B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


mudhish voqealarning sababkori shu bog'-rog'larning egalari ekanligini


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71

mudhish voqealarning sababkori shu bog'-rog'larning egalari ekanligini 

ta’kidlashga  majbur  bo'ladi.  Uning  fikricha,  bu  yerlaming  sohiblari

www.ziyouz.com kutubxonasi



o‘ta xasis odamlar.  Chunonchi, ular yeiga tushib yotgan olmani qullariga 

olishini  ta’qiqlaydilar.  Hatto,  bir  bemor  o‘z  ehtiyoji  uchun  bir  anor 

olishni xohlasa, unga qo‘pol muomalada bo‘ladilar. Oqibatda nafs ularga 

hujum  qiladi.  Bog‘  egalari  Tangrining  bunday  shirn  ne’matlaridan 

mahrum  etiladi.  K o ‘rinadiki,  Muhammad  Solih  sodir  bo'lgan  tarixiy 

voqealarga  o ‘z  m unosabatini  bildirib,  kitobxonni  o‘z  fikrlariga 

ishontirishga harakat qiladi.  Biroq shoiming olti oy davom etgan azob- 

uqubatlar,  qahraton  qishda  jon  saqlash  imkoniyatiga  ega  bo‘lmagan 

minglab  muhtoj-u  himoyasiz kishilaming  halok bo‘lishini ehtiros bilan 

tasvirlashi  kitobxonni  uning  bunday  fikrlariga  alam  va  anduh  bilan 

munosabatda  boiishga  majbur qiladi:

Chun  Samarqand  bu  nav’  o‘ldi  xarob,

Bo‘ldi  ko‘p  qaht  bo‘lurg‘a  asbob.

Kuz  bu  nav’  erdi  ulusning  holi,

Yozg‘a  shahr  o‘ldi  ulusdan  xoli.

Qish  qotig‘  kedi-yu  ko‘p  yog‘di  qor,

0 ‘ldi  och-u  ya!ong‘och  el  bisyor.

Ko‘chalar  bo‘Idi  o‘lukdin  mamlu,

Shahar  bo‘ldi  yigrudek  usru  (12 1-b .).

Muhammad  Solih  shahar ko‘chalari o‘likdan to‘lib ketgani, ularga 

na  kafan,  na  tobut,  na  tuproq  topilganini,  jo n siz  tanlar  e’zoz 

q ilin m a g a n i-y u ,  ularga  jan o za  o 'q ilm a g a n in i  ham   yuqorida 

kuzatilganidek tantanavor uslubda badiiy ifoda etadi.  Bunday  mudhish 

voqeaning  guvohi  bo‘lgan  osmon  ko'z  yosh  to‘kib,  ko‘cha-ko‘yda 

yotgan murdalami yuvadi.  Keyinchalik yoqqan qor esa ulam i kafanga 

o‘ragan  bo‘ladi:

Awalo  b ir  necha  yog‘di  yomg‘ur,

Tomdi  ko‘kning  yoshi  muldur-muldur.

Yuvdi  ul  qaht  oro  o‘lg‘onlarni,

Shahr  aro  ev-eli  bo‘lg‘onlarni.

Yog‘di  yomg‘ur  so‘ngidin  muncha  qor,

Kim,  o‘luklarga  qilib  mehr  izhor.

Borchasin  ko‘mdi-yu  qildi  pinhon,

E l  ko‘zidin  kim  erur  endi  yomon  (124-b.).

Muhammad  Solih  faqat  Samarqand  shahri  qamali  tasvirida  emas, 

boshqa shahar va qo‘ig‘onlaming qal’alari Shayboniyxon tomonidan o‘rab 

olinishi  lavhalarida  ham  o‘sha badiiy  uslubiga  sodiq  qoladi.  Masalan,  u

www.ziyouz.com kutubxonasi



Shayboniyxon  Uiganchni  qamal  qilganda  Husayn  Boyqaro  kengash 

chaqiigani,  o‘z  holini bayon  qilib  aytgan  so'zlari  va temuriyzodalaming 

xatti-harakatlari tasvirida xayolot olamiga beriladi. Qamalda qolgan shahar 

aholisining fojiali qismatini ehtiros bilan tasvirlaydi.  Ochlik azobidan jon 

saqlash ilinjida qolgan kishilar it va eshak etini eyishga majbur bo‘lishadi: 

0 ‘zga  qo‘rg‘onda  o'la  boshladi  el,

It   etiga  o‘Iuka  boshladi  el.

Eshak-u  it  eti  doru  bo'ldi,

D avr  qo‘rg‘onda  bu  tavr  evruldi  (309-b.).

Bunday o‘ta dahshatli voqealarga ko'p guvoh bo'lgan shoir loqaydlik 

va beparvolik bilan ko'igan-kechirganlari tasvirini davom ettiradi.  Shahar 

aholisining  hatto  o'lgan  odamning  go'shtini  yeyishga  majbur  bo'lgani 

ijodkoiga  jiddiy  ta’sir  ko'rsatmaydi.  Muhammad  Solih  bu  hodisani 

shunchaki  ochlikdan  qutilish  yo'li,  deya  baholaydi:

Yedilar  yoshg'ina  o'g'lonlarni,

Ju ’din  qutqaribon jonlarni  (313-b .).

Shayboniyxon  va  uning  tarafdorlari  qamal  va  xalqni  o'ldirish 

bilan  cheklanib  qolm aydi.  U lar  zabt  etgan  yerlarini  talon-taroj 

qiladi,  xotin-qizlarni  tahqirlaydi,  ularning  sha’niga isnod  keltiradi. 

Muhammad  Solih  hukm dorining  bu  xatti-harakatlarini  qanchalik 

oqlashga  u rinm asin ,  dostonning  ju d a  ko'p  o 'rin la rid a   uning 

z o lim lig in i  fosh  e tib   q o 'y a d i.  «M aq ta sh »  b a h o n a sid a  

Shayboniyxonning  haqiqiy  basharasini  badiiy  aks  ettirish  yo'lidan 

boradi.  Adolat  bilan  aytganda,  M uham m ad  Solihning  bundan 

boshqa  chorasi  ham  yo'q  edi.  Dostonning  mana  shu  xususiyatlari 

uning  mumtoz  adabiyotdagi  mavqeini  belgilashda  asosiy  mezon 

bo'lib  xizm at  qiladi.

«Shayboniynoma»  biryoqlamalik  va  tarafkashlik  mahsuli  sifatida 

vujudga kelgani bois doston tanqidiy nuqtai nazardan o'iganishga loyiqdir. 

Unda  o'nlab  shayboniyzodalar  va  temuriylaming  nomlari  keltiriladi. 

Hayoti  ma’lum  yillarining  jang-u  jadallarda  kechishi  shoir  ijodining 

g'oyaviy-badiiyatiga ham o'z nuqsini uigan ko'rinadi.  Buni birgina ikki 

sulolaga  oid  hukmdorlar  nomlarining  dostonda  ro'yxatsimon  qaydlar 

holida  keltirilishida  ham  ko'rishimiz  mumkin.  Asarda  tasvirdan  ko'ra 

bayonchilikning  ustun  qo'yilishi,  uning  ishtirokchilari  badiiy siymosini 

kitobxon  ko'z  o'ngida  yetarii  gavdalantirish  im konini  bermaydi.  Biroq 

ayrimlari  aytilgan  mulohazalar  shoir  badiiyat  qoidalariga  yetarlicha

www.ziyouz.com kutubxonasi



e’tibor qilmagan, deya xulosa chiqarishga asos bo'lolmaydi.  Dostondagi 

qal’alar,  Samarqand  atrofidagi  bog'-rog'lar  tasvirida  shoir  tashbeh, 

tashxis, talmeh,  sifatlashlardan mahorat bilan foydalanadi.  Dostonning 

ayrim o‘rinlarida shoiming badiiy salohiyatini ko'z-ko'z etuvchi baytlar 

mavjud  bo'lsa-da,  undagi  mazmun,  chin  insoniylikka  xos  bo‘lmagan 

g‘oyalar  tasviri  o'quvchining  nafratiga  sazovor  bo'ladi.  Jumladan, 

Toshkent hokimi Sulton Mahmud Xonikaxon mag‘lub etilganda, uning 

eng  kichik  qizi  Shayboniyxonga  tortiq  etiladi.  Muhammad  Solih 

dostonning  mana  shu  lavhalarida  o'sha  norasida  pok  qizchaning 

mubolag'aviy  tasvirini  keltiradi:

Dedilar:  «Borchasidin  zeboroq,

Husn  ichra  borchasidin  ra’noroq.

Yosh  bila  dog‘i  kichikroq  boridin,

Baxt  ila  bori  biyikroq  boridin.

Bor  emish  xong‘a  munosib  mohi,

U l  sanamlar  arosida  shohi.

Sarv  oning  qomatidin  sharmanda,

Zuffiga  anbari  sor  banda.

M unfail  ko'zlaridin  ohuyi  chin,

Ich i  qon  bog‘ladin  g'amdin  miskin.

Chin  m o'g'ulchin  ul  erur  olamda,

Yo‘qtur  ul  tavr  bani  odamda.

Na  Xito  mulkida  andoq  topilur,

Na  Xo‘tan  shahrida  ul  nav  kelur.

Lo‘’bati  chin  degonning  o‘zidur,

Surati  chin  degonning  o'zidur»  (219-220  b.).

Shoirning  tasvir jarayonida  m ubolag'a badiiy san’atiga  ko'proq 

m urojaat  etganligi  yaqqol  ko'zga  tashlanadi.  A yn i  choqda  o'sha 

qizchaning  husn  va  «baxt»da  yaktoligi  «kichikroq»  va  «biyikroq» 

so 'z la rin i  q arsh ilan tirish   b ilan   m uayyanlashtirilg an.  K eyin g i 

baytlarda shoir muddaosini amalga oshirishda husni ta’lilga murojaat 

etilad i.  Sanam lar  orasida  shoh  bo'lgan  bu  qizning  qom atidan 

sarvning  qom ati  uyaladi.  U n ing   shahlo  k o 'zlari  oldida  C h in  

ohusining  ko'zlari xijolat  chekadi.  K o 'rin ad iki,  shoir yuksak badiiy 

salohiyat  sohibi  sifatida  qahram onlar  siym osini  kitobxon  ko'z 

o'ngida  yorqin  gavdalantirishga  harakat  qiladi.  B iroq  bu  holat 

dostonning ba’z i  lavhalaridagina kuzatilgani,  shunda ham  o'quvchi

www.ziyouz.com kutubxonasi



k o 'z  o ld id a   ta ’ rifla n a y o tg a n   qahram on  siy m o sid a n   k o 'ra  

Shayboniyxonning  m aishiy  buzuqligi  ko'proq  namoyon  bo 'lishi 

bois  undagi  badiiyat  o 'z  kuchini  yo'qotganday  tuyuladi.  Biroq 

yuqorida  ta’kid  etganim izday  bunday  g'ayri  insoniy  harakatlar 

Muhammad  Solihning  ham  qalbiga  u  qadar  xush  yoqmagan.  U 

ham  «aytsam  tilim   kuyadi,  aytmasam  dilim »  qabilida  ish  tutib, 

o'sha  ayanchli  m anzaralarning  m ubolag'aviy tasvirini  berish  bilan 

qalbiga  taskin-tasalli  bergan  ko'rinadi.  A yni  holatni  ijodkor juda 

ko'p  murojaat  etgan  qarshilantirish  san’atiga  murojaat  m isolida 

ham  kuzatish  m um kin:

Toshqori  chu  meva  bisyor  o'ld i,

Ichkori  xalq  dilafkor  bo'ldi.

Toshqori  meva  sarosar  pishti,

Ichkori  ochlig'idin  el  shishti.

Oqibat  qolmadi  nonius  elga,

Bo‘ldi  g‘avg‘o-yu  g'alomus  elga.

(Samarqand  qamali,  92-b.).

Umuman olganda,  «Shayboniynoma» o'zining sodda va  ravon uslubda 

yozilganligi,  o'ziga xos badiiyati bilan X V I  asr o'zbek mumtoz adabiyotida 

yaratilgan adabiy asarlardan ajralib turadi.  U  o'z davri o'zbek adabiy tilining 

muhim  yodgorligi  bo'lishi  bilan  ham  ahamiyatlidir.  Asar  ijodkori 

dunyoqarashining murakkabligi, tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar tasvirida 

tarafkashlik,  biryoqlamalik  unsurlarining  ko'pligidan  qat’iy  nazar,  uning 

juda ko'plab lavhalari tarixiy haqiqatni tiklashga imkon yaratadi.  Dostonning 

ayni  jihatlari  uning  adabiy-tarixiy  qimmatini  oshirishga  xizmat  qiladi. 

Shuningdek,  «Shayboniynom a»  -  tarixiy-jangnom aning  mumtoz 

adabiyotimizdagi  ilk  namunasi  bo'lishi  bilan  ham  katta  ma’naviy-badiiy 

ahamiyatga molikdir.

M avzuni mustahkamlash uchun savollar

1. Muhammad  Solih  hayoti  va  ijodi  haqida  ma’lumot  beruvchi 

manbalar qaysilar?  Ularda tilga olingan qayday ma’lumotlar shoir hayoti 

va  ijodini  o'rganish  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi?

2.  «Shayboniynoma»  dostonining  nashrlari  haqida so'zlang.

3.  Shoiming otasi Am ir Nur Saidbek taqdiri haqida nimalami bilasiz?

4.  Muhammad  Solihning yoshlik yillari  haqida gapirib bering.

5.  Uning  Shayboniyxon  xizmatini  ixtiyor  etgandan  keyingi  hayoti

www.ziyouz.com kutubxonasi



haqida qanday ma’lumotlaxga egasiz?

6. Muhammad  Shayboniyxonga  bag‘ishlab  yozilgan  adabiy,  tarixiy 

asarlami  sanab  bering.

7. «Shayboniynoma»ning tuzilishi, yozilishi tarixi haqida nimalar bilasiz?

8.  Dostonda Shayboniyxon obrazi qanday tasvirlangan? Fikrlaringizni 

dalillaiga tayanib isbotlashga harakat qiling.

9.  Shoir temuriy shahzodalaming badiiy tavsifida nimalarga ko'proq 

e’tibor  beradi?

10.  Shoim ing  «Shayboniynoma»ni  ijod  etishdagi  ko'zga  yaqqol 

tashlanib  turuvchi  badiiy  uslubi  haqida  gapirib  bering.

11 .Shayboniyxon  Sulton  A li  Mirzo  ixtiyoridagi  Samarqandni  o'z 

tasarrufiga  o'tkazganda,  M ovarounnahr-u  Xurosonning  qaysi 

shaharlarida  xalq  qo'zg'olonlari  bo'lib  o'tdi?

12.  Dostonda tasvirlangan shahar va qo'ig'onlaming qamal qilinishi 

lavhalari  haqidagi  mulohazalaringizni  bayon  qiling.

13.  Asaming  badiiyati,  o'zbek  mumtoz  adabiyoti  tarixida  tutgan 

o'rni  haqida  nimalar deya olasiz?

Mavzuga  oid  tayanch  tushunchalar

A lisher  N avo iy   «M ajolis  un-nafo is».  Z a h irid d in   M uham m ad 

Bobur  «B obum om a».  Z ayn id d in   M ahm ud  V o sifiy   «Badoye’  u l- 

vaq o ye’ ».  X o n d a m ir  «H a b ib   u s-siy a r» .  H asan xo ja  N is o riy  

«M uzakkir  u l-ash o b ».  Som iy  «Tuhfai  Som iy».  M irzo  H aydar 

« T a rix i  R a sh id iy ».  L u tf  A lib e k  O zar  «O tashkada».  H erm an 

V a m b e ri.  P .M .M e lio ra n s k iy .  N a sru llo   D a v ro n .  E rg a s h a li 

Shodiyev.  A m ir  N u r  Saidbek.  Abu  Said  M irzo.  H usayn  Boyqaro. 

Abdurahm on  Jom iy.  M uham m ad  Shayboniyxon.  M ullo  Shodiy 

«Fath n o m ai  xo n iy».  K am o lid d in   B in o iy   «Sh ayb o n iyno m a», 

« F u tu h o ti  x o n iy » .  R o 'zb e x o n   «M e h m o n n o m ai  B u x o ra ». 

« T a v o rih i  g u zid a   -   n u sratn o m a».  X o n ik a x o n .  A la ch a x o n  

Abulm akorim .  C h in   So 'fl.

Adabiyotlar

1 .Alisher  Navoiy.  Majolis  un-nafois.  Mukammal  asarlar  to'plami. 

20  tomlik,  13 -jild .  Toshkent:  «Fan»,  1996.

2. Zahiriddin Muhammad Bobur. Bobumoma. Toshkent: «Fan»-1960.

3.  Ibrohimov A .  X V I  asr o'zbek  adabiyotining  asosiy xususiyatlari. 

Toshkent:  «Fan»,  1976.

www.ziyouz.com kutubxonasi



4.  Mallayev  N .  O'zbek  adabiyoti  tarixi.  Toshkent:  « 0 ‘qituvchi», 

1976,  609-633-betlar.

5.  N isoriy  Hasanxoja.  M uzakkiri  ahbob.  Toshkent:  A .Q odiriy 

nomidagi  xalq  merosi  nashriyoti,  1993.

6.  Muhammad  Solih.  Shayboniynoma.  Toshkent:  G ‘ .G ‘ulom 

nomidagi  Adabiyot  va  san’at  nashriyoti,  1989.

7.  O'zbek adabiyoti tarixi.  5 tomiik,  3-tom . Toshkent:  «Fan»,  1978, 

88-104-betlar.

8. O'zbek adabiyoti. Ko'p tomlik. 3-tom. 0 ‘zDBAN. Toshkent, 1959,803 bet

www.ziyouz.com kutubxonasi



X IV  

-   BOB 

XO JA  -   H IKO YAN AVIS  A D IB

14.1.  Xoja  va  uning  adabiy  merosining  o‘rganilishi  tarixi

Xoja taxallusi bilan ijod qilgan ulug‘  mutafakkir adib va shoir Ibodulla 

Sayyid Podshoxoja ibn Abdulvahobxoja o'zining muhim ijtimoiy-siyosiy, 

axloqiy-ta’lim iy mazmunda bitilgan kichik nasriy hikoyalari bilan shuhrat 

qozongan  yirik  ijodkordir.  Adibning  hayoti  va  ijodiy  faoliyati  haqida 

uning o'z  asarilari  «Miftoh ul-adl»  va  «Gulzor»  hamda  X V I  asr adabiy 

hayot  oynasi  bo'lgan  Hasanxoja  Nisoriyning  «M uzakkirul-as’hob» 

tazkirasida ma’lumot keltiriladi.

Kichik nasriy hikoyalardan tashkil topgan «Miftoh ul-adl»  («Adolat 

kaliti»),  «Gulzor» singari asarlar hamda «Maqsad ul-atvor» nomli pand- 

nasihat  mazmunidagi  doston  ijod  etgan  bu  ulug'  so'z  san’atkorining 

hayoti va ijodiy faoliyati asosan X X  asming birinchi yarmidan o'rganila 

boshlandi.  Bu  boradagi  dastlabki  izlan ish larn i  tan iq li  adib  va 

adabiyotshunos olim Abdurauf Fitrat boshlab berdi.  Xojaning hayoti va 

ijodiy faoliyati haqida nomzodlik dissertatsiyasini yozgan olima Maig'uba 

Mirzaaxmedova bu haqda quyidagi  mulohazalarini bayon etadi:  «Fitrat 

tomonidan  «Miftoh  ul-adl»  hikoyalarining  nashr  etilishi  Xoja  ijodini 

o'rganish  va  unga  dastlabki  qiziqish  boshlanishidan  darak  beradi» 

(Mirzaaxmedova  M.  Xoja. Toshkent:  «Fan,  19 7 5 ,5-b.). Tadqiqotchi A. 

F itra t, 

N .M a llay e v , 

V .Z o h id o v , 

S. 

Q osim ov 

sin g ari 

adabiyotshunoslaming  bu  boradagi  izlanishlarini  ilm iy jihatdan  tahlil 

qiladi. A.Fitrat «O'zbek adabiyoti namunalari»  (Toshkent — Samarqand, 

1928)  majmuasida  «Miftoh  ul-adl»dan  sakkizta  hikoyaga  o'rin  beradi. 

Biroq  olim  asar  noma’lum  qalamkash  tomonidan  ijod  etilganligini 

e’tirof etadi.  Shuningdek,  u  «Miftoh  ul-adl»ning yozilgan  davrini  X IV  

asr sifatida ko'rsatadi.  Bu fikr keyingi yillarda nashr etilgan majmualarda, 

hatto  taniqli  sharqshunos  olim  E.E.Bertels  tadqiqotlarida  ham  o'z 

h u k m ro n lig in i  saqlab  q o lad i  (Q aran g :  O 'sh a  kito b .  3 - 1 2 -  

b.).Adabiyotshunos  V .Z o h id o v  X oja  va  uning  asarlari  haqidagi 

maqolalarida «Miftoh ul-adl» X V I asming taniqli adibi Xoja tomonidan 

Shayboniyxonning  o'g 'li  Muhammad  Tem ur  Sultonga  bag'ishlab 

yozilganligini  ma’lum qiladi  ( Zohidov V .  «Miftoh ul-adl» va «Gulzor» 

haqida.  «O'zbek adabiyoti tarixidan (mualliflaming maqolalar to'plami).

www.ziyouz.com kutubxonasi



Toshkent,  1961).  Shuningdek, olim S .G ‘aniyeva bilan hamkorlikda har 

ikkala  asardan  namunalami  nashr  ettirdi  (Poshshoxo'ja.  «Miftoh  u l- 

adl»  va  «Gulzor»dan.  Toshkent,  1962.).  Adibning hayoti va  faoliyatiga 

oid  mavjud  fikrlarga  aniqlik  kiritish  adabiyotshunos  A.Ibrohimovning 

ilm iy izlanishlarida ham ko‘zga tashlanadi. Tadqiqotchi «Xoja hayoti va 

ijodi haqida ba’zi  ma’lumotlar»  (« 0 ‘zbek tili va adabiyoti» jum ali,  1965 

yil, 4-son)nomli maqolasida Hasanxoja Nisoriy adibning o‘g‘li ekanligini 

keltirilgan  asosli  dalillar  bilan  isbotlaydi.  Xojaning  hayotiga  doir 

birmuncha mufassalroq ma’lumotlar Ismoil Bekjonning «Shoir va davlat 

arbobi»  («0 ‘zbekiston  adabiyoti  va  san’ati»  haftanomasi.  1991  yil  15 

mart)  nomli  maqolasida  uchraydi.

Ulug1  adib  va  shoir,  zamonasining  yirik  davlat  arbobi  bo‘lgan 

Xojaning hayoti,  ijodiy merosining o'rganilishi tarixidan ayon bo‘ladiki, 

bu  borada  adabiyotshunosligim iz  oldida  yechim ini  kutib  turgan 

muammolar  hali  juda  ko‘p.  Aw alo,  adib  asarlarini  to‘la  holda  qayta 

nashr  etish  davrimizning  kechiktirib  bo'lmaydigan  vazifalaridandir. 

Shuningdek,  adibning  ijodiy  merosi yuqorida  nomlari  keltirilgan  qator 

maqolalar  va  M.Mirzaaxmedovaning  risolasida  ham  adib  hikoyalari 

davr  mafkurasi  nuqtai  nazaridan  tahlil  jarayoniga  tortilganligini 

unutmaslik  lozim.  Bulardan  tashqari,  ularda  ilohiy-irfoniy  mazmunda 

bitilgan hikoyalami tahlil etishdan ochiq-oydin voz kechilganligi ko'zga 

yaqqol tashlanadi. Aytilganlami inobatga olib, biz ham mavjud manbalar 

asosida ijodkoming hayoti va ijodi haqida fikr yuritishga harakat qildik.

14.2.  Adibning  hayoti  va  faoliyati

Podshohxoja  1480-yilda Xurosonning Niso viloyatida zamonasining 

yetuk  ziyolilaridan  bo'lgan,  turkiy  va  fors-tojik tillarida  dilbar she’rlar 

hamda nasr namunalarini ijod etgan Abdulvahobxoja binni Sulaymonxoja 

oilasida dunyoga keladi.  Manbalarda ma’lumot berilishicha, bu kishining 

shajarasi  turk  m ashoyixlaridan  Zangi  otaga,  undan  esa  Ahm ad 

Yassaviyning  ustozlari  Arslonbobga  borib  taqalgan.  Abdulvahobxoja 

Bug‘raxonning qizi Anbar onaga uylangan va Niso viloyatida istiqomat 

qilgan.  Uning  «Orif»  taxallusi  bilan  ijod  qilganligi  ilohiy  va  irfoniy 

ilmlardan  yaxshi  xabardor  bo‘lganligidan  dalolat  beradi.

Oila muhiti Podshoxojani ilmga havasini juda erta uyg'otgan ko'rinadi. 

M a’lumotlarga ko'ra,  u dastlab otasi qo'lida,  keyinchalik Niso va Marv

www.ziyouz.com kutubxonasi



madrasalarida  tahsil  oladi.  Fozil  kishilar  xonadonida  tarbiya  topgan 

Podshoxoja adabiyot  bilan  biiga  fiqh,  tasawuf,  riyoziyot  va  handasani 

puxta  o‘rganadi.  Uning  yoshlik  yillari  Husayn  Boyqaro  saltanatining 

tobora  inqirozga  yuz  tuta  boshlagan  davriga  to'g'ri  keladi.  Tarixdan 

ma’lumki,  Badiuzzamon  Mirzoning  o‘g‘li  qatl  etilgandan  so‘ng  (1497 

yil oktabr) ota-o‘g‘il, aka-ukalar o'rtasidagi adovat yanada alangalanadi. 

Badiuzzamon  Mirzo  va uning tarafdorlari bo'lgan temuriy shahzodalar 

otalariga qarshi qilich qayrab jang maydoniga otlanadilar.  Bu davrlarda, 

aniqrog'i,  1496-yildan Podshoxoja rasmiy lavozimlarda faoliyat ko'rsata 

boshlaydi.  U Niso va Obivard hokimi Kepak Mirzo (asli ismi Muhammad 

Muhsin  Mirzo)  tomonidan  vaqf  mulki  hisob-kitoblarini  yuigizuvchi

—  sadrlik lavozimiga tayinlanadi.  Podshoxojaning bu muhim vazifaning 

necha yil davomida ado etib kelgani haqida ma’lumotlaiga ega emasmiz. 

Biroq  tarixiy  voqealarga  tayanib  shuni  aytish  mumkinki,  yosh  shoir 

bu  faoliyatini  uzoq  yillar  davom  ettirgan  emas.  Shayboniyxon  1507- 

yilda Hirotni o‘z tasarrufiga o‘tkazgach,  Kepak Mirzo hamda Abumuhsin 

Mirzo  Mashhad yaqinidagi mavzelardan birida Shayboniyxonning o'g'li 

Temur  Sulton  va  Ubaydulloxon  tomonidan  asir  olinib  qatl  etiladi. 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling