B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


kishi yuborib uni o'z hukmdori sifatida tan oladi. Shayboniyxon Andijonni


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71

kishi yuborib uni o'z hukmdori sifatida tan oladi. Shayboniyxon Andijonni

www.ziyouz.com kutubxonasi



qo'lga  kiritib,  Hisor  va  Xurosonga  hujum  qilish  xavfi  tobora  kuchayib 

borayotgan bir paytda,  unga qarshi mardonavor kurasha oladigan  Bobur 

Mirzoning shuhrati  orta boshlaydi.  Husayn  Boyqaroning  Shayboniyxon 

hujumiga  qarshi  mudofaani  mustahkamlash  haqidagi  Bobur  Mirzoga 

yo'llagan  xati  ko'plab jang-u jadallar  shohidi  bo'lgan  yosh  shahzodani 

qanoatlantirmaydi. U  kuchli g'anim ustiga biigalikda hujum qilish tarafdori 

edi.  Shayboniy  qo'shinlari  shitob  bilan  Qunduz  tomon  yo'llanganini 

eshitgan Xusravshoh mudofaani ta’minlay olishiga ko'zi yetmay, shahami 

tashlab chiqadi va Bobur Mirzoga odam yuborib, o'zining taslim bo'lganini 

ma’lum  qiladi.  Xusravshohdan  yuz  o'giigan  askar va  qabilalar  hisobiga 

son jihatidan ancha ko'paygan,  shuningdek,  undan  qolgan qurol,  sovut, 

ot  anjomlari  bilan  o'zini  tiklab  olgan  Bobur  Mirzo  uchun  o'zaro 

urushlaidan kuchsizlanib qolgan Kobul taxtini egallash nihoyatda muhim 

edi.  1504-yilning oktabrida hududi ancha kichik bo'lgan Faig'ona viloyatini 

tashlab,  sarson-saigardonlikni  boshidan  kechiigan  Bobur  Mirzo  Kobul 

va  G'aznani jangsiz qo'lga kiritib,  ulkan davlat taxtini egallaydi.

1505-yilning iyun oyida Bobur Mirzoning onasi Qutlug'  Nigorxonim 

vafot etadi.  Bu  davrda  Hisor va Qunduzni  bo'ysundiigan  Shayboniyxon 

Samarqandga borib yangi yurishlaiga hozirlik ko'rmoqda edi. U  Xorazmni 

bosib  oladi,  Balxni  qamal  qiladi.  Xuroson  hukmdori  Sulton  Husayn 

Boyqaro  Shayboniyxonga  qarshi  kurashda  Bobur  Mirzoni  ham  taklif 

qiladi.  U ning:«...  Sulton Husayn Miizodek Temuibek o'mig'a o'ltuig'on 

ulug'  podshoh  yig'noq  qilib,  atrof va javonibdin  o'g'lonlari  va  beklarini 

tilatib,  Shayboniyxondek g'animning ustiga ozim bo'lg'onda el oyoq bila 

boig'onda, biz bosh ila boig'aymiz, el tayoq bila boig'onda — biz tosh ila 

boig'aymiz»  (146-bet),  —degan fikrlari bu  taklif unga  nihoyatda  ma’qul 

bo'lganidan  dalolat  beradi.  Biroq  o'z  davrining  yirik  hukmdori  bo'lgan 

ikki  temuriyzoda  ko'risha  olmaydilar.  1506-yilning  may  oyida  Sulton 

Husayn Boyqaro vafot etadi.  Uning taxti ikki o'g'li:  Badiuzzamon Mirzo 

va  Muzaffar  M irzolar  tomonidan  boshqarila  boshlanadi.  Shayboniy 

qo'shinlari Balxni bosib olib,  Badaxshonga tahdid sola boshlaydi. Temuriy 

hukmdorlar  1506-yilning 26-oktabrida  Muig'obda to'planishadi.  Kuchli 

g'anim ga  qarshi  birgalikda  kurash  ko'klam da  amalga  oshirilishi 

rejalashtiriladi.  Shundan  so'ng  Bobur  Mirzo  Badiuzzamon va  Muzaffar 

Mirzolaming  taklifi  bilan  Hirotga  yo'l  oladi.  U   yerda  Sulton  Husayn 

Boyqaro maqbarasini ziyorat qiladi.  «Bog'i Navda bir necha kun bo'ldim ,- 

deya  xotirlaydi  Bobur,  -   ani  munosib  ko'rmay  Alisherbekning  uylarini

www.ziyouz.com kutubxonasi



tayin qildilar.  Hiriydan chiqquncha Alisherbekning uylarida edim» (170 - 

bet).  Alisher Navoiy  istiqomat  qilgan  uy  Unsiya  deb  nomlangan.  Ulug‘ 

shoir  vafot  etgan  bo‘lsa-da,  Unsiyadagi  awalgi  tartib  hali  o'zini  saqlab 

turaidi. Yigirma kun davomida Hirotda yashagan Bobur Mirzoning siyosiy 

harakatlar  bilan  bir  qatorda,  adabiy  faoliyatga  bo'lgan  mayli  ham  orta 

boshlaydi. Unga Hirotda qishlash taklif qilinadi, biroq u yetarii mulozamat 

ko'rsatilmaganligi hamda toj-u taxtdan xavotiri ortib boigani bois Kobulga 

yo'l oladi. Qosimbekning taklifi bilan Qandahor yo'li yiroq bo'lganligidan 

tog'  yo'lidan borishga  qaror qilinadi.  Qor yog'a  boshlagan,  bu  yerlarda, 

hatto,  yozda  yurish  ham  mashaqqat  edi.  Chahcharon  degan  manzilga 

yetganlarida,  qor otning  uzangisiga  yetadi,  aksar yerlarda  otning  oyog'i 

yerga tegmas edi.  Boz ustiga, yo'l boshlovchiga ehtiyoj tug'iladi.  Mahalliy 

aholidan biror kishini boshlab  kelishga yuborilgan yigitlar uch-to'rt  kun 

o'tib, yo'lni puxta biladigan kishini topolmay qaytadilar.  Umrida bunday 

mashaqqatga  kamroq  duch  kelgan  Bobur  Mirzoning  ko'nglida  kechgan 

fikrlarini badiiy jilolantirgan quyidagi  matlasi tiliga kela boshlaydi: 

Charxning  men  ko'rmagan javr-u  jafosi  qoldimu,

Xasta  ko'nglum  chekmagan  dard-u  balosi  qoldimu?

Mashaqqatli  kunlar o'tib  Kobulga yetganlarida,  Bobur  Mirzo  yana 

qarindoshlarining pand berib qo'yganlariga guvoh bo'ladi.  Kobul saroyida 

tarqalgan  m ish-m ishlaiga  ko'ra,  Xuroson  beklari  va  M irzolari  Bobur 

Mirzoni hibsga olib zindonga tashlagan emishlar. Temuriyzodaning ona 

tarafidan  buvisi  Shoh  Begim  o'zining  sevikli  nevarasi  Xonmirzo  (asli 

ismi  Sulton  Vays)ni  shoh  qilib  ko'tarish  maqsadida  shaharda  qolgan 

mo'g'ul beklarini birlashtirib, uning nomiga xutba o'qittirish taraddudida 

edi.  Isyon bartaraf etiladi.  Qarindoshlar kechiriladi.

Shayboniyxon Balxni qo'lga kiritgach, jang maydonini kengaytirishga 

botinolmay  Movarounnahrga  qaytadi.  Bu  qulay  fursatdan  foydalana 

olmagan temuriylar Xuroson taxtini dushman qo'liga topshirishga majbur 

bo'lishadi.  1507- yil may oyida katta qo'shin bilan Xurosonga kirib boigan 

Shayboniyxon  Hirotni  egallaydi.  Mamlakatning  boshqa viloyatlari  ham 

sekin-asta  Shayboniyxon  idorasi  ostida  birlashadi.  Ana  shu janglaming 

birida uning lashkarlari Eron hududiga o'tib talonchilik qiladilar.  Bundan 

g'azablangan  Eronning  qudratli  hukmdori  Shoh  Ismoil  mustahkam 

intizomli va janglarda chiniqqan qo'shin bilan Xurosonga qarshi hujumga 

o'tadi.  1510-yilda  Eron  qo'shinidan  katta talofat  ko'rgan  Shayboniyxon 

lashkarlari  Marvda qamalda qolib yengiladi,  hukmdori vafot etadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



1507-yilda  Bobur  Mirzo  temuriylar  sulolasining  ikkinchi  poytaxti 

Hirot  qo‘ldan  ketgandan  so'ng  o‘g‘li  Humoyun  tug'ilgan  shu  yilda 

o‘zini  podshoh  deb  e’lon  qiladi.  Bu  bilan  Bobur  Mirzo  temuriylar 

sulolasi  inqirozga  uchragan  bo'lsa,  u  yangi  sulola  boburiylarga  asos 

solganini  ma’lum  qilgan  bo'ldi.  Shoh  Ismoil  Shayboniyxonga  hujum 

uyushtirib tuigan bir paytda Bobur Mirzo ham azaliy dushmaniga qarshi 

kurashdi.  15 12-yilda u Amudaryodan kechib,  Hisorga tomon yo'l oladi. 

Hisor,  Ko'lob,  Qunduz  va  Badaxshonni  qo'lga  kiritgan  Bobur  Mirzo 

Movarounnahrda  o'z  hokimiyatini  qayta  barpo  etishga  intilardi.  U  

Qunduzda bo'lganida,  Shoh  Ismoildan  sovg'a-salom keltiigan  elchilar 

Bobur  Mirzo  uchun  sira  kutilmagan  voqeaning  sodir  bo'lishiga  sabab 

bo'ladilar.  Shoh Ismoil Bobur Mirzoning opasi Xonzodabegim va uning 

o'g'li  Xurrambekni  hurmat-ehtirom  bilan  elchilar  hamrohligida  ukasi 

oldiga jo'natgan  edi.  Bobur  Mirzo  bu  davrda  28  yoshda edi.  O'n  yillik 

ayriliqdan so'ng, opa-uka bir-birlariga qanday murojaat qilishlarini bilmas 

edilar.  Xurramshohga  Balx hokimligi beriladi,  biroq  ikki  yil o'tgach,  u 

vafot  etadi.  Xonzodabegim  qolgan  umrini  Kobulda,  podshoh  ukasi 

huzurida hurmat-ehtiromda o'tkazadi.

Bu voqea Shoh Ismoilning Bobur Mirzo bilan o'zaro ittifoq tuzishiga 

zamin hozirlaydi. Xonmiizo o'z hukmdori nomidan Shoh Ismoilni ulkan 

g'alaba  bilan  tabriklab,  Movarounnahrdagi  awalgi  saltanatini  tiklash 

haqidagi  Bobur  Mirzoning  iltimosini  unga  yetkazadi.  Shayboniyxon 

mag'lubiyatga  uchragan  bo'lsa-da,  uning  qarindoshlari  mamlakatning 

kuchli  markazlarini  o'z  qo'llarida  saqlab  turar  edi.  Uning  o'g'li  Temur 

Sulton Samarqandda, jiyani Ubaydulloxon Buxoroda, amakisining o'g'li 

Jonibek Sulton Andijonda, Abubcayming o'g'li Ko'chimxon Turkistonda, 

uning o'g'li Suyunbek esa Toshkentda hukmronlik qilar edi.  Bobur Mirzo 

Shoh  Ism oildan  madadga  kelgan  o'qchi  askarlar,  yaqin  atrofdagi 

qabilalardan  qo'shilgan  otlig'-u  piyodalar  — jam i  oltmish  mingga  yetib 

qolgan qo'shin bilan Qarshiga hujum qiladi. Ubaydulloxon Qarshini tashlab 

Buxoroga  yo'l  oladi.  Buxoro  qo'lga  kiritilsa,  Qarshi  o'z-o'zidan  taslim 

bo'lishini anglagan Bobur.Miizo Ubaydulloxondan oldin Buxoroga yetib 

boradi.  Keyinchalik  15 12 -  yilda  Sohibqiron  Am ir  Temuming  poytaxti 

Samarqand  uchinchi  marta  Bobur  Mirzo  ixtiyoriga  o'tadi.  Tarixiy 

m a’lumotlarga  ko'ra,  Bobur  M irzo  tomonidan  Shoh  Ism oilning 

qizilboshlar qo'shiniga hurmat-ehtirom ko'rsatishi sunniy va shia mazhabi 

o'rtasida  ixtilof chiqishiga  sabab bo'ladi.  Bulardan tashqari,  Samarqand

www.ziyouz.com kutubxonasi



hukmdori  qizilboshlar  qo'shiniga  qaytib  ketish  uchun  ruxsat  berishga 

bir  oz  shoshiladi.  Shoh  Ismoilning  Iroqqa  ketganidan  xabar  topgan 

Shayboniyxon  avlodlaridan  bir  qism i  Toshkentga,  Ubaydulloxon 

boshchiligidagi  bir  guruh  esa  Buxoroga  otlanadi.  Shiddatli  janglardan 

so'ng Bobur Mirzo Buxorodan Samarqandga chekinishga majbur bo'ladi. 

Shahar qamal qilinadi.  Qishdan endigina chiqqan shahar aholisi qamalga 

bardosh  bera  olmas  edi.  Qarshilik  ko'rsatishning  foydasiz  ekanligini 

anglagan  Bobur  Mirzo  poytaxtni  tashlab,  Hisor  tomon  yo'l  oladi.

Dushman  H isom i  qamal  qilganda,  Bobur  M irzo  qo'l  ostidagi 

askarlarini  to'plab,  zudlik  bilan  mudofaani  tashkil  qiladi  va  Shoh 

Ismoilning  Balxdagi  qo'shinlari  qo'mondoni  Bayramxondan  yordam 

so'raydi.  Yordamchi  kuchlar  yetib  kelishi  bilan  shayboniylar  chekina 

boshlaydi.  Shu  orada  shoh  Ism oil  Am ir  Najim   boshchiligidagi  katta 

qo'shinni  Bobur  Mirzo  huzuriga  yuboradi.  Am ir  Najim ,  Bayramxon 

kelib  qo'shilishi  bilan  Bobur  Mirzo  qo'shinlari  oltmish  mingga  yetadi. 

Bunday  katta  kuchga  qarshilik  ko'rsatishga  ojiz  bo'lgan  shayboniylar 

mudofaaga o'tishga majbur bo'lishadi.  Qarshi qamal qilinganida,  shahar 

qal’asi Ubaydulloxon boshchiligida qattiq himoya qilinadi. Am ir Najimning 

o'n  besh  ming  kishilik  shahar  aholisining  yoshi,  jinsidan  qat’iy  nazar 

barchasini qilichdan o'tkazish haqidagi buyrug'ini Bobur Mirzo to'xtatib 

turishga  urinadi.  Biroq temuriyzoda bu jangda  ikkinchi  shaxs  edi.  Am ir 

Najim ning  xunrezliklari  mahalliy  aholining  g'azabini  qo'zg'atdi.  U  

G'ijduvonni qo'lga kiritish uchun hujumga o'tganda, muvafFaqiyatsizlikka 

duch  keladi.  Ubaydulloxonga  Temur  Sulton  qo'shini  kelib  qo'shilib, 

qo'qisdan  Eron  qo'shiniga  qattiq  zarba  beradi.  Yaxshi  qurollangan 

shayboniylar qizilboshlami mag'lub etadi. Jangda Am ir Najim  o'ldiriladi. 

G'ijduvondagi omadsizlik eroniy qo'shinining tarqab ketishiga sabab bo'ladi. 

Shayboniylar  qo'shinining  ko'payishi  va  Movarounnahrda  mustahkam 

o'mashib  olganliklari  Bobur  Mirzoning  qayta  Buxoro  va  Samarqandni 

qo'lga kiritishiga umid qoldirmadi. Shoh Ismoil va Bobur M iizo o'rtasidagi 

aloqa shu tariqa xotima topadi. Movarounnahrda temuriylar hukmronligini 

tiklab,  yirik va  markazlashgan  davlat  tuzish uchun  olib  borilgan  keyingi 

urinishlar ham natijasiz yakunlanadi. Bobur Mirzo yana Kobulga qaytadi.

Tem uriylarning  ik k in ch i  poytaxti  H irotning  Shayboniyxon 

tomonidan istilo qilinishi Boburshohning Hindistonga bo'lgan ishtiyoqini 

yanada orttirgan edi.  Shunday bo'lishiga qaramay, u Hindistonday ulkan 

mamlakatni  1526-yilda o'z idorasi ostida birlashtirishga muvafFaq bo'ldi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Boburshoh 15 19 -15 2 5 - yillarda Hindistonni egallash uchun hal qiluvchi 

keng  miqyosli  beshta  jangni  amalga  oshiradi.  Bu  ulkan  mamlakatni 

bo‘ysundirish  nihoyatda  og‘ir  kechadi.  «Bobumoma»da  m uallif  ilgari 

Hindistonni  fath  etgan  Sulton  Mahmud  G'aznaviy  va  afg‘onistonlik 

Shahobiddin  M uhamm ad  G ‘uriylarning  harbiy  qudrati  o'zining 

imkoniyatlaridan  nihoyatda  yuqori  bo‘lganini  ta’kidllaydi.  Unda  qayd 

etilishicha,  Sulton  Mahmud  G'aznaviy  Hindistonga  yurish  qilganida, 

Xurosonday  ulkan  mamlakat,  Xorazm  vohasi  va  Samarqand  unga  tobe’ 

edi.  Son  jihatidan  nihoyatda  katta  bo'lgan  qo'shini  yuz  ming—ikki  yuz 

ming kishiga yetar edi.  Sulton Shahobiddin G'o'riy bu mamlakatga hujum 

qilganda,  uning  akasi  Xuroson  mamlakatining  podshosi  edi.  U   bir  yuz 

yigirma minglik qo'shin bilan bu o'lkaga kirib keladi. Har ikkala hukmdorga 

qarshilik ko'rsatgan kuch Hindiston rojalari bo'lib,  bepoyon bu mamlakat 

yagona  boshqaruv  ostida  birlashmagan  edi.  Boburshoh  sarson  — 

saigardonchilikning  alamli  kunlarini  boshidan  kechirib,  vaqti-vaqti  bilan 

ko'plab talofatlar ko'rib yurt va saltanat ishtiyoqi bilan Hindistonga yuzlandi. 

Uning  idorasi  ostida  bo'lgan  Badaxshon,  Qunduz,  Kobul  va  Qandahor 

viloyatlari zo'ig'a o'zini tutib turar, bu viloyatlar yuz ming kishilik qo'shinga 

ega bo'lgan shayboniylaiga yaqin bo'lganligi uchun ularga madad kuchlarini 

yuborib turish zarurati mavjud edi.  Boburshoh  1525-yilda beshinchi marta 

hal  qiluvchi  hujum  uyushtirganda  Hindiston  mamlakati  Behradan 

Bahorgacha  Sulton  Ibrohim   Lo'diy  nom li  afg'on  tasarrufida  edi. 

Boburshohning  o'n  ikki  ming  kishilik  lashkariga  uning  yuz  ming  kishiga 

yaqin  azamat qo'shini va mingta jangovor ffli qarshi turardi.

Panjob viloyati zabt etilgandan so'ng, Dehli sultoni Ibrohim Lo'diyga 

qarshi kurashda Boburshohning kuchli harbiy salohiyati unga omad keltiidi. 

U  «to'lg'ama»  deb  nomlangan  harbiy tadbirini  amalga  oshirib,  Ibrohim 

Lo'diyga qattiq shikast yetkazadi.  Ikki-uch oy vatanidan yiroqda bo'lgan 

yigitlarining sustligini ko'rib,  Boburshoh ular oldida otashin nutq so'zladi. 

Barchaning  ruhini  ko'tarib,  ulami jangga safarbar qiladi.  Zambaraklami 

ishga  soladi va  otliqlardan mohirlikbilan foydalanib,  Panipatdalbrohim 

Lo'diyni mag'lubiyatga uchratadi.  1526-yil 25-aprelda Dehlida Boburshoh 

nomiga  xutba  o'qiladi.  Shu  bilan  u  yangi  sulola  boburiylar  sulolasining 

ulkan mamlakatiga asos soladi. Biroq xavf-xatar tamomila bartaraf etilgan 

emas edi.  Hind va afg'on mulkdorlari o'zaro ittifoq tuzib, Chitora hokimi 

Rano Sango boshchiligida Boburshohga qarshi bosh ko'taradi. Bo'lib o'tgan 

shiddatli janglar  1527-yilning  16-martida  Boburshohning g'alabasi bilan

www.ziyouz.com kutubxonasi



yakunlanadi. Bu g'alaba Hindistonday ulkan mamlakatda turli din va millat 

vakillaridan  tashkil  topgan  xalqlaming  yagona  markazlashgan  davlat 

boshqaruvi  ostida  uzil-kesil  birlashtiradi.  Boburshoh  va  uning  avlodlari 

Hindistonning xo'jalik hayoti, madaniyati va obodonchiligiga katta e’tibor 

bilan qarashdi.  Uning saroyida ko‘pgina olimlar va shoirlar to'planishdi. 

Mahalliy xalq vakillarining  urf-odatlariga  nihoyatda  katta  ehtirom bilan 

munosabatda bo'lgan Boburshoh farzandlariga ham bu masalaning muhim 

jihatlarini teran  o'rgatdi.  Natijada ulug4 bobosi  faoliyatining  davomchisi 

bo'lgan Akbarshoh  hindlardan  olinadigan  g'ayridinUk  solig'i  — ju z’yani 

bekor qildi, ayrim qabilalaming vafot etgan erkak bilan tirik beva xotinini 

birga  kuydirish  odatini  man’  qildi,  boshqa  turdagi  mahalliy  din  urf- 

odatlariga xolis munosabatda bo'ldi. Shu va boshqa faoliyatlariga ko'ra yirik 

davlat va jamoat aibobi Javoharla’l Neru Boburshoh va boburiylar haqidagi 

o'zining yuksak bahosini samimiy muhabbat bilan asarlarida bayon etdi.

Sarson-sargardonlikda kechgan umr, bir necha bor hayotiga suiqasd 

uyushtirilishi  (jum ladan,  Hindistonda  uning  ovqatiga  zahar  soUb 

beriladi), vatandan yiroqlik Boburshoh sog'ligiga jiddiy ta’sir ko'rsatadi. 

U   «Bobumoma»da  keltirilgan  ruboiylaming  birida  kasallikning  tobora 

xuruj  qila boshlaganini  bayon  etadi:

. l i s m im d a  

isitm a  kunda  mahkam  bo'ladur,

Ko'zdan  o'chadur  uyqu,  chu  oqshom  bo'ladur.

H a r  ikkisi  g'amim  biria  sabrimdek,

Borg'on  sayi  bu  ortadur,  ul  kam  bo'ladur.

Yigirma besh — yigirma olti kun davom etgan bu kasallik dori-darmon 

bilan o'nglanmaydi. Uyqusizlik va tashnalik Boburshohni holdan toydiradi. 

U   hayotning  achchiq-chuchugini  ko'rgan  tajribali  podshoh  sifatida 

yaqinlariga vasiyatini ma’lum qiladi.  Humoyunga adolatli siyosat yuritishni, 

ukalari bilan oralarida bo'lgan gina-kudratlami unutishni ta’kidlaydi. Umrini 

jang-u jadallarda o'tkazgan Boburshoh  1530-yilning 26-dekabrida Agrada 

vafot etadi. Keyinchalik uning xoki vasiyatiga ko'ra Kobulga ko'chiriladi.

Bobur Mirzoning umri to's-to'polon, urush-yurishlarda o'tgan bo'lsa 

ham,  o'z  davrining  ilg'or  fani  yutuqlarini juda  o'tkir  va  betakror  aql- 

zakovati bilan puxta egalladi.  Atigi qirq у yetti yil umr ko'igan olijanob 

inson va ulug'  shoh  avlodlarga o'zining bebaho  adabiy,  ilm iy  merosini 

qoldirdi.  U  yigirma yoshida  (1503-yilda)  «Xatti  Boburiy»ni  kashf qildi. 

Sharq mumtoz adabiyotining turli janrlarida ajoyib she’rlar yozib,  devon 

tartib berdi.  «Bobumoma»day ulkan hajmli tarixiy-badiiy asarini yaratib,

www.ziyouz.com kutubxonasi



turkiy  nasr  im koniyatlarining  beqiyos  ekanligini  amalda  isbotladi. 

Adabiyotshunoslik borasida turkiy aruzning xususiyatlariga oid «Muxtasar 

asarini yozdi.  D in asoslariga bag'ishlangan she’riy risolasi «Mubayyin»r 

yaratdi.  Shuningdek,  naqshbandiy  tariqatining  peshvosi  Xoja  Ahrori 

Valiyning  «Volidiya»  asarini  she’riy  usulda  turkiy  tilga  taijim a  qildi. 

Bulardan  tashqari,  Bobur  Mirzoning  musiqa  va  harbiy  bilimlaiga  oid 

risolalar  yozgani  ham  manbalarda  bayon  etiladi,  biroq  bu  asarlaming 

taqdiri hamon  noma’lumligicha qolmoqda.

12.3.  Bobur  M irzo  she’riyati.  G 'azallarining  mavzulari  va  badiiyati

Bobur  M irzo  she’riy ati  uning  ko'nglida  nihon  saqlangan 

tuyg'ularining  salohiyatli  shoir  qalamida  sayqallashtirilgan  badiiy 

in’ikosidir.  Bu she’riyat Sharq mumtoz adabiyotining Nizom iy Ganjaviy, 

Am ir  Xusrav  Dehlaviy,  Mavlono  Lutfiy,  Alisher  Navoiy  singari  yetuk 

shoirlari  nazmiy  an’analarining  o'ziga  xos  davomi  hamda  boburona 

uslubdagi  takomili  bo'lishi  bilan  nihoyatda  qimmatlidir.  Bu  ulug'  so'z 

san’atkorining nazmiy yaratmalari X V I  asming yirik muarrixlari Mirzo 

Haydaming «Tarixi  Rashidiy» asari hamda shu davrda yashab ijod etgan 

adabiyotshunos Hasanxo'ja Nisoriyning «Muzakkirul ahbob» tazkirasida 

nihoyatda  yuksak  bahoga  munosib  ko'riladi.  Zamondoshlari  turkiy 

she’riyatda  Alisher  Navoiydan  so'ng  biror  shoir  Bobur  M irzochalik 

go'zal  badiiy  durdonalar  ijod  etolm aganligini  e’tiro f  etishadi. 

Bizningcha,  ulug'  shoiming  she’riy  merosi  quyida  keltirilgan  faxriya 

baytidagi fikiga uzukka ko'z qo'ygandek mosdir:

Iroq-u  forsga  gar  etsa  sening  bu  she’ring,  ey  Bobur,

Oni  hifz  etkusi  H ofiz,  musallam  tutqusi  Salmon.

Bobur  Mirzoning  manzum  asarlari  lirik  turning  turli janrlarida  ijod 

etilgan  devoni,  shuningdek,  «M ubayyin»,  «V o lid iy a»  singari 

masnaviylaridan iboratdir.  Manbalarda qayd etilishicha,  shoiming she’riy 

merosi jamlanib, ikki devon holida tartib berilgan. Ulaming biri  15 19-yilda 

Kobulda  tuzilib,  o'sha  vaqtning  o'zida  Samarqandga  yuborilgan  Kobul 

devoni, ikkinchisi esa 1528 -1529-yillarda tartib berilgan Hindiston devonidir. 

Bu  ikki  devon  keyinchalik  bir devon  holiga  keltirilgan  bo'lishi  mumkin. 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling