B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


tanitilgan  Dilorom  ov chog'ida ota kiyikni ona kiyikka,  ona kiyikni esa


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71

tanitilgan  Dilorom  ov chog'ida ota kiyikni ona kiyikka,  ona kiyikni esa 

ota kiyikka aylantirishni talab etadi.  Har ikkala ijodkor asaridagi kanizak 

obrazi  mag'rurligi  bois jazolansa-da,  o'limga  hukm  etilmaydi.  Oradan 

ancha vaqt o'tgach, ular Bahrom bilan qayta topishadi. Nizom iy Ganjaviy 

dostonining asosiy qismi  Bahromning tug'ilishi bilan boshlanadi.  Shoir 

zolim  ota  Yazdijurddan  yaxshi  farzand  tug'ilishi  mumkinligi,  buning 

hammasi tarbiyaga borib taqalishiga e’tibomi qaratadi.  Dastlab No'mon, 

keyinchalik  uning  o'g'li  M unzir  tarbiyasini  ko'rgan  Bahrom  adolatli 

hukmdor bo'lib yetishadi.  Xusrav Dehlaviy «Hasht behisht» dostonining 

asosiy voqealarini  Bahromning  taxtga  chiqishi  lavhasi  bilan boshlaydi. 

Shoir Bahrom G o 'r haqida sakkizta hikoya so'zlashni muhim deb biladi. 

Hikoyalar hind folklori  namunalari asosida ijod etilgan bo'lib,  ulardagi 

k o 'ta rin k i  ruh,  baytlarning   b a d iiy   san ’atlar  b ila n   m ohirona 

ziynatlanganligi  o'quvchiga  estetik  zavq  bag'ishlaydi.  Alisher  Navoiy 

zamondoshlaridan Ashraf Marog'aviy «Xamsa»si tarkibida ham Bahrom 

G o 'r  sarguzashtlariga  bag'ishlangan  «Hafl  avrang»  («Y   yetti  taxt») 

nomli doston  mavjud.  Asam i  qiyosiy o'rgangan taniqli adabiyotshunos

S .H asan o v  quyid agi  u m u m lash m a-xu lo salarin i  bayon  etadi: 

«Ashrafning «Hafl avrang» asari alohida syujet va kompozitsion tuzilishga 

ega bo'lib,  Nizom iy,  Xusrav Dehlaviy va Alisher Navoiy dostonlaridan

www.ziyouz.com kutubxonasi



keskin  farq  qiladi.  Ko'plab  shoirlaming  tatabbu’si  uchun  asos  bo'lgan 

Bahrom va Ozoda haqidagi afsona esa asarda o'z aksini topmagan. Buning 

asosiy  sababi,  yuqorida  aytganimizdek,  Ashraf ana  shu  afsona  asosida 

Bahromning  o'z  kanizagiga  bo'lgan  muhabbati  haqida  asar  yaratishni 

o'z oldida maqsad qilib qo'ymaydi.  U  odil shoh Bahrom haqida doston 

yaratmoqchi.  Shuning  uchun  ham  Bahromning  kanizagi  bilan  ovda 

bo'lib  o'tgan  voqealarga  Ashraf  to'xtamay,  Bahrom  tarixiga  e’tibor 

beradi»  (Hasanov S.  Navoiyning у yetti tuhfasi.  Toshkent:  G ‘.  G'ulom  

nomidagi  Nashriyot matbaa birlashmasi, 19 9 1,39-bet).

Alisher  Navoiy  ulug'  salaflari  asarlarini  teran  o'rganib  o'zining 

ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlarini dostonda ifodalash niyatida 

an’anaga sodiq qolgan holda, yangicha ruhdagi doston yozishga intiladi. 

Ulug' shoiming bu sa’y-harakatlari dostonning nomlanishidanoq ko'zga 

tashlanadi:

Lutf bu  nazm  aro  bag'oyatdur,

G 'araz  ammo  yeti  hikoyatdur.

Chunki  qoyil  yeti  musofir  edi 

K i,  alar  sayr  ishiga  mohir  edi.

Bo'ldi  chun  bu  raqam  ishi  tayyor,

Qo'ydum  otini  «Sab’ai  sayyor»  (10,  409).

Buyuk so'z san’atkorining asar xotimasidagi  e’tirofiga  ko'ra,  ushbu 

doston  ko'p  qirrali  ma’no  va  mazmun  bilan  boyitilgan  bo'lib,  undagi 

asosiy  maqsad  у  yetti  hikoyatda  o'z  ifodasini  topgan.  Buning  sababi 

ijodkor  tanlagan  hikoyat  so'zlovchilar  sayr-u  sayohat  ishiga  mohir 

bo'lgan,  dunyo  ko'rgan  musofir-darveshlardir.  Shu  bois  doston  ijod 

etilgach,  shoir  uni  «Sab’ai  sayyor»  -   у  yetti  kezuvchi,  sayr  qiluvchi 

deb  nomlaydi.

Alisher  Navoiy  «Sab’ai  sayyor»ining  yana  bir  o'ziga  xos  muhim 

jih a ti  q o lip lo v ch i  hikoya  sanalgan  Bahrom   va  D ilo ro m   ishqiy 

sarguzashtlarining у yetti  hikoya bilan san’atkorona bir butunlik hosil 

qilishida namoyon bo'ladi.  Unga ko'ra,  aysh-ishrat,  mayxo'rlik va ovga 

berilgan  shoh  Bahrom  dashtda  musawir  M oniyni  uchratib  qoladi. 

M oniy Xojasi chang chalishda mashhur bo'lgan parichehra  Dilorom ni 

Xitoy  davlatining  bir  yillik  xiroji  evaziga  sotmoqchi  ekanligini  aytib, 

shohga  kanizakning  suratini  ko'rsatadi.  Bahrom  suratni  ko'rib  qizga 

g'oyibona oshiq bo'lib qoladi va Xitoy mulkiga odamlarini yuborib bir 

y illik   xiroj  evaziga  Dilorom ning  vasliga  erishadi.  Bahrom  mahvashi 

bilan  birga  ov  qilar,  uning  qo'lidan  boda  ichar,  changda  yoqim li

www.ziyouz.com kutubxonasi



nag‘m alar  chalgan  suyuklisining  san’atidan  zavq-shavqqa  to‘lar, 

Xullas, vaqtini xushnudlik va baxtiyorlik bilan o‘tkazar edi.  Shu tariqa 

shoh  Bahrom mamlakat,  sipoh  ishini unutadi,  el-ulus ungamalomat 

qila boshlaydi.  Yaqinlari  shohni bu  ko'ngilsizliklardan voqif qilishadi. 

Hukm dor  D ilorom   singari  parichehralar  vasliga  erishish  uchun 

podshohlik  vosita  ekanligini  o‘ylab  «tarki  ishq  etgali»  bahona  qidira 

boshlaydi.  Mahvashi bilan ovga chiqqan shirakayf shoh qarshisida hozir 

bo'lgan  kiyikni  qanday  otishni  undan  so'raydi.  Dilorom   kiyikning 

ikki  oyog'ini  band  etib,  keyin  uni  bo'g'izlashni  taklif qiladi.  Bahrom 

otgan dastlabki o'q  kiyikning bir oyog'idan o'tib  ikkinchisiga qadalishi 

natijasida o'ljaga tuzoq qo'yiladi.  Keyingi o'q bilan shirakayf hukmdor 

kiyikn i  bo'g'izlaydi.  Bahrom   sevgilisidan  maqtov  kutadi,  biroq 

Dilorom   bir  ish  bilan  muntazam  shug'ullanishning  natijasi  shunday 

bo'lishini  bildiradi.  Shoh  g'azablanadi.  Uning  holatidagi  o'zgarishni 

ko'rgan  Dilorom   misol  tariqasida  o'zi  chang  chalganida,  barchaning 

hushi  og'ib  qolishini  aytadi.  Hukm dom ing  qahr-g'azabi  yanada 

alangalanadi  va  sevgilisining  boshini  kesishni  buyurmoqchi  bo'ladi. 

Biroq  atrofidagilaming  ayol  kishiga  tig'  ko'tarish  mumkin  emasligini 

m a’lum  qilishi  Dilorom ning joniga oro  kiradi.  Bahromning bo'yrug'i 

bilan Diloromni o'z sochlariga bog'lab dashtga tashlab ketadilar.  Saroyga 

qaytib  tong  ottirgan  shoh  m a’shuqasini  so'raydi.  Bo'lib  o'tgan 

voqealardan  xabar  topgach,  qilm ishidan  iztirobga  tushadi,  hatto, 

o'zini  o'ldirm oqchi  bo'ladi,  biroq  shohlik  g'ururi  yo'l  qo'ymaydi. 

Bahrom o'zini  idora etolmay  ikki  kun  hushsiz yotadi.  O'ziga kelgach, 

Dilorom ni izlashga tushadi.  Shoh sahrodan sevgilisining na o'ligini va 

na tirigini topa oladi.  Chodir qurib o'sha yerda tunashga to'g'ri  keladi. 

Bahrom  dahshatli  tunni  Dilorom ning  siymosini  ko'z  oldiga  keltirgan 

holda cheksiz sahro va uzun tun bag'ridagi chodirda o'tkazadi.  Hukmdor 

sevgilisini  qo'm saydi,  vijdon  azobida  qiynaladi,  o 'z in i-o 'z i  urib 

ingraydi,  nihoyat,  tongga  yaqin  hushidan  ketadi.  Bahromga  tobe 

shohlar  va  beklar  sarosimaga  tushib  ulug'  hukmdomi  shahardagi  bir 

boqqa  olib  keladilar.  Uning  m uhlik-  halok qiluvchi  ishq,  zolim   firoq 

azobidan jism u  aqli  omon  qolmaydi:

Gah-gahi  cheksa  erdi  nolai  zor,

Jism i  zori  topar  erdi  ozor.

So'zi  ichra  yo'q  erdi  hush  asari 

Yo'q  edi  o'z  degonidin  xabari.

Xaylida  kimda-kim  bor  erdi  bilik,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Borcha yig'lab yuvdilar ondln  ilik  (10,  129).

A rkoni  davlat  to'rt  yuz  tabibni  chaqirib  Bahrom ni  davolash 

lozim ligin  aytadilar.  Hakim lar  shoh  ishq  dardiga  mubtalo  bo'lganini 

ma’lum  qilishadi.  Ularning  fikricha,  ishq  dardi  —  o't,  tabib  muolajasi 

esa  —  xasdir.  Bas  shunday  ekan,  o'tni  xas  bilan  daf  etib  bo'lmaydi. 

Shunday bo'lsa-da, jidd -u  jahd bilan Bahrom jismiga sihat kirishi ilinjida 

hukamo  sa’y-harakatda bo'ladilar.  «Ikki yil tarki xo'rd-u tob aylab,  Ish 

saranjomig'a  shitob  aylab»  qilingan  tabiblar  muolajasi  o'z  ta’sirini 

ko'rsatadi.  Shoh  Bahrom ning  savdoyiligi  ancha  barham  topadi. 

Hukm dom i  bu  darddan  yanada  xalos  etish  uchun  hakim lar  taklifi 

bilan у yetti  iqlim  podshohi у yetti qasr bunyod etishga  kirishadi.  Shoh 

Bahromning  o'zini  awalgidan  ham  sog'lom  his  qila  boshlaydi.  Ulkan 

imoratlar  qurib  bitkazilgandan  so'ng,  tabiblar  maslahati  bilan  M oniy 

ulam i  у yetti rangda  nihoyatda  maftunkor qilib bezaydi.  Shoh  Bahrom 

ulardan zavqlanib kundan-kun dardini unuta boshlaydi.  Uning tamomila 

sog'ayishi  uchun  qasrlami  bezash  ishlari  nihoyalangach,  у  yetti  iqlim 

shohi  o'zlari  qurdirgan  у  yetti  qasrda  qizlarini  joylashtirishlari,  shoh 

Bahrom  haftaning  har  kunini  bir  qasrda  xursandchilik  bilan  o'tkazib, 

у yetti go'zalni  o'z  nikohiga  olishi  maqsadga  muvofiq deb  topiladi.

«Sab’ai  sayyor»  dostonidagi  qoUplovchi  hikoyaning  so'nggi  bobi 

mana shu o'rinda nihoyalanib, asaming asosiy qismini tashkil etuvchi у 

yetti  musofir  hikoyatlariga  o'rin  beriladi.  Shanba  kuni  qora  qasrda 

hinduvash  go'zal  harir  kiyim larda  shoh  Bahrom ni  qarshi  olib, 

hukmdorga e’zoz ko'rsatadi. Tabiblar boshqa iltifotni ta’qiqlashgan edi. 

Buni  mahvash  bilardi.  Kech  bo'lgach,  u  o'z  pardasiga  nihon  bo'ladi. 

Podshoh  uyqusizlikdan  aziyat  chekadi.  D uch  kelgan  m usofirni 

keltirishni  mulozimlariga  buyuradi.  Birinchi  iqlim   yo'lidan  kelgan 

musofir  insoniyat  baxt-saodati  uchun  muhim  hisoblangan  birodarlik, 

insonparvarlik  va  baynalm ilallik  g'oyalari  ilgari  surilgan  Farrux  bilan 

Axiy haqidagi hikoyatni so'zlaydi. Yakshanba. Sariq qasr. Zarbob kiyimlar 

kiygan  Bahrom  sariq  libos  kiygan  rumlik  go'zal  bilan  oltin  qadahda 

sariq  may  ichib,  zo'rg'a  kunni  kech  qiladi.  Rumdan  tashrif buyuigan 

musofir Zayd zahhob  (Zayd zaigar) saiguzashtlarini hikoya qiladi.  Shu 

tariqa dushanba kecha yashil qasrda shahrisabzlik musofir «Sa’d», seshanba 

kecha  gulgun  qasrda  tarozlik  musofir  «Jo'na  va  M as’ud»,  chorshanba 

kecha  moviy  qasrda  shoh  Bahrom  huzuriga  kelgan  musofir  «Mehr  va 

Suhayl», payshanba kecha sandal (qoramtir-sarg'ish) rangli qasrda tashrif 

buyurgan  musofir  «Muqbil  va  Mudbir»,  nihoyat,  jum a  kecha  kofuriy

www.ziyouz.com kutubxonasi



(oq)  qasrda  Xorazm lik  musofir  «Dilorom»  hikoyasini  so‘zlab  beradi. 

Shunday  q ilib ,  shoh  Bahrom   firoqida  o‘rtanayotgan  sevgilisi 

Dilorom ning  taqdiri  bilan  bog'liq  ma’lumotlarni  Xorazm lik  sayyoh 

hikoyasidan bilib oladi. Ulug‘  shoir  bunday yo‘1 tutish  bilan qoliplovchi 

hikoyat  va  ichki  hikoyatlar  orasidagi  yaxlitlikni  ta’minlagan  bo'ladi. 

Natijada Bahrom va Diloromning ishqiy sarguzashtlari bilan ijodkoming 

o‘quvchiga taqdim etmoqchi bo'lgan tayanch g'oyaviy niyatlarini o‘zida 

mujassamlashtirgan  у  yetti  hikoyat  o ‘zaro  butunlik  hosil  qiladi. 

Xamsanavislikda  dong  taratgan  Nizom iy  Ganjaviy  va  Am ir  Xusrav 

Dehlaviy  dostonlarida esa asaming  qoliplovchi  qismi  bilan  hikoyatlar 

o'rtasidagi bog'liqlik mavjud bo‘lmay,  ular mustaqil voqealar tizimidan 

tashkil topgan alohida asarlarga o'xshab qolgandi.

Alisher  Navoiy  «Sab’ai  sayyor»da  ulug‘  salaflari  asarlarini  yuqori 

baholab, shu bilan birga ulaming dostonlaridagi haqiqatdan yiroq bo‘lgan 

ba’zi  lavhalaiga  ham o ‘zining  munosabatini  bildirdi.  Aw allo,  ustozlar 

badiiy tafakkurining mahsuli bo'lgan  Bahromda «moyai dard»-insonga 

xos  bo'lgan  haqiqiy  sevgi  mavjud  bo'lmasa-da,  uni  ishqaro  tengsiz 

deya  e’tirof etilishi  shoir e’tiroziga  sabab  bo'ladi:

B iri  bukim  yo'q  anda  moyai  dard,

Q ildilar  ishq  so'zidin  ani  fard  (10,  54).

Ulug' shoiming ikkinchi e’tirozi «Haft avrang» va «Hasht behisht»da 

qalamga  olingan ba’zi  lavhalaraing  hayotiy  emasligi  bilan  bog'liq: 

Yana  biri  buki  anda  ba’zi  ish,

Zohiran  nomunosabat  tutmish(10,  54).

N izom iy  Ganjaviy  dostonida  to'rt  yil  N o‘mon  qo'lida  Yamanda 

tarbiyalangan  Bahrom  ustozining  tavsiyasiga  ko‘ra,  Eronda  M unzir 

bilan bahavo tepalikda qasr qurish uchun joy izlaydilar.  Buyuk binokor 

Simnor  «Havamaq»  («Ichkilik  ichadigan  joy»)  qasrini  bunyod  etadi. 

Bu ulkan imoratni tomoshasiga kelgan Bahrom ilgari umuman kirmagan 

xonada bo'lib, у yetti go‘zal qizning suratini ko‘radi. Keyinchalik Bahrom 

mana  shu  у yetti  iqlim   shohining  qizlari  uchun  у yetti  qasr qurdiradi. 

Am ir Xusrav Dehlaviy dostonida esa haddan tashqari ovga berilib ketgan 

Bahrom  G o ‘m i  poytaxtga  qaytarish  uchun  у  yetti  qasr  bunyod  etib, 

ulaming  har  birida  у  yetti  go‘zal  joylashtiriladi.  Alisher  Navoiy  har 

ikkala  asardagi  qasrlar  qurilishi  lavhasi  shoh  Bahromning  aysh-ishrati 

tasviri  uchun  keltirilganligi,  shuningdek,  у  yetti  malikaning  Bahromni 

uxlatish  uchun  a&ona  so'zlashlari  tabiiy  emasligini  qayd  etadi.  Shoir 

salaflari  talqinidagi  odat-u  sifati  g'aflatda bo'lgan  Bahromning uxlashi

www.ziyouz.com kutubxonasi



uchun afsonaga hojat  bormi,  deya o‘rinli  ta’kidlaydi:

Anga  xud  g‘aflat  o'ldi  da’b-u  sifat,

Uyqusig'a  fasona  ne  hojat?(10,  55)

«Sab’ai  sayyor»  dostonidagi  qasrlar  qurilishi,  ularning  M oniy 

tomonidan  у  yetti  rangda  bezatilishi,  shuningdek,  ularda  у  yetti  iqlim 

shohlari  qizlarining  joylashtirilishi  hamda  у  yetti  musofir  hikoyati 

Bahromning ishq dandi — savdoyilikdan xoli bo'lishi va Diloromning keyingi 

taqdiridan  voqif  etilishiga  xizmat  qildiriladi.  Demak,  Alisher  Navoiy 

talqinidagi  Bahrom  ustoz  xamsanavislar  dostonidagi  bosh  qahramondan 

farqli  o‘laroq  ishq-m uhabbat  nuqtai  nazaridan  Dilorom ga  befarq 

bo'lolmaydi.  Undagi  «moyai  dard»,  shohni  savdoyilikka  duchor  etuvchi 

sevgi  maishatparast  va  xudbin  hukmdomi  chinakam  oshiq  maqomiga 

ko‘taradi. «Hafl paykar» va «Hasht behisht» dostonida tasvirlangan nodon 

Bahrom vasfiga  ortiqcha  berilgan  ijodkorlar Alisher Navoiyning  yana  bir 

e’tiroziga sabab bo‘ladi:

Kim  munungdek  iki  vahidi  zamon,

H a r  bir  o'z  vaqtida  faridi  zamon.

Buyla  nodon  uchun  yozib  avsof,

Anga  qilg‘aylar  o'zlarin  vassof.

Madhini  behisob  yozg‘aylar,

Balki  mavzun  kitob  yozg‘aylar.

H a r  bir  ul  nazmida  ko‘rub  ko'p  ranj,

Q ilg'ay  o'z  «Panj  ganj»idin  bir  ganj.

Olloh,  Olloh,  ne  ganj  bo'lg'ay  bu!

Sarbasar  elga  ranj  bo'lg'ay  bu!

B o'la  olmas  bu  ish  magar  bu  tavr 

K i,  desang  ul  iki  yagona  davr.

Baski,  ustod  edilaru  komil,

Bo'ldilar  g'arralig'  bila  g'ofil  (10,  55-56).

Alisher Navoiy «Xamsa»sining o‘zagini  insoni komilning jism oniy- 

ma’naviy balog'atiday hamma zam on-u makonlar uchun birday qadrli 

bo'lgan  mavzu  tashkil  etar  ekan,  m uallif har  biri  hajman,  m azm un- 

u  mohiyatan  bir  dostonga  teng  keluvchi  «Sab’ai  sayyor»  tarkibidagi 

she’riy qissalarda o‘sha mavzuning muayyan olmos qirralarini yoritishni 

niyat qiladi.  Shoir dostonida o‘sha qissalar hayot atalmish doshqozonda 

obdon  pishgan,  har  birining  ibratli  sarguzashtlari  mavjud  bo‘lgan 

musofir darveshlar tilidan  keltiriladi.  Shanba  kunini zohiriy va botiniy 

g ‘a la y o n la r  o g ‘ u sh id a  o ‘ tkazgan  B ah ro m n in g   tun  zu lm a ti

www.ziyouz.com kutubxonasi



yaqinlashganidan dilxunligi ortib boradi va u mulozimlaiga jahongashta 

bir  qissaxon  topishni  buyuradi:

Kim  yoiuqsa,  manga  keltursunlar,

Baytul—axzonlma  etursunlar.

Kim ,  necha  nukta  oshkor  desun,

Sarguzashtin  fasonavor  desun  (10,  14 0 -14 1).

Shoh  Bahromning  bu  farmoni  oliysi  ijro  etildi  va  dunyo  ko‘igan, 

olam  bo‘ylab  takror  safar-u  sayohatlarda  bo'lgan jahongashta  musofir 

uning huzuriga keltiriladi. Ana shu musofir Bahromga Axiy va Fanuxlaming 

ibrath  hayot  sarguzashtlari  haqidagi  qissani  so'zlab  beradi.  Sarandib 

poytaxti  bo'lgan,  H in d -u   Xitoy  va  Kashmirga  qadar  hukmi  o'tadigan 

davlat podshohi Jasratxon qirq yildan ziyodroq hukmronlik qilgan, yoshi 

saksondan  oshgan,  adl-u  amniyat  yo'lini  tutib  saltanat  surgan  inson. 

Shohning  behisob  boyligi,  farovon  mulki,  havas  qilgudek,  taxt-u  baxti 

bor.  Ammo  ko'nglidagi  yagona  armoni—taxt  vorisligini  ta’m in  etuvchi 

farzandi yo'q. Jasratxonning munojot-u iltijolari ijobat bo'lib,  keksaygan 

chog'larida Farrux  ismli o'g'il ko'radi.  Shahzodalarga xos tarbiya ko'rib 

kamolga etgan Farruxga keksa va donishmand otasi mamlakat taxtini ishonib 

topshirishni  ixtiyor  etgani  asarda  quyidagicha  tasvir  etilgan:

Yoshi  seksong'a  tegru  yetmish  edi,

Ko'nglidin  umr  zavqi  ketmish  edi.

Istar  erdi  tirikligida  o 'zi,

Yorumoq  o'z  charog'i  biria  ko'zi,

O 'g'lig'a  mulk-u  taxt-u  tojin  ham,

Hind  molin,  Xito  xirojin  ham,

Beribon  yuz  tafoxxur  aylar  edi.

Lek  Farrux  tanafiur  aylar  edi  (10 ,14 2-14 3).

Doston muallifining mayli Farrux tarafida. Shuning uchun uni himoya 

qiladi.  Farruxning  qalbi  saltanatni  xushlamay  turibdi.  Uning  faqrga 

moyilligi baland.  Faqr-saltanatning ziddi. Xoksorona turmush, jism oniy- 

botiniy tahorat,  ma’rifat  zinapoyalari  orqali  haqiqatning  nurU  olamiga 

kirib borish-faqr yo'lining bekatlaridir.  Farrux tabiatida shunday ishtiyoq 

makon tutdi.  Faqr -   tariqat ostonasi.  Tariqat esa ishqning kuydiruvchi 

olovlarida jizg'anak  bo'lib,  poklanish,  ma’rifat  sharobidan  sarxushlik 

orqali qalban-ruhan asliyatga qaytishdir. Ana shu jarayon badiiy asarlarda 

turfa ramziy-majoziy manbalarda namoyon bo'ladi.  M a’shuqa vasli qo'l 

ostidagi  buyum,  do'kondagi  mato  emas.  Shundan-da,  kim dir  unga 

yetadi,  kimgadir  u  mutlaqo  nasib  qilmaydi.  Alisher  Navoiy  Farruxni

www.ziyouz.com kutubxonasi



ana  shunday  murakkab,  g'oyat  ziddiyatli  bir  olam  bilan  yuzlashtirib 

qo'yadi. Tunlardan birida Farrux tush ko'radi.  U  olamon oqimida suzib 

yuribdi. Katta tuya, uning ustida to'rt tomondan qora parda bilan o'ralgan 

taxtiravon.  Osmon gumbazini eslatuvchi taxtiravon to'rt tarafga mushk- 

u  anbaming  muattar hidlarini  anqitib  o'tmoqda.  Bexosdan  ko'tarilgan 

shamol  tufayli  qora  parda  ko'tarilib,  quyoshday  shu’la  sochuvchi 

sohibjam olningqiyofasi  ko'rindi.  A yni  manzara  Farruxning  sabr-u 

qarorini oldi.  N oz uyqu quchog'idagi quloqlariga «Bu yer Quddusdur»- 

so'zlari kiradi.  Uyg'onib ketgan Farrux ruhiyatidagi inqUobiy o'zgarishlar 

ana  shu  nuqtadan  boshlanadi.  Ulug'  shoir  o'z  suyukli  qahramonini 

saroy doirasidan,  toj-u taxt  tashvishlaridan  «yulib  olib»  katta va oddiy 

insonlar  hayoti  qa’riga  otadi.  Albatta,  Farrux  uchun  bu  azobi  alim. 

Biroq  ulug'  shoir  uni  oldindan  shunday  tirikchilik  tarziga  tayyorlaydi. 

Bunday  jarayonning  ibtidosi  faqr  yo'lining  intihobida  ko'ringan  edi. 

Faq r-ozga  qanoat,  dabdaba-yu  hasham ,  k ib r-u   havo,  birovlar 

mehnatidan  foydalanish  kabi  holat—hodisalardan  saqlanishdir.  Farrux 

dunyo  ko'rish  bahonasi  bilan  otasidan  ruxsat  oladi.  Biroq  u  tanho 

emas. Atrofida mulozimlar,  sarbozlar, xizmatkorlar... Ayni jihatlar ishq 

yo'liga ziddir, chunki ishq mardlikni,  mayl-xoxishni,  tarafayn intilishni 

xush  ko'radi  Z a r  va  zo'r  aralashadigan  nuqta  uchun  musaffo  ishq 

begona.  Ulug'  shoir Farruxni ana o'sha qurshovdan tabiiy va ishontirarli 

tarzda qutqazish uchun vosita izlaydi. Asaxda berilgan ikkinchi tush tasviri 

ana shu vazifani ado etadi.  Farruxning ikkinchi tushida u borishi lozim 

bo'lgan  m akon  ta’kidlanadi:  «M uroding  taxtiravonda  ko'rganing 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling