B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


Alisher  Navoiyning  aruz  nazariyasiga  qo'shimcha  va  yangiliklar


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71

Alisher  Navoiyning  aruz  nazariyasiga  qo'shimcha  va  yangiliklar 

kiritgani,  aruz bahrlari yuzasidan tuzilgan doiralami to'ldirishi va yangi 

doiralar yaratishida namoyon bo'ladi.  Masalan,  u arab  she’riyatiga xos 

tavil,  madid  va  basit  bahrlari  asosida  tuzilgan,  keyingi  davrlarda  fors- 

tojik  tilida  asarlar  yaratilmagan  “Doirai  mushtabiha”ni  “Mezon  u l- 

avzon”ga  kiritadi.  Shuningdek,  asar  muallifi  o'zi  ixtiro  qilgan  “Doirai 

mujtamia”hamda  “Doirai muxtalita”  haqida ma’lumot beradi.

Alisher  N avoiy  tomonidan  Sharq  poetikasining  tarkibiy  qismi 

bo'lgan  aruz  ilm ini  turkiy  she’riyat  qonun-qoidalari  asosida  yoritishi. 

o'z davri va keyingi asrlarda yashagan ijodkorlar uchun asosiy qo'llanma 

vazifasini o'tadi.  Shuningdek,  olimning muammo janri va uning o'ziga 

xos  xususiyatlariga  bag'ishlab  fors-tojik  tilida  yozgan  “Mufradot”asari 

ham  adabiyotshunoslik  nuqtai  nazaridan  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



11.2 .  Ustozlarga  bag'ishlangan  yodnomalar

X V   asr  80-yillarining  oxiri  90-yillam ing  ibtidosi  Alisher  Navoiy 

uchun katta yo'qotishlar davri bo'ldi.  1489-yilda  14 -15  yoshlarida tanishib 

“iltifoti  zotiysi  (shaxsiy  iltifoti)  bu  faqir  bila  bor  erdi  va  farzand  der 

edilar”,-deya  keyinchalik  o'kinch  bilan  xotiralar  bitgan  shoir  ota 

maqomidagi  aziz  kishisi  Sayyid  Hasan  Ardasherdan  bir  umrga  ajraldi. 

“Alar  tariq  va  ravishi  bu  faqimi  andoq  shefta  qildikim,  bir  kun  alar 

mulozamatig'a yetmasam erdi,  sabr-u toqatim qolmas erdi va alar ham 

kelib  ahvol  so'rarlar  erdi:  “Tashvishe  bo'lmamish  bo'lg'aykim,  bukun 

sendin xabar topa olmaduk”,-tarzida ma’naviy-ruhiy jihatdan nihoyatda 

bir-biri bilan yaqinlik tuygan bu  ikki  nozik qalb  sohiblarining  manguga 

qadar  o'zaro  vidolashishlari,  shubhasiz,  katta  yo'qotish  bo'ldi.  1492- 

yil  8-noyabrda  shoirning  mehribon  ustozi  va  hamdardi,  sam im iy 

maslahatchisi  Abdurahmon  Jom iy,  1493-yilda  qirq  yillik  qadrdoni 

Pahlavon  Muhammad  ham  bu  foniy  dunyoni  manguga  tark  etishdi. 

Alisher  Navoiy  X V   asr  Xuroson  mamlakatining  adabiy,  ma’naviy- 

ma’rifiy hayotida juda yuksak mavqega ega bo'lgan bu ulug'  zotlaming 

nomlarini  abadiylikka  muhrlash,  ularning  yuksak  insoniy  fazilatlarini 

ibrat namunasi sifatida ko'rsatish maqsadida «Xamsat ul-muttahayyirin» 

(1493-1494),  «Holoti  Pahlavon  Muhammad»  (1493-1494)  va  «Holoti 

Sayyid  Hasan Ardasher»  singari yodnomalami  ijod etdi.  Ushbu asarlar 

Navoiy davri nasriy uslubining qonun-qoidalari asosida yozilgan bo'lib, 

ularda  o'm i  bilan  she’riy  parchalar,  hikoyat  va  rivoyatlar  keltiriladi. 

Yodnom alardagi  ijodkor  mushohadalari,  asar  qahramonlari  bilan 

bog'liq  badiiy  lavhalar  axloqiy-ta’lim iy  mohiyat  kasb  etishi  bilan 

qimmatlidir.  Nuriddin  Abdurahmon  Jomiy  vafoti  munosabati  bilan 

yozilgan  «Xamsat  ul-m utahayyirin»  asari  asosida  aytilgan  fikrlam i 

quwatlantirishga harakat  qilamiz.

Abdurahm on  Jom iyning  vafoti  A lisher  N avoiy  uchun  katta 

yo'qotish, behad judolik edi. Uning ruhiyatida qo'zg'algan to'fon, ayriliq, 

soya  solgan  iztirob  asaming  debochasidayoq  seziladi.  «Agarchi  ahli 

olamg'a  motam  yuzlandi,  ammo  sohib  motam  bu  nomurodi  so'gvor 

erdim  va  soyir  avlodi  odamg'a  azo  voqe’  bo'ldi  va  lekin  sohib  azo  bu 

noshodi  ta’ziyat  shior  erdim»  (15.  8).  Asar  nomidagi  xamsa  —  besh 

raqami uning tarkibiga, tuzilishiga tegishli. Y a ’ni yodnoma muqaddima, 

uch maqolot va xotima—besh qismdan tashkil topgan.  M uallif bu haqda 

quyidagilami  yozadi:  «...chun  bu  risola  xayolg'a  keldi,  binosin  bir

www.ziyouz.com kutubxonasi



muqaddima  va  uch  maqola  va  bir  xotimag‘a  qo‘yuldi  va  besh  daf a 

so'zg'akim,  o‘quvchilaig‘a  ko‘p  mujibi  tahayyur  erdi»,  Xamsat  u l- 

mutahayyirin»  tasmiya  qilindi»  (15,  8).  Ayonlashadiki,  asaming  «Besh 

hayrat»  tarzida  nomlanishi  uning tuzilishiga  ishoradir.

Asaming  muqaddimasida  Abdurahmon  Jomiyning  taijim ai  holi, 

shajarasi,  tahsil yillari,  yashash  manzillari haqida fikr yuritiladi. Alisher 

Navoiy o'rtaga qo'yilgan mazkur masalalami yoritishda aniq hujjatlaiga, 

Abdurahmon  Jomiyning  o'z  asarlariga  tayanadi.  M a’lumki,  fors-tojik 

adabiyotining  buyuk  allomasi  o'z  vafotidan  besh  yil  oldin  «Rashx  u l- 

bol»  («Yurak  tomchilari»)  sarlavhali  holiya  qasidasini  yaratgan  edi. 

Muqaddimada ana shu manzumaga tez-tez  murojaat qilinadi.

Yodnoma  muallifi  ustozining  inson,  olim,  shoir  va jamoat  arbobi 

sifatida shakllanish jarayoniga,  mudarris va madrasalar qurshovida o'tgan 

yillari  tafsilotiga jiddiy  e’tibor  qiladi.  Muqaddimadagi  ayrim  ishoralar 

Abdurahm on  Jom iy  A llohning  xos  bandalariga  ko'rsatayotgan 

inoyatlaridan bebahra bo'lmagan, degan xulosaga kelishga imkon beradi.

«A lar  to'rt  yo  besh  yoshlarida,-yo zadi  A lisher  N avo iy  asar 

muqaddimasida,-emdi maktabg'a borur vaqtlari emish, hazrati Mavlono 

(Faxriddin  Lo'ristoniy)  alarni o'z qoshlarida o'lturtub, barmoq ishorati 

bila  havoga  mashhur otlami:  «Umar»  yo  «Ali»dek  bitir ermish  va  alar 

taammul  bila  o'qir  ermishlar  va  hazrati  Mavlono  alaming  tufuliyatda 

bu  nav’  zehn-u  va  zakosidin  mutabassim,  mutaajjib  bo'lur  ermishlar» 

(15 ,  10).  Abdurahmon  Jomiy  tahsil yillaridayoq  naqshbandiya  xojalari 

ta’sirida  tarbiya  ko'radi.  Shayx  Bahouddin  Umar,  Boyazid  Puroniy, 

Muhammad  Asad  ta’limotlari  bilan  voyaga  yetadi.  «Qutbi  tariqat  va 

g'avsi haqiqat»  Mavlono  Sa’diddin  Koshg'ariyga katta ixlos qo'ydi,  uni 

o'zining  ma’naviy  piri  sifatida  tanidi.  Muhammad  binni  Hasan  binni 

Abdulloh  binni  Tovus  binni  Hurm uz  binni  Shayboniy  N uriddin 

Abdurahmon  Jomiyning  o'zi  ham  keyinchalik  naqshbandiya  xojalari 

silsilasiga qo'shildi.

«Xamsat  ul-mutahayyirin»ning  awalgi  maqoloti  ikki  hikmat  sohibi 

o'rtasida kechgan g'aroyib voqealar,  hayratli holatlar,  latif saiguzashtlami 

o'zida  mujassam  etgan  hikoyatlardan  tuzilgan.  Bunday  lavhalaming 

Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar taqdirida ko'plab sodir bo'lganligi 

tabiiydir. Asar muallifi ulardan o'n yettitasini tanlab o'quvchilariga taqdim 

etadi.  Aytish  jo iz,  mazkur  lavhalar  turmush  ikir-chikirlari,  shaxsiy 

xudparastlik doirasida o'ralashib qolgan emas. Ularda katta axloqiy, taibiyaviy, 

adabiy  mavzulaiga  daxl  qilinadi,  latif tabassum,  nozik  mutoyiba,  lutf va

www.ziyouz.com kutubxonasi



muloyim qochirimlami qo‘Ilash orqali hayotda kuzatiladigan illatlar ustidan 

kulinadi. Ayrim hikoyatlarda topqirlik,  zakovat,  badihago'ylik qadrlanadi. 

Shuningdek, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy o'rtasida qizg'in ijodiy 

musobaqalar, o‘zaro mhlantirish, aql va zehnni charxlashga xizmat qiluvchi 

sinovlar  bo'lib  tuiganligi  anglashiladi.

Jomiy  va  Navoiyning  o'ttiz  yildan  ziyodroq  muddatga  cho'zilgan 

hamkorlik tarixida turli sahifalar,  ibrat о Isa, eigashsa arzigulik an’analar 

nihoyatda  ko'p.  Ayni  zamonda  poklik,  halollik,  iymon  va  diyonatgina 

hukm surishi mumkin bo'lgan ijod olamida kuzatilmagan yoxud kamyob 

hodisalar bu  ikki alloma tajribasida namoyon bo'ladi. Aytilgan  muddao 

tasdig‘i uchun awalgi maqolotning hikoyatlariga murojaat qilaylik.  Sulton 

Muzaffar  Husayn  Mirzoning  boshiga  musibat  tushadi.  Uning  o'g'li 

Ahmad  Husayn  vafot  etadi.  T a ’ziya  izhor  etmoq  uchun  Abdurahmon 

Jomiy  va  Alisher  Navoiylar  «Bog'i  safed»ga  borishadi.  Alisher  Navoiy 

shu  musibat munosabati bilan yozgan marsiyasining mana bu satrlarini 

o‘sha davrada astagina Abdurahmon Jomiy qulog'iga o‘qib beradi:

G ar  sham’  murd,  mehri  falakro  mador  bod,

G ar  qatra  rext,  obi  baqoro  qaror  bod.

Ulug'  o'zbek  shoirining  mazkur bayti  Jomiy  ijodiy  imkoniyatlarini 

ilhomlantirgan va u qog'oz hamda qalam so'rab olib, quyidagi misralami 

o'sha azo  dasturxoni  atrofida yozib,  Alisher Navoiyga o‘qib  bergan. 

Farzand  mevayest  zi  shohi  daraxti  umr,

G ar  z-on  ki  meva  rext,  shajar  poydor  bod  (16.20).

M o'jizani qarang,  mushoira udumiga qat’iy rioya qilingan va Alisher 

Navoiy  matlaiga  munosib  javob  bayti  vujudga  kelgan.  Har  ikki  bayt 

satrlaridagi  mazmun  va  hatto  tashbehlar  ham  g'oyat  uyg'un.  Alisher 

Navoiy matlaida tazod she’riy san'atining chiroyli namunasi qo'llangan. 

Birinchi satrda olamni tark etgan o‘g‘il — o'chgan shamga, ota esa falakda 

kezuvchi va mangulikka daxldor Quyoshga qiyoslanadi. Albatta, bu bilan 

o'zbek  shoiri  Muzaffar  Husaynni  o'lmas  zot  darajasiga  ko'tarmoqchi 

emas.  Balki  uning  hayoti  ham  tabiatda  amal  qiladigan  qonuniyatga 

asoslangan.  Quyosh—yog'du  va  nur  manbai.  Farzandning  bunyodkori 

esa ota va onadir.  U lar bardam-baquwat bo'lishsa, yana farzandlaming 

paydo bo'lishi tabiiydir. Ikkinchi satrda ham o'sha san’at va mantiq rishtasi 

izchil  amal  qiladi.  Farzand  —ota jismining  qatrasi.  Ota  vujudida  o'sha 

qatralar  boqiy  bo'lsa  bo'lgani,  to'kilganlar—o'lganlar  o'rnining 

qoplanishi  muqarrardir.  M atla’  zamirida  donishmand  xalqimizning 

insonparvarlikka asoslangan urflari, taskin-tasalliysi yotadi. Chunki ta’ziya

www.ziyouz.com kutubxonasi



izhor  etishdan  murod,  marhum  xotirasini  shod  qilish  bilan  birga, 

tiriklarga  ruhiy  madad,  dalda  berish,  hamdardlik  bildirishdir.  Zotan, 

manguga  ketganlar  qaytib  kelmaydi.  Yangi  tug'ilganlar esa  o‘z  nom -u 

nasibasi,  taqdir-u  tarixi  bilan  yorug'  dunyoga  ko‘z  ochadi...

Abdurahmon  Jomiyning  bayti  ham  javobiya  aytilayotgan  satrlar 

yo‘nalishida va ancha rangin chiqqan.  Uning talqinicha, ota daraxt, farzand 

shu  umr  daraxti  shohlarining  mevasidir.  Zero,  daraxt  shoxlari  va 

samaradorligi  ko'p jihatdan  uning  parvarishi  hamda  yashovchanligiga 

bog'liq.  Um r  uzoqqa  cho'zilsa,  bardamlik  poydor  bo‘lsa,  shox  ham, 

hosil  ham  serob  bo'ladi.  Modomiki  shunday  ekan,  daraxt  shoxlaridan 

hosilning  bemavrid  to'kilishidan  o'ksinish  yaramaydi.  Manba—asos 

omon bo'lsa,  yana son-sanoqsiz mevalarning tug'ilishi tabiiiydir.  Tahlil 

etilgan  she’riy  misralaming yana bir jihatini aytmay iloj yo'q.  Jomiy va 

Navoiylar qo'llagan tashbehlaming  zamini  mustahkam.  Badiiyat  hayot 

haqiqati talablariga rost  keladi.  Ko'rinadiki,  bir-birini  qalb-qalbdan his 

etmay, badiiy tafakkurda mushtaraklik tuymay turib, bunday hamohang 

she’riy  misralami  yaratish  imkondan  tashqaridir.  Ikkinchidan,  ayni 

misralar har qanday o'quvchida qiziqish uyg'otadi, Abdurahmon Jomiy 

va  A lisher  N avo iylar  o'rtasida  kechgan  sam im iy  va  sadoqatli 

birodarlikdan  ibrat  olishga  undaydi.

Yodnomaning ikkinchi maqolati Jomiy va Navoiyning maktublaridan 

tuzilgan.  Bu  ikki  hikmat  sohibi  o'rtasidagi  insholar  —  munshaotning 

ko'p  bo'lganligi  shak-shubha  tug'dirmaydi.  Asar  m uallifi  ularning 

barchasini  keltirishdan  saqlanadi.  Saralaydi,  bag'oyat  muhim  va 

hayratangiz  hisoblanganlarinigina  ikkinchi  maqolatga  kiritadi.  Shunday 

qilib, yodnomadan o'n bir yo'naltirilgan va javob maktublari (jami yigirma 

ilcki)  o'rin  olgan.  So'nggi  maqolatdagi  ma’lumotlar Abdurahmon Jomiy 

ijodiyotini o'iganishda qanchalik ahamiyatli bo'lsa, navoiyshunoslik uchun 

ham  shu  qadar  zarurdir.  Chunki  ushbu  maqolatda  Jomiy  qalamidan 

chiqqan talay asarlaming  «taijimai  holi»  berilgan.  Xuddi  shunday gapni 

Alisher  Navoiyning  aksariyat  badiiy  yaratmalari  xususida  ham  aytish 

joizdir.  Ikki ulug'  ijodkor o'rtasida kechgan beg'ubor birodarlik, xolisona 

ijodiy mushoiralar o'sha nodir duidonalaming doyasi bo'lib xizmat qilgan. 

Maqolat  boshidayoq  Alisher  Navoiy  Abdurahmon  Jomiyning  katta-yu 

kichik o'ttiz olti asari  ro'yxatini  ilova qilar ekan,  «bu faqir alar tasnifig'a 

sabab va ta’lifig'a bois bo'lubmen va bu ma’ni ko'prak kutub va  rasoilda 

mazkurdii»,-deya ta’kidlaydi  (15-48).

«Xamsat  ul-m utahayyirin»ning  xotimasi  garchi  hajm  jihatidan

www.ziyouz.com kutubxonasi



ixchamdir,  ammo  qamrovi  nuqtai  nazaridan  ancha  ko'lamli.  Xotima 

awalida Abdurahmon Jomiy huzurida yoxud ishtirokida o'qilgan asarlar, 

risolalar ro‘yxati  keltiriladi.  Aruz,  qofiya,  muammo,  tasawuf ta’limoti 

va tarixi,  ilohiyotga atalgan bunday risolalar soni o‘n beshga yetib qoladi. 

Bular  o‘ttiz  yildan  ko'proq  davr  ichida  kechgan  bahamjihat  hayot, 

m uhokam a-m unozara,  bamaslahat  ijod  ayyom ining  hosilasidir. 

Xotimada  yana  besh  hikoyat  ham  ilova  qilingan.  Mazkur  lavhalarda 

Abdurahmon  Jom iy  tabiatida  mavjud  bo'lgan  karomatlar  haqida  fikr 

yuritiladi.  Xotim a  oxirida  Nuriddin  Abdurahmon  Jomiy  vafoti,  dafn 

marosimi tafsilotlari va Alisher Navoiyning shu munosabat bilan yozgan 

marsiyasi  matni  keltiriladi.  Ustod  Sadriddin  Ayniy  mazkur  marsiyani 

«Eng jonso'z  chiqqan  asar»  sifatida  qadrlagan.  Darvoqe  ,  ulug'  shoir 

Alisher  Navoiy  qalamida  sayqal  topgan  mazkur  asami  qancha  madh 

etsa,  shuncha  oz.

...D o'ston,  dar  hama  fan  nodirai  olam  ku?

Afzal-u  afsahi  ajnosi  bani  odam  ku?

D a r  biyoboni  tamannosh  xaloiq  murdand,

B a  davoi  hama  on  Xizri  Masiho  dam  ku?..

Mazmuni:

Do'stlar,  hamma  fanda olam yagonasi  qani?

Odam  bolalari jinsini  afzali  va  eng  fosihi  qani?

Orzusi biyobonida xaloyiq halok bo'ldi,

Hammaning  da’vosi  bo'lgan  Isinafas  Xizr  qani?

(P.  Shamsiyev taijimasi.  Asarlar,  15 jildlik,  14-tom,  257-bet)

1 1 .3 .  Tarix,  tasawuf va  din  tarixiga  oid  asarlar

«Tarixi  muluki  Ajam»,  «Tarixi  anbiyo  va  hukamo»,  «Nasoyim  u l- 

muhabbat»,  «Vaqfiya».

«Tarixi  muluki  Ajam»  («Ajam  shohlari  tarixi»).  1488-yilda  yozib 

tugatilgan  bu  asar  «Muhokamat  ul-lug'atayn»da  «Zubdat  ul-tavorix» 

(«Tarixlar  qaymog'i»)  tarzida  tilga  olinadi  hamda  uning  podshohlar 

tarixiga  bag'ishlanganligi  ta’kidlanadi:  «...  «Xamsa»  shug'lidin  chun 

farog'at  topibmen,  taxayyulim  geti  navardin  salotin  tarixi  dashtig'a 

chopibmen,  chun  noma savodi zulmatidin  «Zubdat  ul-tavorix»  adosin 

tuzupmen,  salotin  o'lgan  otin  bu  hayvon  suyi  bila  tirguzupmen»  (16. 

26). Ajam shohlari tarixiga bag'ishlangan tarixiy va badiiy asarlar Alisher 

Navoiyga  qadar  ham juda  ko'plab  yaratilgan  edi.  Ulug'  shoirning  o'z

www.ziyouz.com kutubxonasi



asarlari, jumladan,  «Xamsa»  tarkibidagi  dostonlarida  ham Anushirvoni 

odil,  Xusrav  Parvez,  Bahrom,  Iskandar  singari  shu  silsilaga  mansub 

bo'lgan  hukmdorlar obrazi  mavjud.  Bu  holat  shoirning  Ajam   shohlari 

tarixidan  juda  yaxshi  xabardor  ekanligi,  ular  bilan  aloqador  tarixiy 

dalillar  hamda  afsona-yu  rivoyatlami  mukammal  bilganligidan  dalolat 

beradi.

«T a rix i  m ulu ki  A jam »n i  yozishda  m u a llif  F ird av siy n in g  

«Shohnoma»,  Jaloliyning  «Jome’  ut-tavorix»,  G'azzoliyning  «Nasihat 

u l  m ulk»,  H am id u llo h   al-M u sta vfiyn in g   «G u zid a »  asarlari, 

shuningdek,  «Tarixi  Tabariy»,  «Tarixi  Banokatiy»,  «Qozi  Baydoziy» 

kabi tarixiy manbalaiga tayanadi. Jumladan, asarda Bahrom binni Shopur 

nomli  zolim  podshoh  haqida:  «Banokatiy  debturkim,  aning  zulmidin 

el anga g‘avg‘o qildilar va ul g'avg'oda halok bo'ldi»,-deya qayd etiladi 

(16 .  233).  Shuningdek,  «T arixi  m uluki  Ajam »da  «derlarkim », 

«debdurlarkim »  so'zlarining  tez-tez  uchrashi  yuqoridagi  fikrni 

quwatlantiradi.

Alisher  Navoiy  Ajam   shohlarining  peshdodiylar,  kayoniylar, 

ashkoniylar,  sosoniylar  singari  to'rt  sulolasiga  mansub  hukmdorlari 

tarixini muxtasar bayon etish bilan zamonasi uchun juda muhim bo'lgan 

bir  necha  ijtim oiy-siyosiy,  ilm iy,  adabiy  maqsadlari,  orzu-istaklarini 

amalga  oshirishini  ko'zda  tutadi.  Asarda  to'rt  sulolaga  mansub 

podshohlarning  deyarli  hammasi  afsonaviy  hukmdor  Kayumarsdan 

boshlab,  sosoniylaming  so'nggi  vakili,  Eronning  arablar  tomonidan 

istilo qilinishi qurboni bo'lgan Yazdi Jurdi Shahriyorgacha tavsif beriladi 

va ulaming bashariyat tarixi uchun podshoh sifatida qilgan yaxshi-yomon 

ishlari  muxtasar bayon  etiladi.  Bu  bilan  Alisher  Navoiy Ajam   shchlari 

hukmronligi  silsilasini  ma’lum tartibiga  asos soladi,  shuningdek,  Sharq 

adabiyotida  keng  qo'llangan  o'sha  hukm dorlar  obrazining  m iflk 

xususiyatlariga oid ma’lumotlami umumlashtiradi. Ulug' mutafakkiming 

bu xizmati turkiy va fors-tojik adabiy aloqalari rivojining yuksak cho'qqisi 

sanalgan  X V  asr uchun  nihoyatda  muhim  edi.

«Tarixi  muluki  Ajam»  an’anaviy  tarixnavislik  uslubida  yaratilgan 

bo'lib,  unga turli  afsona  va  rivoyatlarga  o'rin berish bilan uning  badiiy 

qimmatini  oshirishga,  qiziqarli  bo'lishini  ta’minlashga  alohida  e’tibor 

qaratiladi.  Hukmdorlar hayotidan keltirilgan bu adabiy lavhalar ijtim oiy- 

siyosiy,  axloqiy-ta’lim iy  mohiyat  kasb  etib,  o'zaro  urush-taloshlaming 

sababkori  bo'lgan  tem uriyzodalarni  ogohlikka  da’vat  etishi  bilan 

ahamiyatlidir. «Tarixi muluki Ajam»da t>odshohlammg yurttalablik da’vosi

www.ziyouz.com kutubxonasi



bilan chiqishlaridan ko‘ra ko'proq mulk ma’murligi-yu yurt osoyishtaligi 

y o 'lid a   ko'rsatgan  jo n b o zlik la rig a   e’tibor  q a ra tilish i,  zo lim  

podsholilarning  ayanchli  qismatining  bayoni  zamirida  m uallifning 

temuriylarning  siyosiy  vaziyatni  to'g'ri  baholashlaridan  umidvorligi 

mujassamlashgan  ko'rinadi.  Alisher  Navoiy  Xo'shang,  Jam shid, 

Faridun,  Manuchehr,  Tahmosb  singari  peshdodiy,  Bahrom  G o ‘r, 

Feruz,  No'shiravon,  Turon  Duxt  kabi  sosoniy  hukmdorlami  adolatli 

shoh  sifatida  tasvirlaydi.  Jum ladan,  Firuz  binni  Yazdijird  haqida 

quyidagilami yozadi:  «Firuz binni Yazdijird musulmon va oqil va kordon 

va odil  podshoh  erdi.  Adolat  bilan  mamolikni  obod  qildi va  rioyat bila 

raoyoni  xushnud  va  shod  etti.  Aning  saltanati  zamonida  yeti  yil  qaxat 

voqe’  bo'ldi  va  raoyodin  xirojni  soqit  qildi.  Bu  yeti  yil  hech  kishidin 

hech  nima  tilamadi»( 16.238  ).

Alisher  Navoiy  Xo'shangni  «odil  va  xiradmand  podshoh  erdi», 

Jamshidni esa «jam ol-u  husnga beshubha va benazir va kam ol-u fazlda 

beadil erdi»,-deya ta’riflaydi. Xo'shangni mamlakatni ilm  va qonun bilan 

boshqarishga  urungani,  tarixda  birinchi  bo'lib  kitob  bitgani,  toshdan 

temir  chiqaigani,  yog'ochdan  uylaiga  eshik  yasagani,  konlar  topgani, 

otga egar yasagani va boshqa obodonchilik ishlarini e’tirof etadi. Asarda 

Jamshid  haqidagi  ma’lumotlar  ham  shu  tariqa  bayon  qilinadi.  Uning 

juda ko'p binolar qurdirgani, bu inshootlar qurilishi nihoyasiga yetgach, 

katta  bazm  uyushtirgani,  o'sha  qutlug'  kun  «Navro'z»-,  deya  atalgani 

asarda  o'z  ifodasini  topgan.  Alisher  Navoiy:  «Jamshid  saltanatining 

zamoni  у  yetti  yuz  yilga  etishdi»,-deganda  ko'proq  uning  mifologik 

qahramon  ekanligini  nazarda  tutgan  bo'lishi  mumkin.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling