B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


Bihamdilloh,  o‘g‘on fazli bila  ul tanga jon keldi


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71

Bihamdilloh,  o‘g‘on fazli bila  ul tanga jon keldi 

(283-b.)- 

deydi.  Shuningdek,  shoir  Ulug'bek  Mirzoni  «Sulaymoni  zamon», 

« N o ‘shiravon»,  «M usotek  shubon»,  «Atodin  mehribon»,  «xurshidi 

zamon»  sifatlar  bilan  maqtaydi,  uni  harbiy  ishlarda,  janglarda  tengi 

yo'q  bahodir  sifatida  ta’riflaydi  va  qasidaning  xotimasini  duo  bilan 

tugatadi:

Salotin  dunyoda ko‘p  keldi-yu  kechti,  senlngtek bir,

Falakning  gar tili bo‘lsa,  aytisunkim,  qachon  keldi? 

(284-bet). 

Darhaqiqat,  Mavlono  Sakkokiy Ulug'bekdek m a’rifatparvar va oqil 

insonni  shunday  m adh  etishga  t o ‘la  haqli  edi.  Shunday  qilib, 

Sakkokiyning Ulug‘bek Mirzoga bag'ishlangan qasidalarida tarixiy haqiqat 

ham,  mo'tadil  mubolag'ali tasvirlar ham  mavjud.  Shoim ing  o'shanday 

o‘ta  mubolag‘aviy  tasvirlarida  ham  uning  Ulug'bek  Mirzoga  bo‘lgan 

cheksiz  muhabbati  yorqin  ufurib  turadi.  Bunday  tasvirlarda  Ulug'bek 

Mirzoning  raiyatparvarligi  o'z  ifodasini  topadi:

Raiyat qo‘y erur,  Sulton  anga cho'pon yo bo*!!,

Bo'ri  o‘lga-yu qo‘y tingay,  Musotek shubon keldi,- 

der ekan, podsholam i xalq ahvolidan hamisha ogoh bo'lishga da’vat 

qiladi.  Shuning  uchun  Sakkokiyning  Ulug'bek  Mirzoga  bag'ishlangan 

qasidalarining  qimmati  benihoya balanddir.

U m um an,  M avlono  Sakkokiy  o'zbek  m um toz  sh e ’riyatining 

Navoiyga  qadar  yetishgan  yirik  namoyandalaridan  biri  bulib,  uning 

ijodi o'zbek mumtoz adabiyotining ravnaq topishiga ma’lum hissa bo'lib 

qo'shildi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



6.5.  Lutfiy—malikul-kalom.  Ahmad  Taroziy  Mavlono  Lutfiy  haqida.

«Gul va  Navro‘z»  haqida hahslar

Z am onasining  m alikul-kalom i—so ‘z   m ulkining  sultoni  faxriy 

unvoniga  munosib  ko'rilgan,  Firdavsiy,  N izom iy,  Anvariy,  Sa’diy, 

Xoja  Hofiz singari buyuk fors-tojik adabiyoti daig'alari qatoridan faxrli 

o'rin  egallagan  Mavlono  Lutfiy  o ‘zbek  m um toz  adabiyotining  taniqli 

namoyandalaridan  biridir.  Shoiming  hayoti va  faoliyati  haqida Alisher 

Navoiyning  «Majolisun-nafois»,  «M uhokamatul-lug‘atayn»,  «H oloti 

Pahlavon Muhammad»,  «Xutbai davovin»,  «Badoyi’  ul-bidoya» devoni 

d eb och asi  va  boshq a  asarlarida,  D a v la tsh o h   Sam arqandiyning 

«Tazkiratush-shuaro»,  Xondamiming  «Habibus-siyar»,  «Makorimul- 

axloq  »,  Abdulla  Kobuliyning  «Tazkirat  -ut  tavorix»,  Shamsuddin 

Som iyning  «Q om usul-a’lom »,  V osihning  «Majmuai  m anzum   va 

mansur»,  Shayx Ahmad  Taroziyning  «Fununul-  balog'a»  singari  qator 

manbalarda  m a’lum otlar  uchraydi.  Shunday  b o‘lishiga  qaramay, 

Lutfiyning  taijimai  holi  va  adabiy  merosi  haqida  to ‘liq  tasawur  hosil 

qilish  imkoniyatiga  ega  emasmiz.  Jumladan,  Lutfiy  shoiming  taxallusi 

bo'lib,  uning  nom i,  ota-onasi,  tug'ilgan  yil  va  joyi,  safarlari  hamda 

shunga  o'xshash  qator  masalalar  haligacha  lutfiyshunoslikda  o ‘z 

yechimini  qat’iy topganicha yo‘q.

Mavlono  Lutfiyning zamondoshlaridan bo'lgan  ulug‘  0 ‘zbek shoiri 

Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» tazkirasida shoiming to‘qson to‘qqiz 

yil  umr  ko‘rgani,  hayotining  so'ngida  forsiyda  «Oftob»  radifli  g ‘azal 

yozgani va zamon shoirlari unga tatabbu’ qilganliklari, yigitligida zohiriy 

ulum tahsilidan so‘ng Mavlono  Shahobiddin Xiyoboniy qoshida so'fiya 

tariqatidan  tahsil  olgani  hamda  Hirot  chekkasidagi  Dehikanor  degan 

joyda dafn etilganligi haqida qimmatli ma’lumotlami keltiradi.  (Qarang: 

Alisher  Navoiy.M AT.  13-jild.  60-61-betlar).  Akademik  B.Valbco‘jayev 

«Malik ul-kalom M avlono  Lutfiy»  (Samarqand,  1999)  nomli  risolasida 

sh oim in g  tug‘ilgan  va  vafot  etgan  yillari  hozirgi  kunda  Abdulla 

Kobuliyning «Tazkirat ut-tavorix» kitobiga tayangan holda prof.  Ismoil 

Hikmat  Ertaylon  tomonidan  1395-1492,  adabiyotshunos  S.Erkinov, 

E.  A hm adxo‘jayevlar  esa  bu  sanalarni  1366-1465  yillar  tarzida 

belgilaganliklarini  qayd  etadi.  Shuningdek,  olim   bu  masalaning  nozik 

nuqtalariga e’tibom i qaratib, shoiming tavallud va vafot etgan sanalarini 

taxminan  1385-1386— 1482-1483  yillar tarzida belgilash  mumkinligini

www.ziyouz.com kutubxonasi



e ’tirof etadi ( 0 ‘sha kitob,7-14-betlar). Akademik B.Valixo‘jayevning bu 

boradagi  m ulohazalari  diqqatga  sazovordir.  O lim   Shayx  Ahm ad 

Taroziyning  «Fununul-balog'a»  asarida  «M a’dan  ul-latoyif  Lutfiyi 

Shoshiy» hamda «Lutfiyi Shoshiy aytur» tarzida tilga olingan bo‘lsa-da, 

shoim ing  tavallud  manzilini  qat’iy  Shosh—Toshkent  deb  belgilash 

mushkil ekanligini asosli  dalillar vositasida izohlaydi  hamda  Lutfiyning 

tug‘ilgan vatani haqida hozircha ikki mulohaza mavjud, bulaming biri— 

Hirot,  ikkinchisi—Shosh-Toshkent  ekanligini  qayd  etadi  (O'sha  kitob, 

14-17-  betlar).

Mavlono  Lutfiy  madrasada  tahsil  olgan.  U  o'sha  davr  madrasai 

oliyalarida  o'qitiladigan  rasmiy-zohiriy  fanlami  o'rganish  jarayonida, 

shubhasiz,  arab  va  fors tillarini  ham  o'zlashtirgan  va  zullisonayn  shoir 

sifatida turkiy  hamda  forsiy tillarda  ijod  qilgan.  Lutfiy,  ayniqsa,  turkiy 

tilda badiiy jihatdan barkamol asarlar yozgan. Albatta,  shoir bu darajaga 

yetishish  uchun  Sharq  mumtoz  adabiyoti  an’analari  va  badiiy  ijod 

sirlarini puxta o'rgangan.  Lutfiyning yuksak iste’dod sohibi ekanligidan 

M ovarounnahr  hukm dori  U lug'bek  M irzo,  X uroson  hukm dori 

Shohruh  M irzo  va  Boysunqur  Mirzolar  ham  xabardor  bo'lishgan. 

Mavlono  Lutfiy  she’rlarida  Turkiston,  Chig'atoy,  Samarqand,  Amu, 

Hirot,  Qorabog',  Aras,  Qrim,  Kobul,  Iroq  kabi  jug'rofik  nom lar 

uchraydi. Biroq biz eslatgan manbalarda shoiming zikri o'tgan shaharlarga 

safar  qilganligi  haqida  m a’lumotlar  keltirilmagan.

Lutfiy turkiy tildagi  she’rlarini jamlab,  devon tartib bergan.  Alisher 

Navoiy shoim ing «turkcha devoni ham mashhurdir»,- deya ta’kidlaydi. 

Shoir devonlarining bir necha qo'lyozma nusxalari bizgacha yetib kelgan. 

Mavlono Lutfiy devonining hozirgacha m a’lum nusxalarida  372 g'azal, 

3  qasida,  115  to'rtlik,  60  fard  va  ruboiy,  tuyuq,  q it’a  kabi  janr 

namunalari  uchraydi.  Shuningdek,  «Gul  va  Navro'z»  dostoni  ham 

Lutfiyga  nisbat  berilgan.  Mazkur dostonning  muallifi  haqidagi  bahslar 

uzoq  yillardan  beri  davom   etib  kelm oqda.  (Bu  sohadagi  bahsni 

adabiyotshunos  Y.Is’hoqov  «O'zbek  tili  va  adabiyoti»  jumalida  e ’lon 

qilingan «Gul va Navro‘z»ning muallifi Lutfiymi? (1972,  l-son)maqolasi 

bilan boshlab berdi.  Shundan so‘ng zikri o'tgan jumalning o'sha yildagi 

2,3,4-sonlarida  S.Erkinov,  A.Rustamov,  E.Fozilovlaming  maqolalari 

chop  bo'ldi.  Biroq  munozara  yakunlanmay,  ora  yo'lda  qolib  ketdi...) 

Taniqli  adabiyotshunos  A.  Hayitmetov  Shayx  Ahmad  Taroziyning 

«Fununul balog'a» ilmiy asarining qo'lyozma nusxasiga asoslanib,  «Gul

www.ziyouz.com kutubxonasi



va  Navro'z»  dostonining  muallifi  xususida  quyidagilami  bayon  etadi: 

«Bu  asar  («Funun  ul-  balog‘a»-R.  V.,  H.E.)»  yordamida endi  «Gul va 

Navro'z»  dostonining  muallifi  masalasi  ham  hal  etilishi  mumkin. 

Q o‘lyozmaning  110- varag'ida «Gul va Navro‘z»dan quyidagi mashhur 

baytlar keltirilib,  ulaming  Mavlono  Haydar,  ya’ni  Haydar Xorazmiyga 

tegishli  ekanligi  aytilgan:

0 ‘shal  kunlarki,  vaqtim erdi  darham,

BuzuIg‘on bu ko'ngulda  ming  tuman  g‘am.

Parishonlig‘  bila  holim  mushawash,

Tiriklik  nomuloyim,  umr  noxush.

Na bir bamrohkim,  ul  bamroz,  bo‘lg‘ay,

Na bir hamdamki,  ul  damsoz bo‘lg‘ay.

Bu  fikmi  «Muxtasar»  risolasida  Zahiriddin  Muhammad  Bobur ham 

ta’kidlab,  mazkur  asar  haqida  gap  borganda,  «Mavlono  Abdul  Haydar 

Xorazmiyning  «Gul  va  Navro‘z»i  deb  o ‘tgan  edi»  (Hayitm etov  A. 

Temuriylar  davri  o ‘zbek  adabiyoti,  Toshkent,  1996,  25-26-betlar). 

Ko‘rinadiki,  tadqiqotchi  doston  muallifi  haqida  qat’iy  fikr bildirmaydi. 

B.  Valixo‘jayev ham o ‘z tadqiqotida mazkur masalaga e ’tibomi qaratadi. 

Olim  Bobur  Mirzo  va  Shayx  Ahmad  Taroziylaming  m a’lumotlariga 

asoslanib,  Haydar  Xorazm iy  N izom iy   G anjaviyning  xam sachilik 

an’anasini  davom  ettirib,  o ‘zbek  tilida  beshlik  yozishni  niyat  qilgani  va 

ikki  doston  yozganini  ta’kidlaydi  hamda  u  quyidagi  umumlashma- 

xulosalami bayon etadi: «Yuqorida ko‘rilganidek, «Gul va Navro'z» dostoni 

Lutfiy qalamiga mansub emas. Shuning uchun  1941 yilda nashr ettirilgan 

« 0 ‘zbek adabiyoti xrestomatiyasi»ning birinchi tomidagi Lutfiy bo‘limida 

u tilga olinmagan.  Shunday qilib,  Mavlono  Lutfiy tomonidan yaratilgan 

va bizgacha ma’lum bo'lgan asarlari she’rlar devoni, «Zafamoma» taijimasi 

bo‘lib,  bulardan  «Zafamoma»  taijimasi  tugaUanmay  qolgani  tufayli 

bizgacha yetib  kelmagan.Turkiy va  forsiy she’riy devonliridan esa turkiy 

devoni yetib kelgan,  forsiysi  esa hozircha noma’lum bo‘lib, undan ayrim 

misollar turli majmua va tazkiralarda keltirilgan,  xolos»  (Valixo‘jayev  B. 

Malik  ul-kalom  M avlono  Lutfiy.  Samarqand,  1999,  35-36-betlar). 

Shunday  qilib,  ikki  nodir adabiy  manba:  «Funun  ul-balog‘a»  va  Bobur 

Mirzoning  «Muxtasar»  risolasida  (Bobur  Mirzo  o ‘z  asarini  «Muxtasar» 

nomi bilan tilga oladi.  Shu asar haqida  nomzodlik dissertaciyasi yozgan 

Saidbek  Hasanov uning matnini bugungi joriy va arab yozuvlarida nashr 

ettiiganda ham o ‘sha nomni saqladi.  Biroq sharqshunos I.V.Stebleva o ‘sha

www.ziyouz.com kutubxonasi



asaming  surat  nusxasini  Moskvada  Bobur  Mirzoning  «Aruz  risolasi» 

unvoni bilan chop ettirdi. Keyinchalik shu nom ommalashib ketdi. Hatto,

S.Hasanov  ham  o ‘zining  maxsus  ilm iy  risolasida  «Aruz  risolasi»ni 

qo'lladi...)  Haydar  Xorazmiyning  «Gul  va  Navro‘z»  nom li  doston 

yozganligi  e ’tirof etilgan  bo‘lsa-da,  Lutfiyga  nisbat  berib  kelingan  shu 

nomdagi  doston  muallifi  masalasi to‘la yechimini  topganicha  yo‘q.  Shu 

bois biz «Gul va Navro‘z» dostoni haqida Mavlono Lutfiyga bag'ishlangan 

bo'limda  fikr yuritishni  lozim  ko'rdik.

Lutfiy  she’rlari  Alisher  Navoiygacha  yaratilgan  o'zbek  m umtoz 

adabiyotining  g'oyaviy  va  badiiy  jihatdan,  o'ziga  xos  uslubi  nuqtai 

n a za rid a n   e n g   yuksak  n a m u n ala ri  sa n a la d i.  S h o ir ,  a y n iq sa , 

g'azalnavislikda shuhrat qozonadi. Turkiy adabiyotda vujudga kelgan tuyuq 

janri taraqqiyotiga munosib hissa qo'shdi.

Muhabbat—Lutfiy g'azaliyotining asosiy mavzuidir.  Shoir mana shu 

umiboqiy  mavzu  atrofida  hayot  go'zalligidan  zavqlanish,  tabiatning 

fusunkor manzaralaridan bahramand bo'lish, odamiylik, yuksak insoniy 

fazilatlar:  m ehr-m uhabbat,  vafo  va  sadoqat  kabilar  haqida  keng 

mushohada  yuritadi,  Olam  va  odam  xususidagi  teran  mulohazalarini 

badiiylashtiradi.  Lutfiy  m um toz  adabiyot  an’analari,  xalq  og'zaki 

ijodifiing bebaho durdonalaridan bahramand bo'lib g'azaldagi markaziy 

obraz-m a’shuqani  ohori  to'kilm agan  baytlarda  tavsif  etadi.  S h e’r 

qahramonining  turli  holat  va  kayfiyati,  ruhiy  kechinmalarini  hayotiy 

misollar  asosida  yorqin  tasvirlaydi.  Shuningdek,  g'azallarida  davming 

ijtimoiy-siyosiy masalalari haqida ham fikr yuritadi. Shoir g'azallarining 

o'ziga xos xususiyati ko'proq ma’shuqa obrazi tavsifida namoyon bo'ladi. 

Bunda ijodkor yom ing  husn  mulkida yakto ekanligini  Parvardigoming 

yaratuvchanlik xususiyatiga bog'liq holda tasvirlaydi:

Haq  ul  kunkim jamoling bor etibtur,

Jahon  busnun  borin  sizga beribtur.

Pari-yu  odami  mundoq  xo‘b  ermas,

Farishta  go'iyo  ko'ktin  enibtur.

Quyosh  oytek yuzungning  xijlatidin,

Qochib,  to'rtunchi ko‘k uzra  chiqibtur

(Sensan sevarim...58-bet) 

Shoir tengsiz husn-u malohat sohibi bo'lgan m a’shuqani tavsiflashda 

ilohiy timsollarga juda ko'p  murojaat  etadi.  Shu timsollar bilan bog'liq 

islom iy  qarashlardan  mahorat  bilan  foydalanadi.  Jumladan,  Yusuf

www.ziyouz.com kutubxonasi



alayhis-salom go ‘zallik  timsoli  bo‘lsa,  ma’shuqa chiroyi  shoir nazarida 

undan-da go'zaldin

Zotinda  haq  izhori  kamolot  qUibtur,

0 ‘z  nuri  bilan  suratingizni  yaratubtur.

0 ‘n juzv turur erdi  bori  husn-u  malohat,

Qismat  kuni  haq  to‘qquz ulush  sizga  beribtur.

Bir juzviki  Yusufga  tegib erdi,  chu  bordi,

Oning uchun  ul ham sanga  meros  qolibtur

(Lutfiy.  Sensan sevarim... Toshkent-1987.53-bet)

Lutfiy  m a’shuqa  ko‘rkining  vasfi  zaminida  Tangrining  buyukligini 

ulug‘laydi.  Olam  uning  tajalliysi  ekan,  borliqdagi  barcha  g o ‘zallikiar 

uning irodasi va sifatlari bilan bog'liq holda mavjudligini tasawur etadi. 

Ijodkoming «Nortek yangoqing shavqidin jonlar ban afgor erur»  misrasi 

bilan  boshlanadigan  g‘azali  shunday  mohiyat  kasb  etadi:

Chu  zulfungizdin  bog‘ladim  zunnor tarsolar bikin, 

Imonim  ortar dam-badam,  bu  ne  ajab  zunnor erur? 

Ko‘rsang eshikingda  meni  behud tushub,  ayb  etmakim, 

Aqlimni  g‘orat  qilg‘uchi  ul  g‘amzai  ayyor erur.

Iso  falakka  oshti  chun  boMdi  labing jon  berguchi, 

Sharmandalikdin  ketmasa  ko‘kta  anga  ne bor uchun. 

Keldim  eshikka,  orzum yuzung  durur,  ko‘rguz  chiqib, 

Kelginki,  Lutfiy hojati  uchmoq  emas,  diydor erur

( 0 ‘sha kitob.57-bet)

Shoir  zunnor timsolidan  mahorat  bilan  foydalanib,  uni  yor zulfiga 

tashbeh etarkan,  tarsolar singari bu zunnor —zulfni bog‘laganida  haqqa 

boMgan  iy m on -e’tiqodi  tobora  ortib  borishi  sababidan  ajablanadi. 

M a’shuqa labining jon baxsh etishi oldida shunday a’mol sohibi boMgan 

Iso  Masihning  uyalishi  talmeh  san’atining  ajoyib  namunasi  bo‘lib, 

Lutfiy  g ‘azalda  ilgari  surgan  ilohsevarlik  g'oyasining  badiiy  ifodasiga 

g ‘oyatda  m os  kelgan.  Maqtadagi  xulosa  ham  shu  fikrning  tadrijiy 

takomilidir.  S h e’r  qahramoni  vahdat  orzusi  bilan  yashagani  bois  u 

jannatdan voz kechishga ham tayyor.  Malikul-kalom g ‘azallarida tabiat 

tasviri vositasida she’r qahramoni ichki kechinmalarini badiiy tasvirlash 

ham  yetakchilik qiladi:

Yoz fasli  barcha shod-u  ko‘nglumiz g‘amnok  erur,

Gul bikin jon ko'nglaki hijron elindin chok erur 

(51-bet).

Lutfiy  g‘azal  yaratishda  uslub  ravonligi,  muxtasarlikka  e ’tibom i

www.ziyouz.com kutubxonasi



qaratadi.  Shu  bois  shoim ing  aksariyat  g ‘azallari  5-7  baytdan  tarkib 

topgan. Shoiming qofiya, radif tanlash, so ‘zlaming aruz vazni talablariga 

ko‘ra o ‘z o'm ida ishlatishdagi mahorati uning g‘azallarida yorqin ko'zga 

tashlanadi.  Ijodkor qofiyalaming rang-barang, yoqimli bo'lishi va radifga 

mazmun jihatidan  mustahkam bog‘lanishi,  ayni choqda radif she’rdagi 

asosiy g'oyani bevosita ifodalashga xizmat qilishiga e ’tibor qaratadi.  Lutfiy 

ijodida bir necha so‘zlardan iborat bo‘lgan radifli g'azallar ko‘p uchraydi. 

Biroq  bular  takror  sifatida  g ‘alizlikni  keltirib  chiqarmay,  g'azalga 

musiqiylik,  alohida  ravonlik va  ohang baxsh  etadi:

Menl shaydo qiladurg‘on bu  ko‘nguIdur,  bu ko‘ngul,

Хог-u rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul 

(146-bet).

Y uqoridagi  satrlar  b ila n   b o sh la n u v ch i  g ‘azalda  q o ‘llan gan  

«qiladurg'on  bu  k o‘nguldur,  bu  ko'ngul»  radifi  5  s o ‘zdan  tarkib 

topgan  b o ‘lib,  shundan  ikki  s o ‘z  takrorlanib  kelishi  bilan  sh e ’r 

uslubining ravonlashuviga sababchi bo'lgan.  Shuningdek,  radif oshiq- 

sh e’r qahramoni  ko‘nglining  ishq  asiriga  aylanganiga  urg‘u  berishga 

xizm at  qilgan.  Lutfiy  g‘azallarida  xalqning  uzoq  davr  m obaynida 

hayotiy tajribalari  asosida vujudga kelgan  maqollar,  obrazli  iboralar, 

urf-udum lar  va  xalqona  ertaklardagi  badiiy  lavhalarga  ishoralar, 

hikmatli so ‘zlar tez-tez uchrab turadi.  Shoir xalq maqollari,  hikmatli 

s o ‘zla rin i  g ‘a za ln in g   jan riy  x u su siy a ti,  m azm un  ham da  tasvir 

taqozosiga  ko‘ra yo  aynan  yoki  qism an o'zgartirgan  holda  q o‘llaydi. 

I j o d k o m in g   « B ir   g u l  q a n ik im ,  o llid a   y u z   xo r  t o p ilm a s » , 

«Sevingandan  gul  o ‘z  o ‘nriga  sig'm as»,  «Suvsizin  ne  yuz  boliq  o ‘lsa 

bahrga  ne  bok  erur»,  «Yo  m eni  tuproq  yo  rizqi  parishon  tortadur» 

singari  qator  misralarida  shunday  holatni  kuzatish  mumkin.  Lutfiy 

irsoli  m asal  va  talm eh  kabi  badiiy  san’atlardan  foydalanib,  xalq 

o g ‘zaki  ijodiga  ham   murojaat  etadi:

El yuziga boqsalar o‘larmen,

Xurshedni  netay yosbursa bo‘lmas 

(108-bet).

Lutfiy o ‘zbek adabiy tili ravnaqiga munosib hissa qo'shgan ijodkordir. 

Shoir so ‘zning o ‘ziga xos nozik qirralarini teian anglab, badiiy jihatdan 

barkamol  g ‘azallar  yaratdi.  Shuningdek,  ijodkoming  tildagi  jinsdosh 

va ko‘p  m a’noli  so'zlardan  mahorat bilan  foydalanib  yozgan  tuyuqlari 

alohida ahamiyatga ega:

Ko‘ngluma bar yonki  boqsam,  dog‘i bor,

Har necha dardimni  desam,  dog(i  bor.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Qilcha  tanga bori ishqing yor edi,

Biz  sari bo‘ldi firoqing dog‘i bor 

(349-bet).

Shoir  «dog‘i»  so ‘zidan  dastlab  «уага»,  ikkinchi  misrada  «tag1 in» 

va to‘rtinchi misrada esa «tog1» ma’nolarini ifodalash uchun foydalangan.

Lutfiy  she’riyati,  ayniqsa,  g‘azallari  keyingi  asrlarda  yashab  ijod 

etgan shoirlar uchun ilhom  manbai b o iib  qoldi. Alisher Navoiy ijodkor 

g'azallaridan  adabiy  ta’sirlanib,  ularga  muxammas  va  musaddaslar 

bog'ladi.  Ulug‘ ozarbayjon shoiri Fuzuliy (XVI asr) va 0 ‘zbek shoirlaridan 

Munis,  Ogahiy,  Nodira,  Uvaysiy,  Furqat  kabi  ijodkorlar Lutfiy adabiy 

merosidan  bahramand  bo'lishdi.

O'zbek  m um toz  adabiyoti  tarixida  doston janri  ravnaqiga  muhim 

hissa  bo‘lib  q o ‘shilgan  «Gul  va  Navro‘z»  1411  yilda  yozib  tugatilgan. 

Asaming  «Sababi  nazmi  kitob»  faslida  e ’tirof etilishicha,  doston Amir 

T em um ing  nabiralaridan  biri  Iskandar  M irzoning  topshirig‘i  bilan 

ijod  etilgan.

«Gul  va  N avro‘z»-ishq-m uhabbat  haqidagi  dostondir.  U ndagi 

aksariyat obrazlar ramziy mohiyat kasb etadi. Asaming nomlanishidanoq 

ijodkoming bu masalaga diqqatni  qaratganligi anglashilib turadi.  Sharq 

xalqlari  o'rtasida  yil  boshi  sifatida  bayram  qilib  kelingan  Navro'z—21 

martning  kirib  kelishi  shodiyonalari  bilan  bog‘liq turli janrdagi  folklor 

namunalari keng tarqalgan. Yozma adabiyotda esa ulug‘  fors-tojik shoiri 

Umar  Xayyom  «Navro‘znoma»  nom li  nasriy  asarini,  Hojui  Kirmoniy 

(1341  yilda vafot  etgan)  «Navro‘z  va  Gul»  nomli  dostonini  yaratishdi. 

«Gul va Navro'z» esa turkiy adabiyotdagi shu mavzuga bag'ishlangan ilk 

yirik dostondir.

Asarda navshodlik shahzoda Navro'z bilan farxorlik malika Gulning 

ishqiy sarguzashtlari hikoya qilinsa-da, unda ijodkoming markazlashgan 

davlat  va  adolatli  shoh  haqidagi  qarashlari  o ‘z  ifodasini  topgan. 

Dostonning  asosiy  voqealar  tizim i  Navshod  eli  hukmdori  Farruxning 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling