B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


 ‘zbekiston  Respublikasi  m ustaqilligi  e ’lon   qilingunga  qadar


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71

0 ‘zbekiston  Respublikasi  m ustaqilligi  e ’lon   qilingunga  qadar 

V.Zohidovning «Ulug‘ shoir ijodining qalbi»  (1970), A.Hayitmetovning 

«Tabarruk  izlar  izidan»,  «N avoiy  dahosi»,  «M eros  va  ixlos»  kabi 

tadqiqotlari hamda «Hayrat ul-abror» dostonining nasriy tavsifi  (1974), 

A.Abdug‘afurovning «Navoiy ijodida satira»  (1972),  Sodir Erkinovning 

«N a vo iy   «Farhod  va  Shirin»i  va  uning  qiyosiy  tahlili»  (1 9 7 1 ), 

N.M allayevning  «Navoiy  ijodining  xalqchil  negizi»  (1973),  hamda 

«Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti» (1974), A.Rustamovning «Navoiyning 

badiiy  mahorati»  (1979)  singari  yirik  ilmiy  tadqiqolari  vujudga  keldi. 

Akademik A.P.Qayumov  «Xamsa»  tarkibidagi  har bir doston  talqiniga 

bag'ishlangan bittadan  ilmiy  ommabop  risola yozib,  ulami  ulug'  shoir 

ijodi  muxlislariga  taqdim  etdi.  1976  yilda  «Navoiy  va  ijod  saboqlari», 

1986  yilda  esa  «Navoiy  «Xamsa»si»  nomli yirik ilmiy to'plamlar nashr 

etildi.  Aytish  mumkinki,  mazkur  ilmiy  tadqiqotlar  navoiyshunoslik 

ilmi  taraqqiyoti  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Ayni  ishlar  sohaga 

kirib  kelgan  yosh  olim lam ing  ulug*  shoir  ijodini  teran  anglashlari  va 

chuqur tadqiq  etishlari  uchun  o'ziga  xos  maktab vazifasini  o'tadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Bir so‘z bilan aytganda, XX asming 60—80—yillarida navoiyshunoslik 

o ‘z  ravnaqining  yanada  yuqori  pillapoyalari  sari  ilgariladi.  U lug‘  shoir 

«Majolis  un-nafois»,  «Xamsa»  tarkibidagi  dostonlar,  «Xazoyin  ul- 

maoniy» yig‘ma devonlari ilmiy-tanqidiy matnlarining yaratilishi; asarlari 

saylanmasi  o ‘n jildligining  rus  tilida bosilib chiqishi;  buyuk  mutafakkir 

asarlari uchun bir jildlik hamda to‘rt kitobdan iborat izohli lug'atlaming 

e ’lon  qilinishi  navoiyshunoslik  rivojini  ta’min  etgan jiddiy  omillardir. 

Biroq shu o ‘rinda achchiq bir haqiqatni ta’kidlash ham o'rinli ko‘rinadi. 

Davr adabiy^ilmiy hayotida amalga oshirilgan ishlarda sho‘ro mafkurasi 

«madaniy  m erosga  lenincha  munosabat  tamoyillari»ning  mudhish 

asoratlari  o ‘z   izini  qoldirgan  edi.  Bu,  ayniqsa,  ulug‘  shoir  asarlarining 

nashrida  (ilohiy-irfoniy boblaming tushirilib qoldirilishida  ),  she’rlar-u 

dostonlarining  g‘oyaviy-badiiy  tahlilida  yorqin  nazaiga  tashlanadiki, 

biz  bugun  ulam i  tanqidiy  nazardan  o ‘tkazmog‘imiz  lozimdir.

Yuitimizda milliy istiqloldan darak beruvchi shabadalar esa boshlagan 

davrda  ulug‘  shoir  asarlarini  ulam ing  tayanch  g'oyaviy-m a’naviy 

sarchashmalari  sanalgan  Qur’oni  karim,  Hadisi  sharif  va  ta sa w u f 

ta’limoti  bilan  uzviy aloqadorlikda,  yangicha  yo‘nalishda tadqiq  qilish 

harakati  boshlandi.  Bu  o ‘z  navbatida  Alisher  N avoiy  yigirma  tomlik 

m ukam m al  asarlar  to 'p la m in i  nashr  e tilis h i  h ara k a tla rin in g  

boshlanishiga  sabab  bo‘ldi.  1987  yilda  uning  dastlabki,  birinchi  jildi 

nashr etildi.  Taniqli  adabiyotshunos  I.Haqqulovning  «Zanjirband  sher 

qoshida»  (1989),  «She’riyat  ruhiy  munosabat»  (1989),  «Abadiyat 

farzandlari»(1990),  «Tasaw uf  va  she’riyat»  (1991),  S.H asanovning 

«Navoiyning  у  yetti  tuhfasi»(1991)  singari  asarlaming  vujudga  kelishi 

Alisher  N avoiy  va  mumtoz  adabiyotimiz  boshqa  namoyandalarining 

ijodiy  m erosi  uchun  m illiy  qadriyatlarim iz  tayanch  sarchashm a 

bo‘lganligini  keng  xalq  ommasiga  yetkazish borasidagi  dastlabki jiddiy 

harakatlardan  sanaladi.  Shunday  qilib,  adabiyotshunoslikda  Alisher 

N avoiy  asarlarining  tayanch  g ‘oyaviy-m a’naviy  manbalari  Qur’oni 

karim,  hadisi sharif va tasaw uf ta’lim oti ekanligi e ’tirof etila boshlandi. 

Shuningdek,  shoim ing  adabiy  asarlarida  so ‘z  qo‘llashdagi  san’atkorlik 

mahorati  nuqtai  nazaridan  badiiy  asar  qim m atini  belgilash  asosiy 

tamoyilga aylana boshladi.  Ulug*  shoim ing  550 yillik to ‘yi  munosabati 

bilan  nashr etilgan  «Alisher Navoiy.  G ‘azallar,  sharhlar»  (1991)  nom li 

kitobdan  o ‘rin  olgan  Suyima  G ‘anieva,  Erkin  Vohidov,  Najmiddin 

Kornilov,  Muhammad  Ali,  Jamol  Kamol,  Abdurashid  Abdug‘afurov,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ibrohim  Haqqulov,  Nusratulla  Jumayev,  Matnazar  Abdulhakim  kabi 

olim va ijodkorlar qalamiga mansub maqolalar ana o'shanday xususiyatga 

molikligi bilan diqqatni tortadi. Vatanda keng quloch yoyib borayotgan 

milliy  istiqlol  qayd  etilgan  sa’y-harakatlaming  keng  quloch  yoyishi 

uchun  katta  imkoniyatlar  yaratib  berdi.  1993  yilda  «Alisher  Navoiy 

adabiy  mahorati  masalalari»  nomli  maqolalar  to'plami  nashr  etildi. 

Yana A.Hayitmetovning «Navoiyxonlik suhbatlar»  (1993),  «Temuriylar 

davri  o'zbek  adabiyoti»  (1996),  H.Karomatovning  «Qur’on  va  o'zbek 

adabiyoti»  (1993),  R.Vohidovning  «Alisher  Navoiyning  ijod  maktabi» 

(1 9 9 4 ),  « A lish er  N a v o iy   va  ilo h iy o t»   ( 1 9 9 4 ),  shu  o lim n in g  

M .M ahm udov  bilan  ham korlikda  yozilgan  «M a’naviyat-kom illik 

saodati»  (1997),  «Iym on-qalb  gavhari»  (1999),  S.Olim ning  «Ishq, 

o sh iq   va  m a’shuq »  (1 9 9 2 ),  «N a q sh b an d   va  N a v o iy »   (1 9 9 6 ), 

NJumayevning  «Satrlar  silsilasidagi  sehr»  (1996)  singari  chop  etilgan 

tadqiqotlari navoiyshunoslik ravnaqi uchun muhim hissa bo'lib qo'shildi. 

0 ‘zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so ‘ng  Alisher  Navoiy  ijodining 

dolzaib muammolariga bag'ishlangan juda ko‘p doktorlik va nomzodlik 

dissertatsiyalari himoya qilindi. Navoiyshunoslik fani oltinchi yuz yillikka 

qadam  qo'yishi  munosabati  bilan  taniqli  olim   A.Hayitmetov  uning 

taraqqiyot  y o'nalishini  belgilab  beruvchi  «Alisher  N avoiy  ijodini 

o'rganishning  m etodologik asoslari  haqida»  ( « 0 ‘zbek tili  va  adabiyoti» 

2001,  2-son,  3-1 0-  betlar)  nomli  yirik  maqolasini  e ’lon  qildi.  Otaxon 

navoiyshunos  olim   mazkur  maqolasida  navoiyshunoslik  Umi  erishgan 

yutuqlami  umumlashtirib,  uning  taraqqiyot  omillariga  munosib  baho 

beradi,  m a’lu m   m a ’n o d a   yakun  yasaydi.  S h u nin gdek,  sohada 

kuzatiladigan  kam chiliklar  va  hal  etilishi  zarur  bo'lgan  dolzarb 

muammolar  sanab  o ‘tiladi.  Zikri  o'tgan  ayrim  jihatlari  bilan  prof. 

A.Hayitmetovning  mazkur  maqolasi  dasturiy  ahamiyat  kasb  etadi.

7.2.  Ulug*  shoirning bolalik va yoshlik yfflari

Alisher  N avoiy  hijriy  844  sanada,  tovuq  yili  ramazon  oyining  17- 

kuni  (1441-yil  9  -fevral)  XV asming  yirik  madaniy  markazlaridan  biri 

bo‘lgan Hirot shahri hududidagi Bog‘i Davlatxona nomi bilan ataluvchi 

maskanda dunyoga keldi.  Bu davrda Hirot poytaxt Xuroson  mamlakati 

sohibqiron  Amir  Tem um ing  kenja  o ‘g‘li  Shohruh  Mirzo  tomonidan 

idora etilardi.  Alisher tug‘ilgan xonadon ahli  esa har ikki tarafdan ham

www.ziyouz.com kutubxonasi



temuriylaming  eng  yaqin  kishilaridan  hamda  «chig'atoy  ulusi»ning 

nufuzli  am aldorlaridan  sanalardi.  Bu  yaqinlik  XV  asr  tarixchisi 

Mirxondning «Ravzat us-safo»  nomli asarida quyidagicha ifoda etiladi: 

«Amir  Alishem ing  bobosi  Amir  Temuming  o ‘g‘li  Umar  Shayx  bilan 

ko'kaldosh  (emikdosh,  bir  onani  emgan  bolalar  —  R.V.,  H .E)  edi». 

Ulug'  shoir bu ko'kaldoshlik haqida o ‘z asarlarida m a’lumot bermagan 

bo‘lsa-da,  har  ikkala  xonadon  o ‘rtasidagi  yaqinlik  u  yashagan  davrda 

ham ota-onasi tomonidan davom etganligini «Badoyi’ ul-bidoya» devoni 

debochasida faxr bilan e ’tirof etadi: «...agarchi ota-onadin  yetti pushtg‘a 

dekincha  bu  rafe’  (yuksak)  dudmonning  (xonadonning  —R.V.,  H .E.) 

botiniy  bandasi  va  vase’  ostonning  mavrusiy  (meros  bo'lib  qolgan— 

R.V.,  H .E.)  tug'masi  ...  erdi:

Otam bu  ostonning xokbezi,

Onam ham bu saro  bo‘ston  kanizi,

Manga gar xud bo‘lay bulbul va gar zog*

Ki ushbu dargah o‘lg‘ay gulshanu bog*» (MAT.  I.  17-b.).

B o ‘lg ‘usi  ulug*  sh oim in g  otasi  G 'iyosidd in  M uham mad  ham  

temuriylar saroyida xizmat qilgan.  Uning «Kichkina Baxshi»,  «Kichkina 

Bahodir»  unvonJari  bilan  atalganligi  ham  manbalarda  qayd  etiladi. 

«Baxshi»  so 'z in in g   «yozuvchi,  kotib,  m irzo,  xalq  og'zak i  ijodi 

donishmandi,  ijodkori»  kabi  ma’nolami  anglatgani  inobatga  olinsa, 

uning  (G 'iyosiddin  Baxshining)  o ‘z  zamondoshlari  o'rtasida  insho 

ilmining  mohiri,  adabiyot  va  san’atning  e ’timodli  arbobi  maqomida 

o b r o '-e ’tiborga  m olik  bo'lganligiga  qanoat  hosil  qilish  m um kin. 

G 'iyosiddin  M uham mad  ilm -u  irfon,  adabiyot  va  san’atga  yaqin 

bo'lganligi bois o ‘g‘li Alisheming axloqiy-ma’naviy tarbiyasiga juda jiddiy 

e ’tibor  beradi.  M anbalaming  shahodatiga  ko‘ra,  Alishem ing  onasi 

Kobulning  amirzodalaridan  Shayx  Abu  Said  Changning  qizi  bo'lgan. 

(Ulug' shoiming ona tarafidan bobosi nomidagi rutba—unvonlarga e’tibor 

qiling:  Shayx—iloh iyot  va  irfonda  m uayyan  m aqom larga  yetgan 

donishmand; chang—kuy,  musiqa asbobi nazariyasi va amaliyoti bobida 

zamondoshlari tarafidan tan olingani tufayli ham uning nomiga shunday 

unvon  ilova  qilib  aytilgan)  Masala  ravshan,  Alisher  har  ikki  tarafdan 

ham  nufuzli  va  m a’rifatli  xonadonda  dunyoga  kelgan.  Uning  adabiy- 

m a’rifiy  tarbiyasi  bilan  esa  Shayx  Abu  Said  Changning  o'g'illari, 

A lish em in g  tog'alari,  iste ’dodli  shoirlar:  M ir  Sayyid  K obuliy  va 

Muhammad Ali  G'aribiylar shug'ullanishgan.  Alisher Navoiy «Majolis

www.ziyouz.com kutubxonasi



un-nafois»da  tog‘alari  haqida  quyidagi  ma’lumotlami  keltiradi:  «Mir 

Sayyid — el orasida «Kobuliy»  laqabi bila mashhurdir,  faqirg'a tag‘oyi 

bo‘lur.  Yaxshi  tab’i bor erdi,  turkchaga mayli  ko‘proq erdi.  Bu  tuyuq 

aningdurkim:

Ey muhiblar,  yetsangiz gar yoza  siz,

Gul  adoqinda  xumori yozasiz.

Gar  men  o‘lsam,  turbatimning toshig‘a,

«Kushtai bir sho‘h erur», deb yozasiz»  (MAT. 13. 66-b.).

Yana:  «Muhammad  Ali  — «G'aribiy»  taxallus  qilur  erdi.  Ul  ham 

faqirg‘a  tag‘oyi  bo‘lur  erdi.  Mir  Sayyid  Kobuliyning  inisidur.  Xush 

mahovara va xushxulq va xushta’b va dardmand yigit erdi. Uni va usuli 

xo‘b erdi.  Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi. Xututni xub bitir erdi... 

Bu turkcha matla’ aningdurkim:

Dardi holimdin  agar g‘offl,  agar ogob  esang,

Hech g‘amim yo‘q sen manga gar dilbar-u dibcob esang» (66-b.).

Yosh  Alisheming  kamolga  yetishi,  adabiyot  va  san’atga  mehr 

qo‘yishida ma’rifatparvar inson, san’at va adabiyot muhiblaridan bo‘lgan 

otasi  G'iyosiddin  Muhammad,  shoir  Mir  Sayyid  Kobuliy,  shoir, 

xattot, musiqachi Muhammad Ali G'aribiylaming ta’siri juda katta edi. 

Shuningdek,  davrining ulug'  ijodkori,  faylasufi va shuhratmand Shayxi 

Amir  Qosim  Anvoming  quyidagi  matlasini  yod  aytib,  ko'pchilikni 

hayratlantirishida, shubhasiz, oila muhiti muhim ahamiyat kasb etgan. 

Rindemu  oshiqemu jahonso‘z-u joma  chok,

Bo  davlati  g‘ami tu zi  fikri jahon  chi bok?

Mazmuni:  Rindlarmiz,  oshiqlarmiz, jahonni  kuydiruvchi  va  yoqa 

vayronlarmiz,  Sening  g'aming  davlati  bilan  ekanmiz,  jahon  fikrining 

nima hojati bor? (MAT.  13-jild.  11-bet).

1445 yilda to‘rt yashar Alishemi maktabga beradilar.  Bo‘lg‘usi shoir 

3-4 yoshlar orasida zamonasining bo‘lajak hukmdori  Husayn  Boyqaro 

bilan birga ta’lim va tarbiya ko'radi. Tarixchi Xondamiming yozishicha, 

Alisher oz vaqt ichida ta’lim-u tahsilda tengdosh va sheriklaridan ancha 

ilgarilab  ketadi.  Biroq  Alisheming  Hirotdagi  maroqli  tahsili  uzoqqa 

cho‘zilmaydi.  Mamlakat  hukmdori  Shohruh  Mirzo  1447  yilning  12 

martida  vafot  etdi.  0 ‘sha  davr  an’analariga  ko‘ra,  podshohlik  taxti 

Shohruh  Mirzoning  katta  o‘g‘li  Ulug'bek  Mirzoga  yoki  nabirasi 

Abdullatifga  meros  qolishi  kerak edi.  Shohruh  Mirzo  o'limidan oldin 

o‘z tilagini rasmiy ravishda e’lon qilmagan bo‘lsa-da, o‘g‘li Muhammad

www.ziyouz.com kutubxonasi



Jo'gini  taxt  vorisi  qilmoqchi  ekanligi  uning saroy a’yonlariga  ma’lum 

bo'lgan.  Shundan  bo'lsa  kerak,  mamlakat  hukmdori  Shohruh  Mirzo 

hali hayot bo'lishiga qaramay,  1444 yildanoq toj-taxt kurashlari zimdan 

boshlanib  ketadi.  Davlatning  rasman  idora jilovini  o'z  qo'liga  olgan 

Shohruh  Mirzoning  xotini  Gavharshodbegim  vujudga  kelgan  siyosiy 

o'yinlarga faol aralashib, masalani o'zicha hal qilmoqchi bo'ladi. Balxdan 

katta  umidlar  bilan  Hirotga  kelgan  Muhammad  Jo'gi 

Gavharshodbegimning o'z sevikli nabirasi Alouddavlani taxt vorisi deb 

e ’lon  qilib,  saroy  mulozimlaridan  ba’zilarining  roziligini  olib 

qo'yganidan xabar topadi. (Sulton I. Navoiyning qalb daftari. Toshkent, 

1969,  59-bet.)  Shunday  qilib,  Shohruh  Mirzo  vafot  etishi  bilan 

mamlakatda  o'zboshimchalik,  boshboshdoqchilik  hukmronlik  qila 

boshlaydi.  Gavharshodbegim  homiyligi  ostida  Alouddavla,  Ulug'bek 

Mirzo, Abulqosim Bobur Mirzo, Abdullatif Mirzo va Abusaid Mirzolar 

Hirot taxti uchun kurashga kirishib ketadilar. Xurosonda notinch vaziyat 

vujudga keladi. Mamlakat aholisi osoyishta boshpana izlash ilinjida qo'shni 

o'lkalarga chiqib keta boshlaydi. Iraq safarini ixtiyor etgan karvon orasida 

G'iyosiddin Kichkina oilasi ham bor edi. Alisher Navoiy «Majolis un- 

nafois» tazkirasida Iroqqa borayotganlarida, yarim tunda, Taftda tasodifan 

mashhur  tarixchi  olim  ,  «Zafamoma»  asarining  muallifi  Sharofiddin 

Ali  Yazdiy  xonaqosi  eshigi  oldida  maskan  tutganliklari  va  tongda  bu 

ulug'  zot  bilan suhbatlashish  hamda  u  kishining duolariga  musharraf 

bo'lganligini  eslaydi.  Sharofiddin  Ali Yazdiy yosh  Alisherdan  maktab 

borishini so'raydi va «Ne yergacha o'qibsen?»- deya savol bilan murojaat 

qiladi. Yosh Alisher ul zoti mukarramga «Taborak» surasig‘acha»,-deya 

javob beradi. (MAT.13-jild, 31-bet). Bundan ma’lum boiadiki, bo'lg'usi 

shoir juda yoshlik yillaridan Qur’oni karim mutolaasiga beriladi. Masalaga 

yanada  aniqlik  kiritadigan  bo'lsak,  islom  e’tiqodi  tasarrufiga  o'tgan 

yurtlarda  savodxonlik  qur’onxonlikdan  (hafliyakdan)  ibtido  topgan. 

Shundan bo'lsa kerak,  Sharofiddin Ali  Yazdiy hazratlari  ham savolni 

muallaq tarzda (nechanchi sinfga emas, ne yergacha o'qibsan?) beradilar. 

Mohiyatni ziyraklik bilan ilg'agan yosh Alisher nazokat bilan «Taborak» 

surasig'acha»,-deya javob qaytaradi. Tabiiyki, ayni nuqtalar shaxs sifatida 

shakllanayotgan  bolaning  axloqiy-ma’naviy  olamiga,  tabiatiga, 

dunyoqarashiga jiddiy ta’sir ko'rsatmay qolmaydi.  Bas shunday ekan, 

mumtoz shoir-u adiblarimiz, olim-u ulamolarimiz qoldirgan ma’naviy 

merosni ilohiyotdan ajratib o'rganishni sira-sira aqlga sig'dirib bo'lmaydi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



14S2  yilda  Xurosondagi  siyosiy  notinchliklar  tugab,  Hirot  taxti 

Abulqosim Bobur Mirzo ixtiyoriga o‘tgandan so‘ng, boshqa muhojirlar 

qatori G'iyosiddin Muhammadning oilasi ham ona yurti Hirotga qaytadi. 

Alisheming otasi temuriylar xonadoni oldidagi oldingi e’tiborini tiklaydi 

va Abulqosim Bobur Mirzo saroyiga xizmatga kiradi. Oradan bir muncha 

vaqt o'tgandan so‘ng,  u Xurosonning  Sabzavor viloyatiga hokim qilib 

tayinlanadi.  Sabzavor  hokimi  lavozimida  ishlayotgan  G'iyosiddin 

Kichkina 1453 yilda o‘g‘li Alishemi o‘zi bilan qisqa muddatda Hirotdan 

olib  ketgan bo‘lishi  mumkin,  degan taxmin  ayrim tadqiqotlarda  qayd 

etilgan.  (Qarang:  0 ‘zbek adabiyoti tarixi.  5  tomlik,  2-tom,  Toshkent, 

1977,  43-bet.)  Adabiyotshunos  I.Sulton  bu  masalaga  aniqlik  kiritish 

maqsadida  «Majolis  un-nafois»dagi  ma’lumotlarga  e’tibomi  qaratadi. 

Unda qayd etilishicha, Abulqosim Bobur Mirzo tomonidan Astrobodga 

hokim  qilib  yuborilgan  sabzavorlik  shoir  Mir  Shohiy  manzilga  yetib 

vafot etadi va uning jasadi ona yurti Sabzavorga olib kelinadi. G'iyosiddin 

Kichkina  oilasi  bilan  Sabzavorga  borganda,  mashhur  shoir  Mir 

Shohiyning dafn marosimi o‘tkazilayotgan edi. Shu bois Alisher Navoiy 

«Majolis  un-nafois»da:  «Faqir  agarchi  ani  ko‘rmadim,  ammo  aning 

birlan  faqir  orasida  e’lom  va  irsol  (xat)  voqe’  bo'ldi»  (Izzat  Sulton. 

Navoiyning qalb  daftari.  Toshkent,  1969,  78-79-  betlar),-deb yozadi. 

Shuningdek, shoir «Majolis un-nafois»da Sabzavorda yashagan ijodkor 

Xoja Avhad Mustavfiy haqida:  «Bu faqir ul buzrukvor suhbatig‘a yetar 

erdi, ko‘p iltifotlari bor erdi»,-deya qayd etadi.  (MAT.13-jild,  32-bet). 

Bulardan  tashqari,  Alisher  Navoiy  sabzavorlik  olim  va  shoir  haqida 

mulohaza yuritib,  yozadi:  «...aruz va san’atda  Mavlono Yah’yo  Sebak 

shogirdi  erdi.  Ikki  aruz  tasnif  qildi...Faqir  aruzni  Darvesh  qoshida 

o'qubmen»  (MAT.13-jild,  41-bet).  Darhaqiqat  navoiyshunoslikda 

Alisher Navoiyning  Sabzavorda bo‘lish-bo‘lmasligi  masalasida ikki xil 

qarash hukmronlik qiladi.  Bir guruh  olimlar Abulqosim  Bobur  Mirzo 

saroyida tahsil bilan mashg‘ul bo‘lgan Alisher hech bo‘lmaganda ta’til 

paytlarida Sabzavorga, ota-onasi huzuriga borib turgan bo'lishi mumkin, 

degan  mulohazani  o‘rtaga  tashlaydilar.  Ikkinchi  guruhga  mansub 

tadqiqotchilar  esa  mazkur  fikmi  inkor  etadilar.  Fikrimizcha,  Alisher 

Sabzavorda bo‘lmagan. Mavjud mumtoz adabiy-tarixiy manbalarda bu 

masalada  aniq  ma’lumotlar  ko'zga  tashlanmaydi.  Uning  sabzavorlik 

ijodkorlar bilan muloqoti esa Hirotda sodir bo‘lgan ko'rinadi. Ayniqsa, 

bu ta’kid Darvesh Mansurga doir qaydlarga tegishlidir. To‘g‘ri, Alisher

www.ziyouz.com kutubxonasi



Navoiyning saibadorlar harakatining poytaxti bo'lgan Sabzavor,  uning 

shirinkalom  shoiri  Amir  Shohiyga  nisbatan  muhabbati  had-hudud 

bilmaydi.  Ulug'  shoir garchi  qalban va ruhan  o'sha  muqaddas zamin 

go'shasini  tavof etgan bo‘lsa-da, jisman u yerlami  kezish,  sarbadorlar 

qadami tekkan yer parchasi tuprog'ini ko'ziga surtish baxti unga nasib 

etmagan ko'rinadi. Buning aksi bo'lganida edi, shoir u haqda katta ixlos 

bilan  yozib  qoldirgan  bo'lardi.  Ayni  bahsning  ko'plab  sabab,  izohlari 

haqida gapirish mumkin. o'shalardan eng asosiysi haqida akademik Izzat 

Sulton  quyidagilami  qayd  qilgan  ediki,  otaxon  adabiyotshunosning 

mulohazalari  ilmiy-ijtimoiy  haqiqatga  yaqindin  «Feodalizm  davrida 

shahzodalaming va katta amaldorlaming bolalari  mamlakat podshohi 

saroyida,  poytaxtda tarbiya olar edilar.  Bu,  bir jihatdan u bolalaming 

otalariga hurmat bo'lsa, ikkinchi jihatdan shahzodani hamda amaldomi 

podshohga xiyonat qilishdan asraydigan garov hisoblanar edi.»  (O'sha 

kitob,  85-bet) Alisher Navoiyning zamon hukmdori Abulqosim Bobur 

Mirzo bilan munosabati haqidagi qaydlar ham bo'lajak shoiming Hirotda 

(Sabzavorda emas!) shoh saroyida maskan tutganligidan dalolat beradi. 

Bu  haqda  Davlatshoh  Samarqandiyning  «Tazkira  ush-shuaro»sida 

quyidagicha ma’lumot beriladi: «Sulton Abulqosim Bobur so'zamol va 

hunarparvar podshoh edi. Hamma vaqt ulug' amirga (Alisher Navoiyga) 

tab’ining  muloyimligi,  ziyrakligi  uchun  ofarinlar  o'qir  edi,  ba’zi 

paytlarda  ulug'  amir bitgan  turkiycha va forsiycha  she’rlami  mutolaa 

qilar,  tab’ining  qudrati  va  sharofatli  so'zlarining  shirinligidan 

taajjublanardi, bedarig' marhamatidan bahramand qilar va xayrli duolari 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling