B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71

dostonini  yozib  tugatdi.

A lisher  N avo iy  «Saddi  Iskandariy»  dostoni  uchun  Iskandar 

Zulqamaynning  jahongirlik  yurishlari  tarixini  asos  qilib  olsa-da,  ulug' 

shoir  asarida  tarixiy  Iskandar-Aleksandr  Makedonskiydan  tubdan  farq 

qiluvchi  yangi  bosh  qahramon  obrazini  yaratdi.  Buyuk  mutafakkir  o'z 

davriga  qadar  yozma  va  og'zaki  badiiy  adabiyotning  turli  janrlarida 

sayqallashib, takomillashib borgan Iskandar obrazi va uning hukmronligi, 

jangovor yurishlarining badiiy lavhalaridan ijodiy foydalandi. Shuningdek, 

bu asar «Xamsa» tarkibidagi boshqa masnaviylarda ilgari surilgan yetakchi 

g'oyani  takom illashtiruvchi,  yaxlit  jan r  hisoblangan  «Xamsa»ning 

yakunlovchi  dostoni  bo'lgani  uchun  uning  tuzilishi  navoiyona  badiiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



tafakkur bilan  alohida mohiyat  kasb  etdi.  «Saddi  Iskandariy»da  nazariy- 

axloqiy doston sanalgan «Hayrat ul-abror» va yaxlit voqealar tizimiga ega 

dostonlar  «Farhod  va  Shirin»,  «Layli  va  Majnun»,  «Sab’ai  sayyor» 

asarlariga xos tuzilishning o'zaro yaxlitlashuvi ko‘zga tashlanadi. Dostonning 

asosiy  voqealari  Iskandaming  tug'ilishi,  Faylaqus  uni  valiahd  deb  e’lon 

qilishi, taibiyalagan otasi (Faylaqus) vafotidan so‘ng,  Iskandaming taxtga 

chiqishi  lavhalarini  o'zida  mujassamlashtiigan  X V   bobdan  boshlanadi. 

Bu  bob  asar asosiy voqealari  tizimining  muqaddimasi  sanaladi.  Keyingi 

tartibda keluvchi har to'rt bob mazmunan bir-biri bilan uzviy bog'langan 

bo'lib,  asaming  alohida  bir  qismini  tashkil  etadi.  Unda  Iskandaming 

sarguzashtlariga  oid  biror  bir  lavhani  tasvirlashdan  oldin  hukmdoming 

to'g'ri  yo'l  tutganini  nazariy jihatdan asoslash uchun  awalgi  uch bobda 

m a’lum   bir  masala  xususidagi  shoirning  m ulohazalari  (maqolat, 

chunonchi,  himmat,  adolat  avf xususida),  uni  tasdiqlovchi biror hikoya 

yoki masal va Arastuning ayni masalaga oid qarashlari keltiriladi. Asardagi 

har  to'rt  bobning  dostonning  bir  qism ini  tashkil  etishi  Iskandar 

saiguzashtidan bahs etuvchi boblaming so'ngida keltirilgan lavhaga yakun 

yasovchi soqiy, mug'anniy va shoiming o'ziga murojaati o'rin olganligida 

ham ko'riladi.

Sakson  to'qqiz  bobdan  tashkil  topgan  dostonning  muqaddimasi 

sanalgan  (asosiy  voqealar  badiiy  tafsilotining  boshlanishi  nuqtai 

nazaridan)  X V   bobda  Alisher  Navoiy  talqinidagi  Iskandar  tarixiy 

Iskandar-Aleksandr Makedonskiydan tamomila farqli ekanligiga ishora 

qilinadi.  M a’lumki,  tarixiy manbalarda  Iskandar Zulqarnaynning  nasl- 

nasabi xususida turlicha ma’lumotlar uchraydi.  Ba’zilar uni  Eron shohi 

Doro II ning o'g'li desa, boshqa asar mualliflari jahongiming shajarasini 

M isr  flr’avnlariga  borib  taqalishini  qayd  etadi.  A lisher  N avoiy 

dostonidagi  Iskandar  esa  asrab  olingan  farzand,  uning  nasl-nasabi 

ma’lum  emas.  Asarda  tasvirlanishicha,  shikordan  qaytayotgan  Rum -u 

Rus  podshosi  Faylaqus  otining  sarkashligi  tufayli  endigina  tug'ilgan, 

yordam  bo'lm agani  uchun  m adorsizlanib  chalajon  holiga  kelgan 

chaqaloqni qo'liga oladi.  Unga Iskandar nomini berib,  o'g'il va valiahd 

deb e’lon qiladi.  ’’Hayrat ul-abror”ning “Adab dab’i”dagi bobida o'rtaga 

qo'yilgan talablaming amaldagi ijrosini Iskandaming jism oniy- ma’naviy 

shakllanish jarayonida ham his qilish mumkin. Iskandarga ta’lim  va tarbiya 

berish  uchun  zamonasining  eng  zo'r  donishmandlari  jalb  qilinadi.

Naqumohis  olinda  das tur  edi,

K i  hikmatqa  olamda  mashhur edi  (11,90 ).

www.ziyouz.com kutubxonasi



Iskandar  bilan  Arastu  hamsaboq  edi.  Uning  m a’naviy-m a’rifiy 

shakllanish  yillari  ana  o'shanday  muhitda  kechdi.  U   zamonasining 

yaktolari-allom ai  davronlaridan  insonshunoslikni,  Insonni  qadrlash 

ilm ini  o‘zlashtirdi.  Tarafayn  (ikki  taraflama)  sa’y -u   harakatlar  tufayli 

zamon  Iskandari:

Bori  ilm  aro,  o'yla,  sohib  kamol,

K i,  komil  aningdek  topilmoq  mahol  ( 11 ,  9 1)- 

martabasiga  ko‘tariladi.  Ulug'  shoir  asarlarining  asosiy  voqealari 

to'qimasiga  talay  hikmat  va  hikoyatlarni  kiritganki,  bu  ayni  badiiy 

yaratmalarning  mantiqiy  bo‘liqligi,  g‘oyaviy  mazmuni  nuqtai  nazaridan 

ta’sirchan  bo'lishini  ta’min  etgan.  Aytilganlar  jihatidan  «Iskandar  va 

gadolikni  ixtiyor  etgan  shahzoda  muloqoti»  tarzida  nomlash  mumkin 

bo'lgan she’riy hikoyat ahamiyatli. Mag'rib davlatlaridan birini o‘z tasamifiga 

olgan  jahongir  odatiga  ko'ra  o ‘sha  yurt  shohlaridan  (yoxud  o‘sha 

hukmdoming avlodlaridan) biriga taxtni topshiiishi kerak edi.  Mulozimlari 

munosib  nomzod  topmay  qaytishadi.  Iskandaming  takroran  talablari 

oqibatida  go'ristondan  go'sha  topgan,  aflodahol  kiyingan,  hamma  yog'i 

kir  shahzodani  uning  huzuriga  olib  kelishadi.  Iskandaming  podshoning 

taxtini unga topshirish bobidagi urinishlari befoyda ketadi. Chunki shahzoda 

faqirlikni  shohlikka  almashtirishni  istamaydi.  Iskandar o'z  qarorida  turib 

olgach,  shahzoda uning oldida quyidagi to'rt  shartni  ko'ndalang  qo'yadi: 

...B iri  andin  o'ldi  hayoti  abad,

K i,  yo'qdir  aning  intihosig'a  had:

Yana  bir:  yigitlikka  topmay  xalal,

Qariliq  bila  bo‘lmag‘ay  ul  badal,

Yana  bir  g'inoyi  muabbaddurur,

K i,  olinda  iflosqa  raddurur.

Yana:  shodlig'kim,  yo'q  aning  g'ami,

Adam  bo'lg'ay  ul  surnlng  motami  ( 1 1 ,  102).

T a b iiy k i,  ushbu  sh artlarn in g   ijro si  b ir  em as,  m inglab 

Iskandarlaming  ham  qo'lidan  kelmaydi.  Garchi  Alisher  Navoiy  o'z 

Iskandariga jahongirlik bobida mag'lubiyatni ravo  ko'rmasa-da,  ammo 

ma’naviy-irfoniy olamda uni qo'llab-quwatlash buyuk mutafakkiming 

ham qo'lidan kelmaydi.  Gadolik — faqr yo'lini tanlagan shahzoda oldida 

m a’rifiy -ru h iy   m ag'lubiyatga  duch  kelgan  Iskandam ing  tilidan  

quyidagilami  shoir  tan  oldiradi:

« ...K i  bu  dayr  aro  topsang  ogohlik,

Sanga  faqr  berdi,  manga  shohlik.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Agarchi  meni  ayladi  aijumand,

Sanga  berdi  himmatni  mendin  baland»  (11,  103).

Alisher Navoiyning o'lmas “Xamsa”si uning yakuniy dostoni “Saddi 

Iskandariy ”da hamon yechimini topmagan bunday jumboqlar benihoya 

ko'pdir.  Tahlil  etayotganimiz  hikoyatdagi  dastlabki  savol  Iskandami 

dovdiratib  qo‘ygan  edi.  Iskandar  huzuriga  kelayotgan  shahzoda  ikki 

qo‘lida ikki kalla suyagini ham ushlab kelgan edi.  U  qarshisida shohona 

salobat  bilan  o‘tirgan  Iskandarga  ma’noli  nigoh  tashlar  ekan,  birinchi 

savolini o'rtaga qo'yadi: Kalla suyaklaridan qay biri shohniki-yu, qaysinisi 

gadoniki?  Javob  —  sukut.  Darvesh  mantiqiy-ma’rifiy  shiddatga  zarb 

berar  ekan,  so'raydi:

«...Chu  o'lganda  birdur  bu  ikki  mato’ ,

Tiriklikda  nevchun  qilurlar  nizo’»  (11,  102).

Insoniyat  avlodi  qachon  bu  jumboqni  ijobiy  hal  qiladi,  yolg'iz 

Parvardigorgagina  ayon,  xolos.  Alisher  Navoiy  Iskandar  taqdiridagi 

ikki  qutb  —  jism oniy  (jahongirlik  da’vosidagi  janglar)  va  ma’naviy- 

ma’rifiy munozarani yonma-yon qo'yib badiiiy ifodalashda davom etadi. 

Yurtda  iym on-u  adolat  bilan  hukmronlik  qiladigan  shohning  bo'lishi 

shart.  Ikkinchidan, badiiy adabiyotda yashab kelayotgan markazlashgan 

davlat g'oyasi borki, Alisher Navoiy ham unga xayrixohlik qiladi.  Biroq 

bu  boradagi  kurashlar jangsiz  kechmaydi.  Jang  — vayronalik,  begunoh 

odamlar qonining  to'kilishiga boisdir.  Bunisi Alisher Navoiyga  ma’qul 

emas. Asar davomida bir-biriga zid ana shunday tuyg'ular muallifni o'z 

iskanjasiga oladi.  «Saddi Iskandariy»da o'shanday tang vaziyatdan nozik 

chiqib  ketilgan  o'rinlar  bilan  birga,  ikkilanishlar,  chalkashliklar  ham 

ko'zga tashlanib  qoladi.  Mana,  bir  misol.  Faylaqus  saltanati  zamonida 

Rum -u  Rus  davlati  Eronga,  Doroga  ming  tovuq  tuxmi  kattahgidagi 

olmos  hajmida  boj  to'lar edi.  Taxt  Iskandarga  o'tgach,  u  o'sha  xirojni 

to'lamay  qo'yadi.  Doroning  elchilariga  u  tuxum  tug'adigan  o'sha 

tovuqlaming  o'lgani,  endi  yo'q,  ular  tarzida javob  qaytaradi.  Bundan 

darg'azab  bo'lgan  Eron  tojdori  bir  chavgon  shari,  tayog'i  va  bir  xalta 

kunjut  berib,  takror  elchilarini  yuboradi.  Bu  bilan  Doro  aytmoqchi: 

Sen  hali  bolasan,  toj-taxt  da’vosini  qo'ya  turib,  chavgon  o'ynab  yur. 

Mening kunjut donalariday behisob qo'shinim borki,  sen uning zarbiga 

tob berolmaysan.  Elchilam i ramziy ashyolari bUan qabul qilgan Iskandar 

hushyorlik ko'rsatadi.  U  mulozimlariga bir to'da och tovuqlami haydab 

kelishni buyuradi.  Elchilar ko'z oldida xaltadagi kunjut tovuqlarga beriladi 

va bir necha daqiqada uning nom-nishoni ham qolmaydi. Chavgon tayog'i

www.ziyouz.com kutubxonasi



va shar (koptok)ni  Iskandar o'zicha talqin qiladi:  Dunyo koptok  (shar) 

singari aylana va yumaloq.  Doro uning ixtiyorini menga qo'yib beribdi... 

Elchilar ko'rgan va eshitganlarini Doroga aytib berishadi.  G'azab otiga 

mingan  Eron  podshohi  Iskandar  davlati  ustiga  qo'shin  tortadi.  Jang 

muqarrar,  chiqmaslikning iloji yo'q.  Iskandar ham mudofaaga otlanadi. 

O'rtada tog' tizmalari.  Urushning boshlanishiga hali muayyan fursat bor. 

Iskardar  xos  yigitlari  bilan  tog'  qullalaridan  biriga  chiqib,  Doro 

qo'shinini kuzatadi. U lar m o'r-u malax singari behisob, keti ko'rinmaydi. 

Hayratga  tushgan  Iskandami  xayol  o'z  og'ushiga  oladi.  Shunday  bir 

kayfiyatda  uning  ko'zi  ikkinchi  bir  qulla  ustida  o'zaro  urushayotgan 

kaklMaiga tushadi.  Biri — semiz, ikkinchisi — ozg'in.  Kutilmagan hodisa 

yuz beradi, havoda bir buigut paydo bo'ladi va chang urib semiz kaklikni 

olib  ketadi.  Iskandar o'zicha fol ochadi:  Semiz  kaklik — Doro,  ozg'ini

—  men. U ni burgut olib ketdi, g'alaba esa menda qoldi... Navqiron jahongir 

o'z qarorgohiga qaytadi,  unga  Eron tarafidan elchilar borligini  ma’lum 

qilishadi.  Iskandaming  muloqotidan  ma’lum   bo'ladiki,  Eron  qo'shini 

sarkardalari shohga qarshi isyon ko'tarishgan va unga suiqasd qilingan. 

Iskandar elchi libosida Doro huziriga kirib boradi.  (Keyinchalik ana shu 

lavha asosidagi hikoyat «Lison ut-tayr»ga kiritiladi).  Eron shohi chindan 

ham  tiriklikning  oxirgi  daqiqalarini  boshidan  kechirayotgan  ekan. 

Iskandar  o'zini  tanishtiradi.  Shu  o'rinda  ulug'  shoir  Doroning  uch 

vasiyati badiiy talqiniga uig'u beradi:  Menga qasd qilib, qonimni oqizgan 

sarkardalami  jazola.  Chunki,  men  ulam i  bolaligidan  tarbiyalab  shu 

darajaga  olib  kelgan  edim.  Menga  xiyonat  qilgan  bu  nonko'rlar  seni 

ham,  albatta,  aldaydi.  Mening  avlod-ajdodlarimga  ozor  berma,  qizim  

Ravshanakka uylangin.  E ’tibor qiling, Alisher Navoiy juda katta nazokat 

ko’rsatadi.  Har bir ishora-yu lavhaning hayotiy-shar’iy jihatlarini hisobga 

oladi.  Bulardan  eng  asosiysi  —  kitobxonni  ishontirish  muammosiki, 

asarda  uning  yechim i  ham  yaxshi  taassurot  qoldiradi.  A na  shu 

to'qimalaming  barchasi  sodir  bo'lishi  tayin  bo'lgan  katta  xunrezlikka 

chap berishga qaratilgandir. Shunga yaqin manzara Kashmiming olinishida 

ham ko'zga tashlanadi.  Badiiy adabiyotda Kashm ir sehr-u jo d -u  vatani 

sifatida ham m a’lum.

Iskandar va uning qo'shini Kashmirda ajib bir to'siqqa duch keladilar. 

Shahar  qal’asi  shunday  silliqki,  uni  hech  narsa  qilishning  iloji  yo'q. 

A lish e r  N a v o iy   tasviridagi  Iskand ar  sarkarda,  davlat  arbobi, 

donishmand  va  valiy  maqomiga  etgan  shaxs.  U   qo'lga  kiritayotgan 

g'alabalaming tayanch omili ham bor.  U  tanho emas.  Iskandar zabardast

www.ziyouz.com kutubxonasi



olimlar qurshovida harakat qiladi, ulaming maslahatlariga quloq tutadi. 

Kashmiming zabt etilishida ham shu manzara namoyon bo'ladi.  Sehrli 

devomi  ko'rgan  olimlar  Iskandardan  uch  kunlik  muhlat  so‘rab,  sabr 

qilishni maslahat ko‘rishadi. Aytilgan muddatda katta miqdordagi toshni 

balandga va uzoqqa ota oladigan qurolni yasab berishadi. Uning yordamida 

Iskandar  Kashmir tilsim ini  ochadi  va  bu  shahami  qo‘lga  kiritadi.  Shu 

yurt podshosi Malluning qizi Mehrinozga uylanadi.  Qarang, bu o'rinda 

ham asar muallifi o'z Iskandarini himoya qila oladi.  «Saddi Iskandariy» 

dostonining  markazida  tuigan  bosh  masala  Y a ’juj  va  M a’jujlarning 

insoniyat  boshiga  soladigan  qironining  oldini  olishga  xizmat  qiladigan 

sad  (to'siq)  — devomi bunyod etishdir.  Aslida bu  mavzu sayyorligining 

teran  tomirlari  Qur’oni  karimdan  boshlanadi.  Ayniqsa,  ilohiy  kitob 

«Qahf»  surasining  83-98-oyati  karimalari  ayni  mavzu  uchun  g'oyaviy 

asos  vazifasini  ado  etgan.  Shu  gapni  Alisher  Navoiy  dostoni  haqida 

ham  aytish mumkin.  Mulohazalarimizni dalillash uchun  «Qahf»  surasi 

94-96-oyati karimalarini  nazardan o'tkazaylik:  «Ular:  «Ey Zulqam ayn, 

shak-shubhasiz,  (shu  tog'lar  ortidagi)  Y a ’juj  va  M a’juj  (qabilalari) 

yer yuzida buzg'unchilik qiluvchilardir.  Bizlar senga bir (miqdor) to'lov 

to'lasak,  biz  bilan  ularning  o'rtasiga  bir sad  chekib  (bir to'g'on  qurib) 

berurmisan?-dedilar.  U  «Zulqamayn aytdi:  «Parvardigorim  menga ato 

etgan  (saltanat)  sizlar  beradigan  (mol-dunyodan)  yaxshiroqdir.  Bas, 

sizlar menga  (mol-dunyo bilan emas, balki)  kuch-quwat bilan yordam 

beringlar,  men  sizlar  bilan  ularning  o'rtasida  bir  devor  bino  qilay. 

Sizlar menga temir parchalami keltiringlar. To (temir parchalari)  ikkala 

tog'  bilan  barobar  bo'lgach,  (Zulqam ayn:  «Bosqonlar  bilan)  dam 

uringlar»,-dedim.  Bas, qachon u (temir-tersaklami qizdirib) o't qilgach 

(eritgach)  dedi:  «Menga  eritilgan  mis  ham  keltiringlar,  uni  (temir 

parchalaming)  ustidan  quyurman»  (Qur’oni  karim.  O'zbkcha  izohli 

taijim a.  213-bet).  Sharq  xalqlari  adabiyoti  tarixida  yaratilgan  deyarli 

barcha Iskandamomalarda Ilohiy kitobdagi shu lavhalar asos vazifasida 

keladi.  Jumladan,  «Saddi  Iskandariy»da ham  ikki tog'  oralig'ida Y a ’juj 

va  M a’jujlar  yuradigan  yo'l  ustida  haybatli  yoysimon  (qilichsimon) 

devor  barpo  etiladi.  T u rli  m etall  qotishm alaridan  qad  rostlagan 

devorning  o'sha  m axluqlaiga  qaragan  yuzasi  oqish-kulrang  ma’danlar 

bilan  silliq  qilib  pardozlanadi.  Bular  —  ramz.  Insoniyat  tafakkurining 

yovuzlik  yo'lini  to'sish  bobidagi  chorasi,  kashfiyotidir.  Qay  zamonlar 

uchun bunday  sadlar  — to'siq-u  to'g‘onlar o'zining  ramziy  «burchi»ni 

bajarib,  insoniyat  qalbiga  dalda berib  kelgandir.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Alisher  Navoiy  o‘z  Iskandari uchun  X V  asr sharoitida  inson  aql-u 

zakovati  qodir  bo'lgan  barcha  m o'jiza-yu  ezguliklami  ravo  ko'radi, 

biroq  uni  haddan  ziyod  taltaytirib  ham  qo'ym aydi.  Dunyoning 

baqosizligi,  foniyligini  unga  har  daqiqada  eslatib  turadi.  Arastu  bilan 

qilgan muloqotlari orqali ana shu tuyg'uni uning shuuriga singdira boradi. 

Ayni  balog'at  yoshida  (o'ttiz  uchda)  uni  o'lim   bilan  ro'baro'  qilib 

qo'yadi.  Ulug'  shoir  Iskandaming  achchiq  qismati  orqali  insoniyatga 

dahshatli haqiqatni yana bir karra ravshan ko'rsatadi.

Azal  kotiblari belgilagan lahzalar yetsa,  na mol-dunyo,  na  mansab- 

u saltanat, na suyangan tog'laring joningga oro kirolmaydi.  Sen dunyodan 

to'ymagan  ko'zlaringni  jovdiratib  ketasan,  ular  esa  (m ol-dun-yo  va 

hokazolar)  chapak  chalib  qola  beradi!  Iskandari  Maqduniy bilan  ham 

shunday  bo'ldi,  qazosi  yetganini  his  qilgach,  uning  ko'zi  ochildi, 

ammo  endi  kech  edi.  Jahongir shundagina  afsus  qildi:

Ne  qiIg‘on  xayolim  bori  xom  emish,

Havas  jom i  ko'nglumga  osxom  emish  ( 11 ,  522).

O'shanday  lahzada  onasini  (tutingan  onasi  Bonuni)  esladi.  O'sha 

mushtipar  nazdidafarzandlikburchini  ado  etaolmaganidan  nadomat 

chekdi.  Undan  rozi-rizolik  tiladi,  gustohliklarini  afv  etishini  o'tindi: 

Demon  qilsam  erdi  o'g'ulluq  sanga,

Qabul  aylasam  erdi  qulluq  sanga  ( 11 ,  523).

Bunday  holat-hodisalar  inson  avlodi  peshonasida  naqsh  topgan 

bitikka  o'xshaydi.  To'rt  muchasi  sog',  ishi  avjida,  kuch-quw ati  to'lib- 

toshib  yuigan  paytlarida  inson  xudbinlik,  hirs-u  havas  etagida  yuradi. 

Boshi  yostiqqa  yetgach,  afsus  tortadi.  Iskandar  bilan  ham  shunday 

bo'ldi.  Ulug'  shoir tili bilan aytganda:  «Necha sarvari baxti farxundasan, 

Alar  bandadur,  sen  dog'i  bandasan»,  ha,  ba’zan  ma’naviy-m a’rifiy 

dunyosi  boy  odam  ham  bandaligini  unutib  qo'yar  ekan,  chunki 

o'rtadagi  (Alloh bilan orif o'rtasidagi)  hijob yo'qolgan emas,  ma’naviy- 

ma’rifiy shakllanish jarayoni maromiga yetmagan.  Iskandar ham qalbida 

shunday bo'shliq borligini  tuydi...  Dostonda ular jahongiming  onasiga 

(tug'gan  emas,  tarbiyalagan  enagasi)  yozgan  maktubida  alam  va  dard 

bilan ifodalanadi. O'sha jonso'z maktub oxirida esa Iskandaming vasiyatlari 

beriladi.  «Hayrat  ul-abror»da  ular  ayrim  lavhalar  shaklida  keltirilgan 

bo'lsa,  «Saddi  Iskandariy»da uning  bafuija  tasvirini  ko'ramiz.

Iskandaming  ancha  keng  shuhrat  tutgan  bu  vasiyati  uch  banddan 

iborat.  U   onasiga  murojaat  qilar  ekan,  ta’kidlaydi:  «Boshim  uzra  ko'p 

iztirob  aylamang,  Jahonni  azodan  xarob  aylamang».  Masalaning  bu

www.ziyouz.com kutubxonasi



qabilda  qo‘yilishi  shar’iy  talablaiga  to‘la  mos  keladi.  Negaki,  islomiy 

ta’limotga  ko‘ra,  odamning  tug'ilishi  Xudoning  berishi,  uning  o‘lim i 

Yaratganning  bandasini  o‘z  huzuriga  da’vat  etishi,  olishidir.  Falsafiy- 

m antiqiy  jihatd an  tug‘ilish   muqarrar  ekan,  o'lim   ham   haqdir. 

Iskandaming  ikkinchi  vasiyati  mulozimlariga  qaratilgan  va  she’rdagi 

ifodasi  quyidagicha:

Qiling  naql jahd-u jidd  aylab  bori,

Skandarni  Iskandariya  son.

H riklikda  ul  yer  edi  ma’manim,

O iu m   vaqti  ham  aylangiz  madfanim  ( 11 ,  526).

O stona,  kin d ik   qoni  tomgan  zam in  parchasi  —V atanning 

boshlanishidir.  Odamiyligi  bor,  o'zini  qadrlay  oladigan  inson  uchun 

o‘sha  go‘sha  mo'tabar  sajdagohdir.  Iskandaming  vasiyatida  ana  o‘sha 

muborak tuyg‘u ustuvor. U —ibrat maktabi.  Iskandaming uchinchi vasiyati

—  falsafiy-mantiqiy  teran.  Uning  zamirida  Alisher  Navoiyning  yurak 

nidosi  ham yashirin.  U  zamon,  zabon,  makon  nuqtai nazaridan sarhad 

bilmaydi.  Iskandarona—navoiyona  bu  ibratnoma—pandnoma  butun 

insoniyat  avlodiga  qaratilganligi,  um um bashariyligi  bilan  ham  

ahamiyatlidir.

«...Chiqoring  bir  ilgimni  tobutdin,

Hamul  nav’kim  rishta  yoqutdin.

K i  el  solib  ul  son  hayrat  ko‘zi,

Ne  hayrat  ko'zi,  balki  ibrat  ko'zi:

«Bu  panjaki,  barmoqlari  chekti  saf,

Jahonni jahon  ahlidin  urdi  kaf.

Kafi  ichra  oldi jahon  kishvarin,

B ar-u   bahming  la’l  Ua  gavharin.

Chu  urdi  ajal  ilgi  tabli  rahil,

Baqo  bo'ynig'a  soldi  habli  rahil.

Jahondin  shal  ilgi  misoli  borur,

Nechukkim,  chinor  ilgi  xoli  borur.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling