B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


Download 4.31 Mb.

bet46/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71

Zuloliy  chashmai  hayvon  masallik,

Bo‘lub  bar  qatra  andin jon  masallik.

Qirog‘inda  daraxti  ko‘kka  hambar,

Bu  hayvon  suyi  ul  Xizri  payambar.

Yetib  Farhod  anda  bo'ldi  xurram,

Yig'ochqa  bog'labon  raxshini  mahkam.

Hamul  suv  ichra  g'usli  ayladi  pok,

Yubon  g‘am  chiridni  bo'ldi  tarabnok.

Sujud  у  etti  tilab  maqsudig'a  yo'l,

Tazarru’  ayiabon  ma’budig'a  ul.

Ko'targach  boshni  ko'rdi  sabzpo'she,

Yuzi  nuroni  andoqkim  surushe.

Chu  ko'rdi  oni,  holi  topti  tag*yir,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Buyurdi  lutf-u  sbafqat  ko‘rguzub  pir 

K i,  ey  farzand,  g'amdin  bargaron  bo‘l,

Bu  ishkim  koming  o'lmish,  komron  bo‘I.

M eni  Xizr  anglakim,  tuttum  yo‘lungni,

K i,  to  bu  yo‘Ida  tutqoymen  qo‘lungni  (8,  163).

Farhodning  istiqbolida  osmondek  keng  ko‘lamli  ko‘kalamzor,  uni 

qarshisida obi hayot chiqarib tuigan buloq hozir bo'ladi.  Buloq suvining 

har  qatrasi jondek  shirin  va  yoqimli,  qalblarga  huzur  baxsh  etadi.  Obi 

hayot  bulog'ining  qiig‘og‘ida  ko'kka  bo'y  cho'zgan  bir  daraxt  mavjud 

bo'lib  ayni  ashyolar  ramziy  mohiyat  kasb  etadi:  obi  hayot  manbai 

buloqni  —  tiriklik,  osmon  bilan  bo'ylashuvchi  daraxtni  esa  X izr 

payg'ambar  timsoli  deyish  mumkin.  Shahzoda  xursand  bo'lib  otini 

daraxtga bog'laydi va buloq suvi bilan g'usl  qilib  poklanadi.  U  Allohga 

tazarru’ qilarkan,  maqsadiga erishmoq uchun Yaratgandan inoyat so'rab 

ibodat qiladi.  Farhod sajdadan boshini ko'taiganida, uning nigohi yashil 

kiyim li  Surush  (Jabroil  alayhis-salom)  yanglig'  bir  nuroniy  cholga 

ko'zi tushadi.  Bunday kutilmagan manzaradan Farhodning ruhiy holatida 

o'zgarish  paydo  bo'ladi.  G'aybdan  yetgan ulug'  pir shahzodaga  lutf-u 

shafqatini namoyon etib, unga «farzand»,-deya murojaat qiladi.  Nuroniy 

mo'ysafid  shahzodaning  tanlagan  yo'li  uning  baxti  ekanligini  va  bu 

yo'lda unga baxtiyor bo'lishlikni tilarkan, o'zining Xizr ekanligini aytadi. 

X izr  Farhodga  hamisha  madadkor  bo'lishini  bildiradi.  Ko'rinadiki, 

Farhod  ishq  sirlaridan  voqif  bo'la  boshlagani  bois  g'aybdan  kelgan 

madad  timsoli  X izr  payg'ambar  maslahati  bilan  jomga  qaraydi,  unda 

Suqrot maskan tutgan tog'  va qorong'u g'om i ko'radi.  Farhod bu ulug' 

zot oldiga borish uchun eng mudhish manzil hisoblangan sher va «temir 

paykar»  odam lar-  robotlar  maskaniga  duch  keladi.  Sher  —  g'azab, 

temir paykarlar esa—dunyo  mo'jizalari  ramzi.  Farhod Axriman devdan 

tortib  olgani  saltanat  timsoli—Sulaymon xotami  bilan  shemi  daf etadi. 

Tem ir paykar bilan jangda Xizrdan olgan tasbihiga tayanib g'olib chiqadi 

va qorong'u g'om i jom i Jamshid — ko'ngli shu’lasi bilan yoritib Suqrot 

huzuriga yetadi.

Alisher  Navoiy  Suqrotni  nihoyatda  ehtiros  bilan  ta’riflaydi.  Shoir 

nazdida u burjlar orasidagi quyosh bo'lib, olam allomalari uning oldida 

shogirddirlar. Tog' o'midan tebranmaganidek, u dunyoviy ne’matlardan 

tog'dek  etak  uzgan  donishmanddir.  Uning  ko'ngli  shu  qadar  kengki, 

unda  olamning  aw alidan oxirigacha bo'lgan  davr zuhurlangan.  Y u zi  -  

ilohiy  nur  ko'zgusi,  o'zi  g'aybiy  sirlami  mukammal  anglagan  zotdir.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Farhod,  Chin  xoqoni,  Mulkoroni  Suqrot  ochiq  yuz  bilan  kutib  oladi. 

Dastlab  Xoqonga  yuzlanib,  uning  bu  yerga  juda  ko‘p  ranj  chekib 

kelganining,  evaziga  Sulaymon  uzugi-yu  Jamshid  jom iga,  yana  bir 

qancha dur-u javohirlarga ega bo‘lganini so‘zlaydi.  Suqrot Xoqonni yana 

ikki xushxabar bilan xushnud etadi.  Biri — uning umri juda uzoq bo‘lishi 

haqida ulug'  hakimning bashorati bo'lsa, ikkinchisi har qanday kasallikni 

daf etuvchi  yumaloq  toshning  tuhfa  qilinishidir.  Xoqon  keksayganida 

uni  og‘ziga  solib,  bir  oz  tutib  turgandan  so'ng,  suvini  yutsa  qayta 

yasharadi.  Ayni  vositalar  tufayli  uning  umri  uzayib  ajdodlari  ichida  u 

qadar  uzoq  hukmronlik  qilgan  boshqa  bir  zot  topilmaydi.  Suqrot 

Mulkoroga  qarata shoh tirik ekan,  vazirlik unga hamisha nasib  etishini 

bashorat qiladi.  Mulkoro keksayganida kasalliklardan forig'  qiluvchi tosh 

yordamida shoh uni ham yashartirishini bayon qiladi.  Suqrot yana shoh 

va  uning  vaziri  taqdirida  to'rt  unsuming  ikkitasi:  yer  va  suvdan  xatar 

bo'lishi,  Alloh  xoxishi  bilan  bu  xatarlar  bartaraf  qilinsa,  ular  besh 

yuz  yil  umr  ko‘rishlarini  ta’kidlaydi.

Xoqon  va  Mulkoro  Suqrot  oldidan  chiqib  ketganlaridan  so‘ng, 

donishmand Farhodni yoniga chorlaydi.  C h in  shahzodasining kelishini 

u intizorlik bilan kutganini so'zlab,  murodi hosil bo'lgani uchun Allohga 

shukronalar qiladi. Vaqt qisqaligi uchun tezda maqsadga o'tib,  Farhodga 

abadiylik  haqidagi  mulohazalarini  bildiradi.  U   shahzodaga  dunyoning 

foniyUgi,  umrning  o'tkinchiligi,  Iskandar  m ulki-yu  N uh  hayoti  nasib 

etsa  ham,  hayotning bir kun  intiho  topishini  bayon etadi.  Alloh vaslini 

umid  qilgan  kishigina abadiy yashashini  ma’lum  qiladi.  Buning uchun 

o'sha  yo'lni  ixtiyor  qilgan  inson  o'zligidan  kechib,  mahbubi  Mutlaqni 

topishi lozim.  Dengiz tubiga sho'ng'imay, tengsiz dumi topib bo'lmagani 

singari kishi o'zligidan kechmay U ni topolmaydi.  Majoziy ishqni haqiqiy 

ishq  maqomiga  ko'tarilishi  o'zlikdan  kechishning  nishonasidir.  Tong 

paytida  nurlar  sochilib  quyosh  paydo  bo'lganidek,  majoziy  ishq  ham 

hijron-u  iztiroblar olovida  toblanib,  sayqal topadi.  Shoir  majoziy  ishq 

haqiqiy  ishqqa  eltuvchi  yo'l  ekanligini  nihoyatda go'zal  tasvirlaydi: 

M ajoziy  ishq  bo‘ldi  subhi  anvar,

Haqiqiy  ishq  anga  xurshidi  xovar  (8,  18 1).

Ko'rinadiki,  ulug'  shoir talqinicha,  ishqi majoziy-yorug'  tong bo'lsa, 

ish q i  h aq iq iy—Sharq  quyoshidir.  A badiy  ishqning  chaqm og'i 

chaqnaganida, uning bir alangasi majoziy ishqni kulga aylantiradi. Suqrot 

Farhodga ham majoziy,  ham haqiqiy ishq  nasib etishini,  uning dovrug'i 

butun  olamga  mashhur bo'lishini,  otasidek yuzlab  xoqon-u  podshohlar

www.ziyouz.com kutubxonasi



unutilsa ham,  shahzodaning yaxshi  sifatlari jahon  ichra abadiy qolishini 

so'zlab,  Suhaylo  singari  u  ham foniy olamdan  o'tadi.  Xoqon,  Mulkoro 

va  Farhod  Suqrotning  dafn  marosimini  o'tkazadilar.  Donishmand 

yashagan tog‘ va uning atrofida ulkan shahar barpo etib, vatanga qaytadilar.

Chin  shahzodasi  Iskandar oynasining  tilsimini  yechishga  muvaffaq 

bo'ladi.  Bu  tilsim  —  komil  inson  Suqrotning  qalbi  edi.  Unda  Farhod 

Shirinni,  o'zini  va  o'z  boshidan  kechirishi  lozim  bo'lgan  voqealami 

ko'radi.  Suqrot  ta’kidlaganidek,  Farhodni  maqsad  sari  eltuvchi  yo'l— 

ishqi  majoziy bo'lib,  unda oshiqning jism i yonib erishi —o'zligidan foniy 

bo'lishi talab  etiladi.  Buning uchun bir mazhar— ilohiy jam ol  siymosida 

aks  etgan  kishi  lozim  edi.  Shunday  vazifani  Shirin  o'taydi.  Shahzoda 

ko'zguda  go'zal  mahbubasini  ko'rib,  hushidan  ketadi.  Tabiblar  dengiz 

safariga  chiqishni  tavsiya  etadilar.  Dengizda  kuchli  to'fon  sodir  bo'lib, 

Farhodni xoqon va MuUcorodan ajratib qo'yadi. Xo'tandan Yaman tomon 

yo'l  olgan  savdogarlar  kemasi  ulkan  dengizda  bir  taxta  ustida  hushsiz 

yotgan  Farhodni  ko'rib,  uning  hayotini  saqlab  qolishadi.  Kemaga 

qaroqchilaming  hujum  qilishi  va  Farhodning  m islsiz  qahramonlik 

namunalarini  ko'rsatib  savdogarlarni  ofatdan  asrashi,  Shopur  bilan 

tanishib,  Arman  mamlakati  tomon  yo'l  olishi,  bu  yerda  mashaqqatlar 

girdobiga qolgan xalqning holiga achinib,  «Nahr ul-hayot» arig'i,  «Bahr 

ul-najot» hovuzining barpo etishga kirishi dostondagi  Farhod obrazining 

har tomonlama yetuklik sari intilishini badiiy ifoda etgan jozibali lavhalardir. 

Shuningdek,  Shirinni  ilk  bor  ko'rgan  shahzodaning  behush  bo'lib 

yiqilishi, Xusravning Shiringa o'ylanish orzusi bilan unga sovchi yuborishi, 

murodi  hosil  bo'lmagach,  Annan  mamlakatini  qamal  qilishi,  yana 

Farhodning jasorati oldida dushmanning ojizligi-yu hiyla bilan uni tuzoqqa 

ildirishi  singari  badiiy  lavhalaming  barchasi  Farhodning  majoziy  ishq 

yo'lida chekkan  hijron iztiroblarining  asardagi  in ’ikosidir.  Ayni  choqda, 

dostonda  Shirinning  Chin  shahzodasi  ishqiga bo'lgan mayli  yolqinlanib 

namoyon bo'lganligi  nihoyatda joziba bilan  tasvirlangan.  Ikki  sevishgan 

qalbning bir-biriga  nisbatan  pok  muhabbatiga Xusrav  Parvezning rahna 

solishga urinishi dostondagi qahramonlararo zidiyatning kuchayishiga sabab 

bo'lgan.  Ana  shunday  ruhiy  holatlami  boshidan  kechirayotgan  Shirin 

Mehinbonudan  Xusrav  sovchilarining  so'zini  eshitganida,  o'zining  bu 

zolim shohga nisbatan nafiatini quyidagicha bayon etadi:

Manga  ne  уог-u   ne  oshiq  havasdur,

Agar  men  odam  o‘Isam,  ushbu  basdur!

Agar  Bonu  iloje  bilsa,  qilsun,

www.ziyouz.com kutubxonasi



0 ‘zumni  oMtururmen  yo‘qsa,  bilsun!  (8.  293-bet).

Alisher  Navoiy  tasviridagi  Farhodning  ishqqa  va  o'z  sevgilisiga 

munosabatini  oydinlashtirishda  uning  Xusrav  Parvez  bilan  qilgan 

munozarasi  katta  ahamiyat  kasb  etadi:

...D edi:  nedur  sanga  olamda  pesha?

Dedi:  ishq  ichra  majnunluq  hamisha...

Dedikim:  ishq  o‘tidin  de  fasona!

Dedi:  kuymay  kishi  topmas  nishona.

Dedikim:  kuymagingni  ayla  ma’lum!

Dedi:  andin  erur job  ahli  mahrum!

Dedi:  qay  chog‘din  o'ldung  ishq  aro  mast?

Dedi:  ruh  ermas  erdi  tang‘a  paypast...

Dedi:  bu  ishq  tarki  yaxshiroqdur!

Dedi:  bu  sheva  oshiqdin  yiroqdur!

Dedi:  ol  ganj-u  qo‘y  mehrin  nihoniy,

Dedi:  tufroqqa  bermon  kim yoni!..

Dedikim:  shahg'a  bo'lma  shirkat  andesh!

Dedi:  Ishq  ichra  tengdur  shoh-u  darvesh!..

Dedi:  kishvar  beray  kech  bu  havasdin!

Dedi:  bechora  kech  bu  multamasdin!

Dedi:  ishq  ichra  qatling  hukm  etgum!

Dedi:  ishqida  maqsudumg'a  etgum!  (8,  323-325).

Mazkur parcha bir necha jihatdan  e’tibomi tortadi.  Ishq va junun— 

oshiq qismatida markaziy halqa. Chunki bu o'rinda m ajnunlikjism oniy- 

ruhiy xastalik emas. Jazba yoxud junun  — ishqning  maqomlaridan biri. 

Bunday bosqichdagi  ishq  majoziy  yoxud  haqiqiy bo'lsin,  uning  vatani 

dildir va  u  boshqa  har qanday  tuyg'udan  ustun  turadi.  Junun  holatiga 

yetgan  oshiqni  ma’shuqadan  keladigan  hijron,  g‘am,  anduh,  jabr-u 

jafo  qilcha  bezovta  qilmaydi.  Ishqning  kuydirishini  oshiq  o'zi  uchun 

sharaf deb  biladi  va uni  quvonch  bilan  peshvoz oladi.  Negaki,  ana  shu 

sinovlarsiz  poklanish  baxti  muyassar  bo'lmaydi.  Shuning  uchun  ham 

Farhod muhabbatni shahvoniy hirsni qondirishning vositasi deb biluvchi 

Xusravga pisanda qilayotir.  Kuyishni so'z bilan yetkazib bo'lmaydi, uni 

jisman va qalban tuymoq lozim.

Munozarada o'rtaga qo'yilgan masalalardan yana biri ishq va uning 

tarki  (undan  voz  kechish)  muammosidir.  Sadoqat  shevasini  shior 

aylagan  oshiqlar  uchun  ishqdan  kechmoq  —  o'zidan  kechmoq,  o'lim  

bilan barobardir.  Insonning olijanob fazilatlaridan biri so'zining ustidan

www.ziyouz.com kutubxonasi



chiqish,  lafzini  himoya qila olishi  hisoblanadi.  Oshiqlar ahli bu borada 

ibratdir. Xuddi shunday dadil munosabat ishq va ganj, ishq va zar (boylik) 

xususida ham  namoyon  bo'ladi.  Fidoyi oshiq nigohida ishq-muhabbat 

daxlsiz daigoh hisoblanadi.  U  sotilmaydi va sotib olinmaydi. Farhodning 

Xusravga bergan javobida buni yorqin  sezishimiz  mumkin.  Ishq ruhiy- 

ma’naviy xazina. Javohirot xazinasi esa uning qiyosida tuproq bilan teng. 

Ishq-kimyo. Kim yoni faqatgina kimyo bilan yonma-yon qo'yish mumkin. 

Kimyo yoxud kimiyo Sharq mumtoz adabiyotida qo'llanadigan va seijilo 

so'z,  istilohlardan  biridir.  Kim yo  fanning  nomi.  Yana  bir  tushuncha 

ham mumtoz adabiyotda keng tarqalgan bo'lib, asarlardan asaiga ko'chib 

yashaydi.  O'sha  aqidaga  ko'ra,  shu  fan  vositasida  mis,  qalayi  kabi 

ma’danlami  (hatto  tuproqni)  oltinga  aylantirish  mumkin  ekan...

Kimyo—ajoyib,  noyob,  nodir  narsa.  Har  qanday  ortiqchaliklardan 

arigan, pokiza sohadir.  Farhod lafzida ana shu ma’noda istifoda etilgan ishq 

pok  ruhiy-ma’naviy  tuyg'u.  Xazina  esa  bu  sharafdan  benasibdir.  Bunday 

qochirim o'z mantiqiy zaminiga ham ega. Negaki, biror-bir ma’dan tabiatda 

kimyoviy nuqtai nazardan sof holida emas, balki qotishma, qorishiq taizida 

uchraydi.  Ulug'  shoir  shu  qonuniyatni  nazarda  tutadi  va  ishq  kimyosini 

xazina bilan bir safga qo'yish uchun rozilik bermaydi. Ilmiy-adabiy asarlarda 

«kimyoyi vujud» atamasi ham uchraydi.  Mazkur ibora vujudni poklovchi, 

vujudni  saralovchi  iksir  ma’nolarida  keladi.  Odam  vujudi  uchun  iksir 

vazifasini komillik maqomiga ko'tarilgan ulug' zot — pir, shayxning nazari 

yoxud favqulotda ta’sir qilish  kuchiga ega bo'lgan  narsa,  tuyg'ular o'tashi 

mumkin.  Tabiiyki,  ikkinchi  omil  ishq-u  oshiqlikdir.

Ulug'  shoir she’rlarida «ishq ichra shoh-u gado tengdur,  balki gado 

fiizun»,-degan  g'oya  yashaydi.  Farhod  tilida  o'sha  mazmun  yana  bir 

karra aks-sado  bermoqda.  Ishq  iksir ekan,  u  poklanishga  moyil barcha 

qalblardan  makon  topishi  muqarrar.  Ayonki,  o'sha  safda  shoh  ham, 

gado  ham  tura  oladi.  Alisher  Navoiyning  gadoga  urg'u  berishi  o'z  tag 

ma’nosiga ega.  Shohning suyangan toji,  taxt-u baxti, jo h-u davlati bor. 

Gadoda esa yolg'iz ishq iksiri mujassam.  Uning gadoligiga esa o'sha ishq 

boisdir.  Chunki oshiqning ko'ngU xazinasi ana o'sha boylikdan o'zgasini 

qabul qila olmagani tufayli gadolik holatiga tushgan.  Shundan ishq iksiri 

tufayli Farhod toj va mamlakatdan «tozalanib», oshiqlik shevasini shior 

aylagan edi. Xusravning qatl haqidagi do'g'-u dabdabalarini ham  Farhod 

nihoyatda  sovuqqonlik  bilan,  seskanmay  qabul  qiladi.  Bahouddin 

Naqshband hazratlari nuqtai nazaridan  «o'lim  do'stning do'st huzuriga 

(Alloh  dargohiga)  tashrifl  ekan,  bundan  xafa  bo'lmoq  ne  hojat?»

www.ziyouz.com kutubxonasi



Darvoqe,  odamning  dunyoga  kelishi  Uning  xoxish—irodasi  ekan, 

qaytishi—o'lim i  ham  bandasini  o‘z  huzuriga  da’vati  emasmi?  Kom il 

musulmon rutbasidagi Alisher Navoiy uchun bunday islomiy qarashlar 

kunday  ravshan  edi.  Shundan  bo‘lsa  kerak,  uning  qalamidan  sayqal 

ko'rgan  Farhod pinagini  buzmay,  «ishq yo‘lida qurbon bo'lish  mening 

maqsadimdir»,-deya turaveradi.

Dostondagi  ilohiy  ishqdan  mahrumlik,  dunyoviy  zulmning  timsoli 

bo'lgan  Xusrav  Parvez  Farhodning javoblaridan  nihoyatda  ta’sirlanadi. 

U ni  doiga  osmoqchi  bo‘ladi,  biroq  vaziri  Buzrug  Ummidning  taklifi 

bilan  Chin  shahzodasi  Salosil  (Zanjirlar)  g‘orida  bandilikda  saqlanadi. 

Shunday  qilib,  m a’rifat  martabalaridan  odim lab,  ruhiy-m a’naviy 

yuksaklikka  tomon  harakatlanayotgan  oshiq  bilan jaholat,  makr-hiyla, 

beburdlik,  g'ofillik  botqoqlarida  botib  borayotgan  zolim   orasidagi 

to'qnashuv  asar  sahifalarini  g‘oyat  ziddiyatli  lavhalar  bilan  boyitadi. 

Suqrot  ta’kid  etgan:  «Haqiqat  ahli  zindoniydur  asru»,-degan  hukm 

shahzoda qismatida ham mavjudligi namoyon bo'ladi.  Farhod Suqrotdan 

olgan ta’lim i asosida tutqunlikdan xolos bo'lish imkoniyatiga ega edi.  U  

shunday qudrat sohibi ekanligini namoyon ham qiladi. G 'o r yo'lida qum 

va  olmos  tashlanganligi-yu,  besh  yuz  qorovul  tayinlanganiga  qaramay, 

bemalol  temir  darvozani  ochib  chiqib  ketaveradi.  Biroq  nigohbonlar 

Xusrav tomonidan o'limga hukm etilishini istamay, yana zanjirlar g'origa 

kelishni  ixtiyor etadi.  Shopur bu  xabardan voqif bo'lib,  hushsiz  yotgan 

Shiringa Farhodning tirik ekanligini aytadi.  U  oshiq va ma’shuqalaming 

ishq  haroratidan jo'shib  bir-birlariga  intiqlik  bilan  yozgan  maktublarini 

ulaiga yetkazib turadi.  Biroq ezgulik jaholat  qurboniga aylanadi.  Xusrav 

yana makr-hiyla yo'liga o'tadi.  Hiyla-nayrangi falaknikiga o'xshash, qaddi 

ikki bukilgan qari kampimi Farhod huzuriga yo'llaydi.  Firibgar zol Xusrav 

Arman mamlakatini bosib oladi,  Mehinbonu u bilan yarashadi.  Shirinni 

unga  berishga  rozi  bo'ladi,  ammo  Shirin  bunga  chidolmay o'zini  halok 

etadi, deb Farhodni ishontiradi.  Bu makkora kampir afsonasidan Farhod 

ichida  yuz  minglab  tig'  tushib,  u  faryod  ko'taradi:

G'iryovi  tortibon  Farhodi  mazlum,

Dedi:  Bas  qilki,  bo'ldi  qissa  ma’lum.

G 'araz  gar jon  edi,  olding  ana  hoy,

O 'luk  tandin  ne  istarsen  yana  voy.

Ko'ngul  qonin  ichardin  to'yg'il  emdi,

M eni  o'z  mehnatimg'a  qo'yg'il  emdi.

Debon  qo'pti jahondin  silkibon  qo'l,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Adam  dashtig‘a  hijron  aylabon  yo‘1.

Yoshidin  tog‘da  solib  sel  rezi,

Demakim 

sel  rezi  rustaxezi.

Bu  seli jismining  qasrin  qo‘ngorib,

Hayoti  xayli  ham  ul  suvg‘a  borib  (8,  402).

Alisher  Navoiy  Farhodning  keyingi  ayanchli  ahvolini  tasvirlarkan, 

lining butun vujudi sekin-asta parokanda bo‘layotganiga e’tibomi qaratadi. 

U   —  g‘oyatda  ta’sirli  ko'ngil  g'ashlarini  bag‘riga  olgan  hajr  dashtining 

oviga  aylanadi.  Hajr  esa  o'tkir  qilichdan  ham  og'ir  jarohat  yetkazib, 

uning bag'rini ikki pora qiladi.  Farhod fig‘on tortib o‘midan turishga har 

qancha  harakat  qilmasin,  holsizlanib yiqiladi.  Ajal buzg‘inchisi jismidan 

quwatini  oladi,  natijada  uning  ko'zi  oldida  olam  qorong'u  go‘r  bo'lib 

ko'rinadi.  Qorong'ulikda toshlar tomon  talpinganida, jismidagi  suyaklar 

sina boshlaydi.  Shunda u boshini toshlarga urib yig'laydi.  Farhod charxga, 

g'am  tig'i,  anduh toshi,  ajal,  qiynoq,  azob,  hijron g'ami,  tog',  metinday 

qattiq tog' toshi,  hayvonlarga nolalar qila boshlaydi.  Uning o'lim i oldidagi 

bu  afg'onlarida  hayotga  tashnalik  tuyg'usi  nihoyatda  bo'rtib  ko'rinadi. 

Shundan so'ng u bodi saboga iltijo qilib, Chin-u Xito mulkiga yo‘1 olishini, 

Xoqonga  uchrab  ota  yuzini  ko'rolmay  armon  bilan  o'lgan  farzandidan 

unga  xabar  yetkazishini  o'tinadi.  Shuningdek,  bu  o'tinch  zamirida 

Farhodning  salomi  mushtipar  onasi,  Mulkoro  va Bahrom,  ustozlari 

Moniy  va  Qoranga  ham  yo‘llanganligini  ifodalaydi.  Do'sti  Shopurdan 

qabrining toshidan hamisha voqif bo'lishini  iltimos qilib jon taslim etadi: 

Buzulg‘on  joni jononig‘a  tushti,

Balo  o‘ti  buzuq jonig'a  tushti.

U l  o‘t  bir  nav’  kuydirdi  vujudin,

K i,  kul  qildi  vujudi  tor-u  pudin.

Q ilib jononi  otin  tilga  ta’lim,

Tutub jonon  otin, jon  yetti  taslim  (8,  419).

Farhodning  o'lim i  yirtqich  hayvonlarga  ta’sir  qilib,  ular  makkora 

kampimi burda-burda qilib tashlashadi.

Chin shahzodasining halok bo'lganligi haqidagi xabar tezda el orasida 

tarqaladi.  Uning dushmani bo'lgan Xusrav Shirin visoliga yetish orzusidan 

shodlansa-da, Allohning g'azabiga uchrashidan qo'rqardi. Nim a bo'lganda 

ham  Mehinbonu  qasriga  kordonlari-ishbilarmon  kishilarini  yuboradi. 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling