B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


tavsifi bilan boshlanadi.  U  hamma narsadan ogoh, saodat yulduzi porlab


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71

tavsifi bilan boshlanadi.  U  hamma narsadan ogoh, saodat yulduzi porlab 

turgani bois  iqboli baland,  butun  mamlakat uning hukmi ostida b o ‘lib, 

adolati  olam ga  m ashhur,  hisobsiz  askari  b o ‘lgan,  mulki  m a’mur 

hukmdor edi.  Biroq u  «jahondin bir o ‘g ‘ilga orzumand» bo'lib yashadi. 

Bahoming  kirib  kelishi,  Navro‘zi  olam  tashrifi  kuni Tangri  taolo  unga 

bir  o ‘g ‘il  ato  etadi:

Chu  Navro‘z o‘ldi navro‘z ichra firuz,

Ota  o‘g‘lining otini  qo'ydi  Navro‘z.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Sut  emganda  saodat  doya bo‘ldi,

ТШ chiqqach,  hunar hamsoya bo‘ldi.

Topib  nash’-u  navo  davlat  ichinda,

Yagona bo‘ldi  oz  muddat  ichinda.

Kichik  yoshtin  qamug‘  fanlami  bUdi,

Ko‘pin  o‘z  aqli biria  fahm qildi 

(356-bet).

Dostonda tasvirlanishicha,  Navro‘z ilm va hunarda yakto, jismonan 

baquwat shahzoda sifatida tarbiyalanadi.  Shu bois u chog'irda o ‘z aksini 

ko'rib,  o ‘z -o ‘zidan  g'ururlanadi.  Shahzodaning  ko'zlarini  uyqu  elitib, 

tushida Gulni ko‘radi. Malika Navro‘zga o ‘zini tanitib, farxorlik ekanligini 

aytadi:

Otim  Guldur vale  Farxordinmen,

Ne  ul  gulkim,  degaysen  xordinmen 

(359-bet)

Navro'z  uyqudan  uyg'onib,  tushining  ta’birini  eldan  so'ramoqchi 

bo‘ladi.  Ko'pchilik  orasidan  Bulbulni  o ‘ziga  yaqin  olib,  unga  tushini 

bayon qiladi. Bulbul ham farxorlik edi.  U  shahzodaga Shohi Mushkinning 

qizi Gul haqida hikoya qilib beradi.  Keyin Bulbul Navro‘zning holatidan 

Gulni xabardor qilish uchun Farxorga yo‘l oladi.  Bulbul Gulning ko‘shki 

atrofida  Navro‘z  haqida  nola-fig‘on  chekib,  xalqning  tinchini  buzib 

navo qiladi. Tongda uyg'ongan Gulning ham bu voqeadan hoU parishon 

bo‘ladi.  Malika o'zidagi o ‘zgarishlami sehr-jodu,  makr-hiylani o ‘z yurti 

Kashmirdan  o ‘rgangan,  «tili  goh  xanjar»,  ba’zan  esa  «so‘zan»  bo‘lgan 

enagasi  Savsanga  aytib  beradi.  Savsan  Bulbuldan  ham  Navro‘z  sifatini 

eshitadi va malikaga malomat qiladi, uni uyatsizlikda ayblaydi. Tabiiyki, 

qiz  undan  achchiqlanadi.

Shahzoda  Navro'z  ham  Gulning  ishqi  bilan  yashaydi.  Uning  bu 

holidan  otasi  Farrux  ogoh  bo‘ladi.  Hukmdor  beklar  bilan  kengashib, 

Bahman ismli bek bilan Navro‘zni Farxorga yuborishga ahd qiladi. Farrux 

o'ziga  bir dona  ham  oltin  qoldirmay,  o ‘g ‘li  uchun xazina  tayyorlaydi. 

Tangridan tilab olgan yolg‘iz farzandidan ajralish ota uchun bir musibat 

edi.  A m m o  shahzodaning  ko‘ngliga  qarshi  chiqish  ham  tahlikali 

ekanligini  N avshod  hukmdori  yaxshi  bilardi.  D ostonda  bu  holat 

quyidagicha tasvirlanadi:

Otasi  yig‘lay-  yig‘lay uyga  yondi,

0 ‘g‘ul o‘ynay-o‘ynay yo‘lg‘a uzandi 

(372-bet).

Navro‘z  o ‘z  muhabbatiga  erishishdek  ko'nglining  eng  buyuk  istagi 

yo‘lida  juda  xatarli  safarga  otlanadi.  Shahzodaning  m ol-u   mulklari

www.ziyouz.com kutubxonasi



qiziqtirgani  uchun  uning  «sodiq»  yo ‘ldoshiga  aylangan  Bahman  o ‘z 

razil  niyatini  amalga  oshirishga  muvaffaq bo'ladi.  U   Navro‘zni  g‘aflat 

uyqusida  qoldirib,  butun  xazinani  o ‘z  hamrohlari  bilan  olib  ketadi. 

Shahzoda esa Bahman bilan ketib qolmagan kishilarga ham yurtga qaytish 

uchun  ijozat  beradi.  Biroq  ular  yo'llaridan  qaytishmaydi.  N avro‘z 

Farxorga  yetib  boradi.  Bulbul  va  Savsanning  sa’y-harakatlari  bilan 

sevishganlar  bir-birlari  bilan  ko‘rishadi.  Am m o  Shoh  Mushkin  Gulni 

Chin  xoqoniga  tortiq  qilgandi.  Chin  xoqoni  elchilari  bilan  Gul  o ‘zga 

yurtga otlanadi.  Navro‘z ham Chin sari yo ‘l oladi.  Chin xoqoni davlati 

sarhadlari  yaqinida  sevishganlar  qochishni  ixtiyor  qiladilar.  Navro‘z 

Gulga quyidagicha murojaat qiladi:

«-Yaroq  tuz  dedi,  otiansaq  bu  sbabgir,

Qilib  boshtin  oyoq  to‘nlam i  tag‘yir.

Qochib  Farxor  iqlimindin  oshsak,

Borib  Navshod  mulkini  tolashsaq.»

Rizo  berdi  Guli  Mushkin  bu  so ‘zga,

Burunqi  ahdini  qilmadi  o ‘zga  (402-bet).

Shunday  qilib,  muhabbat—oliy  ilohiy  n e ’mat  ekanligini  qalbdan 

anglagan  G ul  va  N avro'z  shu  buyuk  tuyg‘u  asiri  sifatida  barcha 

qiyinchiliklardan ch o‘chimay, ulug‘  maqsad sari talpinadi. Chin xoqoni 

davlati sarhadlarida Yaldo ismli bir qonxo‘r qo‘lida bandilikka tushadilar. 

Xoqon  vafotidan so ‘ng yana qochib,  devlar manziliga,  Shayx Najdiyga 

duch  kelishadi.  Daryo  to ‘fonlari-yu  dengiz p o ‘rtanalariga uchrab,  ikki 

taxta ustida sevishganlar ikki tomonga ayrilib ketishadi.  Dengizdan Gulni 

Javhar qutqazadi. U  Adan mulkiga borib qolgan edi. Mamlakat hukmdori 

Bade’ uni o ‘ziga farzand sifatida ko‘radi. G ul yigit libosida bo'lgani uchun 

podshoh  uni  o'ziga  o ‘g ‘il  deb  biladi.  Malika  Gul  bu  yerda  arslonlar 

bilan  kurashadi.  N avro'zni  esa  bir  kambag'al  baliqchi  dengizdan 

qutqaradi. U  Yaman yurtiga borib qolgan edi. Baliqchi Yusufsifat shahzoda 

haqida  mamlakat  vaziriga xabar beradi.  Vazir uni  podshoh  Rafe’  bilan 

tanishtiradi.  Rafe’  ham  Navro'zni  o ‘g‘il  sifatida  qabul  qilib,  barcha 

beklardan uning mavqeini yuqori deb biladi.  Bunga Bahrom ismli sardor 

hasad ko‘zi bilan qaraydi. Gulning jasorati bilan kuchaygan Adan Yaman 

mamlakatiga qarshi hujumga o ‘tadi. Jang qizib, yakkama-yakka olishuv 

boshlanadi.  Malika  Gul  hasadchi  Bahromni  shunday  kurashda  halok 

etadi.  Maydonga Navro'z va G ul chiqishadi. Navro'z Gulning ovozidan 

uni taniydi. Shundan so'ng muhabbat adovatga chek qo‘yadi. Hukmdorlar

www.ziyouz.com kutubxonasi



yarashishadi, ginalar unut bo‘ladi.  Adan va Yaman podshohlari Gul va 

Navro'z  bilan  birgalikda  hajga  borishadi.  Sevishganlar  Ka’bani  tavof 

qilayotgan otalari Farrux va Mushkinni tanib qolishadi.  Hukmdorlaming 

kelishuvlari  asosida  Navshod,  Farxor,  Adan,  Yaman  mamlakatlari 

birlashadi,  Navro'z  mamlakatni  adolat  bilan  idora  eta boshlaydi.

«Gul va  Navro‘z»ning  «Podshoh  madhi  bila kitob  xotimasi»  nomli 

so‘nggi bobida doston  muallifi  Sulton  Iskandami  madh  etadi.  Bu bilan 

ijodkor  Amir  Temur  vafotidan  so ‘ng  tobora  parchalanib,  inqirozga 

yuz  tuta  boshlagan  mamlakat  taqdirini  o ‘ylab,  temuriy  shahzodalami 

birlashishga,  buyuk  sohibqironning  markazlashgan  davlatini  saqlab 

qolishga  chaqiradi.  Shoir  asardagi  har  bir  so‘zning  m a’no-mohiyatiga 

e ’tibomi  qaratganligi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  holat,  aw alo, 

qahramonlar  va joy  nomlarida  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Chunonchi, 

Farrux—go ‘zal,  baxtli,  muborak,  qutlug1  yuzli  ma’nolarini  anglatadi. 

Uning  o ‘g ‘li  Navro'z  esa,  haqiqatdan  ham,  Navshod  hukmdorining 

hayotiga yangi kunni baxsh etadi. Navro‘z bahom ing fusunkor ko'rkiga 

ko‘rk  qo'shgan  G ulni  sevadi.  G o ‘yoki  bahom ing  ilk  kuni  go‘zallik 

shaydosi sifatida, olamdan go ‘zallik izlayotganga, bu yo‘lda uchraydigan 

barcha  yovuzliklami  yengayotganga  o ‘xshaydi.  G ul—Farxor  elidan, 

Farxor—orasta,  chiroyli,  shinam degan  m a’nolami  anglatadi.  Bu bilan 

shoir Gul va u unib o ‘sgan yurt bir-biriga mosligini qayd etgan bo‘ladi. 

D ostondagi  salbiy  obrazlar  Bahman,  Yaldo,  Shayx  N ajdiylam ing 

nomlanishida  ham  shunday  ramziylik mavjud.  Bahman—qishning eng 

ayozli kunlari m a’nosini anglatsa; Yaldo—qish mavsumidagi eng sovuq, 

uzun va qorong‘u kecha demakdir. Najdning lug‘aviy ma’nosi esa yeming 

baland  qismi,  to ‘siqdir.  Dostondagi  ijobiy  obrazlar  Bahor,  yovuz 

kuchlar  timsollari  esa  Qish  fasliga  uyg‘un  nomlar  bilan  atalganki,  bu 

ham  yoz  bilan  qish  haqidagi  qadimgi  ajdodlarimiz  qarashlariga  yangi 

m a’no  mujassamlashtirganligini  anglatadi.  Shuningdek,  dostonda 

shoiming istiora,  mubolag‘a, tashbeh kabi tasviriy vositalardan mahorat 

bilan  foydalanganligi  ko‘zga  tashlanadi.  Ayniqsa,  dostondagi  bosh 

qahramonlardan  biri  G ul  siym osi  asarda  nozik  did  bilan  g o ‘zal 

tasvirlangan:

Bute,  ne but,  magar huri  parizod,

Tani  nozik,  bo‘yi,  chun  sarvi  ozod.

Parishon  sochlari  gul  yaprog‘inda,

Tuman  ming  shivalar  har boqmogMnda.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ko‘z-u  qoshi qilib  ming shiva  angiz,

Labi  purishva-yu zulfi  diloviz.

Qo‘mung‘on  orazi jonlarg‘a  loyiq,

Ayoqtin  bosh  bo*yi  xonlarg‘a  loyiq.

Elinda bir piyola bodai nob,

Xiromon  keldi-yu  ul bargi  serob 

(358-bet).

G ul—nafosat,  go'zallik  ramzidir.  Shu  bois  uning  tavsifi  dostonda 

tadrijiy rivojlantirilib boriladi.  Bulbul bu haqda Navro‘zga hikoya qilarkan, 

Gulni  shunday  ta’riflaydi:

Uzori  aksidin  oy xiyra bo‘lg‘ay,

Yuzi 

0‘trusida kun  tiyra bo‘lg‘ay 

(362-bet).

Shunday  qilib,  aruzning  hazaj  bahrida  (m afoiylun  mafoiylun 

mafoiyl)  bitilgan  «Gul  va  Navro'z»  dostoni  tilining soddaligi  va  ravon 

uslubda yozalganligi, badiiy salohiyati yuksakligi bilan muhim ahamiyat 

kasb etadi.  Shoir dostonning tilini xalq jonli tilidagi so ‘zlar bilan boyitib, 

o ‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi. «Gul va Navro'z» XV 

asr  o'zbek  adabiy  tilining  qimmatli  yodgorligidir.

Mavzunl  mustahkamlash  uchun  savollar

1. «Yusuf va Zulayho» dostoni muallifi haqidagi munozaralar xususida 

nimalami  bilasiz?

2.  D ostonda  ifodalangan  Balx  qamali  haqida  so'zlang.  D oston 

muallifining  bunday  tasvimi  berishdan  muddaosi  nima?

3. «Yusuf va Zulayho»da adolatli va tadbirkor podshoh g'oyasi qanday 

tasvirlangan?

4.  Dostonning badiiy xususiyatlari haqida so ‘zlang.

5.  N izom iy  Ganjaviy  va  Haydar  Xorazmiyning  «Maxzanul-asror» 

nomli dostonlarining uyg‘un va  tafovutli jihatlari  nimalarda  ko‘rinadi?

6. Atoyi haqida qaysi manbalarda m a’lumot beriladi?

7.  Atoyi  she’riyatida  o ‘ziga  xos  xususiyatlar  nimalarda  nam oyon 

bo‘ladi?

8.  Sakkokiyning tarjimai holi haqida qanday m a’lumotga egasiz?

9.  Shoir g‘azallaridagi  asosiy  obrazlar  haqida  so ‘zlang.

10.  Sakkokiyning  Mirzo  Ulug'bekka bag'ishlangan  qasidasida olim  

va buyuk  hukmdor qanday  tavsiflanadi?

11.  Lutfiyning tarjimai holi haqida qisqacha gapirib bering.

12.  Shoiming hayoti va adabiy merosi xususidagi munozaralar qanday

www.ziyouz.com kutubxonasi



masalalami  o'z  ichiga oladi?

13.  Lutfiy g ‘azallarining mavzu ko‘lami haqida so‘zlang.

14.  «Gul va Navro‘z» dostonidagi obrazlaming ramziy xususiyatlari 

va dostonda markazlashgan davlat g ‘oyasining badiiy ifodasi haqida gapirib 

bering.

Mavzuga  oid  tayanch  tushunchalar

Durbek.  Babe qamali.  Yusuf. Ya’qub.  Og'a-inilar.  Moliki Tojir. 

Zulayho.  Enaga.  Rayyon.  Misr Azizi.  Bashir. Taymus. Haydar Xorazmiy. 

«Maxzanul-asror».  Sulton  Iskandar  Sheroziy.  Maqolat.  M av’iza.  Bo‘z 

to‘quvchi kampir. Bazzoz. Haqparast darvesh. Atoyi. Ismoil ota. Sakkokiy. 

Ulug'bek Miizo.  Lutfiy. «Gulshanul-asror». Navro'z. Gul va Bulbul. Adan. 

Yaman.  Farxor. Bahman.

Adabiyotlar

1. Valixo'jayev B.  Malikul-kalom Mavlono Lutfiy.  Samarqand,  1999; 

Yana. Mumtoz siymolar. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. Toshkent- 

2002,  84-171-betlar;  Yana.  Sulton  Husayn  Boyqaro—«Husayniy» 

she’riyati.  M umtoz siymolar.  3-83-betlar.

2.  Vohidov  R.  Navoiyning  ikki  durdonasi.  Toshkent:  “Fan”,  1992.

3. Lutfiy. Devon. Gul va Navro'z. Toshkent,  1965; Yana. Lutfiy. Sensan 

sevarim.  O 'zbek  sh e ’riyati  bo'stoni.  G '.G 'u lo m   nom idagi  A S N , 

T oshkent-1987,  764  bet.

4.  Mallayev N .  O'zbek adabiyoti  tarixi.  Toshkent,  1976.

5.  Navoiyning nigohi  tushgan.  Toshkent,  1986.

6.  O'zbek  adabiyoti.  To'rt  tomlik,  I  tom ,  Toshkent,  1977.

7.  U ch  bulbul  gulshani.  O'zbek  she’riyati  bo'stoni.  G '.G 'ulom  

nomidagi  A S N ,  Toshkent-1986,  5-66-betlar.

8 .Husayn  Boyqaro.  Jam olingdin  ko'zum   ravshan.  G '.G 'u lo m  

nomidagi  A SN ,  Toshkent-1991,  32  bet.

9. Hayitmetov A. Temuriylar davri o'zbek adabiyoti. Toshkent,  1991.

10.  Hayot  vasfi.  G '.G 'ulom   nomidagi  A S N ,  Toshkent,  1988.  704

bet.

www.ziyouz.com kutubxonasi



VII-BOB

ALISHER  NAVOIY—ADABIYOTIMIZNING  MILLIY  IFTEXORI

Nizomiddin  Mir  Alisher  Navoiy  musulmon  mintaqa  adabiyotining 

eng  yirik  vakili,  ulug‘  mutafakkir  shoir,  davlat  va  jamoat  arbobi,  ilm- 

ma’rifat,  badiiy  ijod  hamda  san’atning  ulkan  homiysidir.  Bu  buyuk 

taraqqiyparvar  inson  o ‘zi  yashagan  davrdanoq  «Xitodan  Xuroson»gacha 

bo‘lgan  hududda  istiqomat  qilayotgan  she’rsevar  ellar,  xususan,  «turk 

ulusi»  qalbiga  purma’no  nazmiy  yaratmaiari,  nasrda  ijod  etilgan  badiiy, 

ilohiy-irfoniy,  tarixiy-ma’naviy va ilmiy asarlari  bilan ma’rifat shu’lalarini 

olib  kirdi.  Alisher Navoiy yirik so‘z san’atkori sifatida turkiy badiiy ijodni 

ham  ma’nolar  va  ham  shakliy jilolar  nuqtai  nazaridan jahoniy  mavqega 

ko‘tardi. Asrlar o ‘tsa-da, bu sohir qalam sohibi qoldiigan juda boy madaniy 

merosga boigan m a’naviy ehtiyoj kundan-kunga oshib bormoqda.  Bu hoi 

ulug‘ shoiming «Muhokamat ul-lug‘atayn»da o'z ijodidan faxrlanib bildiigan 

quyidagi  bashoratomuz  fikrlarining  nechog'lik  haq  ekanligining  yana  bir 

dalilidir "... Umidimuldurvaxayolimg'aandoqkelurkim, so'zum martabasi 

avjdin  quyi  inmagay  va  bu  tartibim  kavkabasi  a’lo  darajadan  o'zga  yemi 

beganmagay”  (MAT.16jild.  27-bet).

Alisher N avoiy butun umrini xalqning baxt-saodati,  yurt tinchligi, 

mamlakat taraqqiyotiga baxsh etganligi tufayli shunday yuksak saodatga 

muyassar  bo'ldi.

7.1.  Alisher  Navoiy hayoti va ijodining o‘rganilishi  tarixi

Alisher  Navoiy  hayoti  va  ijodining  o'rganilishi  tarixi  ulug'  shoir 

yashagan  davrdan boshlandi.  XV asrda  yaratilgan bir qancha  mo'tabar 

manbalarda  Navoiyning  taijimai holiga  doir muhim m a’lumotlar qayd 

etilganligi,  uning  ijodiga  munosabat  bildirilganligi  kuzatiladi.  Bunday 

xayrli  ishni,  navoiyshunoslikni  Nuriddin  Abdurahmon  Jomiy  boshlab 

berdi.  Ayni  xayrli  sa’y-u  harakat  bugungi  kunimizga  qadar  olti  yuz 

yillik  tarixiy  taraqqiyot  bosqichini  o'tab  kelmoqda.  Ta’kidlash joizki, 

bu  boradagi jiddiy  izlanishlar,  ayniqsa,  XX  asrda  (Bu  haqda  mufassal 

ma’lumot  uchun  murojaat  qilingan:  N.M .M allayev.  Asrlar  e ’tirofi  va 

ta’zimi.  «Fan»;  T oshkent-1978).  ancha  sermahsul  bo'ldi.  Tadqiqotchi 

olimlarimizning shoiming hayoti va faoliyatini o'iganishda to'rt tayanch 

manbaga  tayanib  ish  ko‘ rayotganliklari  yaqqol  ko'zga tashlanadi:

www.ziyouz.com kutubxonasi



1. Ulug‘  sholrning o‘z asarlari. 

Alisher Navoiyning deyarli  barcha 

asarlarida  uning  shaxsi,  ijodkorligi,  ijtimoiy-irfoniy  faoliyati  haqida 

ma’lumot  beriladi.  Bu jihatdan,  ayniqsa,  uning  «Xazoyin  ul-m aoniy», 

«Xamsa»,  «M ajolis  un-nafois»,  «Mahbub  ul-qulub»,  «M uhokamat 

ul-lug‘atayn»,  «Vaqfiya»,  «Xamsat  ul  mutahayyirin»,  «Nasoyim   ul- 

muhabbat»,  «Tarixi muluki Ajam»,  «Tarixi anbiyo va hukamo», «M ezon 

ul-avzon»,  «Munojot»,  «Arba’in  hadis»,  «Siroj  ul-muslimin»  singari 

asarlari muhim ahamiyat kasb etadi.  Mazkur asarlarda shoiming shaxsiy 

hayoti,  u yashagan davrdagi  ijtimoiy-siyosiy vaziyat,  madaniy-ma’rifiy 

muhit,  ba’zi  asarlarining  yozilishi  tarixi  va  sabablari,  adibning  el-yurt 

tinchligi,  obodonchiligi  yo'lida  olib  boigan  keng  qamrovli  faoliyati, 

Xuroson  davlatining  muhrdori,  vaziri  a’zami  sifatida  qilgan  savobli 

ishlari,  ustoz-u  shogirdlari  bilan  munosabati  singari  muhim  masalalar 

xususida  bahs  yuritiladi.  Ulug‘  shoim ing  o ‘z  asarlari  uning  hayoti  va 

faoliyatini  o'rganishda  eng  ishonchli  manbadir.

2.Alisher Navoiy zamondoshlarining asarlari. 

Mazkur bandni  yana 

bo‘laklarga  (ulug‘  shoim ing  katta,  tengdosh  va  kichik  zamondoshlari) 

bo‘lish  ham  mumkin.  Abdurahmon  Jomiyning  «Bahoriston»,  «Haft 

avrang»,  «Yusuf va Zulayho»,  «Devoni  Komil»,  Mirxondning  «Ravzat 

us-safo» («Poklikbog‘i»),  Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush- 

shuaro»  («Shoirlar  tazkirasi»),  G'iyosiddin  Xondamirning  «Makorim 

ul-axloq»  («Yaxshi  xulqlar»),  «Habib  us-siyar»  («Suyukli  xislatlar»), 

«Xulosat  ul-axbor»  («V oqealar  xu losasi»),  Zayniddin  M ahm ud 

Vosifiyning  « B ad oe’  u l-vaq oe’»  (« G o ‘zal  voqealar»),  Zahiriddin 

M uham m ad  B ob u rn in g  «B oburnom a»  kabi  asarlarida  A lish er 

Navoiyning  hayoti  va  faoliyatiga  oid  muhim  ma’lumotlar  keltirilgan, 

shaxsi  va adabiy merosiga ta’rif-u talqinlar berilgan qimmatli,  tayanch 

m anbalardir.  XV  asr  tarixiy  v o q elig i,  unda  ulug‘  am ir  A lish er 

Navoiyning  tutgan  o ‘m i  va  shoim ing  hayoti,  faoliyati  bilan  yaqindan 

tanishishda mazkur manbalaming ahamiyati nihoyatda baland.  Shuning 

uchun  taniqli  adabiyotshunos  Izzat  Sulton  Alisher  Navoiy  hayoti  va 

ijodini o ‘iganishda ilk manba sanalgan ulug‘  shoiming o ‘z badiiy-ilm iy 

yaratmalari va zamondoshlari asarlarida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib 

“Navoiyning  qalb  daftari”  (Toshkent,  G '.G 'ulom   nomidagi  Adabiyot 

va  san’at  nashriyoti,  1969)  nomli  ilmiy-adabiy tadqiqotini  yaratdi.  Bu 

asar  mazkur  mavzu  va  umuman,  navoiyshunoslik  ilmi  uchun  muhim 

ahamiyat kasb etadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



3.  XVI—XIX  asrlarda  yaratilgan  tazkira,  tarixiy  va  badiiy-ilmiy 

asarlar.  Alisher  Navoiy  dahosi  va  uning  takrorlanmas  badiiy,  ilmiy 

ijodi  XVI  —  XIX  asrlarda  yashab  ijod  etgan  shoirlar,  tarixchilar  va 

adabiyot  ixlosmandlarining  doim o  diqqat  markazidan  o ‘rin  olib  keldi. 

Lutf Alibek  Ozaming  «Otashkada»,  Som  Mirzo  Safaviyning  «Tuhfai 

Somiy»,  Rizoqulixon  Hidoyatning  «Majma’  ul  fusaho»  («G o‘zal  so‘z 

egalarining  t o ‘plam i»),  Faxriy  Heraviyning  «Latoifnoma»,  M irzo 

Haydar  Do'g'latning  «Tarixi  Rashidiy»,  Abdulmo‘minxonning  «Tom 

ut-tavorix»  («Tarixlar tugali») kabi mumtoz manbalarda Alisher Navoiy 

zamondoshlari asarlarida kuzatilgani singari shoir ijodiga xolisona baho 

beriladi,  hayoti  va  faoliyatiga  doir  qiziqarli  lavhalar  keltiriladi.  Biroq 

yuqorida  ro'yxati  keltirilgan  (keltirilmagan  nomlar  ham  bor)  asarlar 

ma’lumotiga munosabatda ehtiyot bo‘lishimiz lozim. Chunki o ‘sha tazkira, 

tarixiy  kitoblar  mualUflarining  Alisher  Navoiy  haqidagi  tasawurlari 

birinchi va ikkinchi manbalar m a’lumotlari orqali bilvosita shakllangan. 

Shu  m a’noda  ulaming  qaydlarida  noaniqliklar  kuzatilishi  mumkin. 

Xullas, uchinchi manbalaming m a’lumotlari Alisher Navoiy ko'lamdor 

faoliyatini oydinlashtirish uchun turtki bersa-da, jiddiy ilmiy xulosalarga 

kelish  uchun  asos  bo'lishi  qiyindir.

4.  Xalq  o g ‘zaki  badiiy  ijodi.  0 ‘zbek,  tojik va  turkman xalq  og'zaki 

ijodida  Alisher  Navoiyga  bag'ishlangan juda  ko‘p  rivoyatlar  uchraydi. 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling