B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


Bo‘Imas  adabsiz  kishilar  aijumand


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71

Bo‘Imas  adabsiz  kishilar  aijumand,

Past  etar ul  xaylni chand  baland  (7,  155).

Maqolatda behuda kulgu adabsizlikning belgisi deya talqin qilinadi. 

Adabning  eng  yaxshi  sifati—tavoze’dir.  Biroq  ulug‘  shoir  bu  borada 

ham me’yorga rioya qilish tarafdori. Chunonchi, gado oldida sajda qilish 

karamning belgisi bo'lmay, unga bir diram in’om etish saxovat namunasi 

sanaladi.  Shuningdek,  adib  bola  tarbiyasiga  e’tibomi  qaratib,  awalo, 

unga munosib nom qo'yish, yaxshi  muallimga berib ilm o‘rgatish ota- 

ona mas’uliyati ekanligini ta’kidlaydi. Ayni choqda ota-onaga hurmat 

ko'rsatish  ham  maqolatdagi  o‘zak  masalalar  qatoridan  o‘rin  olgan: 

Biri  erur  makramati  volidayn,

Bilki  munung qilmogMdur farzi  ayn.

Bu  ikining xizmatini  bir bil,

Har necha ifrot esa,  taqsir bil.

Boshni  fido  ayla,  ato  qoshig‘a,

Jismni qil  sadqa ano  boshig‘a.

Ikki jahoningg‘a  tilarsen  fazo,

Hosil et  ushbu ikisidin  rizo.

Tun—kunungg‘a  aylagali  nur fosh,

Birisin oy angla,  birisin quyosh.

So‘zIaridin  chekma qalam  tashqari,

Xatlaridin  qo‘yma  qadam  tashqari.

Bo‘lsuu  adab biria bori xizmating,

Ham qil  adab  «dol»i kibi  qomating.

So‘ngra  rahmning silasin  qarz bil,

Rahm o‘shul  toifag‘a  farz bil  (7,  160).

Maqolat  so‘ngida  odob  va  hayosi  bilan  podshohlik  darajasiga 

ko‘tarilgan  Anushirvon  haqidagi  kichik  bir  hikoyat  keltiriladi. 

Anushirvon  shoh  bo‘lmasidan  awal  bir  go‘zalning  ishqi  bilan 

beqaror bo‘lib qolgandi. G‘uncha kabi ko'ngli to‘la qon bo'lgan oshiq

www.ziyouz.com kutubxonasi



sirlarini  pinhon  tutar,  toki  mahvashning  visoliga  yetguniga  qadar 

hisobsiz g'am-u anduhlar iskanjasida yashar edi.  Nihoyat, bir gulzor 

ichidagi ovloq joyda ma’shuqasi bilan suhbat qurish baxtiga muyassar 

bo'lgan  komgor  (baxtli)  oshiq  yoriga  tomon  intiladi.  Gul  yuzli 

sevgilisi  ham  butun  ixtiyorini  Anushirvonga  taslim  qilgandi.  Oshiq 

dilbarni quchish  niyatida qo‘l  cho'zganida,  ko‘zlari  banogoh  nargis 

guliga tushadi. Odob va hayo bobida yakto bo'lgan Anushirvon holatida 

ajib bir o‘zgarish sodir bo'ladi. Qo'llari o'z-o'zidan mahbuba tomon 

intilishdan voz kechib,  orqaga qaytadi.  Bundan  hayratlangan go'zal 

yor oshiqiga  savol  bilan  murojaat  qiladi:

«Kim bu ne  qo‘l  sunmog'u chekmak edi?»

Posmdni shohi  muaddab  dedi 

«Kim:  bu  visol  ichraki  voqe’  durur—

Nargisi  shahlo  ko'zi  mone’  durur»  (7,  164).

Keltirilgan  iqtibosdan  anglashiladiki,  Anushirvon  holatining 

o'zgarishiga nargis gulining qarab turganligi sabab bo'ladi.  Nargis — oq 

yoxud  sariq rangdagi  ko'zga  monand  shaklda  ochiladigan gul turidir. 

Uning gulchalaridagi ko'zga shaklan uyg'unlik oshiq tasawurida nargis 

nigohlarining bu voqeaga qadalganini eslatadi. Tabiiyki, muaddab shoh 

bundan xijolat chekadi. Ayni choqda ulug' shoir tanlagan nargis timsoli 

o'quvchiga odob va hayo haqidagi ijodkor tushunchalarini yanada teran 

idrok  etish  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Ulug'  shoir  insondagi  bunday 

yuksak  fazilat  e’tiqodiy  qarashlari  samarasi  o'laroq  vujudga  kelishini 

e’tirof etib, juda ibratli xulosani she’rxon hukmiga havola etadi:

Ayni hayo  biria futuwat anga,

Bermadi ul  amrda quwat  anga.

Nargisini  to'ldurubon  yoshidin,

Qo'pti  dog'i  kechti  ul  ish  boshidin.

To  ani  oxir bu arig‘  niyati,

Buyla hayo  shevasi  xosiyati.

Jumlai  olam  aro  shoh  ayladi,

Adlini olamg'a panoh  ayladi.

Aysh,  Navoiy,  necha  diikash  durur 

Lek  adab  biria  hayo  xush  durur  (7,  164).

Anushirvonning parichehra mahbubi visoliga erishgunga qadar behisob 

g'am-tashvishlar iskanjasida qolganligi, ammo shunday bo'lishiga qaramay, 

komgor  sevishganlarning  bir  muddat  visol  lazzatidan  bahramand 

bo'lishlaridan «voqif» bo'lsa-da, uni idrok etolmaydigan, elga oshkor qilish

www.ziyouz.com kutubxonasi



imkoniyatiga ega bo‘Iimgan, tilsiz va dilsiz, faqatgina suratida ko'zga monandlik 

zuhur qШb turgan kichkina guldan uyalib bir oniylik nasib etgan visoldan 

voz kechishini izohlash mushkul. Alisher Navoiy buning sababini hayo va 

futuwatdan deb biladi. Futuwat XV asrda ancha ommalashgan javonmardlik 

tariqatidir. «Istiloh (termin) sifatida fiituwat deb omma orasida yaxshi sifatlar 

va namunali axloq bilan mashhur bo'lishni aytadilar, bu vajdankim, bunday 

odam hamisha axloqi bilan o'z kasbdoshlari, toifa-tabaqasi orasida doimo 

mumtoz  bo'ladi.  Xos  ta’rif yuzasidan  esa  futuwat  insoniy  fitrat  nuri 

zuhurining  nafsoniy  belgilar zulmatiga  qarshi  qo'yilishi,  (shu  zulmatni) 

yorib o‘tishdan iboratdir» (Husayn Voiz Koshifiy. Futuwatnomai sultoniy 

yoxud javonmardlik tariqati.  Toshkent,  1994,  7-bet).  Futuwat  kishidagi 

hamida  va  najib  axloqni  targ‘ib  qilar  ekan,  tabiiyki,  shar’iy  nikohsiz 

yaqinlashishni man’ etadi. Anushirvon shu bois ko'zlariga yosh olib niyatidan 

qaytadi.  Undagi yangi niyat,  odob va hayo jumla olamaro  adolatli shoh 

bo'lishiga sabab bo'ladi. Ulug' shoir esa aysh qanchalik dilkash bo'lmasin, 

odob bilan hayo xush ekanini uqtiradi. Bu ulug' falsafa insonni ezgu amallar 

sari  chorlashi,  jaholat  va  tubanlik  botqoqlaridan  asrashi,  jamiyatni 

axloqsizliklardan forig' etishi bilan nihoyatda yuksak ahamiyatga molikdir. 

Tabiiyki, bu o'lmas g'oya «Xamsa»ning boshqa masnaviylaridagi Farhod 

va Shirin,  Layli va Majnun,  Bahrom va Dilorom kabi pok sevgi sohiblari 

sarguzashtlari tasvirida yanada sayqallashdi, mukammallik kasb etadi.

«Hayrat  ul-abror»  ulug'  shoiming  insoni  komil xususidagi falsafiy 

mushohadalari mahsuli sifatida vujudga kelgan asar bo'lib, uning o'ziga 

xos qurulmasi «Xamsa»dagi keyingi dostonlarga nur baxshida etib turgan 

quyoshni eslatadi.  Dostonda haq, olam, odam munosabatlari, iymon— 

e’tiqod, bashariyat taraqqiyoti, uning o'tmishi, buguni, kelajagi singari 

inson aqlining asrlar davomida fikrlashga undovchi muammolari xususida 

ulug' shoiming mutafakkirona qarashlariga badiiy zeb berilishi, asaming 

kishini tafakkur olamiga undovchi g'oyatda sermazmun hayotiy tamsillar 

bilan  mukammallashtirilishi  quyoshdan  ayrilgan  zarralarga  xos 

munawarlik  namunalari  bo'lsa,  keyingi  masnaviylarda  o'sha  o'lmas 

g'oyalaming yanada sayqal topishi ezgulik nuridan nabotot olamining 

jonianishi, fusunkorlik kasb etishini yodga soladi.

9.3.  «Farhod  va  Shirin»  — ishqiy sarguzasht  doston.  Asaming 

tuzilishi,  mavzu va  g'oyalar  olami,  yetakchi  qahramonlari

«Farhod va Shirin»—Alisher Navoiy «Xamsa»sining ilk masnaviysi 

«Hayrat  ul-abror»dagi  umumbashariy  fikr-mulohazalardan  nur  olib

www.ziyouz.com kutubxonasi



Sharq she’riyati ixlosmandlarining qalbida yolqin o‘t paydo qilgan buyuk 

beshlik tarkibidagi syujetli dastlabki dostondir. Farhod, Xusrav va Shirin 

muhabbati mojarolari musulmon xalqlari og‘zaki va yozma ijodiyotida 

keng  tarqalgan  sayyor  syujet  sanaladi.  Ulug'  shoir  «Xamsa»sining 

ikkinchi dostoni «Farhod va Shirin» uchun ham, an’anaga ko'ra, mana 

shu sayyor syujetga murojaat etiladi.  Turkiy «Xamsa» ijodkori  mazkur 

asami yozishga kirisharkan, nihoyatda topqirlik bilan keltirilgan hayotiy 

haqiqatga o'quvchi e’tiborini qaratadi. Adibning fikricha, nozik va nafis 

naqshlar  solib to'qilgan  ipakmato  bilan  uyni bezash  uchun,  awalo, 

o'sha uyning tarhi (loyihasi) ham did bilan ziynatlangan, puxta o'ylangan 

bo'lishi  lozim.  Doston muallifi  she’rxon hukmiga havola etgan tamsil 

negizida o'zi qalamga olgan ko'chuvchi voqealar tizimini nazarda tutadi. 

Buning  boisi  shuki,  mazkur  mavzu  bilan  aloqador  dilkash  nazm 

namunalari  ijod  etilgan  bo'lib,  uning  afsonasi  ham  eshitguvchining 

tab’iga g'oyatda muvofiqdir. Masalaning nozik nuqtalarini teran anglagan 

shoir «Farhod va Shirin»da o'ziga murojaat etib quyidagi baytlami bitadi: 

Burun jam’  et  nekim bo'lg'ay tavorix,

Borida  ista  bu  farxunda tarix.

Topilg'ay  shoyad  andog'  bir necha so'z,

So'z  aytur elga  ul yon  tushmagan ko'z.

Ani  nazm  etki  tarhing toza bo'lg'ay,

Ulusqa  mayli  beandoza bo'lg'ay.

Yo'q  ersa 

nazm 

qilg'onni xaloyiq 

Mukarrar  aylamak  sendin  ne  loyiq.

Xush  ermas  el  so'ngincha  raxsh  surmak,

Yo'likim,  el yugurmishtur yugurmak.

Biravkim bir chamanda  soyir erdi,

Nechakim  gul  ochilg'on  ko'rdi,  terdi.

Hamul  yerda emas  gul  istamak xo'b,

Bu  bo'ston  sahnida  gul  ko'p,  chaman  ko'p  (8,  44).

Alisher Navoiy mazkur baytlarda ko'chib yuruvchi voqealar tizimi 

asosida doston bunyod etishdagi o'ziga xos ijodiy uslubidan o'quvchini 

voqif etadi.  Shoir o'ziga murojaat  etib,  dastlab shu mavzuda yozilgan 

asarlarni jamlash,  ulami  o'rganish  lozimligini ta’kidlaydi.  Ijod—yangi, 

ohori to'kilmagan so'z aytish,  aytganda ham  nihoyatda nazokat bilan 

she’rxon his-tuyg'ularini junbushga keltiradigan darajada aytishdir. Ulug' 

shoir  har  bir  asariga  ana  shu  tayanch  tamoyil  nuqtai  nazaridan 

yondashadi.  Asar  muallifi  Farhod,  Xusrav  va  Shirin  muhabbati

www.ziyouz.com kutubxonasi



mojarolari mavzuida badiiyat namunalarini ijod etgan shoirlaming sohir 

qalami hali bu o‘tli ishqning barcha sir-u asrorini oxirgi nuqtasiga qadar 

yoritishga  muyassar  bo ‘ lmaganliklarini  va  hali  bu  borada  aytilmagan 

so'zlar  topilishidan  umidvorligini  bayon  etadi.  Mana  shu  aytilmagan 

so'z  bilan  asar  toza tarhda nazm  qilinsa,  u  yangi  vabir  xil  qolipdagi 

andozalardan  xoli  bo'ladi.  Shuningdek,  shoir  o‘zidan  oldin  bunyod 

etilgan badiiy yaratmalami taqlidan qayta takrorlashni el oti ortidan ot 

choptirish yoki birov bir chamanda sayr qilib, ochilgan gullarni tergan- 

u  yana  o‘shanday  dilkash  gullarni  izlashga  vaqt  sarflashday  behuda 

harakatga qiyoslaydi. Bunday chekilgan «zahmat»ni «xushermas»-deya 

qoralaydi.  «Bu bo'ston sahnida gul ko‘p,  chaman ko‘p» misrasida ijod 

maydonining sarhadsizligi-yu  nihoyatsizligini  nazarda tutadi.

Musulmon  xalqlari  adabiyotida  mashhur bo'lgan  bu  ishq  mavzui 

qahramonlaridan biri Xusrav haqida fikr yuritgan ko'pgina sharqshunos 

olimlar uning tarixiy shaxs ekanligini e’tirof etishadi. Ulaming fikricha, 

Xusrav  mashhur  sosoniy  podshohlaridan  bo'lgan  Anushervonning 

nabirasi Xusrav Parvez binni Hurmuzdir. Ma’lumotlarga ko'ra, u 590- 

628-yillarda hukmronlik qiladi va o'g'li Sheruya buyrug'i bilan qatl etiladi. 

X  asr  arab  tarixchilari  Muhammad  ibn  Jarir  at-Tabariyning  «Tarixi 

rasul  val-muluk»,  Ibn  al-Faqih  Hamadoniyning  «Kitob  ul-buldon», 

Mis  ar-Muhilhil  abu  Dalafning  «Risolai  soniya»,  XII  asrda  yashagan 

mashhur muarrix Abu Abdulloh Yoqutning  «Mu’jam ul-buldon»  kabi 

asarlarida ham shunday qaydlar uchraydi. Ayrim ma’lumotlarga ko'ra, 

jumladan, Muhammad at-Tabariy asarida arman qizi yoki oromiylardan 

bo'lgan  Shirin  ham  tarixiy  shaxs  bo'lib,  u  Xusravning  sevikli  xotini 

bo'lganligi  e’tirof etiladi.  Xusrav  Parvezning  shaxsi  va  davlat  arbobi 

sifatidagi  fazilatlari  haqida  zamondoshlari  bo'lmish  misrlik  Feofikat 

Simokattaning «Tarix» kitobi va arman tarixchisi Sebeosning «Yepiskop 

Sebeosning  tarixi»  asarlarida  ham  hikoya  qilinadi.  Bulardan  tashqari, 

XV  asr  tarixchilari  Mirxond  va  Xondamir  asarlarida  hamda  Alisher 

Navoiyning  «Tarixi  muluki  Ajam»  asari  sahifalaridan  ham  Xusrav 

Parvezga oid ma’lumotlar o'rin olgan. Mana shu tarixiy voqealar zaminida 

xalq og'zaki badiiy ijodida turli-tuman afsona, rivoyat va qissalar vujudga 

kela boshlaganki, keyinchalik o'shalar asosida badiiy yozma adabiyotda 

nomlari keltirilgan tarixiy shaxslami xotirga keltiruvchi, ammo ulardan 

farqlanuvchi qahramonlar vujudga kelgan.

Xusrav  va  Shirin  muhabbati  yozma  badiiy  adabiyotda  ilk  bor 

Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»sida uchraydi. Unda mazkur obrazlar

www.ziyouz.com kutubxonasi



tasvirida  tarixiylik  nuqtai  nazaridan  yondashilganligi,  muallif 

sevishganlaming  tarixiy  shaxs  sifatidagi  faoliyatini  yoritishga  harakat 

qilganligi diqqatni tortadi. Firdavsiy asaridagi Farhod obrazi Xusravning 

sarkardasi  bo'lib,  ishq  bobida  uning  Shiringa  yaqinligi  nazarga 

tashlanmaydi. Nizomiy Ganjaviy «Xusrav va Shirin» dostonida esa asar 

qahramonlari tarixiy shaxsdan badiiy obraz darajasiga ko'tariladi. Undagi 

Farhod toshyo'nar hunarmand bo'lib, Shiringa muhabbat qo'ygan oshiq 

sifatida namoyon bo'ladi.  Biroq pok muhabbat schibi bo'lgan  Farhod 

dostonda qalamga olingan voqelikning ibtidosidan intixosiga qadar ishtirok 

etuvchi obraz sifatida qalamga olingan emas. U sut arig'i qazish lavhalari 

tasvirida asar voqeligigajalb etUadi. Shu asnoda u Shiringa ko'ngil qo'yadi, 

ma’shuqasi visoliga erishish uchun Xusravning og'ir shartlarini bajaradi, 

ammo Xusrav uyushtiigan makkor kampiming hiylasiga ishonib fojiali 

o'lim topadi. Nizomiy Ganjaviydan so'ng xamsanavislikda dong taratgan 

Amir Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» dostonida Farhod obrazi 

yana-da takomillashtiriladi.  U  endi  Chin xoqonining o'g'li,  shahzoda 

tarzida  tasvir  etiladi.  Shuningdek,  Farhod  va  Shirin  muhabbati  ikki 

taraflama sevgi ekanligi bilan dostonning g'oyaviy-badiiy qimmatining 

oshishiga  sabab  bo'ladi.  «Shirin  va  Xusrav»da  Farhod  asar voqeligiga 

yetakchi badiiy obrazlar singari birmuncha faol ishtirok etadi.  Mazkur 

sayyor  syujetning  bidiiy  talqinlari  bilan  yaqindan  tanishgan  taniqli 

shoir Alisher  Navoiy  «Forhod  va  Shirin»da  Xusrav  Dehlaviy  dostoni 

ko'ngliga ancha ma’qul tushganini bayon qiladi:

Chu  Xusrav surdi bu rangin  fasona,

Dedi  so'z  awalidin  ham nlshona.

Manga ham chun bu pok insho ko'rundi,

Bidoyatdln  demak  avlo  ko'rundi  (8,  49).

Ulug'  shoir o'z asarida ushbu mavzu badiiy talqini haqidagi elga u 

qadar  ma’lum  bo'lmagan  fikrlarini  davom  ettirar  ekan,  uning  o'tli 

nigohi yana ikki ijodkor dostoniga qaratiladi:

Bu maydong'a  chu Ashraf surdi  markab,

Bu so'zni o'zga nav’  yetti murattab.

Yana bo'lg'on  ekan bu noma marqum,

Vale  roqim  emastur yaxshi  ma’lum  (8,  49).

Farhod,  Xusrav  va  Shirin  ishqi  mojarolaridan  bahs  etuvchi  asar 

mualliflaridan  biri  XV  asrda  yashab  ijod  etgan  xamsanavis,  «Shirin  va 

Xusrav» dostoni muallifi Ashraf Marog'aviydir. Keltirilgan iqtibosdan Ashraf 

Marog'aviyning bu ko'hna mavzuni yangicha talqin etgani ma’lum bo'ladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ozar  adabiyotshunosi  akademik  H.Orasli  «Orif Ardabiliy  va  uning 

«Farhodnoma poemasi»  tadqiqotida ulug‘  shoir muallifi  noma’lumligini 

ta’kid  etgan  asar  ijodkori  XIV asr o'rtalarida  Shimoliy  Ozarbayjonning 

Ardabil  viloyatida  yashab,  badiiy  ijod  bilan  shug'ullangan  shoir  Orif 

Ardabiliy bo'lishi mumkin, degan fikmi ilgari suradi. «Farhodnoma» dostoni 

717  hijriy  (1369)  yilda  fors tilida bitilgan.  Asar muallifi  ushbu  mavzuda 

qalam  tebratayotgan  shoirlar  orasida  birinchi  bo'lib,  Farhod  obrazini 

dostonning  bosh  qahramoni  darajasiga  ko'taradi.  Orif  Ardabiliy 

«Farhodnoma»sining  bosh  qahramonini  Xusrav  Dehlaviy  dostonida 

kuzatilgani  kabi  Chin  xoqonining  o'g'li,  shahzodadir.  Akademik 

B.Valixo'jayev «Farhodnoma»ning qisqacha mazmunini quyidagicha bayon 

etadi:  «...dostonning  birinchi  qismi  Nizomiy  va  Xusrav  Dehlaviylarda 

bo'lmagan  voqea  bilan,  Farhodning  Abxaziyalik  mashhur  toshyo'nar 

ustaning qizi Gulistonga oshiq bo'lishi bilan boshlanadi. Voqea davom yetib, 

Farhod Abxaziyaga kelib, Gulistonga uylanadi, uch farzand ko'radi. Guliston 

vafot etadi.  Shundan so'ng dostonning ikkinchi qismi, ya’ni  Farhodning 

Abxaziya hokimi qizi  Shirin bilan bog'liq qissasi boshlanib,  Farhodning 

vafoti bilan nihoyasiga yetadi» (Valixo'jayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent, 

2002,  151-bet).  Ko'rinadiki,  «Farhodnoma»ning umumiy syujeti Alisher 

Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan farqlidir.

Ulug'  shoir  «Xamsa»sining  ikkinchi  dostonini  ijod  etishda  mazkur 

sayyor  syujetning  xalq  og'zaki  ijodidagi  badiiy  talqinlari  bilan  ham 

yaqindan tanish bo'lgan ko'rinadi. O'zbek va qardosh xalqlar folklorlarida 

Farhod  va  Shirin  muhabbatini  vasf etuvchi  rivoyatlar  X-XI  asrlardan 

vujudga kela boshladi. Jumladan, Xorazmdagi Dev qal’a yodgorligi bilan 

bog'liq  rivoyatda  Farhod  odamzot  bajara  olmaydigan  ishlami  yolg'iz 

uddalovchi dev sifatida tasvirlanadi. Bunday tasvirlar xalq og'zaki ijodining 

qissa,  afsona,  rivoyat  kabi janrlarida turli-tuman ko'rinishlarda ko'plab 

uchraydi. O'tmish tarixnavisligida bunday folklor namunalaridan unumli 

foydalanilganligi  ma’lum.  Ulug'  shoir  doston  muqaddimasida:  «Qilib 

ko'nglimni bu andesha shaydo, Tavorix ayladim har sori paydo»,- satrlarini 

bitganida,  tarixiy  manbalar  bilan  bir  qatorda  Sharq  xalqlari  og'zaki 

badiiy ijodidagi mavzuga oid turli janrlarda yaratilgan asarlami ham nazarda 

tutgan bo'lishi mumkin. Shunday qilib,  ulug' shoir bu ko'chib yuruvchi 

syujetning  badiiy  talqinlari  bilan  yaqindan  tanishib,  uning  yangi 

namunasini ijod qilishga kirishadi va 54 bob (5782 bayt)dan tarkib topgan 

«Farhod va Shirin»ni  1484 (hijriy 889) yilda bunyodga keltiradi.

Doston an’anaga muvofiq hamd va na’tlar (1-5- boblar) bilan ibtido

www.ziyouz.com kutubxonasi



topadi.  Ijodkor  qalami  ta’rifi  ulug‘  salaflar:  Nizomiy  Ganjaviy,  Amir 

Xusrav  Dehlaviy (6-bob)  va Abdurahmon Jomiy (7-bob)  maqtovidan 

so'ng,  dostonning  yozishga  nimalar  sabab  bo'lgani  (8-bob)  hamda 

asar  rejasini  tuzib  olgani,  tarixiy  manbalarni  ko'rib  chiqqani,  shu 

mavzuda  yozilgan  dostonlarda  yo'l  qo'yilgan  xatolami  tuzatib,  o'z 

g'oyalarini  qay  tarzda  ifoda  etmoqni  niyat  qilgani  bayoni  (9-bob) 

keltiriladi.  Shundan  so'ng  zamon  hukmdori  Sulton  Husayn  Boyqaro 

(10-bob)  va  shahzoda  Badiuzzamon  Mirzo  madhi  (ll-bob)ga  o'rin 

beriladi. Dostonning muqaddimaviy boblari mundarijasi ana shulardan 

tashkil  topgan  bo'lib,  asosiy  voqealar  bayoni  (12-52-  boblar)  Chin 

xoqoni ta’rifi, uning farzandsizligi va Farhodning tug'ilishi bayoni bilan 

boshlanadi.  «Farhod  va  Shirin»  dostoni  Sulton  Husayn  Boyqaroning 

o'g'li  Shoh  G'arib  Mirzo  madhi  va  shoiming  unga  nasihatlari  (53- 

bob)  hamda  asar  xotimasi  (54-bob)  bilan  yakunlanadi.

Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin»i ilgari shu mavzuda ijod etilgan 

dostonlar, xususan, ulug' salaflari Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy 

asarlaridan tubdan farq qiladi.  Bu farq, awalo, shoir dostonining badiiy 

qimmati, turkiy tilda bunyod qilingani hamda Farhodning bosh qahramon 

darajasiga  ko'tarilganligida  namoyon  bo'ladi.  Ulug'  shoir  Xusravni 

Shirinning  muhabbatiga  noloyiq  deb  biladi.  Biroq  Alisher  Navoiy 

asarlaridagi yangicha talqinni yuqorida aytilgan fikrlardangina iborat deya 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling