 

ma’naviy xazinadan turkiy tilda so'zlashuvchilami bahramand etishdan 

iborat  edi.  O'zbek  ijodkorlari  Qutb  va  Haydar  Xorazmiylaming  (XV 

asming birinchi yarmida yashashgan) ana shu yo'ldagi xayrli qadamlari 

g'oyat  ibratlidir.  Shunday  qilib,  tarix  hukmi,  davr  taqazosi  bilan 

Ozarbayjonda  yaratilgan  dilbar  asar  fors-tojik  tili  orqali  juda  katta 

hududdagi  kitobxonlar  o'rtasida  shuhrat  topdi,  ulaming  ma’naviy- 

adabiy boyligiga aylandi.

9.2.  «Hayrat  ul-abror»  — muqaddimaviy  doston.  Asaming  tuzilishi, 

maqolat va hikoyatlar tahlili

«Hayrat  ul-abror»-Alisher  Navoiy  «Xamsa»sining  birinchi 

muqaddimaviy—rejanoma  dostoni.  Mazkur  asar o'z  navbatida  «Xamsa» 

uchun g'oyaviy-mazmun nuqtai nazaridan yo'naltiruvchilik ahamiyatiga 

molik.  Unda  lo'nda  xulosalar holida  bayon  etilgan  dono  fikrlar,  komil 

insonga  xos  noyob  fazilatlar  talqini  «Xamsa»ning  boshqa  dostonlarida 

mantiqiy rivojlantiriladi, takomiliga yetkaziladi. «Xamsa» dostonlarini ana 

shu shoh asardan ibtido topuvchi pishiq,  o'ylangan tafakkur zanjiri bir- 

biriga bog'lab, tutashtirib turadi.  Doston 63 bobdan tarkib topgan bo'lib, 

uning 21  faslini  an’anaviy muqaddimaviy boblar,  40 bobini—20  maqolat 

va 20 hikoyat, qolgan ikki bobini esa—xotima va bir hikoyat tashkil etadi. 

Asaming o'z ichki bo'linishlariga ega bo'lgan an’anaviy — muqaddimaviy 

boblari,  insonning  ijtimoiy  hayotdagi  o'mi  va  ma’naviy  kamolotiga 

bag'ishlangan maqolat hamda ulardagi fikrlaming tasdig'i uchun keltirilgan 

hikoyatlari ham  mohiyat e’tibori bilan butun «Xamsa»ning boshlanmasi 

sanaladi.  Muqaddimaviy  boblar  bir—biri  bilan  mantiqan  chambarchas 

bog'liq bo'lib,  ulami shaitli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:

1.Hamd,  munojot  va  na’tlar  (1-11-boblar  )  Bunda  ikki  hamd, 

to'rt munojot va besh na’tga o'rin berilgan.

2.Ulug'  salaflar,  zamon  hukmdori  va  so'z  ta’rifi  (12-16-boblar). 

Mazkur  boblarning  dastlabkisida  ikki  ulug'  xamsanavis  Nizomiy 

Ganjaviy  va  Amir  Xusrav  Dehlaviy,  keyingi  to'rttasida  esa  Nuriddin 

Abdurahmon Jomiy, so'z ta’rifi va Sulton Husayn Boyqaro haqida fikr 

yuritiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



3.Ko‘ngil ta’rifi, uch hayrat va Bahouddin Naqshband hamda Xoja 

Ubaydulloh  Ahror  Valiy  vasfi  (17-21-boblar).

An’anaviy boblar «Hayrat ul-abror»ning dasturiy —rejanoma doston 

bo'lishi uchun zamin hozirlaganini bir misol asosida izohlashga harakat 

qilamiz. Ma’lumki, asaming ilk misrasini «Bismillohir—rahmonir rahim» 

ilohiy jumlasi tashkil etadi. Jami bir yuz-u ikki misradan tarkib topuvchi 

ushbu bobda boshdan oxir o'sha «Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan 

(boshlayman)»  ilohiy jumlasiga  badiiy  talqin  beriladi.  Harf san’atiga 

tayangan  ulug'  shoir,  nafaqat  so'zlarda,  balki  o'sha  so'zlami  yozuvda 

aks ettirishga ishtirok qiluvchi har bir harfga keng mazmunli hamda badiiy 

bo'yoqdor talqinlar beradi.  Ulug'  shoir  harflami  sharhlar  ekan,  ilohiy 

jumlaga munosabat qiluvchining ko'ngil holatiga ko'ra, istiqbolga keluvchi 

kayfiyatini  (yaxshi yoxud yomon)  alohida uig'u bilan  ko'rsatadi.

Musulmon  dunyosida  amalga  oshiriladigan  har  bir  savobli,  xayrli 

ishning  «Bismillohir—rahmonir rahim»  ilohiy jumlasi  bilan boshlanishi 

muqaddas an’anadir.  Zamonasining yetuk va komil musulmoni bo'lgan 

Alisher Navoiy esa o'sha an’anaga rioya qilishni sharaf hisoblagan. «Hayrat 

ul-abror» birinchi bobining ayni muqaddas mavzuga bag'ishlanishi fikrimiz 

dalilidir. «Xamsa»dan o'rin olgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», 

«Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari boshida — birinchi bobida 

o'sha  ilohiy jumla  ko'zga  tashlanmaydi.  Shayx  Nizomiy,  Amir Xusrav 

Dehlaviy,  Abdurahmon Jomiy singari Alisher  Navoiy  ham  «Xamsa»ni 

yaxlit jism, o'zaro mantiqan bog'langan dostonlar turkumi sifatida qabul 

qilgani  uchun  ham  shu  yo'ldan  boradi.  Ikkinchidan,  «Hayrat  ul- 

abror»dayoq  keyingi  dostonlaiga  taalluqli  ishora-yu  lavhalar singdirilib 

boriladi.  Shundan bo'lsa kerak,  har bir dostonning oxirida «Hayrat ul- 

abror»ga  daxldor  xulosa  bor,  ammo  yakuniy  xutba—duo  yo'q.  Butun 

«Xamsa»ning  xotima-yu  xutba—duosi  «Saddi  Iskandariy»  dostonining 

oxirida beriladi.  Bunday janriy belgilami  yana qatorlashtirish  mumkin. 

Fikrimizcha,  bildirilgan  mulohazalarimiz ham  «Xamsa»ning yaxlit asar 

ekanligini  ko'rsata oladi.  Shunday ekan,  aytish  mumkinki,  «Hayrat ul- 

abror»  Alisher Navoiy  «Xamsa»sining  muqaddimaviy—dasturiy dostoni 

ekan,  «Saddi  Iskandariy»  uning xulosaviy—xotimaviy masnaviysidir.

«Hayrat ul-abror» qomusiy asar bo'lib,  uning asosiy qismini tashkil 

etuvchi  maqolat  va  hikoyatlarda  barcha  zamonlar  uchun  o'ta  dolzaib 

bo'lgan  barkamol  avlod,  komil  inson  haqidagi  ulug'  mutafakkiming 

teran axloqiy—ma’naviy,  ijtimoiy—falsafiy mulohazalari badiiy ifodasini 

topgan.  Turkiy  adabiyot  tarixida  bunday  asarlar  ramziy-majoziy

www.ziyouz.com kutubxonasi



obrazlaming turli masalalaiga oid savol-javobi (Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u 

bilig»)  yoki  asar  muallifming  hadislaiga  tayanib  insonning  ma’naviy 

kamolatga yetkazuvchi fazilatlari hamda uni jaholat botqog'iga chorlovchi 

nuqsonlarini  qiyoslash  (Ahmad  Yugnakiy  «Hibat  ul-haqoyiq»)  uslubi 

bilan  vujudga  kelgan  bo'lsa,  Nizomiy  Ganjaviy  ilk  dostonining  erkin- 

ijodiy  taijimasi  bo'lgan  Haydar  Xorazmiyning  «Maxzan  ul-asroi»ida 

kuzatilgani singari «Hayrat ul-abror»da ham ijodkoming barkamol shaxs 

haqidagi o'ylari maqolatlarda yorqin in’ikosini topgan. Asardagi hikoyatlar 

esa maqolatlarda ilgari surilgan tayanch g'oyalami o'quvchi shuuriga yanada 

teranroq  ta’sir  etishi,  uning  mavzu  bilan  mukammalroq  tanishishiga 

imkon yaratadi.  Dostondagi maqolatlar sarlavhalarining o'zi asarda komil 

inson  ulug'langanligidan  dalolat  beradi:

1-maqolat:  «Iymon  sharhida».

2-maqolat:  «Islom  bobida».

3-maqolat:  «Salotin  zikrida».

4-maqolat:  «Riyokorlik—fnibgarlik  haqida».

5-maqolat:  «Хауг-u  ehson  vasfida».

6-maqolat:  «Adablilik odati haqida».

7-maqolat:  «Qanoat  haqida».

8-maqolat:  «Vafo  haqida».

9-maqolat:  «Ishq  o'ti  ta’rifida».

10-maqolat:  «Rostlik haqida».

11-maqolat:  «Ilm  osmonining  yulduzlaridek  baland  martabaliligi 

haqida».

12-maqolat:  «Qalam va qalam ahllari haqida».

13-maqolat:  «Bulutdek foyda keltiruvchi odamlar haqida».

14-  maqolat:  «Osmonning  tuzilishidan  shikoyat».

15-maqolat:  «Jaholat  mayi».

16-maqolat:  «Xunosasifat  oliflalar».

17-maqolat:  «Bahor  yigitligining  sofligi  haqida».

18-maqolat:  «Falak g'amxonasi haqida».

19-maqolat:  «Xurosonning  misli yo'q viloyati  haqida».

20-maqolat:  «Maqsadning  o'talganligi  haqida».

Ulug'  shoir  nuqtai  nazarida  iymon—komillikning  tayanch  belgisi. 

«Hayrat  ul  abror»  birinchi  maqolatining  iymonning  badiiy  sharhiga 

bag'ishlanishi  ham  shundan  dalolatdir.  «Xamsa»ning  tayanch  masalasi 

insoni komilning zamonlar imtihonidan o'tishga yaragulik ibratli timsolini 

yaratish  ekan,  ulug'  shoiming  mavzu  ibtidosini  iymondan  boshlashi

www.ziyouz.com kutubxonasi



tasodifiy  emas,  albatta.  Iymon—islom  daigohiga  boshlovchi  yo‘1,  unga 

olib  kiruvchi  eshikdir.  Iymondan  so'zlanganda,  mantiqiy  tafakkur 

rishtalari islomga borib taqalishi bois ham «Hayrat ul abror»ning ikkinchi 

maqolati islom ruknlari talqiniga bag'ishlangan. Mazkur bobda shu ulug' 

e’tiqodni tutib tuigan besh rukn xususida birin-ketin badiiy mushohada 

yuritiladi. Tabiiyki o'sha qarashlaming ibtidosini «La ilaha illalloh» shahodat 

kalimasi  tashkil  etadi,  ya’ni  islomning  birinchi tayanch  ustuni  kalimai 

shahodatdir.  Bunda Allohning bir-u borligi,  azaliy-u abadiyligini e’tirof 

qilishdan  tashqari,  Muhammad  Mustafoning  Uning  rasuli,  elchisi 

ekanligi  masalasi  ham  bor.  Ana  shu  mo'tabar  g'oya  har  bir  iymonli 

mo'min-musulmonning tilidan tushmasligi vojib. Bu hali hammasi emas. 

O'sha muborak tuyg'u dildan ham mustahkam o'rin olmog'i shart. Sidq- 

u  sadoqati  butun  insonlarda  til  va  dil  muvozanatining  tanosubi  o'zak 

masala hisoblanadi. Salot—namoz, savmaa— ro'za, zakot, muqaddas haj 

tavofi singari ruknlar negizini ham insonning ruhiy-ma’naviy poklanishi 

bilan  aloqador  murakkab jarayonlar tashkil  qiladi.  Bular orasida  ro'za 

ayricha sinov vazifasini o'tashi bilan ahamiyatUdir. Ulug' shoir bu haqda 

quyidagicha fikr yuritadi:

Soyiri  a’zoga xalal  etmamak,

Shar’  xilofiga shuru’  etmamak.

Har biri  o'z shug'lig'a zohid  bo'Iub,

Man’i  xilof ichra mujohid  o'lub.

Bormag'a-yu  ko'rmag'a-yu  tutmag'ay,

Aytmag'ay,  eshitmag‘a-yu  yutmag'ay  (7,  115).

Keltirilgan  iqtibosdan  uch  muhim  xulosaga  kelish  mumkin. 

Birinchidan,  har  qanday  toat-u  ibodat  shu  amallarni  bajaruvchi 

insonning salomatligiga ziyon yetkazmasligi, aksincha, uning jismoniy- 

ma’naviy balog'atiga hissa bo'lib qo'shilmog'i shart.  Ikkinchidan, har 

bir  sa’y-u  harakat  shariati  islomning  talab  taqazolari  doirasida  ijro 

etilmog'i  lozim.  Uchinchidan,  har bir  islomiy  rukn ijrosida iymoniy 

mukammalliksiz  kutilgan  natijaga  yetib  bo'lmaydi.  Ana  shu  tamoyil 

ro'zaga  ham  tegishlidir.  Islomiy  ibodatning  bu  rukni  ijrosi  uchun 

tongdan  oqshomga  qadar  (quyoshning  chiqishidan  sal  oldinroq  va 

uning  botishidan  keyin  bo'lgan  muddat  ichida)  yeyish  hamda 

ichishdan  tiyilishgina  kamlik  qiladi.  Alisher  Navoiyning  qat’iy 

ta’kidlariga binoan ro'za tutishdan kuzatiladigan maqsadni to'la yuzaga 

chiqarmoq  uchun  insonning  jismidagi  barcha  a’zolar  bahamjihat 

harakat  qilmoqlari  lozim.  Ya’ni  qo'l  harom  narsa-yu  ishlarga

www.ziyouz.com kutubxonasi



cho‘zilmasligi,  oyoq  noravo  joylarga  olib  bormasligi,  ko'z  noloyiq 

narsalami ko'rmasligi, burun biror noxush hidni sezmasligi, yurakdan 

ikkilantiruvchi  holatlarning  kechmaslligi...  Ko'rinadiki,  o'rtaga 

qo'yilgan  barcha  axloqiy-ma’naviy  tamoyil-talablar  bir  nuqtaga  — 

inson  tabiatida  mavjud  bo'lgan  nomaqbul  xatti-harakatlarga  qarshi 

qaratilgan.  Alisher  Navoiy  o'zining  shar’iy  axloqiy  mulohazalarini 

ibratli hayotiy lavhalar bilan dalillash maqsadida musulmon dunyosida 

dovruqli  mutasawif  Ibrohim  Adham  haqidagi  she’riy  hikoyatini 

keltiradi.  Mazkur  lavhalarda  yana  bir  taniqli  ma’naviy-ruhiy  arbob 

Robiai Adviya ham ishtirok etadi.  Ibrohim Adham o'n to'rt yil sahro 

kezib Makkai mukarramaga yetib keladi. Ammo Ka’batulloh o'z o'mida 

yo'q  ekan.  O'sha  muqaddas  makonda  hozir  bo'lganlar  muborak 

sajdagohning Robiai Adviya istiqboliga chiqqanligini ma’lum qilishadi. 

Tabiiyki, bunday kutilmagan hodisa Ibrohim Adham fig'onini falakka 

ko'taradi.  Shunday  qilib,  Ibrohim  va  Robianing  uchrashuvi  hamda 

muloqotlari  voqe’  bo'ladi.  Ibrohim  Adhamning  fig'onli  savollarini 

tinglagan bokira-yu zakovatli ayol Robia quyidagicha javob qaytaradi: 

Robia dedi  anga:  «Ogoh  bo'l,

Kim necha yil  bodiyada borcha yo‘1.

Bo'ldi  ishing  arzi  namoz  aylamak,

Sbeva  manga  and  niyoz  aylamak.

Sanga  samar berdi  namoz-u  riyo,

Bizga bu  bar berdi  niyoz-u fano»  (  7,  120).

Ka’batullohning  Robiai  Adviyaga  bir  qadar  ehtirom-u  Ibrohim 

Adhamga tamomila teskari munosabatda bo'lishining sababi nima? Axir, 

Ibrohim Adham ham umrini Alloh va uning vasliga muyassar bo'lishdek 

ulug'  orzuga  baxsh  etganligi  ma’lum-ku?  Masalaga  zohiran  nazar 

tashlaganda, go'yo Ibrohim Adham faoliyatidagi hamma narsa o'z o'mida 

tuiganday  namoyon  bo'ladi.  Aslida  uning  e’tiqodi  yo'lida,  zohir  va 

botini  o'rtasidagi  tanosubi  oz  bo'lsa-da  ozor  topgan.  Alloh  nazarida 

faqat toat-u ibodatgina emas, inson shar’iy ahkomlami ijro qilish bilan 

birga,  o'zini  atrofdagilar,  dindoshlariga  ezgu  ishlar  qilishga  ham 

bag'ishlamog'i lozim. Robiai Adviyada ana shu nuqta ham mujassam edi. 

Ibrohim  Adham  faoliyatida  esa,  ayni  masalada  norasoliklar  nazarga 

tashlanadi.  Hamma  narsani  ko'ruvchi,  biluvchi,  sezuvchi,  baholovchi 

Parvardigorga  o'sha bo'shliq  ayon  bo'lgan  edi.  Shuning  uchun Alloh 

ana shu qaltis nuqtani suyukli bandasi Robia ko'ngliga solib uning tili 

orqali oshkor ayladi. Bu ikki mutasawif o'rtasidagi yuzma-yuz muloqot

www.ziyouz.com kutubxonasi



jarayonidagi  holatning  badiiy tasviri  esa  ilohiy karomatdan  kichik bir 

lavhadir,  xolos.  She’riy  parchada  ramziylik  ham  nazaiga  tashlanadi. 

Bodiyaning ma’nosi aiablarning bepoyon va qaqragan sahrosini anglatadi. 

Ko'chirilgan iqtibosda bodiya Ibrohim Adhamning ibodat-u tariqat yo'lida 

sarflangan  umri  ma’nosini  ham  ifodalagan.  Yuqorida  ta’kid 

qilganimizdek,  sidq-u sadoqat,  e’tiqod-u ibodat jabhasida faqat rostlik 

yarashadi.  Unda qilcha bo'lsa-da nazaiga tashlanadigan bo'shliq katta 

o'pirilishday  namoyon  bo'lishi  va  kutilmagan  salbiy  oqibatlaiga  olib 

kelishi  ham  muqarrar.  Xuddi  shunday  hodisa  Ibrohim  Adham  bilan 

sodir bo'ldi. Fojiaga teng qo'yish mumkin bo'lgan o'sha bo'shliq Robia 

javobida  mujassam:  Uning  namozida  zohidlarcha  riyokorlik  (o'zini 

yomonliklardan  saqlagan  qilib  ko'rsatish,  ikki  yuzlamalik)  alomatlari 

borligi tufayli Ibrohimning nafasi o'tmaslashib qolgan. Robianing islom 

va tariqat dargohidagi barcha sa’y-u harakatlarida «arzi niyoz»  (sidqan 

Yaratganga yalinish, yolvorish, umid-tavakkulga ko'ngil bog'lash) mayli 

hukmronlik  qiladi.  Tavakkul—tasawufda  bir  maqom,  mutavakkilning 

ko'nglidagi manzil. U bor joyda tama’ bo'lmas. Ikkinchidan, solik yoxud 

iymonli  shaxsning  turmush  ikir-chikirlari  haqida  bosh  qotirish,  mol- 

mulk  va  hokazolar  haqida  o'ylashga  tob-u  toqati  ham,  vaqti  ham 

bo'lmaydi.U  o'zini  to'la  Alloh  panohiga  topshiigani  holda,  toat-u 

ibodatini sidq bilan amalga oshiradi. Bunday yo'lning ibrati Robianing 

qismatidir.  Fikrimizcha,  «Hayrat  ul-abror»ning  hamd,  munojot,  na’t 

boblari,  iymon-u  islomga  ulug'  shayx-u  tariqat  peshvolariga  atalgan 

sahifalarida ilohiy-islomiy bo'yoqning quyuqlashtirilishi zamirida ham 

ana  o'shanday  mazmun-mohiyat  mujassam.  Ular—ibrat,  o'qilmagan 

hayot  sabog'i,  murdorlik,  bulg'anishlardan  hazar  qilishga  da’vat, 

ezgulik, rostlik, sidq-u sadoqat, luqmai halolga intilish, qanoat panohida 

ma’naviy-ruhiy olam ostonasini tavof qilishga chaqirishdir. Ayni choqda 

bu  o'lmas  mavzular  «Xamsa»ning  boshqa  masnaviylari  uchun  ham 

tayanch omil sanaladi. Istiqlol mafkurasining tayanch maqsad-muddaosi 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling