B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


sohibjamol bo'lsa, bu yerlarda yurma,  Halabga bor»,-degan ovoz uning


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71

sohibjamol bo'lsa, bu yerlarda yurma,  Halabga bor»,-degan ovoz uning 

quloqlari ostida aks-sado beradi.  Halab  — katta,  serodam shahar.  Biroq 

unda ichim lik suvi tanqis.  Ehtimol, jug'rofiy jihatdan shundaydir. Ammo 

Alisher Navoiy uchun Farruxni o'z qurshoviga olgan odamlardan xalos 

qilish  shart.  Shuning  uchun  ulug'  shoir kitobxonni  ikkilantirmaydigan 

chora izlaydi. Vaziyatni hisobga olgan Farrux kunning tun pardasi ortiga 

o'tishini kutadi.  Hamma uyquga ketgach, qog'oz-qalam olib, sheriklariga 

maktub  yozadi.  U   endi  boshiga  ishq  savdosi  tushganligini  ham 

yashirmaydi. Hamrohlik qilganlari uchun ularga minnatdorchilik bildirib 

xayrlashadi.  Farrux  shu  yerdan  shohona  liboslariga  vido  aytadi.  Qora 

namatdan tikilgan kiyimda shahar ko'chalari bo'ylab sayohatini davom 

etadi.  Farruxning  sheriklari  uyg'ongach,  uning  maktubi  orqali  bo'lgan 

voqeadan  xabar  topishadi.  U n i  izlashning  befoyda  ekanini  his  etgan 

qo'shin  va  mulozimlar  Sarandibga  qaytib  ketishadi.  B ir  necha  kunlik

www.ziyouz.com kutubxonasi



ochlik,  tashnalik  va  ruhiy  iztiroblar  o‘zini  ko'rsatib  qo'yadi.  Farrux 

madorsizlikdan Halab shahridagi musofirxonalardan birida yotib qoladi: 

Shahr  aro  po'ya  urdi  ko'y-bako'y 

Telba  yanglig4  yugurdi  so'y-baso'y.

Oqibat  kunji  gulxani  topti,

Yotib  o'zga  palosini  yoptL 

Garchi  gulxan  kuli  makoni  aning,

Lek  do'zax  o'tida joni  aning.

Anga  bu  hoi  soldi  kofir  ishq,

To  ne  qilg'ay  ishini  oxir  ishq  (10,  15 1).

Halabda Axiy ismli boy-badavlat  kishi yashaydi.  To'g'ri,  bu gavjum 

shaharda  sarvat-u  hashamatli  insonlar va  saxovatpeshalar ko'p,  ammo 

ular Axiy emas.  Uning o'zgalardan butkul farq qiladigan  fazilati  — oliy 

darajadagi  javonmardligidadir.  Akademik  A.P.Qayumov  ta’biri  bilan 

aytganda:  «Axiyda  muruwat  va  futuwat  mujassam»  («Ishq  vodiysi 

chechaklari»,  194-bet).  Shundan  bo'lsa  kerak,  u  har  kuni  erinmay 

shahar musofirxonalarini bir-bir aylanadi,  muhtojlarga  himmat  qo'lini 

cho'zadi.  Axiy  uchun  bunday  odat-  qalb  ehtiyoji.  Ana  shunday 

«sayr»lardan  birida  taqdir  Farrux  bilan  Axiyni  uchrashtirib  qo'yadi: 

Xojae  bor  edi  Halabda  g'aniy,

Mehmondorliq  shior-u  fani...

Ko'ngli  behad  rahim -u  tab’i  saxiy,

Shahr  xalqi  ichinda  oti  A xiy...

Go*yi  nl  kun  Axiyi  sohib  xayr,

Shahr  atrofini  qilur  edi  sayr.

Kim ,  buzug'ni  vatan  qilib  Farrux,

Qo'ydi  idbor  tufrog'i  uza  ruh...(10,  15 4 -15 5)

Shunday qilib,  Axiy behol  Farruxni  odamlari  bilan  uyiga  olib  keladi, 

hammomda cho'miltirib, toza kiyimlar kiyintiradi. Kechki ovqat va suhbatlar 

jarayonida musofir yigitning yuragida o'tli bir dard borligi, u o'sha azobda 

qovjirayotgani seziladi.  Biroq  Farruxdan biror gapni  aniqlashning  imkoni 

bo'lmaydi.  Tajribali  Xoja  yo'l  izlaydi  va  nihoyat,  uning  xayoliga  bir  reja 

keladi.  Axiy  Farruxni  gapirtirish  uchun  sharobdan  foydalanadl  Maydan 

sarxush  bo'lib  qolgan  musofir  yigit  sevgi  dostonini  boshlaydi.  Muloqot 

jarayonida  aytilgan  belgilami  o'z  xonimida  ko'rgan  Axiy  ruhiy  iztirobga 

tushadi,  ammo bunday holatini mehmoniga bildirmaslikka harakat qiladi. 

Farrux bilan muloqotini tugatib,  mehmoni uyquga ketganidan so'ng,  o'z 

xonasiga  kirgan  Axiy jufti  haloli  bilan  suhbat  quradi.  O'z  Axiysini  joni

www.ziyouz.com kutubxonasi



dilidan sevgan  sohibjamol  erining  so‘zlaridan  hayratga tushadi:

Chekdi  gulrux  nafir  ila  faryod,

K i:  «  Nedin  mundog*  aylading  bedod,

Ne  ко‘rub  manga  bu  sitam  qilding?

Qismatim  to  abad  alam  qilding!»(10,  16S).

Axiy xotini bilan muomala-munosabatini davom ettirar ekan, uning 

to‘la  roziligini  kutmasdan  umr  yo‘ldoshiga  taloq  beradi.  She’riy  qissa 

qahramonining  bunday  raftori  har  qanday  kitobxonni  ham  hayratga 

solishi  tabiiy.  Chunki  Sharq  xalqlari  uchun  ayol  mo‘tabar  xilqatdir. 

Chindan  ham  eri  ishtirokida  ayolning  husn-u jam olini  maqtash,  unga 

nisbatan ortiqcha harakatlar qilish ayanchli fojialarga yo‘1 ochib berishi 

turgan  gap.  Axiy  ham  mo‘min,  unga  ham  bu  talablar  begona  emas. 

Ulug‘  shoir  bizning  dilim izda  kechayotgan  tub  holatlarni  takror  va 

takror aql-u farosat mezonida tortib, zaruriy toshlami qo‘yishga ulgurgan.

Asarda  Axiyning  ichki  ruhiy  kechinmalari  va  xotini  bilan  bog‘liq 

holatlaiga doir nozik  ishoralar bor.  Biroq ushbu javonmardning tutgan 

yo‘li  oddiy  insoniy  munosabatlar  doirasiga  sig‘maydi:

Jazm   qildi  Axiyi  daryo  dil,

Qaydin  o‘lg‘onni  xasta  shaydo  dU.

Dedi,  fikr  aylabon  muruwat  ila,

Topti  bu  nuqtani  futuwat  ila.

Kim :  bu  yanglig*  g‘arib-u  ham  oshiq,

Ishq  tavrida  bu  sifat  sodiq...

Menki  oning  g‘amig‘a  qolurmen,

Dardi  chora  aylay  olurmen.

Qilmasam,  o‘lsa,  ul  muruwat  emas,

O ni  yaxshi  muruwat  ahli  demas  (10 ,  162)  .

Keltirilgan  iqtibos  bir qator  savollarga  dadil javob  bera  oladi.  Axiy 

uchun tasawuf — qismat.  U  shunchaki boy-badavlat,  himmat-u karamni 

yashash  dasturiga  aylantiigan  emas.  Axiy  ma’rifati  baland,  dunyo 

ko‘rgan, hayotdagi har qanday hodisa (xoh yaxshi, xoh yomon)  atrofida 

sovuqqonlik ila mushohada yuritish qobiliyatiga ega shaxs. Shuning uchun 

xotini bilan  aloqador muammolardan u  hayrat-u  dahshatga  tushmadi, 

esankirab qolmadi, chora izladi. Axiy tasawuf olami talab-u tamoyillarini 

pishiq biladigan solikkina emas, o‘sha nazariy ko‘rsatmalami o‘z badanida 

sinovdan o‘tkazishga qodir va shunday imtihonlardan dadil o'ta oladigan 

«daryo dil» inson. Birovga pichoq sanchishga qasd qilgan banda o'z jismiga 

hech  bo'lmaganda,  nina  suqib  ko'rishi  lozim .  Axiy  —  tariqatning  ikki

www.ziyouz.com kutubxonasi



katta jilg ‘asini bir o‘zanga oqiza olgan solik.  Futuwat  (borini bermoq) 

va  muruwat  (boridan  bermoq)  uning  ikki  kaftida  turgan.  Muayyan 

sharoit shulardan qaysini talab qilsa, Axiy o‘shasini qo'llagan.  Farruxning 

dilidagi  o'sha  ruhiy  holat  borini  ayamay  berishni  talab  qilardiki,  Axiy 

vaziyatni  to‘g‘ri  baholashdan  tashqari,  juda  o'rinli  qaror  ham  qabul 

qildi.  She’riy qissa voqealari shu yo'sinda tabiiy, jonli davom etadi. Axiy 

o'z  xotinini  Farruxga  shar’iy  nikoh  qilib  beradi.  Yetarii  m ol-m ulk  va 

yo‘1 anjomlarini hozirlab,  kelin-kuyovlami  Sarandibga kuzatib qo'yadi. 

Farrux  yodgor  sifatida  uning  namat  liboslarinigina  olib  qoladi.  Yo'lda 

kuyov  kelinning  yuragiga  qo'l  solib  ko'radi.  Uning  ko'zlaridan  yosh 

o'm ida qon oqayotganligini ko'rgan  Farruxning taajjubi oshadi va kelin 

bilan  jid d iy  suhbatlashadi.  Ana  shu  muloqot  jarayoni  anchagina 

jumboqlarni yechib beradi.  Farrux bor haqiqatdan xabar topdi va uning 

Axiy  va  axiylikka  bo'lgan  sidq-u  sadoqati  yuz  chandon  oshdi.  Farrux 

o'sha lahzada sadoqat shevasiga sodiq bu sohibjamolni o'ziga singil deb 

e’lon  qildi  va  shunday  munosabat  boshlandi.  Axiyning  «omonati 

xiyonatsiz»  muhofazaga olindi.

Farrux vataniga yetib bordi. Vorisiylik me’rosi — taxt unga nasib bo'ldi. 

Musofiratni  boshidan  kechiigan,  dunyo  g'alvalari-yu  oddiy  insonlar 

turmushidan  ogoh  bo'lgani  uchun  ham  u  davlatni  adl-u  amniyat, 

iym on-u  insof,  din-u  diyonat  talablari  asosida  shunday  boshqarishni 

afzal ko'rdi.  Farrux shoh tutingan singilni ham unutmadi, uning uchun 

maxsus  qasr  qurdirib,  o'sha  yerda  farovon  yashash  tarzining  barcha 

shart-sharoitlarini  hozirlab  berdi.  Bulaming  hamma-hammasi  shoirga 

ma’qul, ammo Farrux yo'lga qo'ygan boshqa bir fazilat mavjudki, doston 

muallifining  bosh  murodi  ham  shu  edi:

Axiy  ishin  shior  aylab  edi,

Tavrini  ixtiyor  aylab  edi.

Mehmonxonai  yasab  oliy,

G'urabo  andin  o'lmayin  xoli.

Goh  o‘lur  erdi  otlanib  soyir,

Shahming  davrig'a  bo'lub  doyir  (10,  172).

Farrux tufayli Axiylik — muruwapeshalik harakati Shom-u Halabdan 

to  Hindiston-u Xitoyga qadar bo'lgan katta hududda shuhrat tutdi.  O 'z 

izdoshlarini  topdi.  «Sab’ai  sayyor»dagi  Farrux  Alisher  Navoiyning 

ma’naviy-ruhiy  farzandi  ekan,  uning  tomirlaridan  navoiyona  falsafa 

yo'g'rilgan  qonning  oqqanligi  shak-shubhasizdir.  Farrux  axiyona 

sayrlaridan  birida  kutilmagan  mo'jizaviy  holat  ustidan  chiqdi:

www.ziyouz.com kutubxonasi



,,,  Ushbu  kunkim  Axiyg'a  erdi  bu  hoi 

Sayr  aro  erdi  shohi  farruxfol.

U l  buzuq  son  chunki  soldi  nazar,

Qildi  o'z  holi  xotirig‘a  guzar.

So‘rdi  ul  yonki:  «Ne  g'arib  erkin 

K i,  bu  mehnat  anga  nasib  erkin?»

0 ‘z  palosini  oshno  ko'rdi,

Notavone  palos  aro  ko'rdi.

Dedi:  “Qo'p,  ey  g'aribi  tiyra  maosh!”

Axiy  uyg'ondi-yu  ko'tardi  bosh.

Shahni  ul  tanidi-yu  oni  shoh,

Otidin  tushti  shoh  tortib  ob.

Shoh  tushgan  zamon  Axiy  qo'pti,

U l  muni  quchti-yu  bu  yer  o'pti  (10,  172).

0 ‘z xotinini  Farruxga nikoh qilib beigan,  m ol-u  sarvat bilan yo‘lga 

kuzatgan Axiy shahzodaning oshiqlik libosini (palosini), qora namatdan 

tikilgan  kiyim larini  olib  qolgan  edi.  Oradan  bir  muncha  vaqt  o'tdi, 

ancha suvlar oqib bo'ldi. Baxt qarshisida badbaxtlik hamisha shay turarkan. 

Omadsizlik  omad  payini  qirqish  ilinjida  uni  hamisha  ta’qib  qilarkan. 

Axiy bilan  ham  shunday  bo'ldi.  Shum  raqiblaming  qo'li  baland  keldi. 

Axiy  fitna  va  g‘urbatning  qurboni  bo'ldi.  Halab  podshosi  uning  m ol- 

m ulkini  musodara  qilib,  o'zini  o'limga  mahkum  etdi.  Axiy  sadoqatli 

do'stlari  yordamida  Halabdan  jo nin i  olib  chiqishga  ulgurdi.  Axiy 

tomonidan o‘z xotinining Farruxga nikoh qilib berilishi, iltifot va e’tibor 

bilan  kuzatib  qo'yilishi  raqiblariga  omad  keltirdi.  Yurt  podshosi  hech 

qanday tafiishsiz fitnachilar gapini ma’qulladi va yuqoridagidek hukmni 

e’lon  qildi.

Um rini  inson  ma’rifati yo'lida baxsh  etgan Axiyni  ham  ulug‘  shoir 

balolar domiga tashlab qo‘ymaydi va uni o'z muhofazasiga oladi.  Farrux 

Axiyni ko'rishi bilan darrov uni taniydi va o'z og‘ushiga oladi.  U   (Farrux) 

zamon  podshosi  edi.  Uning  Axiy bilan  o‘rtasiga  tushgan  ayriliqlardan 

bir necha yil o'tgan edi.  Shulaiga qaramay,  Farrux aslligini ko'rsatdi va 

Axiyga iltifot qildi.

Ishq dardiga chalinib,  uning g'amidan tatiy boshlagan oshiq, albatta, 

qora libos  (aksariyat oshiqlar pashmina)  kiyadi.  Maxsus g'amxonalarda 

o'sha  iztiroblar  “nashidasini  suradi”.Yana  bir  mumtoz  manbalarda 

ommaviy holat ham yashab keladi.  Dardmandning darddoshi,  sirdosh- 

u homiysi timsoli vazifasida og'zaki hamda yozma badiiy adabiyotimizning

www.ziyouz.com kutubxonasi



“sinashta  va  tanish”  timsollari  harakat  qiladi.  0 ‘sha  belgilar  birinchi 

musofir hikoyati qahramonlari taqdirida ham namoyon bo'ladi.  “Oyning 

o'n  beshi  qorong'u,  o'n  beshi  yog'du  bilan”,-  deydi  dono  xalqimiz. 

Farrux esa o'sha zulmatni nurafshon etgan oy misol Axiy uni o'z panohiga 

oldi.  Xotinini  hech  qanday  xiyonatsiz,  yangidan  nikoh  bilan  unga 



 qaytardi.  Saroyidan nufuzli lavozim berdi. Sarandibda o'zini Halabdagidek 

his etmog'i uchun barcha shart-sharoitlami muhayyo ayladi.  Biroq Axiy 

egnidan  qora  libosini  tashlamadi,  sababi:

Qora  rang  elga  toj-u  torakdur,

Kim   bu  rang  ichradur,  muborakdur  (10,  176).

“Sab’ai  sayyor”dagi  Zayd  zahhob  saiguzashtlariga  bag'ishlangan 

ikkinchi she’riy qissada ulug' shoir yurt hukmdorlarini nihoyatda seigak 

va hushyor,  zukko  va  tadbirkor bo'lishga  chaqiradi.  Mamlakatni  idora 

etishda  ilm -u   hunar  ahlining  madadidan  foydalanishning  afzalliklari, 

ayni  choqda,  podshohning  e’tiborsizligi  bilan  shu  ijtim oiy  tabaqa 

vakillarining  ba’zi  порок  harakatlariga  yo'l  ochilishi  natijasida  saroy 

fisq-u fujur,  adovat,  qalloblik makoniga aylanishi haqida filer yuritiladi. 

Zayd tabiblikda tengi yo'q shifokor. Falsafa bobida tengsiz faylasuf. Xullas, 

u har jihatdan usta va uddaburon inson. Uning yagona nuqsoni—hiylagarlik 

va  firibgarlik  bilan  boylik  orttirishga  intilishidir.  Ilm -u   hunari  bilan 

podshohning eng yaqin kishisiga aylangan Zayd hukmdordan ikki ming 

botmon  oltin  talab  etib,  ulkan  taxt  baipo  etishga  kirishadi.  Zaigar 

tabiatidagi  nuqsonli  illatlar  g'olib  kelib,  bunyod  etilayotgan  oltin 

taxtning juda katta ichki  qismi kumush bilan  “bezatiladi”.  Keyinchalik 

saroy a’yonlari Zaydning bu qilmishini fosh etishga tushishadi.  Hukmdor 

taxtining  yuqori  qismidan  o'rin  olgan  to'rt  tovus  qanotlarini  yoyib, 

Humo qushi misol unga baxt-iqbol tilagandek soyabon bo'lardi. Taxtning 

pastki  minoralarida joylashgan to'tilar esa:  “Shohg'a kom o'lsun, Anga 

bu taxt mustadom o'lsun” deyishardi.  Saroy ahli ikki to'tini almashtirib, 

ulardan  biriga:  ’’Taxt  ro'kashdur”,  ikkinchisiga  esa:  “M usannifi 

g‘ashdur“,-so'zlarini  o'rgatishadi.  Shu  tariqa  Zaydning  qallobligi  fosh 

bo'lib,  u zindonband etiladi.  Ilm -u  hunarini namoyish etgan va nafsini 

tiya  olishi  bilan  tutqunlikdan  ozod  bo'lgan  Zayd  butparastlar  vatani 

bo'lgan  Qustantaniyaga  yo'l  oladi.  Bu  yerda  butparastlikning  rasm-u 

qoidalarini  yaxshi  o'zlashtiradi,  buyuk  diniy  arbobga  aylanadi.  Ammo 

shu  yerda  ham  u  qallobligidan  voz  kechmaydi.  Oltindan  yaratilgan 

butlami o'zi yaratgan temir butlar bilan almashtirib,  ulam i oUb yurtiga 

qaytadi.  Mamlakat hukmdori xastalanib yotgan edi.  U  Zaydni ko'rishni

www.ziyouz.com kutubxonasi



istaydi.  Zargar  podshohi  xazinasini  o‘g‘irlangan  oltin  butlar  bilan 

boyitib, uni kasallikdan forig‘ etadi va yana hukmdoming yaqin kishisiga 

aylanadi...

Uchinchi  iqlimdan  kelgan  musofir  “eshigi  hojat  ahlining  vatani” 

bo'lgan  M isrdagi  badavlat  bir  kishining  o 'g 'li  Sa’dning  ishqiy 

sarguzashtlari  haqidagi  qissani  hikoya  qiladi.  Sa’d  yashil  kiyim li  ikki 

musofimi o‘z uyiga mehmon qiladi.  Suhbat asnosida ulardan biri Kesh 

yoki  Shahrisabz  deb  ataluvchi  shahardagi  bir  ibodatxonada  bir  kecha 

tunagan kishiga ikki qush kelajagidan xabar berishini bildiradi.  Ikkinchisi 

esa  ko'rilgan  tushdan  so'ng  nima  qilishini  bilmagan  kishiga  bir g‘orda 

yashayotgan  donishmand  Faylaqus  yordam  berishini  aytadi.  Sa’d 

otasining  fotihasini  olib  yo'lga tushadi.  Ibodatxonada tunaydi.  Tongga 

yaqin  uyquga  ketgan  Sa’dning  tushida  bir  qush:  “Kim   nasibing  pariy 

bo'lmish,  K i,  yuzi  mehri  xovariy  bo'lmish”,-desa,  sherigi:  “Kim   seni 

dev qilg'usidur asir,  Solib ikki oyog‘ingga zanjin>,-deya ma’lumot beradi. 

Shundan  so‘ng,  Sa’dni  Shahrisabzga  boshlagan  musofirlar  Faylaqus 

yashaydigan  g'oiga  olib  borishadi.  Donishmand  yigitning  nomini,  bu 

yurtlaiga nima sababdan kelganligi, ko'rgan tushini Sa’ddan hech narsa 

so'ramay  so'zlab  beradi.  Faylaqus  o'z  tarixini  ham  hikoya  qiladi  va 

yigitning taqdirida  Shahrisabz  shohining go'zal  qiziga  uylanishi  uchun 

uch  shartni  bajarishi  bitilganligini  bildiradi.  Faylaqusdan  o'igangan 

ilm lari asosida  Sa’d Qatron nomli qora devni  engadi,  donishmandning 

savollariga  javob  beradi  va  o'ziga  ro'ba-ro'  kelgan  sehigardan  g'olib 

keladi.  Shundan so'ng yigit yashil qasrda shahrisabzlik malikaga uylanib, 

baxtli hayot kechiradi.  Hikoyatda ezgulikka da’vat, inson tafakkur olamini 

ma’rifat  nurlari  bilan  yoritib,  ko'ngil  ozodaligini  ta’minlash  saodat 

asosi ekanligi, bunday ma’naviy kamolotga erishgan ustoz tadbirlarining 

afzalliklari  kabilar  badiiy  ifodasini  topgan.

“Sab’ai  sayyor”dagi  to'itinchi  hikoyat  shoh  Juna  va  cheksiz  saxovat 

sohibi  bo'lgan  Mas’ud  saiguzashtlariga  bag'ishlangan.  Dehli  podshohi 

Junaning  boyligi  nihoyatsiz  bo'lib,  u  huzuriga  kelgan  kishilaiga  saxovat 

ko'isatishi,  adolatli  siyosati  bilan  mashhur  edi.  Qissada  tasvirlanishicha, 

tog'-u toshlaidan oshib podshohga meva olib kelgan bir muhtoj bog'bon 

Junaning unga bo'lgan munosabatidan  ranjiydi,  bundan xabardor bo'lgan 

hukmdor bog'bonga himmat ko'rsatadi. Bir kun shohning huzuriga kelgan 

mehmon  unga  g'ayri  tabiiy  bir  ko'zguni  tortiq  qiladi.  Uning  g'aroyibligi 

shundaki, kimki yolg'on gapirsa, ko'zguda uning yuzi qora bo'lib aks etadi. 

Mehmon oliyhimmatlik va saxovatda Junani tengi yo'q,  deya ta’rif etadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Biroq  mehmon  podshohning  talabi  bilan  oynaga  yuzlanganida,  uning 

yuzi qora rangda akslanadi. Shunda mehmon saxovatda Hotami toyni ortda 

qoldimvchi Mas’ud haqida ma’lumot beradi Juna Mas’udning uyiga mehmon 

bo‘ladi.  Uning oliyhimmatliligi va mehmondo'stligiga qoyil qoladi.

Taroz viloyatining valiysi Jaypur zolim va pastkash inson edi.  Juna 

tezda  Jaypuming  o'miga  Mas’udni  hokim  qilib  tayinlaydi.  Alamzada 

Jaypur  o‘z  noyibi  Mallu  bilan  Mas’uddan  o‘ch  oUsh  payiga  tushadi. 

M as’udning  uyida  uyushtirilgan  ziyofatdan  so'ng,  uyquga  ketgan 

xonadon sohibini M allu arqon bilan bog‘lab shahar chetidagi bir chohga 

olib  borib  tashlaydi.  Malluning  go‘zal,  oy yuzli  qizi  Gulrux  Mas’udni 

sevib qoladi.  U  sevgilisini chohdan ozod etadi. Voqealar rivojida Mas’ud 

Juna  saroyiga borib  qoladi.  Hukmdor Jaypur bilan  M alluni  qatl etadi.

Hikoyatda oliyhimmatlilik va pastkashlik,  insof va insofsizlik, adolat 

va zulm, to'g'rilik va munofiqlik o'rtasidagi ayovsiz kurash qalamga olingan. 

Ulug'  shoir  mamlakat  hukmdorlariga  Junani,  viloyat  hokimlariga  esa 

Mas’udni ibrat namunasi qilib ko'ratishga harakat qiladi. Asardagi g'ayri 

tabiiy ko'zgu timsoli hikoyatda ilgari surilgan yetakchi g'oyani o'quvchiga 

muayyan tarzda yetkazishda imkon yaratgan bo'lsa; Mas’ud Junaga tortiq 

qilgan jom , oy yuzli qiz va Gulgun laqabli oti saxovatpeshalikni ulug'lash 

hamda  voqealar tizim ining  yaxlitlashuviga xizmat  qildirilgan.

Beshinchi  iqlimdan  kelgan  musofir  mehr-oqibat,  vafo-sadoqat, 

shijoat va qahramonlik g'oyalari ilgari surilgan Mehr va Suhaylning ishqiy 

saiguzashtlariga bag'ishlangan  qissani  hikoya  qiladi.  Adan  mamlakatida 

Jobir  ism li  bir  qaroqchi  bo'lib,  u  dengiz  sayohatiga  chiqqanlarga 

zo'ravonlik  ko'rsatish  yo'li  bilan  katta  m ol-m ulk  sohibi  bo'lishni  odat 

qilgan  edi.  Kunlardan  bir  kun  dengiz  sayohatini  ixtiyor  qilgan  Bihishti 

shahrining hokimi Navdaming sohibjamol qizi Jobiming tuzog'iga tushadi. 

Zo limning hujumidan omon qolgan Mehming yaqinlari Jobir qaroigohiga 

keltiriladi.  KemadagUar  orasida  Zuhra  (yulduz)  misol  go'zal  qiz  ham 

asir tushganini eshitgan Jobir Mehmi ko'rishni istaydi. Qiz uning huzuriga 

keltirilgach,  qaroqchilar  boshlig'i  hushidan  ketadi.  Bu  holat  bir  necha 

marotaba  takrorlangach,  Mehr qasiga  eltib  qo'yiladi,  uning odamlariga 

esa  vataniga  qaytishga  ijozat  beriladi.  Mehr Yam an  shohi  No'monning 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling