B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


ham ana shunday komillik sadoqatiga yo'l solishdan iboratdir


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71

ham ana shunday komillik sadoqatiga yo'l solishdan iboratdir...

Alisher  Navoiy  mulk-mamlakatni  malik-podshosiz  tasawur  qila 

olmaydi. Jumladan, «Xamsa»ning bosh qon tomirini ham mamlakat va 

podsho  mavzuining  rang-barang qirralarini  badiiy talqin qilish tashkil 

etadi,  desa  sira  xato  bo'lmaydi.  Mazkur  masala  «Xamsa»  tarkibidagi 

dostonlami  o'zaro  tutashtiruvchi  oltin  zanjimi  eslatadi.  Uning  bosh 

xalqasi esa «Hayrat ul-abrop>dan mustahkam joy olgan.  Masnaviyning 

uchinchi maqolati «Salotin zikri»ga bag'ishlanadi. Ayni ana shu sahifalarda

www.ziyouz.com kutubxonasi



ulug*  shoiming  ibratli  podsho  (shohi  g‘oziy)  qiyofasining  yorqin 

chizgilariga duch  kelamiz.  Awalo,  aytish joiz,  Alisher  Navoiy nuqtai 

nazaridan  podsholar  ikkiga:  shohi  g'oziy  (odil),  shohi  zolimga 

taqsimlanadi. Bunday tasnif shoiming qit’a-yu g'azallarida ham uchraydi. 

Ammo podshoga nisbatan fikrini yorqin ko‘rsata olish uchun «vase’»- 

keng maydon deya ta’riflangan masnaviyning imkoniyatlari ancha qo'l 

keladi. Doston muallifi shoh qiyofasi manzaralarini chizishga jazm etar 

ekan,  «Hayrat  ul-abror»ning  uchinchi  maqolatida  uning  qismatida 

kuzatilishi muqarrrar bo'lgan bir-biriga zid har ikkala nuqtani yonma- 

yon tasvirlashni ma’qul ko'radi.

Hotami  adlingg‘a sipehri  baland,

«Rosti-yu  rusti»  bilan  naqshband  (7,  122).

Podsholik  tojining  kimgadir  muyassar  bo'lishi—Allohning  o'sha 

insonga  ko'rsatgan behad  marhamatidir.  Ikki  olam  sarvari  taxtni  ravo 

ko'igan bandasiga Hotam nigjnli (muhrli) uzuk taqishni ham ravo ko'radi. 

Shu bilan  barobar uning  muhriga  «rosti-yu  rusti»ni  naqsh  etadi.  Ya’ni 

Allohning hiiz-u panohida bo'lishni istagan podsho davlatni adl-u amniyat 

bilan idora qilmog'i lozim. Shuningdek, muhrida o'yib yozilgan «rosti-yu 

rusti»  — kuch  adolatdadir,  rostlik—halolllik,  rostlik—iymonlilik,  insofga 

tayanishdir kabi dasturiy bitiklar odil podsho kunlik faoliyatining negizini 

tashkil etmog'i lozim. Ikkinchi misra oxirida kelgan «naqshband» so'zining 

qo'llanishida iyhom—so'zning yaqin va uzoq ma’nolarini nazarda tutish 

san’ati mavjud.  Ushbu so'zning birinchi talqinini «rosti-yu rusti» naqsh, 

zeb-u ziynat misol uzugingga o'yib yozildi,  tarzida yakunlash  mumkin. 

Alisher  hazratlari  komil  naqshband  edi.  Buyuk  mutafakkir  shu  tariqat 

soliki  ekanligi  bilan  faxrlangan.  Ikkinchidan,  naqshbandiya  tariqati 

ta’limotining  ham  podsho  elkasiga  yuklaydigan  mas’uliyali  «rosti-yu 

rusti»dir. Alisher Navoiy ana shu haqiqatga ishora qilmoqda. Bobda shohlik 

tojini  kiyib,  bosar-tusarini  yo'qota  boshlagan,  ma’rifat-u  ma’naviyati 

past  podsholar bilan qizg'in bahsga kirishiladi:

Bil  munikim,  sen dag'i  bir bandasen,

Ko'pragidin  ojiz-u  afgandasen  (7,  122).

Ulug' shoir ming marta haq. Podsho ham yer farzandi. Uning jismida 

ham to'rt unsur muttahiddir.  Ba’zan o'shalar jazaba qilib bosar-tusarini 

ham  bilmay  qolishi  mumkin.  Shuning  uchun  mutafakkir  adib  uni 

ogohlantiradi.  Butun  bob  davomida  mamlakat  boshlig'ining  fazilat-u 

nuqsonlarini badiiy tasvirlash mayli hukmronlik qiladi. Maqolatda o'rtaga 

qo'yilgan mulohazalaming tasdig'i sifatida o'quvchiga «Shohi G'oziy va

www.ziyouz.com kutubxonasi



tilla kampir» haqidagi she’riy hikoyat taqdim etiladi. Unda naql qilinishicha, 

Shohi  G'oziyning  yurishlaridan  birida  mamlakatda  yashayotgan  bir 

kampiming yakka-yu yagona o'g'li shahid bo'ladi.  Taxt  egallangandan 

keyin, podsho shahid bo'lgan yigit va uning onasini unutadi. Boquvchisini 

yo'qotgan  kampir  moddiy jihatdan  ancha  qiynaladi,  kunining  o'tishi 

og'irlashib  qoladi.  Kunlardan  birida podshoning  mushtipar  ona 

yashayotgan  yurtga  kelishi  haqidagi  xabar  kampiiga  yetadi  va  u  ham 

hukmron istiqboliga chiqadi. Munkillagan, asosiga tayangan kampir Shohi 

G'oziyning yo'lini to'sadi va uni zolimlikda ayblaydi. O'tmish voqealarini 

to'g'ri eslay olmagan hukmdor shariat qozisiga murojaat qilib, masalani 

yetarii  o'rganish  lozimligini  aytadi.  Taftishlardan  keyin,  kampir  haq 

bo'lib chiqadi. Bunday vaziyatdan noqulay ahvolga tuihgan tojdor otdan 

tushadi,  bir  qo'lida  yalang'och  qilich,  ikkinchi  qo'lida  esa  oltin  to'la 

hamyonni tutgan holda kampiiga qarata aytadi: Ey ona, o'g'linggiz xunini 

istang, xun bilan,  istasangiz pul bUan oling!.  Podsho bilan sodir bo'lgan 

bunday  hayratomuz  manzara  kampiiga  qattiq  ta’sir  qiladi.  U  shohga 

murojaat  etarkan,  aytadi:  Sen  odil  inson  ekansan.  Agar  men  o'z 

tirikchiliginini  o'zim  tashkil  qila  olganimda  edi,  o'g'limnmg  xunidan 

jo'mardlik va adolating uchun kechgan bo'lardim. Biroq, bugun mening 

iqtisodiy  ahvolim  tang  bo'lgani  uchun  hamyonni  tanlashdan  boshqa 

choram yo'q. Hikoyatga shunday xotima yasaladi:

Zolni  anjum kibi  siymi  ravon,

Zoli  falakdek qilibon  navjuvon.

Siym  kuchidin  bo'Iubon  siymbar,

Xalq  laqab ayiab  anga  «Zoli  zar»  (7,  132).

Shohning otdan tushib, asoga suyangan kampir yoniga kelishi, uning 

arz-u dodini tinglashi, bir qo'lida qinidan sug'irilgan qilich va ikkinchi 

qo'lida  tilla  to'la  xaltachani  tutib  turishi—bulaming  barchasi  ulug' 

shoiming  kitoblar  sahifasida  qolib  ketgan  shirin  orzularidir.  Alisher 

Navoiy ana shunday shohning saltanat surishini o'zining maktabdoshi, 

do'sti  Husayn Boyqaro  misolida real hayotda ko'rishni juda-juda istar 

edi.  Biroq  istak  va  hayotning,  badiiy  adabiyot  sahifalari  va  saroy 

muhitining mutlaqo boshqa-boshqa narsalar ekanligi,  ulami murosaga 

keltirish, yagona yo'ldan yuigizish noimkonligini yetuk ijodkor achchiq 

tajribalari qiyosida ko'p marta ko'rdi. Lekin oizu-orzuligini qildi. Ulug' 

Alisher  Navoiy  qalbi  orqali  kitoblaming  nurli  sahifalariga  ko'chib, 

insoniyat  avlodiga  ibrat  bo'lish,  zarra  qadar  bo'lsa-da,  unga  ta’sir 

ko'rsatishda davom etayotir.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Alisher  Navoiyning  shoh  va  shohlikka  doir  bunday  mulohazalari 

«Hayrat ul-abror»dan o'lmas «Xamsa» tarkibidagi boshqa dostonlarga 

ko‘chdigina emas,  yangi-yangi talqinlarini topdi.

«Hayrat  ul-abror»ning  beshinchi  maqolati  karam  ta’rifiga 

bag'ishlangan bo'lib,  108 baytdan tashkil topgan.  Karam—komil inson 

qiyofasida,  umuman,  inson  umri  va  uning  taqdirida  hal  qiluvchi 

ahamiyatga  molik  fazilatdir.  Karam—saxovat,  himmat,  ehson, 

marhamat,  olijanoblik,  yaxshilik,  ochiq  qo'llilik, javonmardlik singari 

xilma-xil qinalaiga ega. Tarix qavatlaridajo'mardlik, javonmardlik nomlari 

bilan  tildan  tushmay  kelgan  bu  atama  komillikka,  ma’naviy-ruhiy 

balog'atga  olib  borishi  lozim  bo'lgan  yo'llardan  (tariqatlardan)  biri 

sifatida ma’lum. Uning bosqich-zinalari esa karam talqinlarida mujassam. 

Shundan bo'lsa kerak, Alisher Navoiy ana o'sha qirralaming har birini 

ayricha ixlos-u uig'u bilan bo'yoqdor yoritish yo'lidan boradi. Maqolat 

ibtidosidayoq  zamin-u  samovotning  alohida  e’tibor qilishga  arzigulik 

voqea-hodisa,  harakat-holatlari  ulug'  shoir  muddaolarini  yuzaga 

chiqarish, ulaming ko'p sonli kitobxonlarga bekam-u ko'st yetkazilishi 

yo'lida beminnat  xizmatga  shay turadi.  Aytilganlar nuqtai  nazaridan, 

quyidagi baytlarni tahlilga tortib ko'raylik:

Ey tushub egningga karam klsvati,

Qolmayin  ilgingda  diram  qiymati.

Panjang  o'lub  siym  fishonliqqa fosh,

Mashriq-u  Mag'ribda  nechukkim  quyosh  (7,  143-144).

Maqolatning  birinchi  satridayoq  ulug'  shoiming  g'oyaviy  niyati 

o'zini ko'rsatib qo'yadi. SaxovatpeshaUk—olijanoblik. Maqolat markazida 

ijobiy  fazilatlari  bilan  salobat  to'kib  turgan  qahramon,  eng  awalo, 

ayni ana o'sha jihati bilan ulug' shoiiga manzur va uning mehru oqibatini 

qozongan. Himmat va yaxshilikni nomigagina yuzaga chiqarib bo'lmaydi. 

Bu boradagi sun’iylik va soxtalik darrov o'zini ko'rsatib qo'yadi. Shundan 

bo'lsa  kerak,  Alisher  Navoiy  ta’simi  o'zak  masaladan  boshlashdan 

tashqari, yana bir haqiqatni qat’iyat bilan o'rtaga qo'yadi. Jo'mard yoxud 

olijanob inson bo'lib tug'ilish lozim. Tabiatan va sidqan moyillik bo'lmas 

ekan,  bu  jabhadagi  barcha  sa’y-u  harakatlar  bekorga  ketaveradi. 

Fikrimzcha, birinchi satrda «kisvat»ni qo'llash zamirida ana o'sha maqsad 

yotadi. Kiyim, ust-bosh ma’nosidagi o'sha so'z mantiqiy urg'u vazifasini 

o'taydi.  Saxovatpeshalik  shu  yo'lni  qismat  qilgan  insonning  zohir-u 

botinidan  anglashilib  turishi  lozim.  Shunday  bo'lsagina  u  pul 

«jinni»ligidan  xalos  bo'ladi,  eng  mayda  chaqani  ham  mushtumiga

www.ziyouz.com kutubxonasi



mahkam tutib, uni «tug'dirish» ilinjida tunlami tongga ulamaydi. Ochiq 

va himmatli panjalar sifatida shuhrat qozonadi. Bunday manzaralardan 

sarxush shoir himmat ko‘rsatadi, o‘sha panjalami quyosh bilan yonma- 

yon qo'yadi. Shams—yaxshilik, himmat-u saxovat izmida bo'lganlaming 

sarxayli.  Bu borada tanlov uning uchun begona,  Sharqdan G'arbgacha 

bo'lgan bepoyon hududda birday nur sochaveradi. Himmat va saxovatni 

hayot  dasturiga  aylantirgan  inson  ham  quyoshdan  ibrat  olishi  va 

«siymfishonlikka»  (siym—kumush,  tanga,  aqcha,  yoming  badaniga 

nisbatan  rangni:  oq,  oppoq  va  silliq;  fishon-sochuvchi)  uning  yo'lini 

davom ettirishi lozim. Saxovat—tama’dan yiroq. Oluvchi olganini qaytara 

oladimi (o'zini yoxud ortig'i bilan), yo'qmi, beruvchi uchun masalaning 

bu jihati ahamiyatsiz bo'lmog'i lozim. Shuning uchun satrda quyosh va 

saxiy odam yonma-yon turibdi, hatto quyosh ibrat darajasiga ko'tarilgan. 

Ulug'  shoir kitobxon e’tiborini yana muhim bir masalaga jalb qilishni 

ham unutib qo'ymaydi.  Barcha sohada hudud va me’yor bo'lgani kabi 

saxovatning ham chegaralari bor. Alisher Navoiy mavzuning shu jihati 

ustida jiddiy  bahs  yuritadi.  Shuningdek,  baxil—baxillik,  qurumsoqlik, 

xasislik bilan bog'liq masalalar ham qalamga olinadi:

Aqlki  ta’rif etar avsofni,

Buxl  bila  teng tutar isrofni  (7,  145).

Maqtov,  shon-shuhrat  uchun  sochilgan  mol-mulk  saxiylik  emas. 

Hamisha va hamma yerda inson aql-u farosat doirasidan chetga chiqmasligi 

lozim. Isrof—illat. Hatto behuda isrofgarchilik xasislik bilan barobardir. 

Ulug'  shoiming  takror  va  takror  ta’kidiga  ko'ra,  aql-u  farosat 

tamoyillariga  zid  har  qanday  harakatning  oqibati  yaxshilikka  olib 

kelmaydi. Alisher Navoiy nazdidagi saxovatli inson quyidagi baytlarda 

o'z  ifodasini  topgan  ezgu  fazilatlar  sohibidir:

Oni  saxiy anglag'il,  ey xushmand,

Kim  ani davlat qilibon sarbaland.

Holi  agar yaxshi  durur,  gar taboh,

Kimsadin  etmas  tama’i mol-u joh.

Ham neki haq bersa qanoat qilur,

Ham  neki  amr  etmish  itoat  qilur  (7,  148).

Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror»ning beshinchi maqolatida vujud- 

vujudi  bilan  saxovatni  taig'ib  qiladi.  Uning xayolga  keltirish  dushvor 

bo'lgan  ochilmagan  qirralarini  kashf  etishga  erishadi.  Biroq  o'sha 

qarashlaming  tasdiq  muhri  sifatida  «Hotami  Toyi  va  o'tinchi  chol» 

hikoyatini  taqdim  qiladiki,  uning  ayni  lavhalarining  mazmuni

www.ziyouz.com kutubxonasi



boshqacha... Hotam—musulmon dunyosida saxovat timsoli. Uning haqida 

behisob  asarlar  yaratilgan.  Ulug‘  o'zbek  shoiri  she’riy  hikoyatining 

qahramoni  ham o‘sha  Hotami  Toyidir.  Kunlardan birida  Hotamning 

suhbatdoshla'ridan biri  «dunyoda o‘zingdan ham himmatliroq odamni 

ko‘rdingmi?»- -deb  so‘raganda,  u javob  beradi:

Dedikl:  «Bir kun  qilibon jashni  om,

Indab  edim bodiya ahlin  tamom.

Matbax  aro yuz  teva qurbon edi,

Qo'y-u qo‘zi  behad-u  poyon  edi.

Bazm  ichidin  dasht son  bir nafas,

Kasbi  havo  aylamak ettim havas.

Sayrda ko‘rdum bir asiri  mihan,

Bir quchoq  orqasig‘a  yuklab  tikan  (7,  152).

Shakllangan  an’anaga  ko‘ra  haftaning  muayyan  kunlaridan  birida 

nochor-u  nokom,  beva-yu  bechoralar  Hotamning  hovlisida yig‘ilishib, 

«yuz tuya va behad qo‘y-u qo‘zilar»ni so‘yib xayriya taomlari pishirib yeb 

ketishar ekan. Ana shunday kunlardan birida, bazm avjiga chiqqan paytda 

Hotam tanholikni qo‘msab qoladi va hovlisining orqasida joylashgan katta 

sahroga chiqadi. Sahro sayri paytida uning ko'ziga uzoqdan bir qora ko‘rinib 

qoladi.  Dastlab  o‘sha  namoyon  bo‘lgan  qora to‘rt oyoqli  bir jonzotday 

ko‘zga tashlanadi. 0 ‘rtadagi masofa yaqinlashgach, Hotam munkillagan, 

afloda,  asoga  suyanib  qadam  tashlaydigan  bir  cholga  ro‘baro‘  keladi. 

Fartud chol bir orqa yontoqni ko‘tarib olgan, aso yordamida bir qadam 

qo'yadi  va  nafasini  rostlab  olib,  yana  harakatini  davom  qiladi.  Alisher 

Navoiy o‘sha manzarani quyidagicha badiiy aks ettiigan:

Jismi  uyin  aylabon ul yuk nigun,

Tirkabon  ul  uyga  asodin  sutun.

Har qadam  olg‘uncha  tinib  muddate,

Har nafas  urg‘uncha  о‘tub  muddate  (7,  152).

Ulug‘  shoir yantoqfurush cholning davron va yillar azobidan zada 

bo'lgan,  bujmaygan  jismini  tom  yuki  bosib  qolgan  uyga  o‘xshatadi. 

Badiiy  topqirlik  va  qiyosni  davom  ettiigan  muallif hayotiy  lavhalarni 

satiga olib kirish san’atiga zo‘r beradi. Fatorat uyning tomi bosib qolmasin 

uchun  unga  yordamchi  ustun  va  tirgaklar  qo‘yish  turmushdagi  odat. 

0 ‘tinchi  cholning jism  uyi  ham  shunday yordamga  muhtoj.  Shuning 

uchun u aso ushlagan va har qadamda unga tayanmay iloji yo‘q. Ammo 

shunday  bo‘lishiga  qaramay,  uning  hayot  tashvishlari  oldida  taslim 

bo‘lgisi, kimningdir minnatU taomi bilan kun ko‘rgisi kelmaydi. Oxirgi

www.ziyouz.com kutubxonasi



nafasigacha  mehnat  noni  lazzatini  his  etib  yashashni  afzai  ko'radi... 

Hotami Toyi unga murojaat qilib aytmoqda:

Ki—ey qadin emgak yuki past aylagan,

Jismida  g‘am xori  nishast  aylagan.

Dasht aro  go‘yoki xabar bilmading,

Hotam  uyi  son  guzar qihnading?

Da’vat  etib  asr-u  farovon  bukun,

Qildi yomon-yaxshini  mehmon  bukun.

Tashla  tikan,  gulshani izzatqa yet,

Chekma  mashaqqat,  ko‘p-u  da’vatqa yet  (7,  153).

Yantoqfurush  chol  Hotami  Toyini  tanimaydi.  Yelkasiga  ko‘tarib 

olgan yantog‘i bilan uning so‘zlarini tinglaydi. Asoga tayanib,  orqalab 

olgan  yukini  yerga qo'yadi  va  peshonasidagi  maijon-maijon  terlarini 

sidirib tashlab,  Hotami  Toyiga  nigohini  qadab javob beradi:

«К-ey solibon  fairs  ayog‘ingg‘a  band,

Ozu  tama’  bo‘ynug‘a  bog‘lab  kamand.

Vodiyi  gayratga  qadam  urmag‘on,

Kunguri himmatg‘a  alam  urmag‘on.

Sen  dog‘i  chekkil bu  tikan  mehnatin,

Tortmag'il  Hotami  Toy minnatin.

Bir  diram  olmoq chekibon  dast  ranj,

Yaxshiroq  andinki  birov  bersa ganj  (7,  153).

Alisher Navoiy talqinidagi Hotami Toyi karam — himmat, saxovat 

timsoli  bo‘lish  bilan  bir  qatorda,  adolatli,  xolis  va  rostgo‘y  inson 

qiyofasida  ham  namoyon  bo‘ladi.  U o‘tinchi  cholning  dadil va  asosli 

javoblari oldida lol qoladi, uning qat’iyatini mardona tan oladi. Himmat 

masalasida  savol  bergan  suhbatdoshiga  quyidagicha  yakuniy  javob 

qaytaradi:

Ulki bu yanglig*  so‘zi  mavzun  edi,

Mendin  aning  himmati  afzun  edi  (7,  153).

Bu  aslida  Alisher  Navoiyning  ham  «yuz  o'lchab,  bir  kesilgan» 

xulosasi.  Naqshbandiya tariqat-u ta’limoti, umuman, inson tabiatidagi 

barcha ezguliklaming oshuflasi bo'lgan ulug‘ shoiming boshqacha xulosa 

payidan  bo'lishi  aslo  mumkin  emas  edi.  She’riy  hikoyatdagi  Alisher 

Navoiyning o'z xulosasi tajassumini topgan mana bu satriari ham bizning 

mulohazalarimizni  quwatlaydi:

Himmat agar bo'lsa Navoiy sanga,

Banda  durur Hotami  Toyi  sanga.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Soqiy,  ayoq  tut,  karam izhor qil,

Bazlni  Hotamg'a namudor qil  (7,  153).

Hotami Toyi himmat bobida o'tinchi cholni o'zidan ustun qo'ygan 

ekan, bu o'z navbatida ulug4 shoiming ham hukmidan aks-sado beradi. 

Darvoqe, ixchamgina she’riy hikoyatda o'tinchi chol mehnat kishisining 

timsoli  sifatida  ishtirok  etadi.  U  o'zining  xislat-xususiyatlari, 

dunyoqarashi,  insonning yashashdan maqsadi,  hayot va uning voqea- 

hodisalariga  teran  va  o'ychan  nazari  bilan  diqqatni  tortadi.  Hikoyat 

mitti  bo'lgani  kabi  o'tinchi  chol  ishtiroki  ham  unda  bir  lahzalikdir. 

Biroq  ana shu  «lip  etib»  ko'rinib,  so'ng  bedarak bo'lishigaqaramay, 

bu nuroniy va zahmatkash mo'ysafid o'zining mag'zli hamda mardona 

javoblari  bilan  o'quvchi  nigohida  saxovat,  himmat,  qanoat,  halollik, 

poklik ramzi sifatida muhrlanib qoladi. Alisher Navoiy o'tinchi choldagi 

olijanoblikdan  zavq  olar  ekan,  uning  yo'lini  «Xamsa»  tarkibidagi 

dostonlarda  harakat  qiluvchi  juda  ko'plab  qahramonlar  faoliyatida 

rivojlantiradi,  xilma-xil  qirralarini  oshkor eta boradi.  Albatta,  bunday 

pandnomalar,  dilkash  manzaralar  faqat  kitob  sahifalarining  bezagi 

uchungina  yaratilgan emas.  Ular ulug'  shoiming  avlodlarga vasiyati— 

ezgulikka,  poklik—poklanish,  halol  mehnat  noni  bilan  umr  yo'lini 

bezashga shirin da’vatidir.

«Hayrat  ul-abror»dagi  maqolatlarda  insonni  ezgu  amallar  sohibi 

bo'lib, noqisliklardan mosuvo bo'lishga da’vat etilar ekan, fikr tasdig'iga 

xizmat  qildirilgan  hikoyatlar  qahramoni  sifatida  turli  ijtimoiy  tabaqa 

vakillari tanlanadi. Shohi G'oziy (Sulton Husayn Boyqaro), Anushirvoni 

odil,  Sulton  Muhammad  Xorazmshoh,  Iskandar,  Bahrom  singari 

hukmdorlar,  Boyazid  Bistomiy,  Ibrohim Adham,  Robia  Adviya,  Xoja 

Abdulloh Ansoriy, Shayx iroqiy, Imom Faxr Roziy, Abdulloh Muborak, 

Hasan  Robi’,  Muhammad  Porso,  Xoja  Abu  Nasr  kabi  tasawuf ahli 

namoyandalari,  shuningdek,  darvesh  va  mehnatkash  inson  timsoli 

bo'lgan  o'tinchi  chol,  oddiy  xalq  vakili  hisoblangan  ikki  vafoli  yor, 

yuksak insoniy fazilatlami o'zida mujassamlashtirgan «qoni’ javonmard» 

va  boylikka  hirs  qo'ygan  «tomi’  jahongard»  kabi  obrazlar  ishtirokida 

maydonga kelgan g'oyatda sermazmun badiiy lavhalarda insonni komillik 

rutbasida  ko'rish g'oyasi  hayotiy tamsillar bilan boyitiladi.  Ko'rinadiki, 

ulug' shoir dunyoqarashicha, inson qaysi tabaqa vakili bo'lishidan qat’iy 

nazar, ma’naviy kamolot pillapoyalaridan odinilab bashariyatning komili 

darajasini egallashga haqU.  Dostonda insonni ana shunday yetuklik sari 

yetaldovchi ma’naviy-ma’rifiy omillardan yana biri odob va hayo (oltinchi

www.ziyouz.com kutubxonasi



maqolat) xususida juda ibratli mulohazalar bayon etiladi. Ulug‘ shoiming 

fikricha,  insonga  sharaf uning  nasl-u  nasabi  yoki  amal  martabasidan 

emas,  balki  hayo-yu  odobi  tufayli  keladi.  Shu  bois  hayoning  qatrasi 

tuproqni oltinga aylantiruvchi kimyoga qiyoslanadi:

Elga sharaf bo‘Imadi joh-u  nasab,

Lek sharaf keldi  hayo-yu  adab.

Chunki  yog'in  manbai  o‘Idi  hayo,

Qatrasi  tuprog‘ni  qilur kimyo.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling