B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


yodnomalar  keyingi  davr  tazkirachilik  taraqqiyotiga  ijobiy  turtki  berdi


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71

yodnomalar  keyingi  davr  tazkirachilik  taraqqiyotiga  ijobiy  turtki  berdi.

5.3.  Xorazmiyning  «Muhabbatnoma»asari,  uning  badiiyati

Xorazmiy  o‘zbek  mumtoz  adabiyotining  yirik  namoyandalaridan 

biridir.  Bu  iste’dodli  ijodkoming  hayoti  va  faoliyati,  adabiy  merosi 

haqidagi  ma’lumotlar juda kamy etib  kelgan.

Shoiming hozircha bizga ma’lum yagona asari «Muhabbatnoma»ning 

muqaddima  va  xotimasida  uning  shaxsi  qisman bo‘lsa-da,  o‘quvchiga 

tanishtiriladi.  Shuningdek,  adabiyotshunos  N.Mallayevning  qayd 

etishicha,  shoiming  «Muhabbatnoma»  asariga  ilova  qilingan  she’riy 

«hikoyat»  ham  mavjud bo‘lib,  unda  ijodkoming  Sharq mamlakatlariga 

sayohatga  chiqqanligi,  jumladan,  Rum  va  Tayfundan  o‘tib,  bir  do'sti

www.ziyouz.com kutubxonasi



bilan  Shomga  safar  qilganligi  haqida  ma’lumot  beriladi  (Mallayev  N. 

0 ‘zbek  adabiyoti  tarixi.  Toshkent,  1976,  227-228-betlar).

Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asari juda ko‘p sharqshunos olimlaming 

e’tiborini o'ziga qaratadi. Jumladan, A.M.Samoylovich, M .F.Ko‘prulizoda, 

A.M.Shcheibak kabi horijiy tadqiqotchilar bu borada qiziqarli ilmiy izlanishlar 

olib  borishdi.  Shuningdek,  o'zbek adabiyotshunoslaridan  S.Qosimov  1950 

yilda Xorazmiy ijodi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bulardan 

tashqari, N.Mallayevning «0 ‘zbek adabiyoti tarixi»da va boshqa manbalarda 

shoir haqida  ma’lumot beriladi.

Xorazmiy ijodkoming taxallusi  bo‘lib,  uning nomi  hamon  ma’lum 

emas. «Muhabbatnoma»da mazkur taxallus bir necha o'rinlarda keltiriladi. 

Chunonchi,  asar  xotimasidagi  quyidagi  baytlarda  uning  yozilgan  yili 

ham  o‘z  ifodasini  topgan:

«Muhabbatnoma»  so‘zin  munda  ayttim,

Qomug‘in  Sir  yaqosinda  bitidim.

Nazar  biria  agar  Jamsen,  gar  Osaf,

«Muhabbatnoma»ni  qilsang  musharraf.

0 ‘qig‘il  fotiha  dur  qibla  yoni,

Suvyunsun  banda  Xorazmiy  ravoni.

Bu  daftarkim  bo‘lubtur  M isr  qandi,

Y  yetti  yuz  elli  to‘rt  ichra  tugandi...

(Xorazmiy. Muhabbatnoma.  Kitobda. Muborak maktublar. Toshkent- 

1987,  39-bet.  Bundan  keyingi  misollar  ham  shu  kitobdan  olinadi  va 

tegishli  betlar qavs  ichida  ko‘rsatiladi.  -   R .V .,H .E.).

Shoir  «Muhabbtnoma»ning  aksariyat  qismini  Sirdaryo  bo‘yida 

yozganligini  e’tirof etadi.  Asaming  yozilgan joyi  masalasiga  kelganda, 

tadqiqotlarda  Sirdaryo  bo‘yidagi  Sig‘noq  shahri  tilga  olinadi  (0 ‘zbek 

adabiyoti tarixi.  1-tom, Toshkent,  19 7 8 ,187-bet). Ijodkoming taxallusi 

uning  Xorazmda  tug‘ilib  o'sganligini  dalillaydi.  Shunday  qilib,  asar 

hijriy  754  yilda  (melodiy  1353-1354  yillaming  qish  faslida)  Sirdaryo 

atrofida yozilgan. «Muhabbatnoma» Oltin 0 ‘rda hukmdoriaridan bo‘lgan 

Muhammad Jonibekning (1342-1357)  Sirdaryo  muzofotidagi amaldori 

Muhammadxojabekning taklifi  bilan  qish  faslida ijod etilganligi  asarda 

shoir  tomonidan  quyidagicha  bayon  etilgan:

Tabassum  qildi,  aydi:  «Ey  faloni,

Keturgil  bizga  loyiq  armug‘oni.

Ko‘ngul  bahrinda  ko‘p  gavharlaring  bor,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ochunda  porsiy  daftarlaring  bor.

Muhabbat  nardini  ko‘plardin  uttung,

Shakartek  tU  bila  olamni  tuttung.

Tilarmankim,  bizing  til  biria  paydo 

Kitobe  aylasang  bu  qish  qotimdo.

Kim  ush  eltek  kechar  ayyomi  foniy,

Jahonda  qolsa  bizdin  armug‘oni.»

Qabul  qildim,  yer  o‘ptim,  aydim  «Ey  shoh!

Eshiking  tuprog‘i  -   davlatli  dargoh.

Kuchum  yetmishcha  ko‘p  xizmat  qUoyin,

Jahonga  ezgu  otingni  yoyoyin.

Bukun  tongqa  tikin  may  no‘sh  qilg‘in,

Badiha  bu  g'azalni  go‘sh  qilg‘in»  (11-12 -b .).

K o 'rinad iki,  «Shakartek  til  bila  olam ni  tut»gan  Xorazm iy 

«Muhabbatnoma»gacha  ham  badiiy  ijod  bobida  yetarli  tajribaga  ega 

qalamkashlardan biri edi.  Ikki tilni ham (forsiy va turkiy) hayotdan olgan 

zavqini badiiy va ravon ifodalash darajasida bilgan shoir dastlab  zamona 

zayliga ko‘ra, forsiyda qalam tebratdi. Parchada Muhammad Jonibek tilidan 

keltirilgan ishoraga muvofiq «Muhabbatnoma» uning turkiydagi dastlabki 

asari  bo‘lib  chiqadi.  Fikrimizcha,  bu  badiiy  uslub  qirrasining  satrdagi 

jilosi bo‘mog‘i lozim. Aslida esa Xorazmiy «Muhabbatnoma»ga qadar ham 

turkiyda she’rlar yaratgan ko‘rinadi. Chunki muayyan tajribaga ega bo‘lmay 

turib,  bunday  yirik  she’riy  asami  bunyod  etishni  tasawurga  sig‘dirish 

dushvordir. Shayx Sa’diy «Guliston»ining Sayfi Saroyi tomonidan qilingan 

(13 9 0 -13 9 1)  tarjim asining  Leyden  universiteti  kutubxonasida 

saqlanayotgan  bir  qo'lyozrnasi  tarkibida  Xorazmiy  taxallusli  shoiming 

quyida  matni  ko‘chiriladigan  turkiy  g‘azali  uchraydiki,  bu  adabiy 

ma’lumot ham bizning yuqoridagi xulosamiz foydasiga xizmat qiladi. 

lorazmiy  aytur.

Soldi  niqob  chehratin  ul  turid  xovariy 

Bo‘ldi  yana jahon  yuzi  oynatek  oriy.

Tun  nafasig‘a  urdi  quyoshing  shuo‘i  o‘t,

To‘ldi  aning  nasimi  bUan  ko‘k  mijmari.

Qochti  habash  cheriki  odam  qal’asi  taba,

Chiqti  esa  ufuq  qinidin  subh  xanjari.

Anqosi  ko‘k  qofining  ochti  ikkinchi  bor,

Yulduz  tuyuri  barchasi  turdi  ari-bari.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Daryoqa  cho‘kti  oy  sadaftek  ko‘rinmas-ush,

SohiIg‘a  tushti  Zuhra-yu  tiladi  Mushtari.

Soqiy,  qadahni  sun  dag‘i  ravonaklm,

Bo‘ldi  ravona  k o l:  uza  xurshid  sog‘ari.

Ishrat  bila jahonni  yigitlikta  xush  kechir,

Kim  hech  kishiga  qolmadi  bu  bevafo  qari.

Dunyo  senga  qolurmu,  Sulaymong‘a  qolmadi?

Ulkim  anga  musaxxar  edi  dev-u  ham  pari.

Xorazmiyning  agar  tani  tuproq  bo‘lsa  ham,

Otin  tin  tutar jahon  ichra  so‘zIari 

(0 ‘zbek adabiyoti tarixi.  1 -tom. Toshkent,  19 78 ,188-bet) 

Mazkur g‘azalning turkona ohangi va uslubi Xorazmiy she’riyati ruhini 

eslatadi. Shunga ko‘ra, bu g‘azal ham «Muhabbatnoma» muallifiga tegishli, 

deyish  mumkin.  «Muhabbatnoma»ning ikki  qo‘lyozma nusxasi  mavjud. 

Ulardan  biri  uyg‘ur  va  ikkinchisi  arab  yozuvida  ko'chirilgan.  Uyg‘ur 

yozuvidagi  qo‘lyozma  1432  (835)  yilda  Yazd  shahrida,  Mir  Jaloluddin 

degan  kishining  topshirig'i  bilan  Boqi  Mansur  baxshi  nomli  kotib 

tomonidan  ko'chirilgan.  Mazkur  qo‘lyozmaning  158 -177-varaqlaridan 

«Muhabbatnoma»ga o‘rin berilgan bo'lib, qolgan qismida «Sirojul-qulub» 

(«Ko‘ngillaming  nuri»),  «Masala  kitobi»  («Masal  va  matal  kitobi»), 

«Rohatul-qulub»  («Ko‘ngillaming  rohati»)  kabi  axloqiy-ta’limiy  asarlar 

va Mavlono  Lutfiy qalamiga mansub to‘rt g'azal keltirilgan.

Asaming  arab yozuvidagi  nusxasi  1508-1509 yillarda  (hijriy  914  yilda) 

kitobat qilingan. Bu nusxada mustaqil mazmunga ega bo‘lgan «xikoyat» asari 

ilova tarzida keltiriladi.  «Muhabbatnoma» ning X X  asrda chop bo‘lgan turli 

majmua va darsliklarga kiritilgan parchalari uchun arab yozuvidagi o‘sha nusxasi 

asos qilib olingan.  Mazkur nusxadagi «Muhabbatnoma» unga ilova qilingan 

she’riy  «xikoyat»  bilan  birgalikda,  473  baytdan  tarkib topgandir.

Xorazmiyning  «Muhabbatnoma»  asari  muayyan an’analarga ko‘ra, 

Alloh  hamdi  bilan  boshlanadi.  Shundan  so‘ng  shoir  Muhammad 

Xo‘jabek bilan ko'rishganini bayon qiladi va ikki turkiy hamda bir forsiy 

g‘azal  keltiradi.  Bulardan  keyin  «Muhabbatnoma»dan  o‘rin  olgan 

masnaviy-«Muhammad Xo‘jabek madhi» hamda «Vasful-hol aytur» kabi 

fasllar  berilgan  bo‘lib,  bular  asaming  muqaddimasini  tashkil  etadi. 

Asosiy  qism  nomalardan  tashkil  topgan.  Shoir  «Muhabbatnoma» 

muqaddimasida  quyidagi  masnaviyni  keltirib,  maqsad-muddaosini 

o'quvchilari  bilan  baham  ko‘radi:

www.ziyouz.com kutubxonasi



Kitobat  bosbladim,  anjoma  yetgay,

«Muhabbatnoma»  M isr-u  Shomga  yetgay.

Bu  xon  uzra  saloyi  oma  qildlm,

«Muhabbatnoma»ni  o‘n  noma  qildim.

Qiloyin  ikki  bobin  porsiy  ham

Kim,  atlas  to‘n  yaroshur  bo‘lsa  mu’Iam.

Bunin  alqissa,  bek  madhin  ayoyin

Ush  andin  so‘ngra  noma  boshlag‘oyin  (13-bet).

Faxriya  tarzida  bitilgan  bu  ajoyib  baytlarda  Xorazmiy  asardagi 

nomalar  sonining  o‘ndan  iborat  bo‘lish ini  qayd  etadi  hamda 

«Muhabbatnoma»ning  2  bobi  (nomasi)ni  forsiy  tilda  ijod  qilishini 

ta’kidlaydi.  Biroq  asaming  xotim aviy-o‘ninchi  nomasidan  so‘ng 

keltirilgan  quyidagi  masnaviyda  m uallif  maqsad-muddaosining 

o‘zgaiganligi  ifodalanadi:

Kel,  ey  soqiy,  keturgU  xush  sabuhi,

Kim  ushbu  dam  erur jonning  futuhi.

Icholing  bodani  gullar  so‘lisar,

Tanimiz  oqibat  tuproq  bo‘lisar.

Bu  yerga  yetti  so‘z  ta’xir bo‘ldi,

Burun  o‘n  dedim,  ul  o‘n  bir  bo‘ldi...  (35-bet).

Ko'chirilgan iqtibosga ko‘ra, shoir «Muhabbatnoma»ni o‘n noma tarzida 

tarkib bermoqchi bo‘lgan. Ammo ijodiy ish jarayoni boshdagi rejaga tahrir 

kiritgan  va  shoir  o‘n  birinchi  nomani  ham  bitishga jazm  qilgan.  Biroq, 

negadir,  asaming uyg‘ur yozuvidagi  nusxasida o‘n birinchi  noma mavjud 

emas.  Asaming  arab  yozuvidagi  qo‘lyozmasiga  tayangan  adabiyotshunos 

N.Mallayev  «Muhabbatnoma»ning  o‘n  bir  nomadan  tuzilganligini  qayd 

etadi.  Darhaqiqat,  «Muhabbatnoma»ning  chop bo‘lgan  nusxalari  o‘n bir 

nomadan tarkib topgan va ulardan uchtasi 4-,8-hamda  1 1-nomalari fors- 

tojik, qolgan sakkiz maktub o‘zbek tilidadir. Aksariyat nomalar-masnaviy- 

nomadan  tashqari,  g‘azal,  kichik  soqiynomalami  ham  o‘z  ichiga  oladi. 

Shuningdek,  asar  xotimasida  «g‘azal»,  «Munojot»,  «qit’a»,  «Xotimatul- 

kitob»,  mustaqil  mazmunga  ega  «Hikoyat»,  «Iltimosin  aytur»  kabi 

sarlavhalar  ostidagi  parchalar  uchraydi.  Asar  fard  bilan  yakun  topadi. 

Prof. N. Mallayev fikricha, birinchi noma tarkibida kelgan g‘azal Muhammad 

Xo'jabek tilidan  aytilgan  ko‘rinadi  (Mallayev  N.  0 ‘zbek adabiyoti  tarixi. 

Toshkent,  1976,  230-bet).  Shunday  qilib,  «Muhabbatnoma»  noma, 

masnaviy,  g‘azal,  qit’a,  madhiya  kabi janr  namunalaridan  tarkib  topadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



«Muhabbatnoma»  haqida  fikr  bildirgan  aksariyat  mualliflaming 

ishlarida ayrim munozarali mulohazalar ham nazaiga tashlanadi.  Bunday 

bahsli o‘rinlar asaming forsiy nomalari,  ayniqsa,  o‘n birinchi  maktubiga 

tegishlidir.  Ko‘pchilik mualliflar o‘n birinchi maktubning uslub va vaznida 

asar tarkibidagi o‘n nomaga nisbatan qandaydir «begonalik» va «saktalik» 

ko‘rishadi. Aslida esa «Muhabbatnoma»ning turkiy hamda forsiy maktublari 

o'rtasida hech qanday mazmuniy va uslubiy tafovut nazaiga tashlanmaydi. 

Turkiy hamda forsiy misralar qiyosiy o'rganilganda yuqoridagi fikiga to‘la 

qanoat hosil qilish mumkin. Xorazmiy ayrim forsiy misralami turkiyda va 

aksincha,  turkiy satrlami  forsiyda aynan berishga  harakat  qilgan.  Aslida 

yuqoridagi «shubhalar»ning negizi asar boshidagi «о‘п» bilan xotimadagi 

«o‘n bir»ga kelib taqaladi.  Muallifning bunday tabiiy ishoralarini bu qadar 

ishonchsizlik bilan  qabul  qilish esa yaramaydi.  Ijodiy jarayonning o‘ziga 

xos bir maktab ekanligini,  unda kutilmagan hodisalar yuz berishi, boshda 

chizilgan reja nogahoniy tahrirlarga uchrashining mo‘’tadil holat sifatida 

qabul qilish lozimligini nazarda tutsak,  «o‘n»ning «o‘n biiga» aylanishiga 

ham oddiy bir voqea sifatida qarash mumkin. Yana «Muhabbatnoma»ga 

javob  tarzida  yozilgan  Xo'jandiyning  «Latofatnoma»,  Said  Ahmadning 

«Taashshuqnoma» va Amiriyning «Dahnoma» asarlarining o‘n nomadan 

tarkib topishi adabiyotshunoslikda kuzatilayotgan chalkashliklarga sabab 

bo‘lib kelayotir. Jumladan, Xo‘jandiy «Latofatnoma»ni yozishda bevosita 

Xorazmiyning «Muhabbatnoma» sidan ilhomlanadi.  «Latofatnoma»dagi 

quyidagi  misralar buning  yorqin  misolidir.

Mubabbat jomidin  ichsang  sharobe,

«Muhabbatnoma»ga  aysang  javobe.

Qabul  ettim,  qabuliyat  yo‘q  erkan,

Salo  urdim,  salohiyat  yo‘q  erkan.

Riyozat  bahrig‘a  soldim  o‘zumni,

Iborat  silkig‘a  tortim  so‘zumni.

Tilimda  so‘z,  alimda  xoma  boidi,

«Latofatnoma»  ham  o‘n  noma  bo‘Idi

(0 ‘sha kitob, 4 11-bet)

Ko'rinadiki,  Xo‘jandiy  «Muhabbatnoma»ning  o‘n  nomadan  iborat 

bo'lgan nusxasiga javob yozgan. Shu o'rinda badiiy ijod tajribasida tez-tez 

ko'zga tashlanadigan o‘z-o‘zini tahrir hodisasini e’tibordan soqit qilmaslik 

lozim. Asar birinchi tahririni nihoyasiga yetkazgan muallif matnni jiddiy 

nazardan  o'tkazarkan,  uning  mulammaligiga  (ikki  til  bilan  bog‘liq

www.ziyouz.com kutubxonasi



ranginlikka,  shir-u  shakaiga)  yanada  quwat  berish  maqsadida  forsiy 

zabondagi  o‘n  birinchi  nomani  qo'shganligi  shak-shubhasizdir.

Xorazmiy «Muhabbatnoma»ni Alloh hamdi bilan boshlarkan,  Sharq 

mumtoz  adabiyoti  an’analariga  sadoqat  saqlaydi  va  Parvardigoming 

yaratuvchanlik bilan aloqador fazilatlarini ko'rkam badiiy libosda beradi. 

Shu  bilan  bir  qatorda,  buyuk  Bunyodkor  mo‘jizaisi  bilan  vujudga 

keltirilib,  ilohiy  ruhdan jon  baxsh  etilgan  inson  go‘zalligini  ulug‘lash 

ham  muallif diqqat  markazida  turadi.  Asaming  hamd  qismida  xuddi 

shunday  uslubiy  fazilatni  kuzatish  mumkin:

Ulug‘  tangrining  otin  yod  qildim,

«Muhabbatnoma »ni  bunyod  qildim.

Iki  yoqtu  guhar  olamga  bergan,

Muhabbat  ganjini  odamga  bergan,

Falakning  daftarindin  tunnl  bo‘yg‘an,

Jahon  bunyodini  so‘z  uzra  qo‘yg‘an.

Yeti  qad  zarnigor  ayvoni  volo,

Yaratti  olti  kunda  haq  taolo.

Havo  uzra  berur  shunqorg‘a  quni 

To‘lun  oydek  qilur  bir  qatra  suvni.

Aningkim,  ol  enginda  meng  yaratti,

Bo-yi  biria  sochini  teng  yaratti

(Navoiyning  nigohi  tushgan.  Toshkent-1986,  4 1-bet) 

Ulug*  Tangrini  vasfiga  atalgan  mazkur  baytlarning  so‘ngida 

Allohning yaratig'i insonning ham benihoya go'zal ekanligi o‘z ifodasini 

topgan.  Shoir haq  taolo  ma’shuqaning  go‘zal  yuzida xol  yaratib,  bo‘yi 

bilan  sochini  teng  yaratgan,  -  deya  mahbubaning  go‘zal  timsolini 

nihoyatda  nazokat bilan badiiy ifoda etgan.

Nom alar  asaming  yetakchi  janri  bo‘lib,  ular  oshiqning  o‘z 

ma’shuqasiga  yo'llangan  she’riy  maktublaridir.  Ularning  o‘ntasi 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’shuqaga murojaat bilan boshlanadi.  Faqat ikkinchi 

nomanigina  shoin  ’’Salomim gulga  ayt,  ey tong  nasimi”,-deya  nasimi 

subhga  ko'ngil  izhorini  bayon qilish  shartli  majoziy uslubiy jilosi bilan 

boshlaydi.  Nomalar  asosan  ta’rif-tavsif  yo‘nalishida  yozilgan  bo‘lib, 

ulaming  har  birida  shoiming  Sharq  mumtoz  adabiyoti  an’analaridan 

ijodiy  foydalanganligi  kuzatiladi.  «Muhabbatnoma»  tarkibidagi  she’riy 

maktublaming  mazmun-mohiyati,  nomalarga  xos  xususiyatlar  va 

badiiyati haqida muayyan tasawur hosil qilish uchun “Awalg‘i nomani

www.ziyouz.com kutubxonasi



aytur”  faslidan  olingan  quyidagi  parchani  nazardan  o‘tkazish  ayni 

muddaodir:

Ayo,  ko‘rk  ichra  olam  podshohi,

Jahon  tutti  sening  husnung  sipohi 

Pari  ruxsoralaming  ko‘rka  boyi,

Yuzung-  navro‘z-u  qoshing  bayram  oyi.

Ko‘ngul  shirin  so‘zungga  bo‘ldi  Farbod,

Ko‘zung  Kashmir jodusig‘a  ustod.

Qaro  meng  ol  yanoqinga  yaroshur,

Boshim  doyim  adoqingqa  yaroshur.

Bo‘yung  sarv-u  sanobartek,  beling  qil,

Yafo  qilg‘on  kishilarga  vafo  qil.

Aqiqing  suhbatindin jon  bo‘lur  so‘z,

Qamartek  chehrangga  boqsa,  qamar  ko‘z.

Urur  nargislaring  novakni jong‘a,

Kular  chehrang  chechaktek  arg‘uvong‘a.

Muhabbat  nori jondin  ketmadi  hech,

Qo‘Ium  siym  olmangizga  yetmadi  hech.

Saroydin  bordi  Chin-Mochinga  choving,

Qiyo  boqsang  bo‘lur  arslonlar  oving.

Tabassum  qilsangiz  shakkar  uyolur,

Tishing  injusidin  gavhar  uyolur.

Jamoling  у  yetti  olamga  sipahlar,

Qatingda  yer  o‘parlar jumla  shahlar.

Falak  ishqing  yo‘linda  besar-u  poy,

Isirg‘ang  donasi—Zuhra,  yuzung-oy.

Latofat  mulkida  sultonsan,  ey jon,

Qamuq  boshdin-oyoqqa jonsen,  ey jon.

Qotig‘  kulsang  magar  og‘zing  bilurg*ay,

Pari  ko‘rsa  seni  mendek  tilurg'ay.

Soching  ming  torina  ming  hur  yetmas,

Yuzungnung  nurina  ming  nur  yetmas.

Agar  bersa  suyurg‘ib  haq  taolo,

Kerakmas  sensizin  firdavsi  a’lo.

Ko'ngulning  qoni  barcha  toshqay,

Ko'zumning  yoshidin  kavsar  bo‘shoshqay.

Kishing  sensizin  ne joni  bo‘lsun,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Aningtek  umrning  ne  sonl  bo‘lsun.

Shakar  erning  naboti  Xizra  o‘xshar,

Ayog‘ing  kimki  o‘psa,  mangu  yoshar.

Jamolingtek  kishini  yo‘q jamoli,

Darig‘o,  boMmasa  erdi  zavoli.

Qiyomat  ko‘rklusen,  husnungga  ne  so‘z,

Yiroq  bo'lsun jamolingdin  yovuz  ko‘z.

Bukun  yo‘qtur  sen  oytek  ko‘kta,  asra,

Qulung  bechora  Xorazmiyni  asra.

Masnaviy:

Kel,  ey  soqiy,  keturgil  bodai  nob,

Kula-o‘yna-yu  ichsunlar  bu  as’hob.

Kim,  usb  yeltek  kechar  ayyomi  foniy,

Ajaldin  hech  kishining  yo‘q  amoni.

Sabrdin  yaxshi  yo‘qtur,  pesha  qOsam,

Bu  yo‘lda  sabr  yo‘q,  andisba  qilsam

(Muborak maktublar.  16-18-betlar) 

Har  bir  maktubdan  keyin  keltirilgan  soqiynomada  shoiming 

hayotdan  olingan yuksak zavq-u shavqi,  nozik hayotsevarlik tuyg'ulari 

go‘zal  badiiy  ifodasini  topgan.  Mazkur  soqiynomalardagi  misralarda 

badiiy  ifodalangan  mazmun  teran  ilohiy-irfoniy mohiyat kasb  etadi  va 

aksariyat  parchalar  oxirida  aynan  takrorlanuvchi  «Sabrdin  yaxshi» 

baytidagi  axloqiy-ta’lim iy  aqidalarga  quwat  beradi.  Aniqroq  qilib 

aytadigan  boisak,  Xorazmiyning  mazkur asarini  yaratishdan kuzatgan 

bosh  muddaosi  insoni  komil  qiyofasi  manzaralarini  rangin  chizishdan 

iborat  ekanligi  yaqqol  anglashilib  turadi.  Ayni  mayl  Xorazm iy 

«Muhabbatnoma»sida  gavdalantirilgan  yuksak  insoniy  fazilatlaming 

Davlat ta’lim standarti talab-tamoyillariga mos kelishini alohida ta’kidlash 

imkonini beradi. Baytlarda qayta-qayta murojaat qilinadigan may va ishq 

timsollari  o‘sha  muddaoni  yuzaga  chiqarish  yo‘lida  beminnat  xizmat 

qiladi.  Xorazmiyning  tayanch  murodi  «bu  o'tkinchi  dunyoda  do'stlar 

ishq mayidan bebahra qolmasinlar»dan iboratdir. «Muhabbatnoma»dan 

yuqorida  ko‘chirilgan  birinchi  nomaning  o‘ziyoq,  shoir  ijodiy 

salohiyatining nechog'li yuqori ekanligi xususida yetarli tasawur paydo 

qilish imkoniyatini beradi.  Shunday bo‘lsa-da, parchadagi ba’zi baytlarda 

mujassamlashgan  ich ki-b o tin iy  ma’nolar  haqida  fikr  yuritish

www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling